0-variant Jamoat binolarining klassifikatsiyasi to’grisida kringizni bildiring?


Download 114.53 Kb.
bet1/5
Sana20.01.2022
Hajmi114.53 Kb.
#419744
  1   2   3   4   5
Bog'liq
20- variant
TTB lab4.pptx, 4-maruza taqdimot, 9 sinf algebra, Воспитание высоких качеств нравственности в человеке, 33Variant, 9variant, 1,3 - LABORATORIYA, Zilola Ziyodullayeva.!, qadriyatlar va harbiy faoliyat , Baholash mezoni, ygATEhyMKsFD1cqN4LNTIfEygYnRPP1QaFtqxkX7, oits, yulduz turkumlari, davlat mustaqil 20 Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi, turlari.

20-variant

1 Jamoat binolarining klassifikatsiyasi to’grisida kringizni bildiring?
Jamoat binolari o'zining asosiy vazifalari, aholi punktlarida joylashishi,

rejaviy tuzilmasi, asosiy xonalar tarkibi, arxitekturaviy kompozitsiyasining

g'oyaviy-badiiy tasvirlanishi bo'yicha tasniflanadi (52-rasm). Jamoat bi­

nolarining joylashish o'm i uning ahamiyatiga, unga shahar qishloq, tu­

man yoki mikrorayon aholisining ehtiyoji darajasiga, xizmat ko'rsatiladi-

gan aholining toifalariga hamda uning bajaradigan vazifalariga ko‘ra ani­

qianadi.

U yoki bu guruhdagi jamoat binolarining hajmiy-rejaviy tuzilma-

si ko'p yillik loyiha-qurish va ulardan foydalanish amaliyoti natijasida

shakllanadi. Bu ko'p yillik shakllanish asosida rejalashning va hajmiy-fa-

zoviy kompozitsiyaning maqbul (optimal) tizimlari belgilanadi (o'matildi)

va bu tizimlardan tipik tarzda foydalaniladi. Xuddi shu asosda jamoat bi­

nolari tashqi qiyofasining xarakteri, ulaming badiiy tasviri ham shakllana­

di. Bulaming barchasi har xil turdagi jamoat binolarining tipologik xarak-

teristkasini yaratish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bu tipologik xarakte-

ristika jamoat binolarini asosiy tipologik belgilar bo'yicha guruhlarga ajra-

tish imkonini beradi. Iqlim sharoitlari, tabiat, aholi turmushining mada-

niy-maishiy jihatlari va xalqning an’analari jamoat binolarining kompo-

zitsiyasida o'z aksini namoyon etadi, lekin ulaming tipologik xarakterist-

kalarini o'zgartirmaydi.

Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, jamoat binolarining quyidagi

guruhlarini taklif qilish mumkin:

- o'quv-tarbiya va ilmiy muassasa binolari;

- tomosha binolari;

- sport inshootlari;

- savdo, maishiy xizmat ko'rsatish binolari;

- m a’muriy va komunal xizmat ko'rsatish binolari;

- transport inshootlari;

- davolash, profilaktika binolari.

Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi

uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari,

shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot.

Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin,

hammom va hokazolar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda

fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari:

koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevor, ustunlar, devorlar),

toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlar, yopmalar) va tom. Binolar moʻljaldagi xizmat muddatiga qarab, muvaqqat va kapital xillarga boʻlinadi. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan

har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va

boshqalar) boʻlinadi.

Turar joy binolari- odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi

uchun mo`ljallanadi. Jamoat binolari-odamlarning muayyan bir vaqt davomida funktsional jarayonlarni bajarishi uchun qo`llaniladi.

Sanoat binolari-ishchilarni ishlab chiqarish jarayonlarni bajarishi uchun loyihalanadi. O`zbekiston Respublikasida binolarni loyihalash va qurish meyoriy hujjatlar tizimi asosida olib borilishi zarur.

Ushbu meyoriy hujjatlar tizimi O`zbekistonda amal qiluvchi “Davlat standartlashtirish va texnik meyorlash tizimini tashkil etish kontseptsiyasi” asosida tashkil etilgan. Ushbu kontseptsiya O`.R. Vazirlar Mahkamasi tomonidan maqullangan va Davlatarxitektqurilish hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan qonun hujjatlaridan iboratdir. Tizimning asosini qurilish sohasiga taalluqli bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Prezidentining qaror va farmonlari tashkil etadi. Qurilish sohasidagi meyoriy hujjatlar tizimi ushbu sohani tartibga solishga qaratilgandir. Qurilish sohasidagi meyoriy hujjatlar tizimi binolarni loyihalash, muhandislik qidiruv va qurilish, binolarni rekonstruktsiya va qayta tamirlash, hamda texnik qayta jihozlash, ekspluatatsiya qilish va tamirlash ishlarini olib borish uchun ixtiyoriy va majburiy kuchga ega bo`lgan meyorlar yig`indisidan tashkil topadi. Meyoriy hujjatlardagi majburiy kuchga ega bandlari: odamlar sog`lig`i va hayotining xavfsizligini, loyihalanib qurilayotgan bino va inshootlar mustahkamligi va ustuvorligini, muhandislik tarmoqlarining uzoq muddat chidamliligini va resurs tejamkorligini taminlashga qaratilgan talablarni o`z ichiga oladi Binoning asosiy konstruktivyechimlari  Poydevorlar – binoningyer ostki qismida joylashib, devorlardan tushadigan barcha yuklarni o`ziga qabul qilib oladi.  Tashqi devor –vertikal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiyalar, yukni o`ziga qabul qilib so`ng poydevorga uzatib beradi.  O`z yukini ko`taradigan devorlar – faqatgina o`z yukini poydevorga uzatib berish va tashqi to`siq vazifasini bajaradi.

 Yuk ko`tarmaydigan devor (osma panel) – o`z yukini pastda joylashgan konstruktiv yuk ko`taruvchi elementga uzatib beradi.  Parda devor – ichki yuk ko`tarmaydigan devorlar.  Orayopma – gorizontal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiya. Bunda o`zining xususiy yuki, odamlar, jihozlar va h.k. yuklarni qabul qilib vertikal yuk ko`taruvchi konstruktsiyalarga uzatib beradi. Joylashuviga ko`ra: qavatlararo, tsokol qismidagi,yer to`ladagi va chordoqdagi panellarga ajratiladi4 .  Yopma (tom yopmasi) – binoning ustqi qismi bo`lib, uni tashqi agressiv muhitdan himoya qilish uchun qo`llaniladi. Tom yopmasining yuqori qismi tom qoplamasi deyiladi.

Agar binoda chordoq qismi bo`lmasa, bino tomi birlashtirilgan deb ataladi. 3-rasm. Yuk ko`taruvchi devorli bino Binolarida quyidagi konstruktiv yechimlar qo‟llaniladi: karkasli (sinchli), karkassiz (yuk ko‟taruvchi devor) va aralash karkas.

Karkasli bino - bu poydevorga mahkamlangan ustunlarga biriktirilgan to‟sinlar hamda to‟sinlarga tayantirilgan orayopma yoki yopma plitalardan tashkil topgan tizim bo‟lib, ushbu elementlarning barchasi tizimning geometrik o‟zgarmasligini va ustivorligini ta‟minlaydi (4- rasm).

Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element bu ustunlar bo‟lsa, gorizontal yo‟nalishda yukni to‟sinlar qabul qiladi. Odatda, karkasli binolarning tashqi devorlari binoni faqat tashqi muhitdan himoyalovchi vazifani bajarib, o‟zini yukini o‟zi ko‟taruvchi yoki ustunga ilib qo‟yiladigan bo‟lishi mumkin. Karkas - binoga tushadigan yuk va ta‟sirlarni o‟ziga qabul qiladi. Karkasli binolarni loyihalashda binoning hajmiy-rejaviy yechimiga mos keladigan unifikatsiyalashgan parametrga ega bo‟lgan karkas elementlarini tanlash maqsadga muvofiq (5-rasm, a). Karkas – bu poydevorga qistirib mahkamlangan vertikal yuk ko`taruvchi elementlar, so`ng orayopma yoki yopma plitalardan hamda bog`lovchilardan iborat bo`lgan tizim bo`lib, ushbu elementlarning barchasi tizimning geometrik o`zgarmasligini va ustuvorligini taminlaydi


2 . Karkas -binoga tushadigan yuk va tasirlarni o`ziga qabul qiladi.

Karkassiz (yuk ko‟taruvchi devor) tizimidagi bino - bu o‟zaro bog‟langan tashqi devorlar va ularga tayangan qavatlararo orayopmalardan tashkil topgan bikir va mustahkam qutidan iborat bo‟lgan tizimdir.

Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element sifatida tashqi va ichki yuk ko‟taruvchi devorlar qo‟llaniladi. Bunda gorizontal yo‟nalishda joylashgan orayopma va yopma plitalar yukni qabul qilib yuk ko‟taruvchi devorlarga uzatib beradi. Odatda, o‟rta qavatli yuk ko‟taruvchi devorli tizimdan iborat bo‟lgan turar-joy binolari ushbu tizimda loyihalanadi (5-rasm, b). Shuningdek, kam qavatli turar-joy (hovli uy-joy) binolarining aksariyati yuk ko‟taruvchi devor tizimida quriladi. Bunda yuk ko‟taruvchi devor qo‟l mehnati yordamida teriladigan mayda devor (g‟isht, mayda blok) materialaridan tashkil topadi.

Binolarga qo`yiladigan talablar 1. Vazifasiga muvofiqligi (funktsional) – bino qaysi jarayonga yoki maqsadga mo`ljallangan bo`lsa, u shu jarayon talabiga javob berishi kerak. (yashash uchun qulay, dam olish uchun moslashtirilgan, mehnat qilish uchun yaroqli va h.k.) [2, s.30-34]. 1 guruhni turar-joy binolariga qo‟yiladigan funksional talablar tashkil etadi. Bunda vazifasiga muvofiqligi – bino qanday maqsadga yoki jarayonga mo‟ljallangan bo‟lsa, u shu jarayon talabiga to‟liq javob berishi kerak. Ya‟ni, turar-joy binolari yashash uchun qulay, dam olishga moslashtirilgan va h.k. kiradi. 2. Texnik tomondan muvofiqligi – bino konstruktiv elementlari qurilish mexanikasi va qurilish fizikasi qonun-qoidalariga to`g`ri kelishi kerak. Bu esa turar-joy binolarining undagi yashovchi odamlarni tashqi agressiv tabbiiy muhit ta‟siridan to‟liq himoya qilishi, mustahkam va ustivor bo‟lishi hamda ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqt davomida saqlab turishi tushuniladi. Buni ta‟minlash esa sanitar-gigienik talablar bilan bog‟langan. 3. Iqtisodiy jihatdan qulayligi - bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallari, hamda vaqtni tejash ko`zda tutiladi. 4. Bino ko`rinishi memorchilik va badiiylik talablariga mosligi, yani uning tashqi eksterer va ichki interer ko`rinishi chiroyli, shinam, atrof muxit bilan uyg`unlashgan bo`lishi kerak. Turar uy-joy o‟zining belgilangan vazifasiga ko‟ra o‟z ko‟rinishiga ega bo‟lishi, ya‟ni binoning o‟ziga xos tashqi va ichki badiiy me‟moriy yechimi turar-joylarga mos kelishi darkor. Bu vazifani past qavatli uylarda yengil hal etish mumkin. Ammo, ko‟p qavatli uylarning tashqi ko‟rinishini va tarzini ishlab chiqish davrida ularni monumental va boy ko‟rinishga ega bo‟lishini ta‟minlash ancha murakkab hisoblanadi. Bunda xalq me‟morchiligining o‟ziga xos usullari, o‟zbek xalqining urf-odatlari va an‟analarini inobatga olgan holda turar-joy me‟morchiligini jonlantirish mumkin. Qurilish konstruktsiyalarini tashqi tasirlarga qarshiligi ularning mustahkamligi, turg`unligi, chidamliligi va ekspluatatsion sifatlarining barqarorligi bilan xarakterlanadi. QMQ ko`ra binolar uzoq vaqt o`z vazifasini ado etish bo`yicha IV darajaga bo`linadi: I xizmat davri 100 yildan ortiq II xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha III xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha IV xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha Binolarga qo`yiladigan asosiy talablardan yana biri binoning yong`in xavfsizligidir. Qurilishda ishlatiladigan materiallar va konstruktsiyalar yonish darajasiga qarab yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchan guruhlarga bo`linadi. Bino konstruktsiyalari olovbardoshlilik chegarasi bilan ham tavsiflanadi. Bu binoning olov tasirida o`z mustahkamligini, ustuvorligini saqlab tura olish uchun ketgan vaqt bilan xarakterlanadi.



Bino va konstruktsiyalarini olovbardoshlilik jihatdan V darajaga bo`lish mumkin. Eng katta olovbardoshlilik I darajali binolarga, eng kichik daraja esa V tegishli bo`ladi.

Download 114.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling