§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)


  Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Download 216.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana09.09.2022
Hajmi216.91 Kb.
#803460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XV
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12
5.2. 
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
Napoleonning iqtisodiy siyosati. Fransiyada XVIII asr oxiridagi inqilob mag'lubiyatga 
uchragandan so'ng 1799 yil 9-10 noyabrda davlat to'ntarishini amalga oshirib hukumatga general 
Napoleon Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini mustahkamladi va 1804 yilda o'zini 
imperator deb e'lon qildi. 
Napoleon davrida 
• 
xususiy mulk muqaddas deb e'lon qildindi; 
• 
sanoat rivojlandi; 
• 
1800 yilda uning qo'llab-quvvatlashi natijasida Fransuz banki tashkil etildi; 
• 
ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo'lib burjuaziyaning bosh moliyaviy asosiga 
aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi; 
• 
Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda Yevropaga fransuz eksportini 
kengayib borishi evaziga katta mablag'lar oqib kela boshladi; 
• 
Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy so- haga xarajatlarni 
keskin ravishda oshishiga olib keldi. 
Sanoat to'ntarilishi. Fransiyada sanoat to'ntarilishi Angliyadan kechroq amalga oshdi. U 
past sur'atlar bilan amalga oshdi. Buni mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda 
hunarmand- chilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining sus- tligi, sanoat 
kapitalini emas bank-savdo kapitalini rivojlanganligi taqazo qilar edi. 
Shunday bo'lsa ham: 
• 
manufaktura va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga keldi; 
• 
sex tizimi yo'q qilindi; 
• 
fabrika sanoati uchun muhim hisoblangan ish kuchi bozori tashkil topdi; 
• 
Fransiyada sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz berdi; 
• 
tekstil sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida katta ahamiyatga ega 
ixtirolar qilindi; 
2
Кустова Т.Н., Камакина О.В. История экономики: Учебное пособие / РГАТА.- Рыбинск, 2001.- С. 56. 
74 


76
• 
metallurgiyani sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi va ko'mir)ni 
yetishmasligi sababchi edi. 
XIX asrning 50-70-yy.da paxta iste'moli 2 barobar oshdi. Lion shoyi ishlab chiqarishning 
yirik markaziga aylandi. Lionda 2 mln.


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
kg. ipak-xom ashyosi qayta ishlanardi va mamlakatda ishlab chiqariladigan shoyi 
matosining 2/3 qismi ishlab chiqilardi. 
Sanoat inqilobi XIX asrning 60-yillarda yakunlandi. Sanoat mahsulotining umumiy hajmi 
6 marotaba o'sdi (asr boshidagi 2 mlrd.fr.dan 60-yy. oxiridagi 12 mlrd.fr.gacha). 
Fransiya sanoat ishlab chiqarishi va umumiy iqtisodiy salohiyat bo'yicha jahonda ikkinchi 
o'rinni egalladi. 
Qishloq xo'jaligi. O'sha davrda Fransiya baribir agrar mam- lakat edi. Mamlakatning 8.7 
mlrd.fr.li milliy daromadidan 5 mlrd. fr. agrar sektorga to'g'ri kelardi. 
• 
qishloq xo'jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qishloq joylarda yashar edi. 
• 
feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishi o'sdi. Ekin maydonlari kengaydi. Agrotexnika va mehnatni mexanizatsiyalashtirish 
yaxshilandi. Yirik qoramolning boshi 1.5 barobar ko'paydi. 
• 
yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holat- lari yaxshilanib bordi. 
• 
bug'doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o'sdi. 
• 
chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi sohasiga aylandi. 
Savdo va moliya. XIX asr o'rtalariga kelib Fransiyada savdo- 
moliya sohasida muhim voqealar sodir bo'ldi. 
• 
bojxona siyosatidagi o'zgarishlar - ingliz uskunalari, metall va ko'miriga bojlar 
bekor qilindi. 
• 
kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib o'tdi. 
• 
natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo'ldi: yer banki, savdo va sanoat 
banklari 
Kreditlashda yangi hodisa bo'lib "Kredi mobnle" bankini tuz- ilishini aytish mumkin. U 
XIX asrning 50-yy.da tashkil topib, o'z kapitalini mamlakatni iqtisodiy taraqqiyotiga, ta'sischilik 
faoliyat- iga, aksioner jamiyatlarni shakllantirishga sarflar edi. 
XIX asrning 60-yy.lar boshida yirik "Lion krediti" va "Bosh jami- yat" banklari tashkil 
topdi. 
Parij Kommunasi. XIX asrning 2-yarmida franko-pruss urushi- da (1870-1871 yy.) 
Fransiya boshiga og'ir kulfatlar tushdi. Nemis qo'shinlari fransuz armiyasini mag'lubiyatga 
uchratib Parijni bosib oldi. Yo'l-yo'lakay aholi, manufakturalar talon-taroj qilindi. 
76


79
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
Fransuz burjuaziyasining sotqinlik siyosati va nemis bosqinchi- larining vaxshiy xatti-
harakatlaridan ta'sirlangan parij proletariati 1871 yil 18 martda qo'zg'olon uyushtirdi. 
Keyinchalik qo'zg'olonga hunarmandlar, mayda burjuaziya va xizmatchilar ham 
qo'shilishdi. A.Ter hukumati
3
Parijdan Versalga qochib ketdi. 26 martda Parij shahri kengashiga 
saylov o'tkazildi. Parij Kommunasi e'lon qilindi. 
Bu proletar inqilobning va proletar diktaturasini o'rnatishning birinchi urinishi edi. Asosiy 
maqsad qilib burjuaziya sinfining hukmronligini yo'q qilish va nemis bosqinchilaridan ozod bo'lish 
edi. Kommuna 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham u o'z izini tarixda qoldirdi. 

Download 216.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling