“ Birinchi qung’roq” – “Salom, maktab


Download 95.5 Kb.
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi95.5 Kb.
#744983
  1   2
Bog'liq
BIRINCHI QO\'NG\'IROQ
Mustaqil ish mavzulari (1), YONGin havfsizligi, 1, 1, 1, 1, 524-18 QMB, 514-18 БИК Расулов Бозор, Metallurgiya, atrabotka, ies m-2, 2 5226512704268670514, English Speaking Countries 040, download-oquvchilarning-fuqarolik-tarbiyasi

Tadbir ssenariysi

1-b:
Vodiylarni yayov kezganda ,


Bir ajib his bor edi menda.
Chapar urib gullagan bog’in,
O’par edim vatan tuprog’in.
2-boshlovchi
Odamlardan tinglab hikoya
O’sar edi shoirda g’oya.
Daryolardan kuylab o’tardim
Ertaklarga quloq tutardim
Barisini tinglardim ammo
O’xshashini topmasdim aslo.

1-b
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston


Dostonlarda bitgan guliston.
O’zbekiston deya atalur
Uni sevib el tilga olur.
Assalomu alaykum hurmatli aziz mehmonlar, mehri daryo ustozlar, qadrli o’quvchilar!

2-b
Assalomu alaykum mustaqillik ruhi ila yonib yashayotgan qadrli mahalladoshlar!


1-b
Bugun yurtimizda katta shodiyona. Respublikamizning turli hududlarida barcha muassasa va tashkilotlarda,qolaversa, har bir xonadonda O’zbekiston respublikasining 27 yillik to’yi keng nishonlanmoqda.Ushbu muborak kun barchamizga qutlug’ bo’lsin!


2-b:
Biz uchun bugun haqiqiy bayram. Bugun yangi o’quv yili boshlanib, Birinchi qo’ngiroq chalinadi. Ona maktabimiz o’z egalarini yana bag’riga oladi.


1-b:
Bugun ayniqsa, maktab ostonasiga ilk marta qadam qo’yayotgan jajji bolajonlarimiz uchun eng quvonchli kun. Ularning qalblari his – hayojonga limmo – lim. Bolajonlarimizning ota-onalari kamoli ishonch, kelajakka katta umid bilan mehribon, bilimli, jonkuyar ustozlar qo’llariga farzandlarini topshirmoqdalar.


1 – b:
Hozir tantanali ravishda maktabga,1-sinfga ilk bor qadam qo’yayotgan bolajonlarimizni davraga taklif etamiz.
Kutib oling Rajabova Yulduz Hamdamovna rahbarligidagi 1-“A” sinf o’quvchilari.
Tojiyeva Ozoda______________rahbarligidagi 1-“B’ sinf o’quvchilari.
Raximova Aziza______________rahbarligidagi 1-“D” sinf o’quvchilari.
___________________________________________________

2-b
Bugungi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligigabag’ishlangan,”Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.


Madhiya ijro etiladi.


___________________________________________________

1-b:
1-sinfga qadam qo’yayotgan aziz bolajonlar. Maktab-qutlug’ dargoh. Eng qadrli shu dargohni hamisha avaylab, asrang. Kelajakda ilm cho`qqilarini egallab,buyuk davlatimizning komil insonlari bo’lib, hayotda munosib o’rningizni topishlaringizda omad tilaymiz.




2 – b:
Bugun har yilgi ana’namizga muvofiq jajji o’g’il – qizlarimizga Yurtboshimiz nomidan President sovg’alari sifatida 12 turdagi o’quv qirollari va darsliklariga ega yangi o’quvchi sumkalari topshiriladi. Bu ham albatta Mustaqilligimizning sharofatidir.
1-b
Jonajon yurtimizni Mustaqil VATAN DEB ATAYMIZ. Bu ko’hna diyor torlarini shunday chertib yubordiki, endi uning sehrli sadolaridan dunyo mamalakatlari ko’z o’ngida O’zbekiston siymosi namoyon bo’lmoqda. Mustaqillik Ollohning bizga bergan buyuk in’omi. Bu saodat nasib etgani uchun hammamiz shukronalar aytamiz.

2-b
Tarixan qisqa vaqt 27 yil ichida O’zbekistonning siyosiy va ijtimoiy sohalardagi islohatlari, tinchlik va barqarorlik yo’lidagi siyosati, uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Endilikda respublikamizning nomi butun dunyoga mashhur, uni eshitmagan, bilmagan va hurmat ila tilga olmagan mamlakatning o’zi yo’q. Shu bois mustaqillik bayrami chinakam umumxalq tantanasidir.


1-b:
Vatan! Mening onam, mening tuprog’im,


Vatan! Mening jonim, mening qo’rg’onim.
Sen mening hayotim, mening sulzorim,
Seni jonim qadar sevaman Vatan!

2-b:
Sen shunchalar buyuksan, buyuksan Vatan,


Qudratlisan, qutlug’, suyuksan Vatan.
Sen mening hayotim, mening qanotim,
Seni jonim qadar sevaman Vatan!

Endi tabriklash uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Sh. Boltayevga beramiz.


___________________________________________________
1-b:
O’zbekning buyukligi uning dunyo anglab yetgan ma’naviyatidir. Xalqimizni ulug’ qilgan qudrati uning nafaqat ma’naviy merosi, balki qadriyatlari, urf-odatlari va an’analaridir.

2-b:
Har qanday xalqning ulug’vorligini uning tarixi, madaniyati, ta’limi, adabiyot va san’ati namoyish etib turadi. Naqshinkor imoratlar, minorayu madrasalar, toshga bitilgan qadimiy yozuvlar, o’tda yonmagan, suvda cho’kmagan kitoblar boy o’tmishimizdan so’zlaydi.


1-b:
Azizlar! Endi Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag’ishlangan bayram dasturimizni boshlaymiz. Marhamat tinglab tomosha qiling.


Ajdodlardan meros bu qadim diyor,


Har bitta g’ishti ham sharafshon yurtim.
Sen o’lmas g’urursan, so’nmas iftixor,
Suvi ham, qumi ham zarafshon yurtim!

2-b:
Daryolaring suvga serob, tog’laring qorli bo’lsin,


Erta kuning yana ham bog’li bahorli bo’lsin.
Umring bezavol, boqiy, ishing barorli bo’lsin,
Yasharib yashnayotgan O”zbekistonim mening.

1. Raqs: “ Agar jannat yerda bo’lsa”


2.Qo’shiq: “O’zim aylanay”5-sinf yigitlari.
3.Raqs: “Bolalik”
4.Qo’shiq: “Anhor”

1-b:
Aziz o’quvchilar! Mana, intiqib kutayotgan “Birinchi qo’ng’iroq” jarangini eshitish fursati ham yetib keldi.1– sinfga endigina qadam qo’ygan jajji o’quvchilarimiz “Birinchi qo’ng’iroq”ni chalishadi.





Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling