Zubilo va kreytsmeyselni ishga sozlash zubiloning charxlanish burchagi


Download 67.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1555912
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZUBILO VA KREYTSMEYSELNI ISHGA SOZLASH ZUBILONING CHARXLANISH BURCHAGI

Kesish jarayoni. Metallarni kesish uchun mustahkam va og‘ir giralardan foydalaniladi. Chilangarlikda metal kesish ishlarida buriluvchi va burilmaydigan parallel jag‘li, murakkab temirchilik ishlarida esa maxsus kursiga o‘rnatilgan giralaridan foydalaniladi. 
Kesish vaqtida gavdaning holatini to‘g‘ri saqlab turish ish unumdorligini oshiradi. Oyoq va gavdaning turg‘unligi zarbani to‘g‘ri, qolaversa, maqsadga muvofiq berilishini ta’minlaydi. 
Metallni qirqishda gavda (a) va oyoqning (b) holati. 
Zubilo bilan metall kesishda chilangarning gavdasi gira o‘qiga nisbatan 45° burchak ostida rostlanishi, chap oyoq esa yarim qadam oldinga chiqib turishi kerak.
Zubiloni ushlash. Chap qo‘lning uchta barmog‘i bilan zubiloning o‘rtasidan, ko‘rsatkich barmoq bilan kallak orasidagi 
oraliq 1520 mm bo‘lgan holatda qattiq qismay ushlash kerak. Zarba o‘ng qo‘l bilan beriladi. Buvda chap qo‘l bilan har bir 
zarbadan keyin kesuvchi asbobni kerakli joyga to‘g‘rilab turish kerak. 
Bolg‘ani ushlash. Bolg‘ani dastasidan o‘ng qo‘lning to‘rtta barmog‘i bilan kaftga qisganda, bosh barmoq 
ko‘rsatkich barmoqni yopib turishi kerak. Barmoqlar bolg‘ani ko‘tarishda ham zarb berishda ham bir xil holatda qolishi zarur 
(12-rasm). 
Bolg‘a bilan zarba berish. Ishning sifati va sermahsulligi silkinish sur’ati va bolg‘aning zarbasiga bog‘liq. 
Zarbani barmoq, bilan yoki yelka bilan berish mumkin. 
Barmoq usulidagi zarba berishda (12-rasm, a) silkinish o‘ng qo‘l panjalarining egilishi hisobiga ro‘y beradi. 
Bu qo‘ldagi silkinishda barmoq va bilak oxirigacha bukiladi, keyin barmoklar siqilishib zarba beriladi. Bunday zarba nozik va aniq ishlarni bajarishda ishlatiladi. 
Bilak usulida zarba berishda o‘ng qo‘l tirsagi bukiladi. Silkinishda qo‘lning barmoqlari qisiladi hamda bo‘shashadi. Qattiq zarba berish uchun qo‘lni tezroq qo‘yib yuborish kerak. Bunday zarbadan materialning yupqaroq qatlamini kesib olib tashlashda va tirqish, ariqchalar hosil qilishda foydalaniladi. 
  Girada kesishda zubiloni o‘rnatish: ishlov beriladigan sirtga (a) va gira ko‘ndalan
o‘qiga (b) zubiloning qiyaligi. 
 Yelka usulida zarba berishda qo‘l, yelka harakat qiladi, binobarin, silkinish 
maksimal bo‘lishi bilan birga zarba yelkadan uzatiladi. Bunda yelka, tirsak va barmoklar qatnashadi. 
Usul metalldan qalinroq qavatni kesib olib tashlashda qo‘llaniladi. 
Chilangarlar kesish paytida zubiloning kallagiga emas, balki kesiluvchi joyga qaraydi. 
Bo‘lg‘usi chilangarlar ham ustalarning ish usullarini doim kuzatib borishi va bu usulni o‘zlashtirib olishlari kerak. 
Bolg‘a og‘irligini tanlashda zubiloning o‘lchamiga qaraladi, bundan tashqari, bolg‘a chilangarning jismoniy kuchiga qarab ham tanlanadi. Binobarin, o‘quvchilar uchun 400 gr, yosh ishchilar uchun 500 gr, katta yoshdagi ishchilar uchun esa bolg‘aning og‘irligi 800 gr bo‘lishi kerak, Zarbani mushaklarga ortiqcha kuchlanish berish bilan emas, balki bolg‘ani tezroq urish bilan amalga oshirish kerak. Bunda bolg‘a dastasini qattiq qisiladi, aks holda bolg‘a qo‘ldan sirg‘anib chiqi
ketadi. 
Kesish usullari. Zubilo bilan ishlashning asosiy qoidalarini bilish uchun o‘quvchilar ko‘proq mashq qilpshlari kerak. 
Metallni kesishda zubiloni zagotovka sirtiga 900 burchak ostida yo‘naltirib, yelka usulidagi zarba beriladi 2 mm. li listli materiallar bir zarbadayoq qirqiladi. Shuning uchun ham listlar ostiga yumshoq po‘latdan taglik qo‘yiladi. Bir zarbada 2 mm. dan qalin bo‘lgan listning taxminan yarim qalinligi kesilishi mumkin. Bunday holda, uning teskari tomonidan zubilo bilan kesib, so‘ngra egib 
sindiriladi. 

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling