[-]


Download 30.39 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi30.39 Kb.
#109381
Bog'liq
11 maktab


@ OLLANAZAROVA SAROBIBI 1953 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi 11 – maktabni tugatib Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini boshlang’ich ta’lim yo’nalishini bitkazib 11 – maktabida boshlang’ich sinflarni o’qitib 2003 yilda nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ MOXMUDOVA NORJON 1960 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi 11 – maktabni tugatib, Xiva Pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirib uni bitkazib, o’zi o’qigan maktabda boshlang’ich sinflarda dars berib 2010 yilda pensiyaga chiqib yashamoqda.

@ NORBOEVA SAROBIBI yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi Gorkiy 10 – maktabida sakkiz yillik ta’lim olib, Xiva Pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirib uni 1976 yilda bitkazib, 11 – son maktabida boshlang’ich sinflarga dars berib shu ish faoliyati davomida Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini rus tili va adabiyoti fakultetiga sirtdan bitkazib, yuqori sinflarda va qo’shni mahallalarda rus tili va adabiyoti fanidan dars berib o’quvchilar savodini yanada oshirib ko’pgina shogirtlar yetishtirib 2007 yilda pensiyaga chiqib yashamoqda.

@ G’OIPOVA GULCHEXRA 1951 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi 11 – maktabda o’rta ma’lumot olib, so’ngra Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini boshlang’ich ta’lim yo’nalishini sirtdan bitkazib shu maktabda boshlang’ich sinflarda ham o’qitib, o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bo’lib ishlagan 2003 yilda nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ OTAEVA ROXATJON 1959 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi Gorkiy 10 – maktabida o’qib 1976 yilda maktabni bitkazib, Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini til va adabiyoti fakultetini 1981 yilda bitkazib XXII p/s 11 – maktabida o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi bo’lib ishlab o’quvchilari fan olimpiadalarida tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o’rinlarni egallagan. 2009 yildan nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ RO’ZMETOVA MUNAVVARA 1955 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi Gorkiy 10 – maktabida sakkiz yillik ma’lumot olib Xiva Pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirib uni 1976 yilda bitkazib XXII p/s 11 – maktabida boshlang’ich sinflarda dars berish bilan shu faoliyatini boshlab 29 yil uzluksiz ishlab 2005 yilda nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ TOJIEVA DILBAR 1959 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib Gorkiy 10 – maktabida o’qib o’rta ma’lumot olib Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini til va adabiyoti fakultetiga sirtdan kirib 1981 yilda uni bitkazib XXII p/s 11 – son maktabida o’zbek tili va adabiyoti fanidan dars berib 2009 yilda pensiyaga chiqib yashamoqda.

@ RAHMONOVA RA’NO 1964 yilda Urganch shahrida tug’ilib shahardagi maktablarda o’rta ma’lumot olib Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini mehnat ta’limi va fizika fakultetiga o’qishga kirib 1985 yilda bitkazib Qo’shko’pir tuman Kenagas qishlog’iga turmushga chiqib shu qishloqdagi 11 – son maktabida fizika va mehnat ta’limidan dars berib , so’ngra Urganch Davlat Universitetni malaka oshirish kursida o’qituvchi informatika va fizika fanlaridan dars berib 2018 yilda nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ JIYANOVA QURBONOY 1953 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib 11 – maktabda o’rta ma’lumot olib Urganch davlat Universitetini boshlang’ich sinf pedagogikasi fakultetiga o’qishga kirib uni bitkazib 11 – son maktabida ish faoliyatini boshlang’ich sinflarda dars berishdan boshlab 30 yildan ortiq ishlab 2003 yilda nafaqaga chiqib yashamoqda.

@ RAHIMBERGANOV HOJIBOY 1958 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi Gorkiy maktabida sakkiz yillik ma’lumot olib, XXII p/s 11 – son maktabida o’rta ma’lumot olib Xorazm Davlat Pedagogika inestitutini Geografiya fakultetiga o’qishga kirib shu maktabda ish faoliyatini boshlab, geografiya fanidan o’quvchilar qiziqishini oshirib to’garak va olimpiadalarda o’quvchilari qatnashib yuqori natijalarga erishib kelgan. 1987 – 2014 yillarda o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari 2014 – 2018 yillarda shu maktab direktori bo’lib ishlab 2018 yilda keksalik nafaqasiga chiqib oilasi oldida farzandlari, nabiralari kamolini ko’rib yashamoqda.

@ MATNAZAROVA GULNORA 1961 yilda Shixmashxad qishlog’ida tug’ilib Kenagas qishlog’idagi XXII p/s 11 – maktabiga o’qishga kirib uni 1978 yilda tugallab Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini o’zbek tili va adabiyoti fakultetini bitkazib, o’zi o’qigan 11 – maktabda o’zbek tili va adabiyoti fanidan dars berib, so’ngra malakasini oshirib rus tili va adabiyoti fanidan ham dars berib kelgan uni o’quvchilari tuman va viloyat olimpiadalarida qatnashib o’zi ham jamoatchilik ishlarida maktabga yordam berib gullar bo’yicha uslub metod birlashmasiga rahbarlik qilgan. Tuman, viloyat, respublika gazeta, jurnallariga maqolalar yozib qatnashib kelgan, 2019 yil “Tasvir” ilmiy ommabob va ma’naviyat jurnalida chop etilgan kata maqolasida “O’zbek tili imlo lug’ati”, “85 migdan ortiq so’z”, “sheva va jargon so’zlar sof tilni yemirmoqda”, “Tilni buzib gapirish arzimagn kamchilik emas”, “Sof tilda gapirishdan uyalasizmi, xatolarga qachongacha ko’z yumamiz, ertaga farzandimizga nima qoldiramiz” kabi dolzarb masalalar o’rin olib respublika tilshunoslari orasida kata dolzarb masala ekanligi qayt etilgan edi. Anashu imkoniyatlarni avvalo o’zida va maktabda yaratib respublika o’qituvchilariga murojaat qilgan edi. 2005 yilda nafaqaga chiqib hozir ham maktab bilan bog’liq muammolarga yaqindan yordam berib kelmoqda.

@ QURYOZOV OZOD 1946 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib Gorkiy 10 – maktabida yetti yillik to’liqsiz o’rta ma’lumot olib kolxoz ishlab chiqarishida qatnashib shafyo’rchilikka xavas qilib guvohnoma olib kolxozda avtomabil xaydab 1974 yilda maktablarda kasb – hunar o’rgatish va o’quvchilarga qishloq xo’jalik bilan bog’lab ilm berish to’g’risidagi xalq ta’limivazirligi qarori asosida maktablarga avtomabil, traktor va kombainlar berib ularni o’rgatadigan o’qituvchilarga xaq to’lash qaroridan keyin XXII p/s 11 – maktabda tashkilm etilgan Avtodela fanini o’qitish bo’yicha ishga qabul qilinib 2001 yilgacha ishlab pensiyaga chiqib Svetofor respublika musobaqasida yuksak birinchi o’rinni olishda xissasi kattadir.

@ JUMANIYOZOVA O’G’ILJON 1959 yilda tug’ilgan va o’z qishlog’ida o’qib o’rta ma’lumot olib Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini rus tili va adabitoti fakultetini bitkazib Kenagas qishlog’idagi 11 – son o’rta maktabida ish faoliyatini boshlab 2009 yilda pensiyaga chiqib yashamoqda.

@ RAHIMOVA SOADATJON 1959 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqda o’rta maktabni tugatib, Urganch Davlar Universitetini mehnat ta’limi fakultetini bitkazib Kenagas qishlog’idagi 11 – maktabda mehnat ta’limi fanidan dars berib ish faoliyatini boshlab 2009 yilda pensiyaga chiqib yashamoqda.



11 – son maktabni bitkazib so’ngra oliy o’quv yurtiga kirib uni bitkazib nufuzli ishlarda ishlagan sobiq o’quvchilar haqida.

  1. Og’abek Xajimov UrDUni oziq ovqat texnologiyasi fakultetini bitkazib Qo’shko’pir tumanida Ekologiya bo’lim boshlig’i va tuman xokimini muovini.

  2. Maksud G’oipov UrDUni xuquq va ma’naviyat fakultetini bitkazib, ichki ishlar organlarida Qo’shko’pir va Xiva tumanlarida posportstoli boshlig’i bo’lib ishlamoqda.

  3. Otamurotov Shavkat Samarqand Davlat chet tillari inestitutini ingiliz tili fakultetini bitkazib O’zbekiston tashqi ishlar vazirligida ishlamoqda.

  4. Axmedov O’tkirbek UrDUni bino va inshoatlar qurilish fakultetini bitkazibkenagas qurilish mollari xususiy korxonasi rahbari.

  5. Hasanov Quvondiq UrDUni jismoniy tarbiya fakultetini bitkazib, davlat bojxona komitetida ishlamoqda.

  6. Boltaev Umid ToshMIni bitkazib hozirda Toshkent tez tibbiy yordam markazida bosh vrach o’rinbosari bo’lib ishlamoqda.

  7. Matnazarov Javlon UrDUni o’zbek tili va adabiyoti fakultetini bitkazib shu oliygohda o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi.

  8. Quryozov Qurbonboy Toshkentda matematika yo’nalishi bo’yicha oliygohni bitkazib 11 – maktabda matematika fani o’qituvchisi va o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

  9. Boltaev Soporboy Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika inestitutini bitkazib, 11 – maktabda Tarix fani o’qituvchisi.

  10. Tojiev Alisher UrDUni Tarix fakultetini bitkazib shu yerda qolib “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasida o’qituvchi bo’lib ko’plab shogirtlar yetishtirmoqda.

  11. Bobojonov Anvar UrDUni Tarix fakultetini bitkazib, hozirda 52 – son maktabida direktor bo’lib ishlamoqda.

  12. Nazarov Ro’ziboy ToshMIni Urganch filiolida umumiy kasalliklar fakultetini bitkazib, viloyat shifoxonasida bo’lim mudiri, jarrox, bosh vrach o’rinbosari bo’lib ishlab medetsina fanlar nomzodi bo’lib pensiyaga chiqib 62 yoshida og’ir kasallikdan vafot etgan.

  13. Bekboltaev Shuxrat UrDUni Manaviyat asoslari va huquq fakultetini bitkazib, hozirda 5 – son maktab direktori.

  14. Ibadullaev Ismoil ToshMIni umumiy davolash fakultetini bitkazib Urganch temir yo’l shifoxonasida davolovchi vrach bo’lib ishlamoqda.

  15. Qarrieva Yoqitjon Toshkent Avtomabil yo’llar inestitutini bitkazib shu yerda o’qituvchi, fan nomzodi va fan doktori dissertatsiyasini yoqlab professor unvoniga ega bo’lib Toshkent shahrida yashamoqda.

  16. Qorriev Soporboy Toshkent Avtomabil yo’llar inestitutini bitkazib, hozirda Qo’shko’pir tuman Gaz ta’minoti boshqarmasida bosh inespektor bo’lib ishlaydi.

  17. Rahimov Sultonboy Toshkent Politexnika inestitutini bitkazib, viloyatda turli lavozimlarda inspector bo’lib ishlamoqda.

  18. Qalandarov Boltaboy Toshkent Avtomabil yo’llar inestitutini bitkazib, viloyat yo’l qurilish boshqarmasida injiner bo’lib ishlaydi.

  19. Matnazarov O’ktamboy Samarqand Qishloq xo’jalik Inestitutini Asalarichilik fakultetini bitkazib, hozirda viloyat qishloq xo’jalik boshqarmasida asalarichilik sohasida mutaxasis bo’lib ishlamoqda.

  20. Ibadullaeva Sanamjon Toshkent Davlat Universitetini Kimyo fakultetini bitkazib, hozirda UrDU da Kimyo fani o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.

  21. Sopoev Qo’shnazar Toshkentda oliy militsiya maktabini bitkazib, viloyat ichki ishlar boshqarmasida Podpolkonik unvoni bilan ishlamoqda.

Yanada yuzlab 11 – maktabni bitkazib turli sohalarda ishlayotgan sobiq o’quvchilarimizni oldingi sahifalarda tilga olinganlar va aytib o’tilmaganlar qancha o’quvchilarimiz doktor, fermer, tadbirkor dehqon, o’qituvchi, quruvchi va yana ko’plab sohalarni egallab farzandlarini ham o’zlaridek zukko aqilli qilib tarbiyalab kelmoqdalar

Nomi kitobda ko’rsatilmaganlar uchun oldindan uzur.

XXII p/s 11 – maktab haqida ma’lumot.

Maktab binosi 1982 yilda qurilib 1985 yil 23 – fevralda foydalanishga topshirilgan. Maktab tipovoy zamonaviy proekt asosida qurilgan 624 o’rinli fundamenti bitonlashgan g’ishtdan ikki qavatli qilib solingan.

Jamiy yer maydoni 3,2 ga. Ekin ekish maydoni 1800 kv.m, jami sinf xonasi 21, alohida xonalar soni 6, asosiy xonalar soni 82, umumiy maydoni 3541,42 kv.m; aktiv zali 11,57x11,93=138,03 kv.m; kutubxona ikki xona 2,09x8,92=18,64 kv.m; 3,07x7,48=22,96 kv.m; kolidor 5,48x2,07=11,30 kv.m; masterskoy 5,00x5,55=31,06 kv.m sport zal va sport maydonchalari mavjud. Jixozlangan kompyuter, televizor, lingafon, kadaskop, enidaskot va pult bilan boshqariladigan texnik vositalar bilan cabinet sistemasida darslar olib boriladi, tuman, viloyat ko’rik tanlovlar maktabda ko’plab o’tkazib boriladi. Sport to’garaklari bo’yicha futbol 44 o’quvchi rahbari Xo’jiyozov Umidbek; volebol 24 o’quvchi rahbari Boltaev Shodlik; boskedbol 24 o’quvchi rahbari Yaqubova Rohat. 1939 – 1945 yillar oralig’ida 7 – sinf kontingenti bo’lib 9 o’qituvchi, 1950 – 1953 yillarda 7 sinf kontingenti bo’lib 12 o’qituvchi hammasi o’rta, to’liqsiz oliy ma’lumotli o’qituvchi bo’lib o’quvchilar soni 200 dan oshmagan.

1959 – 1960 yillarda 8 ta sinf xonasida 10 ta sinf komplekti bo’lgan va bosh pioneer vojatiy bilan birga 18 ta o’qituvchi bulardan 8 tasi boshqa sohalardan kelib ishlagan, 1962 yilda 22 o’qituvchi 11 ta sinf komplektida 261 o’quvchiga dars berganlar. 1955 yildan maktab o’rta umumiy ta’limiga o’tib endi o’quvchilar o’z maktabida o’rta ma’lumot olib oliygohlarga ketib o’qish imkoniyatiga ega bo’ldilar 1955 – 1959 yillarda maktabda kechki kurs ochilib ularda 100 dan ortiq o’quvchi o’rta ma’lumot olib turli sohalarga ishga, o’qishga ketganlar shu oraliqda maktabga chetdan oliy ma’lumotli o’qituvchilar Ismoilov Sulton til adabiyoti bo’yicha, Latipov Tataristondan rus tili va adabiyoti bo’yicha 1959 yilda Qurbonboev Egambergan matematika bo’yicha, Ollaberganova Aziza fizika fani bo’yicha oliy ma’lumot bo’yicha ish boshladilar.

1971 yilda sinf komplekti 15 ta o’quvchilar soni 350 ta bo’lib ularga 28 o’qituvchi dars bergan shu yili yana 8 ta qo’shimcha xona qurilib 1 ta mosterskoy, 2 ta sinf xonasi, 2 ta oshxona va buffet qurilib ishga tushurildi. 1971 yilda maydondan kelib ishlab turgan 9 ta o’qituvchi o’z yurtlariga ishga ketib qolganlar keyin oliy ma’lumotli o’qituvchilar kamayganligi sababli maktabda 11 kishi inestitutga sirtdan kirib dars beraboshladilar va kunduzgi bo’limlarga ham 7 kishi kirib endi maktab mahalliy kadrlar bilan boyib 1971 – 1974 yillarda 35 o’qituvchi 15 ta sinf xonasida 17 sinf komplekti bo’lib o’quvchilar soni 400 dan oshdi 1976 – 1979 yillarda o’qituvchilar soni 27 ga tushib qoldi. 1979 yilda sinf komplekti 18 bo’lib o’quvchilar soni 500 ga yetgan, 1980 yildan boshlab maktab ovariya xolatiga tushub o’quvchi va o’qituvchilar sarson sargardon bo’lib maktabni yiqilmay qolgan qismida, qishloq saveti binosi va kolxozni eski idorasi binosida dars mashg’uloti o’tkazilib 1985 yilda yangi binoga ko’chib hamma o’qituvchi va o’quvchilar shod bo’lib avariya vaqtida ko’pgina o’quvchilar qo’shni maktablarga 220 dan ortiq o’quvchi ketib qolganligi sababli yangi maktabda 320 – 400 o’quvchi ma’lumot olib ularga 24 ta o’qituvchi ta’lim tarbiya bergan bo’lsa, 2013 – 2014 yillarda 43 o’qituvchi dars berib shulardan 31 tasi oliy ma’lumotli. 2019 – 2020 yillarga kelib 22 ta sinfda 589 o’quvchiga 63 o’qituvchi dars berib shulardan 54 tasi oliy ma’lumotli mahalliy kadrlar bo’lgan, 2 tasi oliy toifali, 13 tasi I – toifali va 12 tasi II – toifali va mutaxasis qadrlar bo’lgan. 1956 – 1980 yillar oralig’ida maktabni birtkazgan 1216 o’quvchidan 91 tasi oliy o’quv yurtiga kirgan bo’lsa 1980 – 2004 yillar oralig’ida maktabni bitkazgan 1311 o’quvchidan 113 tasi oliy o’quv yurtiga kirib bitkazgan.

2004 – 2017 yillarda o’rta maktablar 9 yillik tayanch maktabga tayanch maktabga aylantirilganligi sababli 11 – maktabdan kollejlarga ketib o’qigan 644 o’quvchidan 101 tasi chunki ular repititor tayyorlovidan o’tib oliygohlarga kirganlar ana endi kenagas qishlog’idagi 11 – maktabni bitkazib oliy ma’lumot olganlar soni oshib borib 2017 – 2019 yillarda 71 o’quvchi 11 sinfni bitkazgan bo’lda shulardan 8 tasi oliy o’quv yurtiga kirgan.

So’z boshi (muallifdan)

Men Xo’jayev Ollabergan ta’lim tarbiya sohasida ishlab 40 yildan ortiq umrimni shunga bag’ishlab 1994 yildan mehnat faxriysi bo’lib dam olayotganimda, xayolimdan turli – tuman voqealar, xodisalar, kata – kichik, yaxshi – yomon odamlar va o’zim hayotimda uchragan qiyinchilik va osoyishda hayot ko’z oldimda gavdalanaverib, har kun uyg’onib bu fikrlarni qog’ozga yozib, esdalik qilib qoldirsam degan niyatda avvalo o’z shajaram, oilam, ota – onam, qarindosh urug’larim, tarbiyachi muallim, do’st-u birodarlarim va ularni men ulg’ayib o’sib voyaga yetishimda ularnixissalari bor ekanliklarini yozib qarindoshlarga ko’rsatsam ular o’qib buni bir kitob qilib, yozdirsa bo’lar ekan. Shunda bizlar ham o’qib eslab yurar edik deganlaridan keyin to’plab nashirga berib “Umr manzaralari” deb nom qo’yib nashirga berib bosmadan chiqartirdim. Bu kitobim tez orada qo’ldan qo’lga o’tib har kim o’z fikr va mulohazalarini yozib bera boshladilar. Mening qizim Xo’jayeva Zamira mehnat pensiyasiga chiqish arafasida uyishtirilgan yubley kechasida o’qituvchi va qarindoshlar, ustoz va shogirdlar tabriklab, meni ham kitobim to’g’risida iliq so’zlarni aytib siz “Umr manzaralari” kitobingizda shu maktabda 40 yildan ortiq ishlab maktab hayoti, marhum o’qituvchilar, hozirgi ishlab turgan ilg’or o’qituvchilar, maktabda o’qib ta’lim tarbiyalab bitkazib oliygohlarda o’qib nufuzli ishlarda ishlab kelayotgan shogirdlaringiz, maktabda uchragan qiyinchilik va muvoffaqiyatlar to’g’risida shu kitobingizda o’rin berib kengaytirgan bo’lsangiz yaxshi bo’lardi deb gapirganlaridan keyin – hamma birdan biz ham minnatdor bo’lardik. Ustozlarni eslab yorug’ yuz bilan qadam tashlashimizga turtki bo’lar edi deganlaridan keyin men turib, bu maqtov olqishlaringiz, tabriklaringiz uchun katta rahmat va men bu kitobni o’z hayotim haqida hozircha hayotga taqqoslab o’z vaqtidagi voqea xodisalarni tasvirlab yozgan edim. Agar sizlar maktab haqida bilganlaringiz, ota – onalaringiz va boshqa bilganlar orqali surishtirib ma’lumotlar to’plab bersangizlar va bu kitobga o’z xissalaringizni qo’shsangizlar men ham o’zim guvoh bo’lib eshitgan, bilganlarni va yana izlanib topgan materiallarim asosida yozishga harakat qilib ko’rarman hozir 83 yoshga kirdim. Olloh madad va yanada umr berib, kuch – qudrat ato etsa qo’limdan kelganicha harakat qilarman deb muallif Xo’jayev Ollabergan (Xo’jazoda).

2000 yildan boshlab maktabga Biologiya fanidan Egamova Zebohon, Fizika fanidan Masharipova Zulfiya, Karimova Shaxlo Kimyo fanidan, Fizika fanidan Ibadullayeva Fazilat, Jismoniy tarbiya fanidan Boltayev Shodlik, Masharipova Nasiba, Jabborova Rohatjon, Qurbonova Osilposhsha, Ortiqova Mavludalar, Rus tili fanidan Ro’zmetova Gulnora, Jumaniyazova O’g’iljon, Jismoniy tarbiyadan Yaqubova Rohatjon kabi ko’plab yangi – yangi o’qituvchilar ishga kelib maktab pedagoglari safini kengayishiga olib keldi endi har bir o’qituvchi o’z ustiga olgan majburiyatni oqlab sidqidildan o’quvchilarga dars berishni turli usullarini qo’llab ongli, bilimli yoshlarni tarbiyalab o’qitib oliygohlarga kuzatib o’zlari ham sevinchiga sevinch qo’shilib yanada jo’shqin qalb harorati bilan ishlayboshladilar. O’quvchilar sinfadan va maktabdan tashqari turli to’garaklar: Jismoniy tarbiya va sportni turli turlariga, shaxmat, shashka, badiy havaskorlik gulchilik va ekologiya, estetika va badiy bezash tikuvchilik va hunar o’rganishga doir turli to’garaklarga qatnashib bilimlarini mustahkamlab olgan nazariy bilimlarini kasbda haqadar muhim o’rin tutishlarini tushunib yetib ota – onalarini ham quvontirdilar.

2014-yil may oyidan 1990-yildan buyon shu o’quv dargohiga rahbarlik qilib kelayotgan Hasanov Komiljon yurak yetishmovchiligi kasalidan vafot etganidan keyin shu maktabda o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rin bosari bo’lib isglab kelayotgan Xojiboy Rahimberganov maktab direktori etib tayinlangandan keyin avvalgi ishlab turgan pedagog kadrlar oldingiga qaraganda ko’proq ma’suliyat xis qilib o’zi o’qitayotgan fanlari bo’yicha xudud, tuman, viloyatda o’tkaziladigan olimpiada ko’rik tanlovlariga o’z o’quvchilarini qatnashtirib, o’quvchilar g’oliblikni qo’lga kiritib, o’qituvchisini rag’batlantirib faxriy yorlig’ va diplomlar qimmatbaho sovg’alar egalari bo’lib ularni yana kuchiga kuch qo’shilib o’z ustilarida tinmay ishlashlariga turki bo’lib bormoqda. Shunday jonkuyar, fidokorona mehnati bilan nom qozonib kelayotgan mohir pedagoglarimizdan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Rozzoqova Nargiza, Matematika fani o’qituvchisi Quriyozov Quronboy, Yusupova Jumagul, ingiliz tili fani o’qituvchisi G’ofurov Navro’zbek, tarix fani o’qituvchisi Boltayev Saporboy kabi o’nlab jonkuyar pedagoglar o’zi o’qitgan o’quvchilarni faqat maktabdagina emas hudud, tuman, viloyat bosqichlaridagi, olimpiada va ko’rik tanlovlarda ishtirok qildirib yuqori ko’rsatkichlarga erishganliklarini qayd qilib o’tish joizdir.

Maktabda o’z ustida ishlab yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda o’z mahorat va shijoatlari bilan ishlab na’muna bo’layotgan bir qator o’qituvchilarni tilga olib o’tsak.

@ ABDULLAEVA INTIZOR 1973yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilgan, shu qishloqdagi 10 – son maktabini 1991 yilda oltin medalga bitkazgan. 1997 yilda Urganch Davlat Universitetiga ona tili va adabiyoti fakultetiga sirtdan o’qib bitkazgan. 1992 yildan boshlab 11 – maktabda boshlang’ich sinf so’ngra yuqori sinflarga ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan. O’quvchilarni turli tadbirlarda va fan olimpiadalarida qanashtirib tuma, viloyat bosqichlarida yuqori ko’rsatkichalarni egallab faxriy yorliq, diplom va estalik sovg’alarga sazovor bo’lganlar, o’zi ham 2019 yilda “kitobxon o’qituvchi” tanlovida tumanda 1 o’rinni egallab diplom bilan taqdirlangan, buning uchun ustozlaridan minnatdor bo’lib kelmoqda.

@ OTAQOVA FERUZA 1968 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi 11 – maktabni tugatgach o’zi o’qigan maktabga kutubxona mudiri bo’lib ishga kirgan hozirgi kungacha o’quvchi, o’qituvchilarga va mahalliy kitobxonlarga darsliklar, badiy adabiyot, chet el adabiyotlari, president asarlari haqida kitoblar to’plamlarini mutola qilishda yordam berib turli tanlovlarda kitobxonlari faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevni 5 ta tashabbusdan biri o’quvchilarni kitob o’qish salohiyatini oshirish nafaqat o’qituvchi balki kutubxonachilar zimmasiga ham yuklatildi. Hammaga ibrat bo’layotgan va shogirtlar yetishtirayotgan Otaqovaga barcha kitobxonlar o’z minnaddorchiligini bildiradi.

@ EGAMOVA ZEBO 1982 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilib shu qishloqdagi 9 – son maktabini 1999 yilda bitkazib, Urganch Davlat Universitetiga biologiya fakultetini 2004 yilda bitkazgan. So’ngra 11 – maktabda biologiya fanidan yuqori sinflarga dars bera boshlagan. O’quvchilarini puxta tayyorlaganidan fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvida 2011 – to hozirgacha ham har yili tuman, viloyat bosqichlarida faxrli o’rinlarni egallab faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlanib kelmoqdalar. Egamova Zeboxon maktabda va uyda ham o’quvchilarini bo’sh vaqtlarda biologiya fani bo’yicha tayyorlab har yili 10 – 12 o’quvchisi tibbiyot kolleji va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqdalar bundan ustozlar va ota – onalar ham minnatdor bo’lib o’quvchilari yildan yilga ko’payib bormoqda.

@ XOLIQOVA ZAYNABJON 1969 yilda Kenagas qishlog’ida tug’ilgan, shu qishloqdagi 10 – son maktabini 1987 yilda bitkazgan. So’ngra Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini Tabiatshunoslik fakultetini 1993 yilda bitkazib, o’zi o’qigan 10 – son maktabiga biologiya fani o’qituvchisi bo’lib ishga kirgan, 1995 yil 11 – maktabga biologiya o’qituvchisi bo’lib fan olimpiadalarga o’quvchilar tayyorlab tumanda, viloyatda bir necha bor faxrli o’rinlarni olib, faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlanganlar. Ish faoliyati davomida maktabda va tumanda ko’plab tanlovlarda jonbozlik ko’rsatkanligi uchun bir necha bor taqdirlangan.

@ Xaitboeva Go’zal 11 – maktabda Tarix fanidan dars beradi. O’quvchilarni o’tmish va kelajak, bugungi kun hayoti haqida ko’rsatmalar berib ajdodlarimiz izidan borish ulardek ilimli, bilimli, izlanuvchan farzandlar bo’lib yetishishida ko’maklashmoqda. Xalq ta’lim tizimini yanada yaxshilash bo’yicha qilgan say harakatlari uchun faxriy yorliq va bir necha bor taqdirlangan. Tarix fani bo’yicha ijodiy ishlari tuman va viloyat miqyosida ommalashmoqda.

@ Jumaniyozova Dilorom 1990 yilda Xorazm Davlat Pedagogika Inestitutini Geografiya yo’nalishi bo’yicha bitkazib, 11 – maktabga Geografiya fani o’qituvchisi bo’lib ishga kirgan. Ish faoliyati davomida ustozlaridan ko’p narsalarni o’rganib o’quvchilarga va shogirtlariga o’rgatib kelmoqda shu ishlarning natijasi o’laroq bir necha bor maqolalari gazetalarda chop qilingan o’quvchilar o’rtasida ko’rik tadbirlar o’tkazib kelmoqda.

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------



-

Biz ishlab o’qitib turgan oldingi maktab, ilgarilari ham bo’lib faqat Qoromon qala va bu erda Mir Oxurlar (Nurjon Botir) hovlisida kenagas qishlog’ida nomi tilga olinadigan maktab bo’lib boshqalari ovvo, masjidkomlar hisobi faqat savod chiqarish, o’qish, yozish va xisob qoidalarini o’rgatadigan maktablar bo’lib ularga na yuqoridan, na pastdan rahbarlik qiladiganlar bo’lmaganidan har kim o’z xavasi bilan ota – onalar bolamni savodini chiqarib bering eti sizniki suyaki bizniki deb maktabga topshirganlar o’qituvchilarda ham tartib, qoida va ma’lum programma bo’lmaganidan mulla nimani aytsa talaba shuni bajarib o’qiyvergan ana endi 1926 yilda eski uslub maktablarini tugatish yangi sho’rolar maktabini tashkil qilish va yangi lotin alifbosiga o’tish haqidagi Sovnarkom qarori bilan ulgurgan yerlarni tekshirib ulgurmagan yerlar avvalgi xoliga o’qitaboshladilar bizni maktab ham 1929 yil yanvar oyidan boshlang’ich maktab maqomini olib o’qituvchilar ham xalq maorifi tomonidan yuborilib o’qituvchilarga oylik maoshi davlat va mahalliy byujet hisobidan to’lanadigan bo’lib yangi darsliklar ham kelaboshladi va maktab qoshida kutubxonalar ham tashkil qilinaboshlandi. 1939 yilda Qoromon qal’ada yangi maktab Yo’ldosh Oxunboboev tashabbusi bilan zamonaviy loiha asosida qurilib barcha maktablar tugatilib bizni maktab ham barcha o’quv jixozlari va inventorlari o’qituvchi va o’quvchilari bilan yangi maktabga ko’chib o’tildi. Bu maktab esa Xiva tuman xokimi qarori bilan ustun yog’ochlari boshqa yerlarga va kolxozga bo’linib devorlarini yiqib kichik dalalarga to’ka boshladilar. Men qotog’on qurbonlariga qo’shilmay deb o’qituvchilikdan bo’shab o’z uyumda poyafzal tikish va yamoqchilik, dexqonchilik qilib yurganimda yangi Stalin 11 – maktabiga rus tili o’qituvchisi yetishmaganligidan Xiva tuman xalq ta’limi buyrug’I bilan shu maktabga rus tili o’qituvchisi qilib tayinladilar va yana Xivada qisqa kurslarni bitkazganlardan bir necha o’qituvchilarni yubordilar shular orasida xivalik Boltaev Quryoz degan ham kelib shu davrda o’qituvchilar etishmasligi sababli qishloq o’qituvchilarini armiyaga chaqirtirmaslik to’g’risida qaror chiqib Boltaev ham shu qishloqqa ko’chib kelib boshlang’ich sinflarda dars beraboshladi. Keyin 1941 yilda urush boshlanib o’qituvchilarni ham armiyaga chaqiraboshlagandan keyin Boltaev Quryoz rais Toji aka yoniga borib mening oilam bor yosh bolalarim bor, armiyadan qolishimga yordam bering degandan keyin. Toji aka armiyaga oziq – ovqat yetishtirish uchun meni brigoderlarimni armiyaga olmanglar deb har bir komissariyatdan so’ragani uchun Boltaev Quryozni kolxozga brigader qilib armiyadan olib qolgan edi: - deb ovqatni yeb bo’lib ana shuning uchun ham men kelishim bilan fotixa o’qib, Quron – Karimni o’qimaganim uchun sizni ham komunist bo’lib meni yomonlab qo’ymasin deb qilgan edim. Endi meni aytganlarimni tushungandirsiz ana endi o’tgan ajdodlaringiz ruhiga bir duo qilsak va sizga ishonsak bo’ladimi deb kata suralardan o’qib fotixa ham o’qib iloho sizlarga, bizlarni boshimizga tushgan qiyinchiliklar yo’ldosh bo’lmagay deb fotixa o’qib bo’lgach meni uyimdaji javonda turgan kitoblarni ko’rib bular ne kitoblar deb so’radilar men - bular siyosiy adabiyotlar, bular badiiy adabiyotlar, bular darsliklar deganimdan keyin qanday badiiy adabiyotlaringiz bor deganda men 5 – 6 ta kitoblarni olib o’rtaga tashladim. Ponoev kitoblarni bir – bir qo’liga olib hech harflamay kitob nomlarini o’qib chetga olib qo’yaverdilar shularni ichida A.Navoiyni “Xamsa” va Mahtumqulining o’zbek tiliga tarjima qilingan “Tanlangan asarlar” kitobini qo’liga olib kitobni varaqlab har yeridan ovoz chiqarib sherlarni o’qiy boshladi. – siz bu harflarni ham o’qiy olasizmi degandan keyin men aytdimku – krill alifoviti rus grafikasi bilan bir xil bo’lgani uchun uni yaxshi o’rganganman shuning uchun mana shu maxtumquli kitobini 2 – 3 kun olib ketib o’qib bersam bo’ladimi deganlaridan keyin men mayli butunlay o’qiyversangiz bo’ladi desam – “yo’q sizdan qarzdor bo’lib ketishni istamayman” – deb, kitobni olib qo’ltig’iga solib kerak bo’lsa sizdan boshqa kitoblar ham olib o’qirman – deb hayrlashib hammamiz – O’g’iljon ammam, Nurulla doyim va boshqalar kuzatib qolish uchun tashqariga chiqdik qarasak Ponaevni eshshagini bog’laganicha turavergan ekan so’ngra unga minib qaytayotganida Ollabergan beri kel kitobingni manashu kitobingni hozircha olib qo’yaver keyinroq o’qirman deganlarida yo’q sizga sovg’a qildim desam majburlab qo’limga kitobni tutqazdilar. Oradan 2 – 3 kun o’tmay Rahimbergan aka vafot etibdi degan xabarni eshitib hayolimdan turli fikrlar o’tib – ovqatdan desa bizlar ham yedik hamda oradan 2 – 3 kun o’tib ovqatlar butunlay hazim bo’lgandir deb eskilar aytganidek “Qari bilgani pari bilmas” degan maqol hayolimga kelib o’z ajalini yaqinlashganini xudo yodiga solib, kitobni qarzdor bo’lmayin deb tashlab ketganini ko’p yillar aytib yurdim. Mana ortadan 60 yildan ortiq vaqt o’tsa ham siz azizlarga ana shunday mo’tabar Ollohni nuri tushgan insonlar bor bo’lib maktab sohasida birinchi qadam tashlagan insonlar qatorida tilga olib ruxi poklariga duo qilib yana bir bor tanishtirish maqsadida so’z yuritdim.

Tarix – haqiqatning muhum tamoillaridan biri shuki o’tmish voqealari va tariziy shaxslarni faqat bugungi zamon va siyosati talablaridan kelib chiqib emas, o’sha voqea xodisalarni sodir bo’lgan davr tarozisi bilan o’lchash va adolatli baholash haqiqatga yaqinroqdir. Shuning uchun ham biz tilga olib o’tgan maktablar ularni o’rinlari va dars bergan o’qituvchilarni oldingi sahifalarda aytib o’tilganlarni qoralab yoki savodsizga chiqarib qo’ymadik faqat ularni qalb qo’ri ko’z nuri bilan avaylab, tarbiyalab, o’qitib, odob va axloqli qilib o’z oilasi o’z farzandini ikkinchi darajaga surib, o’zgalar oilasini, o’zgalar farzandini o’zinikidan ustun qo’yib kechani kecha, sovuq qor qahraton qish kunlari ham maktablarda isitish imkoniyatlari bo’lmaganligidan qalb qo’ri bilan qizitib eng yaxshi so’z va iliq gaplari bilan o’quvchilarni darslarga ishtirokini taminlash uchun ota – onalar bilan kecha kunduz muloqotda bo’lib yoshlarga nurafshon yo’l ko’rsatib kelgan bu mening burchim deb o’z oldilariga maqsad qo’yib, ta’lim tarbiya berib ularni o’qitgan o’quvchilari ham keyinchalik o’z bilimlarini boyitib turli o’quv yurtlari va oliygohlarida o’qib xalq xo’jaligining turli sohalariga kelib ishlay boshladilar shuning uchun ham vrachlar, fan nomzodlari, fan doktorlari, olimlar, professor, doktor unvonlariga ega bo’lib obro topib ishlab kelayotgan insonlarni kim o’qitgan, kim tarbiyalab voyaga yetkazgan – degan savolni o’zingizga berib ko’ring.

“Toma toma ko’l bo’lur, tommay qolsa cho’l bo’lur”, “Oz – oz o’rganib dono bo’lur, qatra qatra yig’ilib daryo bo’lur” – degan maqollarga amal qilib o’qitganlari uchun hozirgi o’qimishli odamlar fan madaniyatni yuksak pog’onada o’sishi, iqtisodiy – ijtimoiy axvolni yanada yaxshilanishi shularni hammasi o’tganlar ekib ketgan mevalar, danagidan ko’karib chiqqan nihollar bo’lib o’zlari orzu qilib shu mevalardan totarmiz deb umid qilib o’tib ketganlarni mevasidir deb tushunmoq lozimdir.

Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo’riqlaydigan go’zal axloq va yaramas yo’ldan, yomon axvolga tushishdan saqlaydigan xushyorlik.

Shuning uchun fazilat farzand kabidir, uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozimdir. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota onasiga rohat yoki jazo keltiradi. Insonlarda umid bo’lmasa edi hayot lazzati yo’qolar edi. Tarbiyasiz odam jonsiz jasadga o’xshaydi. Nodon kishi o’zining nasil nasabiga, olim kishi esa o’zining ilim va adabiyotiga tayanadi.

Ilm o’rgannishdan murod mansab emas, xalq va vatan oldidagi burchini oqlash uchundir bu maqollarni keltirishimdan maqsad maktab, ota – ona, o’qituvchi va o’quvchilar jipisligidandir ana shundagina yuqoridagi maqollar o’z o’rnini topaoladi. Endigi vazifa yoshlarga puxta bilim berish bilan ularni dunyoqarashini shakillantirish jahonda bo’layotgan o’zgarishlar va imkoniyatlarga keng yo’l ochib berish, bularni hammasi avvalo o’qituvchi ko’rsatmasi va yo’l yo’riqi o’quvchini kichik bo’lsa ham tashsbbusini maqullash va kamchiliklari bo’lsa tuzatib yo’lga solishda va rag’batlantirishdan boshlash, shuning uchun ham Al – Xorazmiyga bag’ishlab o’tkazilgan jahon matematik olimpiadasi, jahon sport arenalariga o’quvchilarni ishtiroki yana yaqinda bo’lib o’tgan yosh kitobxonlar to’rt bosqichli ko’rik tanlovlarda o’quvchi o’z harakarti intilishi va men undan kam emasman degan harakati tufayli yuqori pog’onalarga erishganliklari endi 2020 yildan boshlab har bir fan bo’yicha jahon olimpiadalariga o’quvchilarni tayyorlash va ularni ilhomlantirish bizning vazifamizdir yana keng quloch yoyib kelayotgan ijod maktablari, president maktablari Toshkent, Nukus, Xiva va Namanganda kelgusi yildan boshlab hamma viloyatlarda qurib bitkazib ishga tushurilib tanlov asosida bu maktablarga o’quvchilar qabul qilinishi u maktablarga jahonning ilg’or o’qituvchilaridan taklif qilib, ular metodi va bizni yutuqlarimiz asosida bilim, ilm sirlarini o’rgatish kata maqsadimizdir.

Anashu dargohlarda ilm olayotgan o’quvchini ota – onasi qarindosh urug’lari, o’qituvchilari va maktabdoshlari ham g’ururlanib, men ham shu bola kabi o’qisam deb his hayajon uyg’otishdan iboratdir.

Men Xo’jaev Ollabergan ushbu qo’lyozmani boshida keltirib o’tgan so’z boshida qishloqdagi uchta o’rta umumta’lim maktabini qo’shib tarix yaratsak degan umidda ish boshlasak o’z maktabim 10 – maktabda 40 yildan oshiq kenagas qishlog’ida 60 yildan ortiq yashab ishlab, kelganligim sababli xalq orasida yurib ko’plarini o’zim o’qitib ko’plarini farzandlarini, nabiralarini ham o’qitib to’yu hashamlarida birga bo’lib ota – onalar bilan doimo muloqotda bo’lib ko’plab materiallar to’plab M.Gorkiy 10 – son maktab haqida ayrim kamchiliklari bo’lsada yozib tayyorlashga jurat qildim. Risolamiznibirinchi qismi shu maktab haqidagi materiallar bilan boyitilgan. XXII partiya sezdi 11 – son maktab bo’yicha maktabning yangi direktori Karimov Ollaberdi ishga kelib barcha hujjatlarni va inventarlarni o’rganib chiqish arafasida shu maktabda 30 yildan ortiq Matematika o’qituvchisi va rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan mening ham eng yaqin do’stim Qurbonboev Egambergan inestitutda ham birga o’qib, o’qishdan keyin birga ishlagan, ikkalamiz ham pensiyaga chiqib Egambergan bilan bir sinfda o’qishgan do’stlari Karimov Do’schon Dovuddan Xudayberganov Rajab, Nezaxosdan Maxmudov Yo’ldosh, Sherov Rozmat, Otaev Ro’zmat va men Xo’jaev Ollabergan, Kenagasdan Ollayorov Inomboy, Qalandarov Rajab, Qo’shnazarov Rajablar bilan birgalikda har oyda bir marta yig’ilishib 30 yilga yaqin uchrashib turardik.

Egambergan bilan maktabda birga o’qigan do’sti Karimov Do’schonboy kolxo’z brigoderi, tabelchi fermada uchyot xodimi bo’lib ishlab, pensiyaga chiqqandan keyin uyi yonidagi do’kanga qorovul bo’lib o’tib kechalari uxlab qolmaslik uchun diniy kitoblarni o’qib savodini yanada oshirib o’z elotiga mulla qilib keyinchalik kenagas qishlog’iga kata imom qilib tayinlanib 10 – 15 yil ishlab haj ziyoratiga borib ham barchamizga diniy bilimlarini ulashardi 2017 yilda 81 yoshida oramizdan ketdi. Qolganlardan Sherov Ro’zmat 2012 yilda, Ollayorov Inomboy 2014 yilda, Qalandarov Rajab 2017 yilda, Mahmudov Yo’ldosh 2018 yilda, Qo’shnazarov Ro’zmat 2018 yilda va do’stimiz Qurbonboev Egambergan 2009 yilda oramizdan ketdilar. Qurbonboev Egambergan o’zi director bo’lib 25 yildan ortiq 11 – maktabda ishlab o’z maktabini tarixini yaratish maqsadida 1950 – 1988 yillar oralig’idagi materiallarni yozgan so’nggi voqea xodisalarni yoki e’tibor bermaganligidanmi, qarilik avj olib, sog’lig’i to’g’ri kelmaganligidanmi qo’lyozmani shu maktabda qoldirgan, keying rahbar va o’qituvchilar uni muhum hujjat emas deb arxivga tashlaganlar. Ana shu hujjat yangi direktor Karimov Ollaberdi sinchiklab tekshirib ko’rsa o’z otasini do’sti Qurbonboev Egamberganni o’z qo’li bilan yozgan maktab tarixi ekan. Qo’lyozmani Karimov Ollaberdi tarix kitobingizga kiritsangiz tayyor hujjat deb menga topshirdi shundan keyin materiallarni ham topishda yordam beraman deb Qurbonboevni shogirtlari Quryozov Quronboy va Yusupova Jumagullar topib to’ldiramiz deganlaridan keyin qolgan qisimlarini men o’zim to’g’irlab II – qismini 11 – maktabga bag’ishladim.

XOTIMA


Mana qo’lingizga ikkala maktabni ham kichik tarixi bitilgan materiallar bilan tanishib, haqiqatda ham hayot o’nqir cho’nqir xodisa va murakkab jarayonlarni boshidan kechirib o’z maqsadlariga erishgan xalqni irodasini, kuch qudratini, bilim mahoratini ko’rsatib, manashunday gurkirahgan, boy, badavlat, nimani maqsad qilsa, shunga erishaoladigan insonlarni mardona kurashi va kelajakni o’ylab ish yuritishi, er ostidagi va er ustidagi hamma boyliklarni o’zlashtirib yangi avlodga qoldirish ular ham o’z bilim va ko’nikmalari asosida hamma narsa inson uchun, insonni baxtu saodati uchun shioriga amal qilib borayotganliklarini guvohi bo’lib kelmoqdamiz.

Avvalo men mushtariylardan bu kitobni yozishimdan keksalik, suyak, mushaklarni bo’shashib qo’l va ko’zlarim o’zimga bo’ysunmay ayrim xato va kamchiliklar, so’z boyligim kam har bir so’zni yozishda boshidagi boshidagi harflar bilan oxirgi harflar mos kelmasligi, ayrim so’zlarni sheva tilida shu zamon nafasiga bog’lab bo’rttirib yoki qisqartirib xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsam siz azizlar shularni yaxshi tushunib kechirarsizlar deydigan umiddaman. “Bizlar ham edik sizlarday, sizlar ham bo’larsiz bizday” deb mendan kata yoshlarga borganinggizda ham jo’shqin, ilhom, mardona kuch quvvat bilan ildam qadam tashlab ijod qilib katta – katta romon, doston yozib o’zlaringizdan katta estalik qoldirishlaringizda uzur so’rab tilakdosh ekanligimni izxor qilmoqchiman.



Men bu hikoya tarzida yozgan kichik tarix kitobimni yozishimdan asosiy maqsad: birinchidan – 90 yil ichida qanday o’zgarishlar ya’ni butunlay savodsizlikdan – savodli madaniyatli, manaviyatli qishloqqa aylangan ya’ni 90 yil oldin Kenagas qishlog’iga bitta ham o’rta, oliy ma’lumotli insonlar bo’lmay asta sekin o’qish, ta’lim – tarbiya rivojlanib, hozir 17 yoshdan yuqori hamma o’rta ma’lumotga ega. Qishloqda o’rta maxsus va oliy ma’lumot olib turli sohalarda ishlab pensiyaga chiqqanlar soni 967 tani (bu ma’lumot qishloq oilaviy politnikasidan olindi) tashkil etsa, avval kesak va loydan birovlar tomonidan qurilib, o’qish xonaga aylantirilib har bir kichik maktabda 2 – 4 sinf xonasi va har bir maktabda 2 – 3 ta o’qituvchi dars berib ular ham o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotli bo’lgan bo’lsa, endi qishloqdagi 9 – son, 10 – son, 11 – son maktablarni har birida 600 – 700 o’quvchi o’qib ularga 50 – 70 pedagog xodim dars berib, har 10 – 15 o’quvchiga bir, ikkitadan oliy ma’lumotli o’qituvchi to’g’ri keladigan uchta maktab ham yangi zamon talablariga javob beradigan tipovoy hamma imkoniyatlarga ega bo’lgan fundamenti bitondan, devorlari g’ishtdan, usti shifer tagi pol bo’lgan yorug’ va shinam sinf xonalarga ega tipovoy maktablar Davlat mablag’i
Download 30.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling