[-]


Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana24.10.2020
Hajmi0.59 Mb.
#136651
  1   2
Bog'liq
1-laboratoriya ishi





OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI SOGʼLIQNI SАQLАSH VАZIRLIGI

TOSHKENT DАVLАT STOMАTOLOGIYA INSTITUTI

TIBBIYOTDА АXBOROT TEXNOLOGIYARI FАNIDАN LАBORАTORIYA ISHLАRI

Tibbiy oliy taʼlim muassasi talabalari uchun (oʼquv-uslubiy koʼrsatma)


___ - kurs _____ - guruh talabasi

____________________________________ ning (talabaning F.I.SH.)

1-laboratoriya ishi

NATIJALARI


Тоshkent-2020

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan LABORATORIYA ISHLARI -1-



Тuzuvchilar:

М.М.Каsimov -

SH.Х.Аbduganiyeva -

L.A.Fazilova -

TDSI Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʼqituvchisi

TDSI Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʼqituvchisi

TDSI Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti


Таqrizchilar:

R.Х.Каdirov -

N.V.Xramova -

TDSI qoshidagi «Stomatologiya va yuz-jagʼ jarrohligi» ilmiy-amaliy markazi ilmiy hodimi, t.f.n.

TDSI «Yuz-jagʼ jarrohligi» kafedrasi dotsenti, t.f.n.


TIBBIYOTDА АXBOROT TEXNOLOGIYARI FАNIDАN LАBORАTORIYA ISHLАRI

Tibbiy oliy taʼlim muassasi talabalari uchun (oʼquv-uslubiy koʼrsatma)

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish boʼyicha oʼquv-uslubiy koʼrsatma TDSI tibbiy-biologik fanlar uslubiy hayʼatida muhokama etildi va tasdiqlandi. Bayonnoma__ («____»_______2018 y)

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish boʼyicha oʼquv-uslubiy koʼrsatma TDSI markaziy uslubiy hayʼatda muhokama etildi va tasdiqlandi. Bayonnoma __ («____»_______2018 y)

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish boʼyicha oʼquv-uslubiy koʼrsatma TDSI Kengashida muhokama etildi va tasdiqlandi. Bayonnoma №__ («____»_______2018 y)

Ilmiy kotib ________________ t.f.d. А.А.Yuldashev

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan LABORATORIYA ISHLARI -2-



КIRISH

Respublikamizda yoshlar uchun, yoshlarning kelajagi va manfaati uchun olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy markazida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasidan yuqori malakali mutaxassislarni kashf qilish masalasi alohida oʼrin olgan.

Talabalarning chuqur fikr yuritish, mustaqil izlanish, yangiliklarni kashf etishga tinmay izlangan holda intilishlar ruhida tarbiyalash oliy taʼlim oldidagi vazifalardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazarga koʼra bugungi kunda xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va ayni vaqtda jadal suatlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Аxborot texnologiyalarining shifokorning kundalik faoliyatida keng koʼlamda foydalanishi qator tibbiyot xodimlarining mehnatini tashkillashtirishga oʼzgartirishlar kiritdi. Tibbiyotning barcha sohalarining chuqur axborotlashuvi har bir tibbiyot xodimidan yetarli bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishni talab qiladi. Bu bilim va koʼnikmalarni, biz, bugungi kunda oliy taʼlimda berishimiz kerak. Shunday ekan boʼlajak shifokorlarni mutaxassislikka tayyorlar ekanmiz, ularni АKT asoslari va ulardan foydalanish, qoʼllash asoslarini rgatishimiz kerak. Oʼqitiladigan barcha mavzularda tibbiyot bilan integratsiya masalasi keng yoritiladi, sababi koʼriladigan misollarnin barchasi sogʼliqni saqlash tizimidan olinib, tushuntiriladi.Laborator mashgʼulotlar talabalar tibbiy hujjatlarningturli talab etilgan formalarini yaratish va ularni qayta ishlash bilan bogʼliq amallarni bajaradilar. Bular tibbiy ambulator kartalarni yaratish, keyinchalik statistik tahlil bajariladigan jadval maʼlumotlarni yigʼish, ularni qayta ishlash, ularni grafik tasvirlash, hisobotlar tayyorlash, tasviriy hujjatlarni qayta ishlash, MB yaratish. Аgar amaliy mashgʼulotda oʼqituvchi nazorati va rahbarligida amallarni bajarsa, laboratoriya ishlarini bajarishda belgilangan reglament va koʼrsatmalarga tayangan holda mustaqil, erkin faoliyat yuritish imkoni mavjud. Bu esa talabalga qoʼyilgan muammoni ijodiy yondashgan holda yechish imkonini beradi. Odatda kompьyuter doimiy texnik vosita sifatida oʼrin tutadi, biroq fan boʼyicha laboratoriya mashgʼulotlarini bajarishda u endi ishni bajaruvchi asosiy jihozga aylanadi. Shu tariqa talaba kompьyuterdan qoʼyilgan masalani rinli va tezkor xal etishda axborot texnologiyalaridan oʼrinli foydalanish asoslarini oʼzlashtiradi.

Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan LABORATORIYA ISHLARI -3-


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling