? U bizga nima uchun kerak?


Download 10.17 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi10.17 Kb.
#1446576
Bog'liq
essay


Insho
Mavzu: Meni nima bezovta qiladi yoki xavotirga soladi ?
Gap bezovtalik hissi va havotir haqida borar ekan o’quvchida avvalo bu tuyg’ular haqida bir qancha savollar ko’ndalang yotadi: Bezovatlik hissi o’zi nima? U bizga nima uchun kerak? Inson hayotida bezavotalik va havotirning o’rni qanday? Uning foydali tomonlari ko’proqmi yoki zararlari? Lekin insho “Meni nima bezovta qiladi yoki havotirga soladi?” deb nomlangan ekan bu haqida quyida qisqacha aytib o’taman.
Yer yuzida hayot boshlanib, shu kungacha davom etar ekan dunyoga kelgan har bir inson o’sib unar ekan o’zi bilan o’zining shaxsiy bezovtaliklari va havotirlarini ham shakllantirib boradi. Ong, dunyo qarash, fikrlash va shunga o’xshash bir qancha tushunchalar singari bezavotalik va havotir ham individual bo’lishiga qaramasdan yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar singari ma’lum vaqtlarda, turli jamiyatlarda ma’lim bir umumiylikka ega bo’ladi. Boshqacha so’zlar bilan tushuntirganda bundan yuz yil oldin insonlarni bezovta qilgan va havotirga solgan masalalar bugun insonlarni ko’pincha hatto esiga ham kelmaydi. Masalan, bugungi kunda ko’plab insonlarda bezovtalik hissini uyg’otayotgan va havotirga solaytogan asosiy omillar virtual hayotdagi obro’si, kundalik ijtimoiy hayotda atrofidagilardan har tomonlama ortda qolmaslik, kundan-kunga yangilanib borayotgan zamonaviy texnologiyalardan bexabar qolib ketmaslik bo’lsa, bundan roppa-rosa yuz yil oldin insonlar birinchi jahon urishidan so’ng odatiy hayot tarziga qanday qilib tezroq qaytish, urishdan keying iqtisodiy inqirozlarni qay tarzda yengib o’tish haqida bezovtalanayotgan edilar. Huddi, yuqorida aytib o’tilgani singari vaqt o’tishi mobaynida insoniyatda bezovtalikni qo’zitayotgan sabablar o’zgarayotgani singari, har bir individda ham vaqt o’tib borgani borgani sayin yoshi,vazni va bo’yi bilan proportsional ravishda uni bezovta qilayotgan va havotirga solayotgan muammolari ham kattalashib boradi. Va aynan shu havotir va bezovtalikning mudhish natijalaridan bo’lgan qo’rquv bizni harakatga keltiradi. Bundan kelib chiqadiki, ayni bezovtalik va havotirning me’yordan oshmagan paytlari biz uchun foydali bo’ladi. Aksincha, agarda inson o’zidagi bezovtalik va havotirga ozgina erk berib qo’yar ekan bu ikki tuyg’u insonni go’yo harakatga keltiruvchi zanjirlari uzilgan tank kabi holatga solib qo’yadi.
Gap bugungi kunda meni bezovta qilayotgan va havotirga solayotgan masalar haqida ketar ekan men, loqayd bo’lmagan inson sifatida, hech shubxasiz birinchi navbatda o’z tengdoshlarimning va yetishib chiqayotgan keying avlodning, hozirgi globallashuv va integratsiyalanayotgan bugungi kunimizda turli adashtiruvchi va ohiri yaxshilik bilan yakunlanmaydigan yo’llarga kirib ketayotgani bo’lmoqda.
Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling