” Informatika o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi Muxtorova Shohidaning


Download 1.36 Mb.
bet1/10
Sana03.08.2022
Hajmi1.36 Mb.
#790435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 b Muxtorova Shoxida Diplom ishi 15.06.2021
Документ Microsoft Word (16), 1 бет, Doc2, 1- sinf Matematka IV- chorak tayyor, Mavzu Qoraqalpoq xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-hozir.org, 8 lek mt, 9 lek mt, Jordan matritsalari., SHOHRUH TUYG\'UN, Жўраев Беҳруз Тура ўғли, Mavzu Musiqa tinglash. Qo‘shiq aytish, musiqiy ritmik harakatla

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI





Fizika – matematika fakulteti
Informatika o’qitish metodikasi” kafedrasi
5110700” - Informatika o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi
Muxtorova Shohidaning


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Mavzu: Gidrodinamik jarayonlarni matematik modellashtirish usullari.
Kafedra mudiri: M.Alaminov


Ilmiy rahbar: M.Eshonov


Talaba: Sh. Muxtorova
Kafedra majlisining 2021-yil __-may sanasidagi
___bayonnomasi bilan himoyaga ruxsat berildi
Nukus 2021


M U N D A R I J A

K I R I SH. ………………………………………………………………. 3


1§. Suyuqlik oqimining chiziqlari va chegaralari. …………………………… 5
2§. Bernulli tenglamasi va uning nizomlari . ………………………………. 8
3§. Yopishqoq suyuqliklarning oqimi va Stoks qonuni. [1,2,3]. …………… 16
4§. Gazlarning Fizik va Kimyoviy hususiyatlari [6]. ………………… 22
5§. Gaz oqimining gidrodinamik asoslari va oqim tenglamasini keltirib
chiqarish [5,6]. …………………………………………………………….. 31
6§. Gaz oqimining statsionar va statsionar bo’lmagan masalalarining
amalda qo’llanilishi va uni yechish algoritmi. ………………………….. 35
Xulosa. ……………………………………………………………………. .42
Foydalangan adabiyotlar. ………………………………………………… ..43
Qo’shimcha: gaz va suv dinamikasi masalasini yechish algoritmi
va sonli misol. ………………………………………………………………. 43

K I R I SH
Hozirgi vaqtda suyuqlik oqimining matematik modelini tuzish ham suyuqlik oqimiga bog’liqli boshqariladigan obyektlar (masalan suv va gaz bilan ta’minlanuvchi korxonalar) uchun suyuqlik oqimi masalalarini yechish hozirgi vaqtning eng zaruriy talabi bo’lib hisoblanadi. Suyuqliklar siqiladigan (gaz tarzidagi suyuqliklar) ham siqilmaydigan (suv tarzidagi suyuqliklar) bo’lib ikkiga bo’linadi. Ularning oqimining matematik modellari bir-biriga o’xshagan bo’ladi.
Shuning uchun bitiruv malakaviy ishida suyuqlik oqimining matematik modellari ham ba’zibir amaliy masalalarni yechish usullari ko’rib chiqiladi. Misol sifatida Suv va gaz oqimi olinadi. Sababi shahar suv va gaz tarmoqlari uchun truboprovod bo’yicha suyuqlik oqimini rejalashtirish va hisoblab borish masalalari katta axamiyatga ega. Ushbu aytilganlarga bog’liq bitiruv malakaviy ishi asosiy ikki bo’limdan turadi. Birinchi bo’limda siqilmaydigan suyuqliklarning (suv) matematik modeli, ikkinchi bo’limda siqiladigan suyuqliklarning (gaz) matematik modellari ko’rib chiqiladi. Ular uchun hisoblash formulalari keltiriladi.
Bitiruv malakaviy ishi 6 paragrafdan, kirish va yakuniy bo’limdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining yakunida foydalanilgan adabiyotlar yana qo’shimcha (gaz va suv masalalarini yechish algoritmi, sonli misol uning natijalari va dastur matni) keltiriladi.
Birinchi va ikkinchi paragrafda siqilmaydigan suyuqliklarning oqimining asosiy nizomlari, unga qo’yiladigan shartlar, oqim chiziqlari, oqim chegaralari, Bernulli tenglamasi va uning natijalari keltiriladi, sababi bu aytilganlarning hammasi suyuqlik oqimining matematik modelini keltirib chiqarish uchun kerak bo’ladigan eng asosiy faktorlar bo’lib hisoblanadi. Uchinchi paragrafda yopishqoq suyuqliklarning oqimi va Stoks nizomi keltiriladi. Sababi suyuqlik oqimida ishqalanish kuchi va suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsenti eng asosiy faktor bo’lib hisoblanadi, suyuqlik oqishida gidratlar paydo bo’ldan paytda ular oqish tezligiga kuchli ta’sirini ko’rsatadi.
To’rtichi paragrafda gazlarning fizikaviy va kimyoviy xususiyati o’rganiladi. Sababi gaz oqimini modellashtirganda uning xususiyatiga bog’liq fizikaviy va kimyoviy formulalardan foydalanamiz.
Beshinchi paragrafda gaz oqimining gidrodinamik asoslari va truba bo’yicha gaz oqimining matematikalik modeli keltirilib chiqariladi.
Oltinchi paragrafda gaz oqimining statsionar va nostatsionar masalalari ko’riladi. Bu masalalar dastlab oddiy gazoprovodlar uchun qo’yiladi, undan keyin murakkab gazoprovodlar uchun model tuziladi. Keyin qo’yilgan masalalarni yechish usullari bayon etiladi.
Yakunlovchi bo’limda olingan natijalar bo’yicha xulosa chiqariladi.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling