Α -adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar


Download 12.71 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi12.71 Kb.

α -Adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar:

- teri, shilliq qavat, buyrak, ichak,qon tomirlarining qisqarishi;

- ko‘zning rangdor pardasidagi radial mushaklarning qisqarishi (midriaz);

- me’da-ichak traktidagi sfinkterlarning qisqarishi;

- qorataloq trabekulalari (mushaklarining qisqarishi(qorataloq kichrayadi);

- bachadon mushaklarining (miometriy) qisqarishi;

β –Adrenoretseptorlarini qo‘zg‘atilganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar.

- ko‘ngdalang targ‘il mushaklar, jigar, o‘pka, bosh miya, miokard qon tomirlarining, silliq mushaklari bo‘shashadi, tomir kengayadi (β2);

- bronxlarning silliq mushaklari bo‘shashadi (β2);

- mimetriy tonusi susayadi (β2);

- glyukogenoliz (glikogenning parchalanishi) tezlashadi;

- lipoliz kuchayadi (β2);

- yurak qisqarishining soni va kuchi ortadi (β1);

- me’da-ichak trakti a’zolarining harakati va tonusi susayadi (β1);

ADRENALIN-yurak qisqarishlarining soni va kuchi ortadi (yurakning minutlik va sistolik hajmi ortadi), qon bosimi ko‘tariladi,

ko‘z qorachig‘i kengayadi, lekin ko‘zning ichki bosimi oshmaydi, chunki tomirlar torayadi va suyuqlik ishlab chiqish pasayadi

. Bronxlarning silliq muskullari bo‘shashadi. Agar bronxospazm bo‘lsa yo‘qoladi, MITning sfinkterlari tonusi oshadi, lekin a’zolar tonusi va harakati pasayadi.

Qorataloq qisqaradi, undagi qon tomirlarga o‘tadi.

Teri, ichak, buyrakning qon tomirlari torayadi, bosh miya, o‘pka, skelet mushaklar, yurak qon tomirlari kengayadi.

Giperglikemiya va giperlipidimiya rivojlanadi.



YUrak mushaklarining O2 ga bo‘lgan talabi ortadi.

Qonda sut kislotasi miqdori ortadi
Download 12.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling