[-]


Download 420.39 Kb.
bet1/9
Sana07.11.2019
Hajmi420.39 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Оqsillar. Turlari. Pоlipеptidning tuzilishi, aminоkislоta tarkibini aniqlash va pоlipеptid zanjiridagi aminоkislоta qоldiqlarining tarkibini aniqlash usullari haqida tushuncha. Оqsillarning tuzilishi.Oqsillarning tuzilishi.

Oqsillarga xos sifat reaksiyalar. Oqsillar denaturasiyasi.

Reja:

1. Aminоkislоtalar. Nоmlanishi va turlari. Aminokislotalarning sinflanishi 2. Tabiiy -aminоkislоtalarning tuzilishlari bo’yicha хillari.

3. Sintеz qilish usullari va хоssalari Aminokislotalarning fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi

4. Оqsillar. Turlari.

5. Pоlipеptidning tuzilishi, aminоkislоta tarkibini aniqlash

6. pоlipеptid zanjiridagi aminоkislоta qоldiqlarining tarkibini aniqlash usullari haqida tushuncha.

7. Oqsillarning birlamchi va ikkilamchi strukturasi 8. Oqsillarning uchlamchi va to’rtlamchi strukturasi

ОQSILLAR.

Bioorganik kimyo XX asrning ikkinchi yarimlarida «Organik kimyo» fanida alohida bo’lim sifatida ajrala boshladi. U hayot faoliyati jarayonlarida ishtirok etadigan organik birikmalar, metabolizm; biopolimerlar (oqsillar, polisaharidlar, nuklein kislotalar), bioregulyatorlar (fermentlar, garmonlar, vitaminlar va h.k.); sintetik biologik aktiv birikmalar (dori-darmonlar, o’stirish vositalari, gerbidsidlar va h.k.) larni o’rganadi. Tabiiy va sintetik biologik aktiv birikmalar, ularning tuzilishi bilan biologik faoligi o’rtasidagi bog’liqlik, ularning tana ichidagi va tashqarisidagi kimyoviy o’zgarishlarni o’rganish bioorganik kimyo vazifasiga kiradi. Bu vazifalar oraliq birikmalarni ajratish, tozalash va tuzilishlarini tekshirishning hozirgi zamon usullari yaratilgandan so’ng hal qilindi.

Bioorganik kimyo yutuqlari biologik va fiziologiya fanlarining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bioorganik kimyo biokimyo, biofizika va boshqa fanlari bilan bevosita bog’liqlikda rivojlanadi.

Quyida biz bioorganik kimyoning eng muhim bo’limlari – oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, terpenlar haqida so’z yuritamiz.

Oqsillar yoki proteinlar – murakkab, yuqori molekulali organik birikmalar bo’lib, o’zaro amid bog’ bilan bog’langan aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan. Bir xil oqsil tarkibiga turli xil aminokislotalar kirishi mumkin. Oqsil to’liq gidrolizgna uchraganda aminokislotalar hosil bo’ladi.

Inson, hayvon va o’simliklar tanasida oqsillar turli xil vazifalarni bajaradi. Ular tomir, pay, teri, suyak va boshqalar asosini tashkil qiladi, modda alamshinish va to’qimalar ko’payishida muhim vazifani bajaradi. Garmonlar, enzimlar, pigmentlar, antibiotiklar, toksinlar oqsil birikmalar bo’lib hisoblanadilar.


O sillar ka a molekulya massaga ega Masalan, inson oni zardobi lbumini ing
molekulyar qmassasi tt61500, qonr zardobidagi . -globulinining qmolekulyar amassasi n153000, gemotsianiniki esa 6600000 ga teng.

Ko’pchilik oqsillar qattiq holda batiy vakilni (jun, ipak) saqlaydilar yoki kukun shaklida mavjud bo’ladilar. Ayrim oqsillarni kristall shaklda olish mumkin.

Ko’pchildik oqsillar suvda, suyultirilgan kislota eritmalarida eriydilar. Deyarli barcha oqsillar ishqorlarda eriydilar. Hamma oqsillar organik erituvchilarda erimaydilar. Oqsil eritmalari kolloid xususiyatiga ega bo’lib, dializ usulida tozalanadi. Oqsillar eritmalarda suvda eruvchi organik erituvchilar (spirt, atseton va boshqalar), tuz eritmalari, kislotalar yordamida cho’ktiriladi. Cho’ktrishi vaqtida ko’pchilik oqsillar zanjirining konformatsiyasi o’zgaradi va erimaydigan holatga o’tadi. Bu jarayonga oqsilning denaturatsiyalanishi deyiladi. Ko’pchilik oqsillar qizdirilganda ham denaturatsiyaga uchraydilar. Oqsillar qizdirish vaqtida o’zgarib ketishlari, ularni aniq suyuqlanish nuqtasiga ega emasliklari va haydash mumkin bo’lmaganligi ularni ajratish va tuzilishini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi. Aminokislotalar kabi oqsillar ham amfoterlik xususiyatiga ega. Izoelektrik nuqtaning holati oqsilning tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning tabiatiga bog’liq bo’ladi. Bu qiymat jelatinada 4,2; kazeinda 4,6; tuxum albuminida 4,5; gemoglabinda 6,8; bug’doy gliadinida 9,8; klupeinda 12,5 ga teng.

Oqsillarni kislota –asosliklaridagi farqdan foydalanib ularni elektroforez usuli bilan ajratiladi. Barcha oqsillar optik faollikka ega. Ko’pchilik oqsillar yorug’likning qutiiblanish tekisligini chapga buradi.

Oqsillarni aniqlashda bir qator rangli reaksiyalar mavjud. Bular quyidagilardir.


Download 420.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling