0 ‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostika

Download 1.61 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1375841
Bog'liq
0 ‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA

0 ‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA

A

A

O’quv-tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi o`rni nihoyatda beqiyosdir.

Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy: “ Ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat

talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat” - degan fikmi “Fozil odamlar shahri asarida alohida

ta’kidlagan.

Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti- harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatini tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi, ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda o’qituvchi yoshlaming shaxs sifatida rivojlanishining xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur.

Ta’lim muassasadagi ta’lim - tarbiya sifati, moddiy – texnika bazasining mustahkamligi, o’quv jarayonida axborot - kommunikatsiya vositalari va o’qitishning zamonaviy metodlaridan, innovatsiyalardan samarali foydalanilayotgani o’quvchi shaxsini kamol toptirishga qaratiladi va o’quv dargohining bilim o’chog’I degan maqomga munosibligini ko’rsatadi.

Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning shuriday tamoyillarini amaliyotda qo’llash lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi, o'quvchi-yoshlaming shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ulaming pedagogik dahlsizligini ta’minlashi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar orqali ularga ijobiy ta'sir ko rsatishi va korreksiyalash metodikalarini oqilona tatbiq etishi zarur.

Tashxislashning natijalari kadrlar tayyorlash va ulaming kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxislashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi, ularning yechimini topish zarurati amqlanadi. Muammolar yechimi faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o'z aksini topadi. Pedagogik diagnostika funktsiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtayi nazardan kelib chiqadi:

-teskari aloqa funktsiyasi-ko'zlangan o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllari va yo'llarini tahlil qilish; -maqsad va vazifalami belgilash funktsiyasi- jamoaning taraqqiy qilish istiqbollarini, istiqboliy rejalarini aniqlash; -taqsimot funktsiyasi-jamoa a'zolari ortasida burchlami, vazifalami taqsimlash; -yaratish funktsiyasi- kattalaming yoshlar bilan muloqot qilishining sog’lom muhitini tarkib toptirish; -pedagogik tajribani o'rganish va umumlashtirish funktsiyasi; -pedagogik korreksiyalash funktsiyasi- yoshlar xulqidagi, ta’limiy faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlami bartaraf etish vazifasini o'taydi, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilami attestatsiyalashda qo l keladi;

F

-motivatsiya va rag'batlantirish funktsiyasi-o'quvchi-yoshlaming hamda tarbiyachi-o'qituvchilaming ta'lim olish va ta'lim berish faoliyatini rag batlantirishni, tashqi stimullami adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; -nazorat funktsiyasi-ta'limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma’aviy-ma'rifiy jarayon holati togrisidagi axborotga ega bo lishni bildiradi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling