® o’zbekiston tarixi 8 20-26 Mavzu Ichan qal'aning g'arbiy qismidagi Ko'hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo'lgan minorani qaysi hukmdor qurdirgan?


Download 0.5 Mb.
Sana23.10.2020
Hajmi0.5 Mb.

® o’zbekiston tarixi 8

20-26 Mavzu




1. Ichan qal'aning g'arbiy qismidagi Ko'hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo'lgan minorani qaysi hukmdor qurdirgan?

A) Muhammad Rahimxon. B) Olloqulixon

C) Muhammad Aminxon D) Eltuzar

2. Quyidagi ma’lumotlardan xato ma'lumotlar soni nechta?

1. Shahar pishiq g'isht va paxsa devor bilan o'ralgan

2. Buxoro olachasi, bo'zi, bo'zga gul bosish yo'li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi mashhur edi

3. Buxoro-Rossiya munosabatlarida 1797-yilda amir Haydar yuborgan Polvonquli qurchi elchiligi alohida o'rin tutadi.

4. Bu davrda Buxoroda 100 ta madrasa, 300 ta masjid faoliyat ko'rsatar edi hamda madrasalarda 9 mingdan 10mingtacha talaba ilm olgan

5. Vola 2 ta devon tuzdi. Bizagacha esa 3 ming misra she'rlari yetib keldi

6. Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san'ati anjumanida bosh mukofotni Turkmaniston maqom akademiyasi qo'lga kiritgan edi

7. XVIII asrning so'nggi chorakida elchi Ernazarbiy Rossiyaga ikki bor tashrif buyurgan

8. "Podshohlar gulshani" nomli asar ikki qismdan iborat edi

A) 2 B) 3 C) 4 D)5

3. Toshhovli saroyi kimning davrida bunyod etiladi?

A) Muhammad Amin inoq

B) Olloqulixon

C) Avaz Muhammad inoq

D) Muhammad Rahimxon I

4. Quyidagilardan Kichik kengashga kiradiganlarini toping?

1. Mehtar 2. Naqib 3. Bosh qozi 4. Biy

5. Otaliq 6. Devonbegi 7. Shayxulislom

8. Parvonachi

A) 1,2,6,7 B) 2,4,6,8

C) 1,3,5,8 D) 1,4,6,7

5. Xonning maxfiy maslahatchisi, zarurat bo'lganda elchi qilib jo'natiladigan mansabdor shaxs (lavozim )ni aniqlang?

A) Mahram B) Qutvol

C) Yasovulboshi D) Qozi askar

6. Quyidagi asarlarni ularning muallifi bilan moslashtiring?

a) "Fathnomayi sultoniy" b) "Husn-u dil" c)"Gulshan ul-mulk" d) "Yilnomalar to'plami"

1. Muhammadniyoz Nishotiy

2. Muhammad Hakimxon 3. Muhammad Ya'qub ibn Doniyolbiy 4. Mir Olim Buxoriy

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b

C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a

7. Quyidagilardan javoblardan to'g'rilarini aniqlang?

1. Qozoq xonligidan chingiziy sultonlarni birinchi hukmdori Sherg'oziyxon bo'ldi

2. Muhammad Amin hukmdor bo'lgan davrda Eltuzarxon vafot etadi

3. Xiva shahrida 7 nafar muftiy faoliyat yuritgan

4. Xiva xonligida asosiy soliq yet solig'i bo'lib, u zakot deb yuritilgan

5. Xiva XVII asrning ikkinchi choragidan 1920- yilgacha xonlikning poytaxti bo'lib turadi

6. Xiva Rossiyaga ip, gazlama, movut, qand-shakar, metal buyumlar, temir, mis, cho'yan keltirildi

7. Xiva bozorlarida kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilgan

8. "Xon navkarlari" deb muntazam qo'shin tuzgan hukmdor Pahlovon Mahmud maqbarasiga dafn etilgan

A) 0 B) 1 C) 2 D) 3

8. Quyidagi ma’lumotlarni qaysi hukmdor davriga xos ekanligini aniqlang.

1. Rossiyadan tog’-kon mutaxassislari yuborish to’g’risidagi iltimosi qabul qilinmadi

2. Rossiyaga Buxoro-Eron o’rtasida urush kelib chiqqudek bo’lsa, birgalikda harakat qilishni taklif etgan, lekin Rossiya bu taklifni qabul qilmagan

3. U yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydila

A) 1-Amir Haydar, 2-Doniyolbiy, 3-Amir Haydar

B) 1-Amir Nasrullo, 2-Doniyolbiy, 3-Amir Shohmurod

C) 1-Amir Nasrullo, 2-Amir Shohmurod, 3-Amir Haydar

D) 1-Amir Nasrullo, 2-Doniyolbiy, 3-Amir Haydar

9. Qaysi tarixiy ma’lumot xato?

A) Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Ubaydullaxon II eshikog‘aboshi Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi.

B) Ubaydullaxon davrida Mahmud Sultonning nevarasi Abdulaziz Xorazmga noib etib tayinlandi.

C) Xiva xonligidagi parokandalik Arab Muhammadxon davrida yuqori cho’qqisiga yetdi.

D) Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligining poytaxti Xiva shahriga Urganchdan ko’chirilgan edi.

10. Xiva xonligidagi qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari qaysi davlatlarga eksport qilingan?

A) Usmonli, Hindiston, Xitoy va Qozoq juzlari

B) Hindiston, Rossiya, Xitoy va Kavkaz orti

C) Usmonli, Hindiston, Xitoy va Eron

D) Xitoy, Usmonli, Rossiya va Hindiston

11. Qaysi Xiva xoni davrida siyosiy beqarorlik natijasida jon saqlash uchun o’zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar?

A) Muhammad Rahimxon I

B) Muhammad Aminxon

C) Olloqulixon D) Muhammad Amin inoq

12. Qaysi hukmdor nisbatan ko’p vaqt hokimiyat tepasida turgan?

A) Arab Muhammadxon B) Asfandiyorxon

C) Abulg’oziyxon D) Sherg’oziyxon

13. Muhammad Rahimxon I bilan bog’liq bo’lmagan javoblar sonini aniqlang.

1. Xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi

2. Mamlakatda ichkilikni taqiqladi

3. Olimlar, shoir va donishmandlar bilan tez-tez suhbatlar o‘tkazib turdi

4. O‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari“ deb atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o‘z raqiblarini birin-ketin bo‘ysundira bordi

5. Qoraqalpoqlarni ham bo‘ysunishga majbur etdi

6. O‘z hukmdorligi davrida davlat boshqaruvi tizimida islohot o‘tkazgan

7. Yer solig’ining ancha qismi pul shaklida yig‘iladigan va ularning hammasi umumdavlat xazinasiga
topshiriladigan bo‘ldi

A) 1 B) 2 C) 3 D) 0

14. Quyidagi tarixiy shaxslardan qay biri ko‘proq yil yashagan?

A) Vola B) Ahmad Donish

C) Juvayniy D) Abulg‘ozi Bahodirxon

15. Xiva xonligiga Rossiyadan olib keltirilgan mahsulotlarni aniqlang?

A) Ip, gazlama, movut, metall, qand-shakar, jun

B) Cho‘yan, ip, gazlama, movut, temir, mis, zig‘ir, kunjut

C) Ip, gazlama, movut, qand-shakar, metall buyumlar, temir, mis, cho‘yan

D) Qorako‘l teri, bug‘doy, mis, ip, gazlama, jun, ipak, temir

16. "Xon navkarlari" deb atalgan muntazam qo‘shin tuzgan shaxs bilan bog‘liq ma‘lumot berilgan qatorni toping?

A) Soliq tizimida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, soliqlarni muntazam undirilishi ta‘minlandi.

B) Markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qilgan turkman va qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlarini shavqatsizlik bilan bostirdi.

C) Islohotlari ma‘lum muddatga bo‘lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim ko‘chmanchilarni o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi.

D) Mamalakatda nisbatan siyosiy osoyishta vaziyatni yaratishga erishdi.

17. Quyidagi shaxslar bilan bog’liq ma’lumotlarni to’g’ri tartibda joylashtiring.

1. Mir Ma’sum Olamiyon

2. Mirzo Sodiq Jondoriy 3. Ahmad Donish

a) Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan

b) U astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morcliilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o‘rgangan edi

c) Nasrulloxon amirligi davrida qo‘lyozma kitoblarga lavhalar ishlagan

d) „Axloqi Muhsiniy“ kitobini bezagan

e) Ko‘chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo‘lyozmalar ichida „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ va boshqa asarlar buning dalilidir

f) Amir Haydar davrida ijod qilgan

g) Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi

A) 1-a,c,g 2-d,f, 3-b,e B) 1-d,c,g 2-a,f, 3-b,e

C) 1-d,f 2-a,c,g 3-b,e D) 1-d,f,g 2-a,c, 3-b,e

18. Quyidagi tavsif berilgan asarlar muallifini aniqlang.

a) O‘z asarini Mo‘g‘uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi tarixiga bag’ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo'jixon va
Chig‘atoy hamda ularning avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi

b) Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa O‘rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan

c) O‘zbek adabiyotining katta yutug‘i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston
qahramonlari - Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega

A) a-Juvayniy, b-Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy, c-Sayido Nasafiy

B) a-Juvayniy, b-Muhammad Hakimxon, c-Mirzo Abdulqodir

C) a-Juzjoniy, b-Muhammad Sharif Buxoriy, c-Muhammadniyoz Nishotiy

D) a-Juvayniy, b-Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy, c-Muhammadniyoz Nishotiy

19. Abulg’ozi Bahodirxon xonlikdagi barcha 32 qabilani 4 guruhga bo’ladi. Ularni aniqlang.

1. Qo’ng’irot 2. Mang’it 3. Uyg’ur 4. Nayman

5. Qiyot 6. Nukuz 7. Qang’li 8. Qipchoq

A) 1-5, 2-6, 3-4, 7-8 B) 1-2, 3-8, 4-6, 5-7

C) 1-8, 2-4, 3-5, 6-7 D) 1-6, 2-8, 3-4, 5-7

20. Xiva xonligida 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi?

1. Moliya 2. Harbiy 3. Xo‘jalik

4. Ijtimoiy-siyosiy 5. Soliq 6. Xabar-pochta

A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 4,5,6 D) 2,4,5

21. Quyidagi yer egaligi turlaridan qay biri Xiva xonligida mavjud bo’lmagan?

1. Koranda 2. Mulki xossa

3. Mulki maxsusa 4. Chek yer

A) 1,4 B) 2,3 C) 4 D) 3

22. Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida avvallari xonlikda juda katta nufuzga ega bo’lgan inoqlarning mavqeyi qachondan boshlab pasayib borgan?

A) XIX asr boshidan

B) XIX asr birinchi yarmidan

C) XIX asr ikkinchi yarmidan

D) XIX asr o’rtalaridan

23.

Ushbu tangalarni zarb qildirgan hukmdorning hukmronligi tugagan yilni aniqlang.

A) 1806-yil B) 1825-yil

C) 1834-yil D) 1842-yil

24. Abulg‘oziy Bahodirxon va Asfandiyorxon o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy bo’lmagan. Natijada, Abulg‘oziy Bahodirxon qaysi shaharlarda qochib yurishga majbur bo‘ldi?

A) Turkiston, Toshkent va Buxoroda

B) Toshkent, Samarqand va Buxoroda

C) Toshkent va Buxoroda

D) Turkiston, Toshkent va Samarqandda

25. Amir Nasrullo davrida Buxoro amirligiga yuborilgan ingliz missiyasi bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.

1. Ekspeditsiya natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o‘rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o‘zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldilar.

2. Missiya rahbari Buxoro amirligi qo‘shbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi.

3. Bu elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi

4. Missiyaga amirlik bilan harbiy shartnoma tuzish buyurilgan edi

A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2

26. Buxoro amirligida XIX asr birinchi choragida hukmronlik qilgan hukmdor bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.

1. Qur’oni Karimni yoddan bilardi

2. Shu hukmdor davrida amirlikka Rossiyadan polkovnik Ignatyev boshchiligida elchilar kelgan

3. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy munozaralar o‘tkazilib turilgan

4. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o‘qishga keluvchilar soni ortib borgan.

5. Madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan.

6. Ahmad Donish tug’ilgan yili u amirlikda hukmronlik qilardi

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,4,5,6 D) 1,3,4,5

27. Quyidagi jadvalni mos ma’lumotlar bilan to’ldiring.

Kim




Asari

Juvayniy

a (qachon tug’ilgan)

Tarixi Jahonkushoy”

B

c (asari qachon yozilgan)

Husn-u dil”

Vola

d (qachon tug’ilgan)




1. 1778-yil 2. Muhammadniyoz Nishotiy

3. 1770-yil 4. 1827-yil 5. 1226-yil

6. Muhammad Hakimxon 7. 1227-yil

8. 1776-yil

A) a-7, b-2, c-8, d-3 B) a-5, b-2, c-1, d-3

C) a-5, b-6, c-1, d-4 D) a-5, b-2, c-8, d-3

28. Quyidagi voqealardan aynan bir yilda sodir bo’lganlarini aniqlang.

1. Buxoro amirligi madadiga tayangan Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib keldi va turkman qabilasini Xivadan quvib chiqardi

2. Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5-6 metr bo‘lgan devor bilan o'ratgan

3. Vola vafot etdi

4. Ko’zi tug’ma ojiz bo’lgan shoir tug’ildi

5. Buyuk Britaniya Buxoro amirligiga U.Murkford boshchiligida ekspeditsiya yubordi

6. Olloqulixonning otasi vafot etdi

A) 1-4, 2-3, 5-6 B) 1-4, 3-6

C) l2-3, 1-5 D) 1-3, 2-5, 4-6

29. Quyidagi javoblardan Xiva xonligiga oid to`g`ri javobni belgilang

1. Xiva xonligida yirik o`zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylandi

2. Xiva xonligi XVI asrning 70-yillarida iqtisodiy inqirozga duchor bo`ldi

3. Xiva xonligi XVI asrda Buxoro xonligi tomonidan 2 marta bosib olindi

4. XVI asrda o’zaro qabilaviy nizolar, og‘ir soliqlar hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qildi.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4

30. Muhammad Amin inoq turkmanlardan yengilgandan keyin, turkman qabilalari Xorazmni egallab quyidagi qaysi hududlarni vayron qiladi?

1. Kat 2. Hazorasp 3. Urganch

4. Xonqa 5. Shohobod 6. Qo`ng`irot

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,5,6

C) 1,2,3,4,5 D) 1,4,5
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling