" so’zi bilan bo’shlanib "


Download 89.63 Kb.
bet1/3
Sana16.07.2020
Hajmi89.63 Kb.
#124013
  1   2   3
Bog'liq
Pascal ABC


Pascal ABC
Dastur haqida. Ushbu dastur sodda, tushuharli, oson bo’lishi bilan birga anchagina keng imkoniyatlarga ega. Dastur maktab o’quvchilari va Oliy o’quv yurti boshlang’ich kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Zamonaviy Borland Delphi kabi mukammalroq keng imkoniyatli dasturlar mavjud, lekin ular boshlaovchilar uchun murakkablik qiladi. Pascal ABC esa aynan boshlovchilar uchun mos bo’lib, unda zamonaviy dasturlash tillarining ko’plab imkoniyatlari mujassam etilgan. Pascal ABC sistemasi Delphi Pascalga tiliga asoslangan va asta-sekin modulli, ob’yektga yo’naltirilgan, hodisalarga va komponentli dasturlash tillariga o’tishga mo’ljallangan.

Dasturni PABCSetup.exe yordamida o’rnatiladi. Uni ishga tushirgach ekranda quyidagi oyna paydo bo’ladi. «Рабочий каталог» bo’limida ishchi katalog qayerda bo’lishi ko’rsatiladi. Agar ko’rsatilgan joy mavjud bo’lmasa, uni o’rnatuvchi dastur o’zi hosil qiladi. «Файл результатов Result.abc» natijalar faylini tanlanadi. Pascal ABC dasturi o’zining misollar to’plamiga ham ega bo’lib, ular dasturni o’zlashtirishda foydalidir. Bu misollarni o’rnatish uchun «Добавить примеры в подкаталог SAMPLES рабо-чего каталога» (misollarni ishchi katalokning SAMPLES qism katalogiga qo’shish) tugmasini bosish kerak. Agarda hozircha bu misollarga ehtijojingiz bo’lmasa, uni keyinroq o’rnatish ham mumkin.

Dasturni o’rnatib bo’lgach PABC katalogdan PascalABC.exe faylini ishga tushurasiz. Ekranda Pascal ABC dasturining ishchi oynasi pyda bo’ladi.



Ushbu oynaning oq rangdagi qismi uning ishchi sohasi, yuqori qismda menyu va standart tugmachalar joylashgan. Ishchi sohaga dastur matni kiritiladi. Dastur kiritib bo’lingach uni ishga tushirish uchun menyuning «Программа» qismidan «Выполнить» bo’limi tanlanadi yoki tugmachalar qatoridagi tugma bosiladi. Dasturni ishga tushirishning yana bir usuli, klaviaturadan F9 tugmasini bosishdir. Pascalda yozilgan dastur “begin” so’zi bilan bo’shlanib “end.” so'zi bilan yakunlanadi.

Keling birinchi dasturimizni tuzaylik, buning uchun Pascal ABC ishchi sohasiga

Begin


End.

matnini kiritamiz. Oyna ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:



Birinchi dasturimiz tayyor! Dasturni ishga tushiramiz. Hech qanday harakat yoki o’zgarish ruy bermaydi, chunki dasturimiz hech qanday ish bajarmaydi. Garchi u hech qanday ish bajarmasada, uni dastur deyish mumkin. Keling endi natijasi ko’rinadigan biror dastur tuzamiz. Masalan, 5*5 ifoda qiymatini xisoblovchi dastur tuzaylik. Buning uchun writeln() buyrug’idan foydalanamiz. Bu buyruq qavslari orasida yozilgan son, matn, mantiq va sana qiymatlarini yoki sonli, matnli, mantiqiy va sanali ifoda(qisqacha ifoda) qiymatini ekranga chiqaradi. “5*5” ifoda qiymatini hisoblash uchun dastur quyidagicha bo’ladi:

Begin

Writeln(5*5)



End.

Dasturni ishchi sohaga kiritib, uni (F9 tugmasi yordamida yoki - tugmani sichqncha yordamida bosib) ishga tushiramiz. Pascal ABC oynasi quyidagi ko’rinishga keladi:



E’tibor bersangiz, Pascal ABC oynasining quyi qismida yangi oynacha paydo bo’lib, unda dastur natijasi – ’25’ soni paydo bo’lgan. Yangi paydo bo’lgan oyna Pascal ABC ning chiqarish oynasi(окно вывода) deb ataladi. Bu oynani F5 tugmasi yordamida ochish(ekranda ko’rinadigan qilish) va yopish(ekrandan yashirish) mumkin.



Biz dastlabki qandaydir natija beradigan buyruq – Writeln() bilan tanishdik. Shu bilganlaringiz asosida quyidagi ifodalarning hisoblashga urinib ko’ring. Ifodalari hisoblash uchun dasturni to’g’ri kiritsangiz ekranga ularning natijalari to’g’ri chiqishi kerak. Natija to’g’riligini ekrandagi natija bilan jadvaldagi ifoda yonidagi natijani solishtirib aniqlaysiz.

Download 89.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling