[-]


Download 16.19 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi16.19 Kb.
#102042
Bog'liq
4 Сенсор тизимини тузилиши


Barcha tirik organizmlar ovqat va o‘z turining boshqa jinsiga mansub vakilini topish, turli xavf-xatardan qochish, fazoda chamalash (oriyentir) va uning muhim xossalarini baholash uchun, atrof- muhit to‘g‘risida axborot olishga muhtojdir. Aynan shunday imkoniyatni sensor tizimlar (analizatorlar) ta‘minlaydi. Sensor so‘zi lotincha ” sensus” - sezish so‘zidan olingan, sensor tizim deganda, asab yo‘llari orqali retseptor apparatlari va o‘zaro bir biri bilan bog‘langan, M A T ning ma‘lum bir tuzilmalarining yig‘indisi tushiniladi. Uning vazifasi bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ta‘sirlarni qabul qilib, tashqi signalni kodlash bilan tugallashdan iborat. Sensor tizimi fiziologiyasida ob‘ektiv va sub‘ertiv aspektlar muammosi mavjud. Biz odamlar va hayvonlar sezgi a‘zolarining birortasining faoliyatini kuzatishimiz va tahlil qilishimiz mumkin. Bunday yo‘l bilan biz ob‘ektiv sensor fiziologiyasini o‘rganamiz. Biz bunda to‘xtamasdan ilgarilab borishimiz mumkin va tashqi hodisalar sezgi a‘zolari yordami orqali hosil qiladigan o‘z his- tuyg‘ularimizni ilmiy tahlil qilishimiz mumkin. Bu holda biz, sub‘ektiv sensor fiziologiyasi sohasiga kirib kelamiz. Sub‘ektiv sensor fiziologiyasi sezish va idrok qilish faoliyati, ya‘ni inson ruhiyati( psixikasi) bilan shug‘ullanadi. Ob‘ektiv sensor fiziologiyasi retseptor potensiallar, bosh miya sensor markazlaridagi impulslar chastotasi bilan shugullanadi.Ularning barchasi material fenomendir, ya‘ni fizikaviy va kimyoviy tushunchalar yordamida ularni yoritish mumkin. Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar , ya‘ni sezgi organlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta‘sir nerv signallari holida bosh miyadagi nerv markazlariga etkaziladi.Bu signallar bosh miyaning turli bo‘limlarida qayta ishlanib, uning oliy bo‘limida sezish, anglash, tasavvur qilish bilan yakunlanadi. I.P.Pavlov har bir analizator bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta : periferik, o‘tkazuvchi va markaziy qismdan iborat ekanini birinchi bo‘lib isbotlagan. Retseptorlar analizatorning periferik qismi hisoblanadi, bular ma‘lum ta‘sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Retseptorlar tuzilishi, joylashishi, fuksiyasiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Qo‘zg‘alishni retseptoridan boshqa miya katta yarin sharlariga o‘tkazuvchi markazga intiluvchi neyronlar analazatorning o‘tkazuvchi qismini tashkil etadi. Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi, istalgangan analizatorning biror bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi. Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim, agar bolaning turli organlaridan, turli sezgi organlaridan ta‘sir kam borsa, bosh miya rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta‘sir avval retseptorlarda, so‘ngra bosh miya bolimlarida analiz qilinadi. Ta‘sirning har tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarim sharlarida amalga oshadi. Sezgi organlariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi. Analizatorlarning miya po‘stlog‘idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, ta‘sir murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya po‘stlog‘idagi eshitish analizatorlari joylashgan chakka qismi olib tashlansa ta‘sirning nozik tabaqalanishi yo‘qoladi. Nerv sistemalarining faoliyati uchun ta‘sir doim butun organizmga ta‘sir qilib turishi kerak. Ko‘pgina sezgi organlarining shikastlanishi natijasida ta‘sirning ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam faol faoliyatini yo‘qotadi, doimo uxlaydi. Bunday odamni saqlanib qolgan sezgi organlariga ta‘sir etish bilangina uyg‘otish mumkin. Tekshirishlardan ma‘lum bo‘lishicha sensor ta‘sirotning yoqolishi diqqatni to‘plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga salbiy ta‘sir etadi. Sezgi organlari orqali ta‘sirni tashqi muhitdan, ichki organlardan retseptorlar bo‘ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi ma‘lumotlar bosh miyaga yetib boradi. Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm o‘z-o‘zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o‘zgarsa, shunga yarasha qon tomirlar devorida qo‘zg‘alish, tormozlanish vujudga keladi. Organizmning sensor sistemalari yoki analizatorlariga ko‘rish, eshitish, vestibulyar , ta‘m bilish, hid bilish, teri va ichki organlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki vistseral sensor sistemalar kiradi.

SENSOR SISTEMALARNING UMUMIY FIZIOLOGIYASI. Organizm tomonidan tashqi va ichki muhit to‘g‘risida axborot olishda retseptorlarning roli katta. Organizmda ular juda xilma-xil bo‘lganligi tufayli, odam va hayvonlar turli modallikka ega rag‘batlarni idrok etadi. Sensor axborotni uzatish, ko‘p marta tubdan o‘zgartirish va qayta kodlashtirish bilan bilan birga bo‘ladi hamda umumiy analiz – sintez bilan tugaydi. Shundan keyin, organizmning javob reaksiyasini tanlash yoki dasturini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Miyaga kelayotgan axborotsiz oddiy va murakkab reflektorli aktlar, hattoki odamning psixologik faoliyati ham amalga oshmasligi mumkin. Analizatorlarning tuzilishi sodda yoki murakkab bo‘lishiga qaramay, uning tarkibi uch qismga ajratiladi. 1. Ta‘sirlarni qabul qiluvchi, ixtisoslashgan retseptorlar- neyron; 2. Retseptor neyronlar birligi, ya‘ni bloki yoki bir guruh birliklardan kelgan ma‘lumotlarni qabul qiluvchi birlamchi markaz; 3. Birlamchi markazlardan o‘tgan ma‘lumotlarni qabul qiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi va birlashtiruvchi markazlar. Yuqori darajada rivojlangan organizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Ichki va tashqi muhit o‘zgarishlari ularning o‘zaro munosabatlari natijasida idrok qilinadi. Sensor tizimining faoliyatlari ta‘sirotlarni retseptorlar qabul qilishidan boshlanadi. Ixtisoslashgan retseptorlar fizikaviy omillarni (nur, tovush, issiqlik, bosim v.b) harakat potensialiga aylantiradi. Bular markazga uzatiladi. Markazga yetib kelgan impulslardan ma‘lumot olinadi. Impulslarning markazga yetib kelishining o‘zi mazkur sensor tizimga dahldor o‘zgarish ro‘y berganidan xabardor qiladi. Markazga o‘tkazilayatgan impulslarning tezligi rag‘bat kuchi va his qilinayotgan jismning katta kichikligini ifodalaydi.
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling