Zulfiya sadoqat kuychisi


Download 354.8 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi354.8 Kb.
#1744720
Bog'liq
4-topshiriq


"Zulfiya - sadoqat kuychisi" nomli tadbir bayonnomasi.

Shahrimizdagi 4-umumta’lim maktabida taniqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan "Zulfiya - sadoqat kuychisi" nomli tadbir bo’lib o’tdi. Paxtachi tumani Хalq ta’limi bo’limi, 4-umumta’lim maktabi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan o’tkazilgan ushbu tadbirda shoiraning hayot va ijod yo’li to’g’risida ma’ruzalar, sahna ko’rinishlari va she’riy sahnalar namoyish etildi.


Eslatib o’tamiz, taniqli o’zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug’ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishlagan. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O’zbekiston davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo’lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o’zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o’rtog’i, o’ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997 yilning 1 avgustida vafot etgan.





Download 354.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling