§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)


Download 216.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana09.09.2022
Hajmi216.91 Kb.
#803460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XV
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12


1
§ 2-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING 
VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
Tayanch atamalar va iboralar: manafaktura, fabrika, sanoat proletariati, sanoat to'ntarilishi, 
senz, shampar, kurfyurst, 
■ 
Reja: 
4.1. 
Davrning umumiy tavsifi 
4.2. 
Angliya - sanoat inqilobining vatani 
4.3. 
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
4.4. 
Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari 
4.1. 
Davrning umumiy tavsifi 
XVIII 
asrda G'arbiy Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy sohada quy- idagi muhim hodisalar yuz 
berdi: 
• 
burjua iqtisodiy munosabatlarini paydo bo'lishi va rivojla- nishi
• 
sanoatni jadal o'sishi sharoitida raqobatning hukmronligi, 
• 
angliyadagi sanoat inqilobi, 
• 
burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini o'sishi, 
• 
andifeodal harakatning kuchayishi
• 
qishloqni shaharga bo'ysunishi, 
• 
insonlar o'rtasidagi deyarli barcha an'anaviy munosabatlarni pul munosabatlari 
bilan to'liq almashtirilishi, 
• 
ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlik to'g'risidagi ma'rifiy g'oyalarni keng tarqalishi. 
XVIII 
asrda G'arbiy Yevropa iqtisodiy jihatdan sanoat rivojlanish sur'atlari bo'yicha 
namuna bo'ldi. Asr boshidayoq yevropa manafakturasi o'z taraqqiyotining oxirgi bosqichiga o'tdi 
va bir qator mamlakatlarda (Angliya, Gollandiya, Fransiya sanoatin- ing ba'zi tarmoqlari) 
hunarmandchilikdan ustunlik qila boshladi. Boshqa Yevropa mamlakatlarida esa (Germaniya, 
Fransiya) manu- fakturaning rivojlanishi feodalizm sarqitlari, sexga berilayotgan imtiyozlar, ichki 
bozorning torligi sababli sekinlashar edi.


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
67
Inglizmanufakturasi. Ingliz manufakturasi eng yetuk cho'qqiga erishdi. XVIII asr 
o'rtalariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishini amalga oshirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy sharoit- lar vujudga keldi. Ushbu jarayonning asosiy mazmuni manufak- turadan 
fabrikaga o'tishda mujassamlashgandir: qo'l mehnatiga asoslangan mayda ishlab chiqarishdan 
yirik mashina industriyasi- ga o'tishda (birinchi navbatda yengil sanoatda). 
Sanoat inqilobi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishga ta'sir ko'rsatdi. 
• 
Umumiy dvigatelli mashinalar tizimi mehnat jarayonini uzluksizligini ta'minladi 
• 
Arzonroq va sifatli bo'lgan fabrika-zavod mahsulotlari hunarmandchilik va 
manufaktura mahsulotlarini siqib chiqardi 
• 
Sanoatni qishloq xo'jaligidan uzil-kesil ajralishi yuz berdi 
• 
Yirik shaharlar va kapitalistik sanoat markazlari paydo bo'ldi. 
Bu davrda burjuaziya - fabrikantlar va yollanma ishchilar - sanoat proletariati sinflari 
to'liq shakllandi. XVIII asr savdo asri hisoblanadi. Ba'zi hollarda tashqi savdoning o'sish sur'atlari 
sano- at ishlab chiqarishi o'sishi sur'atlaridan yuqori bo'ldi. Bu davrda merkantelizm g'oyalari 
ustuvorlik qilardi, aktiv savdo balansi targ'ib qilinar edi. Burjuaziya cho'qqisidagilarning kapitali 
sanoatda emas, balki savdoda, kemasozlikda, bank sohasida mujassamlashgandir. Ushbu davrda 
merkantilizm siyosati faol protek- sionizm siyosati bilan uzviy bog'liq edi. 
Shunday bo'lsa ham XVIII asrda Yevropa asosan agrar hudud- dir. Qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishi jamiyatni mavjudligi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni belgilab berar edi. 
Ushbu tarmoqda aholining asosiy qismi band edi: Angliyadagi 75%dan Fransiyadagi 80-
85%gacha. Yerga mulkchilikning turli shakllari mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqarar edi. 
Asta-sekin yevropa mamlakatlari agrar sektorida ijaraning shakllari va tarkibi o'zgarib bordi. 
• 
Mayda dehqonchilik ijarasi yirik tijorat ijarasi tomonidan siqib chiqarilardi. 
• 
Ijara munosabatlari borgan sari ko'proq yollanma mehnat jalb etilar edi. 
• 
Dehqonchilikning ijtimoiy-iqtisodiy differensiatsiyasi ushbu munosabalarga 
bevosita bog'liq edi. 

Download 216.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling