 2012-2013-o‘quv yilining I yarim yilligi bo‘yicha o‘tkazilgan fizika fanidan ta’lim sifati monitoringi natijalari tahlil qilinganda umumiy o‘zlashtirish samaradorligi 45 foizni tashkil etgan


Download 44 Kb.
Sana16.10.2019
Hajmi44 Kb.

FIZIKA

Fizika fani ta’limida yuqori sifat samaradorligiga erishish, ilm-fan yangiliklarini jarayonga tatbiq etish, o‘quvchilar qiziqishi, bilim samaradorligini oshirish, hozirgi zamon fan-texnikasini o‘rganishga intilishlarini kuchaytirish o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklaydi. U darsni ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish, zamonaviy laboratoriya o‘quv jihozlaridan samarali foydalanish natijasida mustaqil fikrlovchi, ijodkor, barkamol shaxslarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoyilik bilan bajarishi lozim.

Fanni o‘qitishga oid muammolarni hal etish, sohada olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan o‘qituvchilarni tanishtirish hamda yosh o‘qituvchilarga laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali o‘quvchilar nazariy bilimini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini tushuntirish maqsadida sho‘ba yig‘ilishlarini o‘quv-laboratoriya jihozlari, texnik vositalar bilan ta’minlangan ta’lim muassasalarida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilish­-larida o‘qituvchilar bilan asosan quyidagi vazifalar yuzasidan fikrlashib olish maqsadga muvofiq:

 2012—2013-o‘quv yilining I yarim yilligi bo‘yicha o‘tkazilgan fizika fanidan ta’lim sifati monitoringi natijalari tahlil qilinganda umumiy o‘zlashtirish samaradorligi 45 foizni tashkil etgan. Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish monitoringi tahlil qilinganda ayrim bo‘shliqlar aniqlandi. Misol uchun, monitoring jarayonida ishtirok etgan 7-sinf o‘quvchilarining 85,9 foizi Nyutonning 2-qonuni formulasi va markazga intilma tezlanishni hisoblash formulasi, 82,9 foizi tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi formulasiga doir, 76,7 foizi tezlik va uning birligi, grafikdan foydalanib tezlanishni topish, sanoq sistemasi, tezlikni topish bo‘yicha masala yechishda qiynalgan. Ushbu mavzularda o‘quvchilar berilgan masalani mushohada qilib, fizik kattaliklarni, masala uchun zarur bo‘lgan formulani yozishda, o‘lchov birliklarini bir xil sistemaga keltirishda, rasmlarni mavzuga moslab chizishda, yordamchi formulalarni bir-biriga tenglashtirib kerakli formulani hosil qilishda, matematik hisoblay olishda qiyinchilikka duch kelishgan.

Sho‘ba yig‘ilishlarida shu kabi bo‘shliqlarni to‘ldirish, xatoliklarni bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

 O‘qituvchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazib, “Virtual laboratoriyadan qaysi sinfda va qaysi mavzularda foydalanasiz?” degan savolga olingan javoblardan ular virtual laboratoriya va elektron darslik farqini yaxshi ajrata olmasliklari aniqlandi.

 Fizika fanida axborot-kommunikatsiya texno­lo­giyalaridan (elektron darslik, o‘quv filmi, virtual laboratoriya ishlari) foydalanish dars samaradorligi oshishiga zamin yaratadi. O‘quv filmlari ko‘rgazmaliligi bilan ajralib turadi. Unda sinfda ko‘rsatishning iloji bo‘lmagan fizik hodisa va jarayonlarni, fizik qonunlar asosida yaratilgan mashina-mexanizmlarni namoyish etish imkoniyati keng. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini ri­vojlantirish markazi tomonidan 6-sinf uchun 8ta, 7-sinf uchun 6ta, 8-sinf uchun 7ta, 9-sinf uchun 6ta, jami 27ta virtual laboratoriya ishi yaratilgan. Virtual laboratoriya ishlari 8 qismdan iborat — asosiy matn (mavzuga tegishli asosiy materiallar), video (laboratoriya ishi bajarilgan videolavha), interfoal tajriba (laboratoriya ishining animatsiya orqali bajarilishi), test (laboratoriyaga tegishli 15ta test), mashq topshiriqlar (masalalar, savol va topshiriqlar), krossvord (mavzuga tegishli boshqotirma), lug‘at (alfavit tarzida tayyorlangan mavzuga tegishli atamalar izohi), elektron resursdan qanday foydalanish yo‘riqnomasi. Virtual laboratoriya ishlari har bir o‘quvchi alohida kompyuterda mustaqil bajarishiga mo‘ljallangan. Ulardan dars jarayonida qanday foydalanish, internet xizmati bo‘yicha ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytiga joylashtirilgan.

 Elektron darslikdan foydalanishning afzalligi shundaki, yangi mavzuni tushuntirish, mavzuni mustah­kamlash uchun savollar va masalalar, dars jarayonida jihozlar bo‘lmaganda ham ko‘rgazmali tajribalarni animatsiya usulida bajarish imkoniyati mavjud. Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan fan bo‘lgani sababli, har bir mavzuni tajribalar asosida ko‘rgazmali o‘tish, shubhasiz, samaradorlikni oshiradi. Shunday ekan, yosh o‘qituvchilarga dars jarayonida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan unumli foydalanish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tumanlarda tashkil etilgan tayanch maktablar negizida yil davomida reja asosida “O‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash va undan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazishni, laboratoriya asbob-uskunalarini ta’mirlash va yana bir marta kalibrovkadan o‘tkazishni tavsiya etamiz.

 2013—2014-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida N. Turdiyev muallifligidagi 6-sinf «Fizika»,


P.Habibullayev, A.Boydedayev, A.Bah­romovlar ham­muallifligidagi 7-sinf «Fizika» darsliklari qayta nashr etildi.
P.Habibullayev, A.Boydedayev, A.Bah­romov, M.Yuldashevalar hammual­lifligidagi 8–9-sinflar «Fizika» darsliklaridan foyda­lanish tavsiya etiladi.

 Ixtisoslashtirilgan maktab­larda maxsus fanlardan darslarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Birinchidan, o‘quvchilar fanga bo‘lgan qiziqishlari orqali tanlab olingan. Ikkinchidan, ularning ehtiyojiga ko‘ra ajratilgan soatlar umum­ta’lim maktablariga ajratilgan soatlardan taxminan 1,5 barobar ko‘p. Aniq fanlarga ixtisos­lashtirilgan va fizika fani chuqur o‘rganiladigan sinflar uchun N.Turdiyev muallifligida “FIZIKA-7”, “FIZIKA-8” va “FIZIKA-9” darsliklari G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilib, ochiq savdoga chiqarildi.



 Fizika sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan va yangiliklar yaratgan tajribali o‘qituvchilar bilan davra suhbatlari, mahorat mashg‘u­lotlarini o‘tkazish hamda ular bilan ochiq muloqotlar tashkil qilish lozim.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling