0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
75442

0 ‘Z B E K IST 0N  R ESPUBLIK ASIO LIY VA 
0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ш
О  ZBEKISTONNING ENG  YANG1  TARIXI MASALALARI 
BO  YTCHA  M lJVO FIOLASin iRUVCHI-M ETODIK MARK  1
P1QLASIIT’I R U V C H I - M E T O D I K   M A R K A Z
rs t  if-
I  A  D D / Л В   1 / Л П 1  D A \   /
ABDUjjABBOf^KABIROV

0 ‘ZBEKJSTON R ESPUBLIK ASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM V AZIR LIG I
0 ‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI MASALALARI BO‘YICHA 
MUVOFIQLASHTIRUVCHI-METODIK MARKAZ
A BD U JA BB O R   KABIRO V
QADIMGI SHARQ 
TARIXI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan 
5120300-T arix,
5 1 2 0 4 0 0 -Arxeologiya,
5220300 -  Arxivshunoslik yo‘na!ishlari 
talabalari uchun o‘quv qo'llanma sifatida tavsiya qilingan
TOSHKENT -  2016 
“Tafakkur” nashriyoti

У У К :3 7 2 .111.1(024)
КБК:31.226.1Узб.
К-31
Mas’ul muharrirlar:
Т. 0 ‘. Salimov, 
0 ‘zM U  tarix  fakulteti  dotsenti
Z.A. Saidboboyev, 
O 'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari 
b o ‘yicha M uvofiqlashtiruvchi-m etodik m arkaz direktori,  dotsent
Taqrizchilar:
A. Bobobekov, 
A rxeyologiya  kafedrasi  katta o'qituvchisi
A.Biqo‘ziyev, 
Jahon tarixi  kafedrasi  o ‘qituvchisi
Qadimgi  Sharq  kishilik  madaniyatining  ilk  markazlaridan  biri 
hisoblanadi.  Qadimgi  Sharq  tarixi  deganda  Yevropadan  Sharqda 
joylashgan  k o‘hna  Misrdan  Xitoygacha  bo‘lgan  hududlarda  yashagan 
xalqlar va davlatlar tarixi tushuniladi.
Mazkur  o'quv  qo'llanmada  Qadimgi  Misr,  Mesopotamiya,  Kichik 
Osiyo,  Arabiston,  Eron,  0 ‘rta Osiyo,  Hindiston,  Xitoy,  Koreya,  Yaponiya 
va Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va davlatlarining tarixi, xo'jalik faoliyati, 
moddiy  va m a’naviy madaniyati  haqida m a’lumot beriladi.
O'quv  qo'llanmada  Sharq  davlatlarining  tarixiga  bogMiq  xaritalar  va
€' “Tafakkur”  нашриёти,  2016

MUNDARIJA
M u q ad d im a....................................................................................... 6
I B O 'L IM .  Q A D IM G I  M ISR  TARIXI
1-§  Q adim gi M isrda ilk davlatlarning  tashkil  to p is h i............15
2-§  Q adim gi M isr  tarixining asosiy  m anbalari  va 
ta rix n av islig i.....................................................................................17
3-§  Ilk podsholik davrida M isr
(m.av.  X X X III-X X IX  asrlar)........................................................40
4-§  Qadim gi podsholik davrida M isr
(m.  av.X X V III-X X III asrla r)........................................................44
5-§  0 ‘rta podsholik davrida Qadim gi M isr
(ni.  av.  X X I-X V III  a s rla r)............................................................ 48
6-§  M isr giksoslar hukmronligi  ostida
(m.  av.  X V III-X V I a s r la r ) ............................................................ 52
7-§  Yangi  podsholik davrida M isr
(M.  av.  X V I-X II  a s rla r)................................................................. 54
8-§  19-20-  sulolalar davrida M isr p od sholigi...........................58
9-§  So‘nggi podsholik davrida M isr (m.  av.  X I-IV  asrlar) ...61
10-§  Q adim gi  M isr m a d an iy ati................................................... 67
11-§  Qadim gi M isr fani va diniy  e ’tiq o d i..................................73
II B O ‘LIM.  QADIM GI  M ESOPOTAM IYA TARIXI
1-§  M am lakatning  tabiiy  sharoitlari, aholisi, m anbalari va 
ta rix n av islig i.....................................................................................83
2-§  M ixsim on xatlar va ularning o ‘qib  chiqilishi....................95
3-§  Eng qadim gi  M esopotam iya.  Ilk tabaqaviy jam iyat 
shakllanishining  shart-sharoitlari.................................................102
4-§  M esopotam iya m arkazlashgan davlatning tashkil topishi. 
Akkad podsholigi va U rning III  sulolasi d av lati...................... 107
5-§  Q adim gi  Bobil podsholigi  (m.av.  X IX -X V I  asrlar)........ 118
6-§  O ssuriyada  ilk shahar-davlatlam ing  tashkil  topishi va
eng  Q adim gi  O ssuriya.....................................................................131
7-§  U lu g ‘  O ssur  harbiy  saltanati (m.av.  X -V II  asrlar).......... 136
8-§  Yangi  O ssur podsholigi  davri  (m.av.  X -V II  a srla r)........ 140
3

9-§  Q adim gi  M itanni  d a v la ti........................................................146
10-§  M.av.  II  m ingyillik oxiri  I m ing yillikning boshlarida 
Yangi Bobil p o d sh o lig i.................................................................. 152
11-§  Q adim gi  M esopotam iya xalqlari  m a d an iy ati................ 158
12-§  Q adim gi  M esopotam iya  san 'ati,  adabivoti  va
diniy  e ’tiq o d i....................................................................................161
III B O 'L IM .  O'RTAY ER D EN G IZIN IN G   SHA RQ IY   VA 
G 'A R B IY   SO H ILID A GI  Q A D IM G I  DAVLATLAR
1-§  O 'rtay er dengizining  sharqiy  va g 'arb iy   sohilining 
qadim gi aholisi tarixi va  davlatlari tarix n av islig i...................166
2-§  O 'lta e r dengizining  sharqiy  sohilidagi  qadim gi 
davlatlar.  Q adim gi  F a la stin ........................................................... 173
3-§  Q adim gi  Suriya  va  F in ik iy a ..................................................176
3-§  Q adim gi  K arfagen d a v la ti..................................................... 181
4-§  A rabiston yarim  orolidagi  qadimgi  davlatlar.
M am lakat va uning aholisi.  Q adim gi A rabiston m anbaiari
va  o'rganilish tarixi  ........................................................................189
IV B O 'L IM .  K ICH IK  OSIYO VA KAVKAZORTI 
M AM LAKATLARI  TARIXI
1-§  Q adim gi X ett podsholigining  m anbaiari va 
tarix n av islig i.....................................................................................201
2-§  K ichik Osiyodagi qadim gi dehqonehilik va ibtidoiy 
jam o a tuzum ining yem irilishi.  Ilk davlatlarning tashkil topishi.
(m.  av.  VIII -  VII  m ing y illik ).................................................... 204
3-§  Qadim gi X ett p od sholigi........................................................206
4-§  Qadimgi Troya  va Frigiya p o d sh o lik lari...........................213
5-§  Q adim gi Lidiya podsholigi  ....................... .......................... 216
6-§  Q adim gi  Van-Urartu p o d s h o lig i.........................................219
V B O 'L IM .  Q A D IM G I  ERON  PO D SH OLIG I 
VA O 'R TA  OSIYO
1-§  Q adim gi Eronda dastlabki davlatlarning tashkil
to p ish i.............................. ............................................................... ...229
2-§  A ham oniylar d av lati................................................................240
3-§  Q adim gi  Eronning xo'jaligi va m adaniyati....................... 244
4-§  Q adim gi  Parfiya p o d s h o lig i..................................................249
5-§  Yunon-Baqtriya p o d sh o lig i...................................................254
6-§  K ushon p o d sh o lig i..................................................................257
4

VI  B O 'L IM .  Q A D IM G I  JA N U B IY  O SIY O  TARIXI
1-§  Q adim gi  Janubiy  O siyoning  geografik о 'm i,  tabiiy 
sharoitlari,  aholisi,  davrlashtirilishi,  asosiy m anbalari va 
ta rix n a v islig i.....................................................................................262
2-§  Ilk H ind  sivilizatsiyasi  (m.  av.  X X III-X V III  asrlar) 
270
3-§  M.  av.  X V -IV  asrlarda  Q adim gi  H in d isto n ...................... 276
4-§  M akedoniyalik A leksandr davlatining p arch alanish i 
280
5-§  M.  av IV -I  va m ilodiy  I-IV  asrlarda
qadim gi  H indiston............................................................................283
6-§  Qadim gi  H indistonning ijtim oiy  tuzum i va m adaniyat...  288
VII  B O ‘LIM .  Q AD IM GI  X ITO Y  VA X U N N LA R
DAVLATI
1-§  Eng  Q adim gi  X ito y ................................................................. 294
2-§  Q adim gi  Shan-In  d a v la ti........................................................303
3-§  C hjou p o d sh o lig i............................................................... 
305
4-§  Sin p o d s h o lig i.......................................................................... 308
5-§  X an p o d sh o lig i......................................................................... 312
6-§  X an saltanatining zaiflashuvi va om m aviy harakatlar ....317
7-§  Qadim gi  Xitoy  m adaniyati.................................................... 321
8-§  X unnlar davlati......................................................................... 325
VIII  B O 'L IM .  SHA RQ IY  VA JA N U B I-SH A R Q IY  
OSIYODAGI  QAD IM GI  DAVLATLAR
1-§  K oreya yarim  orolidagi qadimgi davlatlarining
tashkil to p ish i....................................................................................331
2-§  Janubi-sharqiy  O siyoning qadimgi  d a v la tla ri...................336
X u lo s a ................................................................................................ 345
Qadim gi  Sharq  tarixiga oid m uhim   sanalari.  Ilo v a la r............353
Ibratli hayot y o 'l i .............................................................................360
Foydalanilgan adabiyotlar ro 'y x a ti............................................. 362
G lossariy............................................................................................363
5

MUQADDIMA
Qadimgi Sharq tarixi Qadimgi dunyo tarixining tarkibiy qismini 
tashkil etib,  u Shimoliy,  Shimoli-sharqiy Afrika,  Old,  Janubi-g‘ar- 
biy, Janubiy, Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan 
hududini ishg‘ol qiladi.  Shuni ta’kidlash joizki,  Qadimgi  Sharq ta­
rixining davriy sanasi m. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidan to 
milodiy IV asr oralig‘idagi davrni o ‘z ichiga oladi. Bu ulkan hudud 
o ‘zining xilma-xil tabiiy sharoiti: yer usti tuzilishi, iqlimi, suv man­
balari, osmono‘par Himolay, Pomir, Hindikush.  Kunlun, Tyanshan 
tog‘lari, o ‘simIiklarga va hayvonot dunyosiga boy bo‘lishligi bilan 
o ‘ta qadimdan boshlab hamma davr odamlaming  diqqat-e’tiborini 
o ‘ziga tortib kelgan.
Sharqiy,  Markaziy,  Janubi-sharqiy,  Janubiy  va  0 ‘rta  Osiyo 
ilk  odamzod  yashagan  o ‘lkalar  qatoriga  kirib,  olimlar  bu  hudud- 
ni  antropogenez jarayoni  sodir  bo‘lgan  mintaqaga  kiradi,  deb  hi- 
soblaydilar.  Bu  katta hududda  ibtidoiy jamoa  tuzumining  hamma 
bosqichlarida odamlar yashab kelgan.
Bu  ulkan  hududda  yashagan  ibtidoiy  kishilar  o ‘zlari  uchun 
qulay,  hayvonot  va  o ‘simlikIar  olamiga  boy  bo‘Igan joylarda  is- 
tiqomat  qilib,  dastlab  yovvoyi  hayvonlarni  ovlab,  ildizmevali  va 
mevali daraxtlaming mevalarini,  shuningdek, qushlarning tuxumi- 
ni va katta-kichik hashoratlarni terib yeb tirikchilik o ‘tkazganlar.
Keyinchalik  esa  Sharq  dunyosining  odamlari  daryo  bo‘ylarda, 
jilg‘a,  buloq,  kichik-kichik  soylarning  etaklarida  termachilikdan 
asta-sekin  loyqa  liman  va  qayr  dehqonchiligiga,  so‘ng  esa  katta- 
kichik daryo  bo‘ylarida ilk  sug‘orma  dehqonchilikka  o ‘ta  boshla- 
ganlar.  Qadimgi  odamlar  ovchilikdan y o w o y i  hayvonlarni  qo‘lga 
o ‘rgatib,  chorvachilikka asos  solganlar.  Ibtidoiy jamoa tuzumining 
neolit-yangi  tosh  davriga kelib  esa hunarmandchilikning  turli  tar- 
moqlari rivojlana borgan.

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish joizki,  Qadimgi  Sharqda  ishlab 
chiqarishning  rivojlanishi  munosabati  bilan  bu  hududda  birinchi, 
ikkinchi va uchinchi mehnat taqsimoti sodir bo‘lgan.
Shu munosabat bilan, ya’ni xo‘jalikning rivojlana borishi nati- 
jasida jamiyatdagi  kishilar  orasida xususiy  mulk,  mulkiy  tengsiz- 
lik va  tabaqalanishning  vujudga  kelishi  uchun  zarur  shart-sharoit 
yaratiladi.  Shu  tariqa urug‘chilik tuzumining yemirilishi  munosa­
bati bilan jamiyatni boshqarish tizimi  shakllana borib, joylarda ilk 
davlatlarning  tashkil  topishi  munosabati  bilan  Nil,  Dajla  (Tigr), 
Frot  (Efrot),  Qadimgi  Sayxun,  Jayxun,  katta-kichik  daryolaming 
unumdor  vodiylaridagi  qulay  tabiiy  sharoitlar  m.av.  IV  mingyil- 
likdayoq sun’iy  sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga 
kelishiga yordam bergan.
Shaiqshunos  olim  V.I.Avdiyev  yozganidek  Qadimgi  Sharq 
xalqlari tuzumining boshqalardan farq qiladigan eng muhim xusu­
siy ati -  unda urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanib 
qolganligi,  shuningdek, qadimgi jamoa, aw alo oila jamoasi, keyin 
esa  qishloq  jamoasi  qoldiqlarining  mustahkam  saqlanib  qolgan- 
ligidir.  Ammo  hududda  ishlab  chiqarish  kuchlaming  rivojlanishi 
ijtimoiy  tuzumni  o‘zgartirib  yuboradi.  Qadimgi  Sharq  dunyosida 
metallurgiyaning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  texnikani  bir  qa- 
dar taraqqiy  qildirib,  qishloq xo ’jaligining  va  asosan hunarmand- 
chilikning rivojlanishiga turtki berdi.
Та’kidlamoq joizki,  chorvachilikning  dehqonchilikdan,  keyin- 
roq hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi ham- 
da  hunarmandchilik  va  qishloq  xo ‘jalik  ishlab  chiqarish  sohasida 
turli  tarmoqlarning  paydo  bo‘Iishi  qo‘shimcha  yordamchi  ishchi 
kuchini  talab  qilgan.  Endilikda  xo'jalikning  hamma  tarmog‘ida 
ko‘proq  mahsulot  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga  ega  boiingan. 
Buning  uchun  ishlab  chiqarishga  yangi  ishchi  kuchi  talab  qilin- 
ganki,  urushlarda  asir  tushgan  kishilar  va  qarzdorlar  qul;sifatida 
ishlatila boshlangan.  Shu tariqa dastlabki qulchilik vujudga kelgan.
Ortiqcha  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  bozorga  olib  chiqib 
boshqa  buyumlarga  almashtirish  boshlangan.  Shuningdek,  tur­
li  metallardan  tangalar  zarb  qilingan.  Aholi  orasida  ayirboshlash
7

ishini araalga oshiradigan savdogarlar pay do bo‘lgan.  Savdogarlik- 
ning  pay do  bo‘lishi  munosabati  bilan  mehnatning  uchinchi  yirik 
ijtimoiy bo‘linishi sodir bo‘lgan.
Qadimgi  Sharq  dunyosidagi  davlatlarda  ham  bu  jarayon  as- 
ta-sekinlik bilan amalga oshirilgan.
Xo'jalikning  hamma  tarmoqlarida  kishilaming  ehtiyojidan 
tashqari ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilgan. Ko‘proq mahsulotlar 
ishlab chiqarish  esa qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish zaru- 
riyatini  keltirib  chiqargan.  Qabilalar  va  davlatlararo  bo‘lib  o ‘tgan 
urushlarda g‘oliblar tomonidan qo‘lga olingan asirlar qulga ay lan - 
tirilgan.  Ikkinchidan qashshoq aholi orasida qarzga botgan kishilar 
ham  qul  qilinib,  xo‘jalikning  hamma tarmoqlarida  shafqat qilmay 
ishlatilgan.
X o‘jalikning  hamma  tarmoqlari  rivojlanishi,  mahsulotlaming 
bir  hovuch  kishilar  qo‘lida  to4plana  borishi  natijasida jamiyatda 
xususiy  mulk,  mulkiy  tengsizlik,  tabaqalanish  yanada  kuchayib 
borgan. Qarzdorlik, urushlarda asir tushgan kishilar qul va qulchili- 
kning eng muhim manbai bo‘lgan.
Sharq  dunyosining  Xitoydan  0 ‘rtayer  dengizigacha  bo‘lgan 
joylarida  birin-ketin  jamivatning  qullar  va  quldorlar  tabaqasiga 
bo‘linishi jarayoni sodir bo‘lgan. Ammo qadimgi Sharqda qulchilik 
Qadimgi Yunoniston va Rimga nisbatan juda ham sekin rivojlangan. 
Tarixchilar  Sharqdagi  bu  qulchilikni  “ibtidoiy  qulchilik”  deb  ata- 
ganlar. Boylar, aslzodalar va badavlat savdogarlar, katta yer-mulkka 
ega boiganlar, shuningdek, quldorlar bilan  kambag‘allar va qullar 
o ‘rtasida  kuchli  tabaqaviy  kelishmovchiliklar  paydo  bo‘ladi.  Bu 
hoi jamiyatda davlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Demak,  davlat va  uning  tashkilotlari  majmuasi  quldorlarga  qullar 
va  aholining  qashshoq  qatlamining  qarshiligini  va  qo‘zg‘olonla- 
rini  bostirish uchun zarur boigan.  Ikkinchidan  Qadimgi  Sharqda 
tashkil topgan davlatlar va ularning  qo‘shni mamlakat va o ‘zgalar 
yer-mulkini bosib olishi uchun ham xizmat qilgan.  Qadimgi Sharq­
dagi  bu davlatlar  “sharq  despotiyasi”,  ya’ni  “mutlaq  hokimiyati”, 
deb  atalgan.  Sharq  despotiyasida  oliy  hokimiyat  butunlay  podsho 
qo‘lida bo‘lgan.  Despotizm -  podsholaming  cheksiz huquqqa ega

bo‘lishlari Sharq quldorlik davlatlariga xos xususiyat bo‘lib, ayniq- 
sa Misr fir’avnlari va Xitoy  imperatorlari mutlaq hokimlikda ham- 
masidan yuksak turar edilar.  Misrdan Xitoygacha,  0 ‘rta Osiyodan 
Hindistongacha  bo‘lgan  hududlarda  barcha  yer-suv  davlat  mul- 
ki  hisoblangan.  Yer-mulkda  oddiy  ziroatchilaming  ham  hissalari 
bo‘lgan, albatta.
Qadimgi  Sharqda podsho,  imperator va fir’avnlar din va diniy 
tashkilotlar  tomonidan  Xudoning  yerdagi  timsoli,  mujassami  deb 
e ’lon  qilingan.  Sharqda  din,  uning  ruhoniylari  despotik  davlatlar­
ning himoyachilari  bo‘lishgan.  Sharqdagi  barcha  despotik  davlat­
lar mustahkam  iqtisodiy  va  siyosiy  aloqalar  negizida  emas,  balki 
istilolar  asosida  itoat  ettirilgan  ayrim-ayrim  qabila  va  xalqlardan 
tashkil topgan edilar.
Qadimgi Sharqdagi davlatlarning xalqlari turli tillarda gapirgan- 
lar.  Ulaming  ba’zilari  o ‘z  yozuvlarini  yaratganlar.  Qadimgi  Sharq 
xalqlarining  tarixi,  xo ‘jalik  faoliyatlari,  ulaming  tillari,  yozuvlari, 
yozma manbalari  hamda arxeologik ashyolarni chuqur tahlil qilish 
orqali o‘rganilgan va o ‘rganila boradi.
Sharq  tarixi mutaxassislarining fikrlariga ko'ra, bu hudud aho­
lisi  dunyoda  birinchilardan  bo‘lib  Xuanxe,  Yanszi,  Gang,  Jamna, 
Hind, Amudaryo, Panjob, Frot, Dajla, Murg‘ob, Tajan, Nil va bosh- 
qa daryo  va soy laming unumdor vohalarida ilk  sug‘orma dehqon- 
chilikka  asos  solganlar.  Sharqda  ilm-fan,  xalq  og‘zaki  ijodiyoti, 
adabiyot, tasviriy san’atva  me'morchilik yer yuzining boshqa joy- 
lariga nisbatan ancha ertaroq shakllanib, rivoj  topgan.
Qadimgi  Sharq  xalqlari  madaniyati jahon  xalqlari  madaniya- 
tining  rivoj iga  o ‘zinig  buyuk  hissasini  qo‘shgan.  Qadimgi  Sharq 
xalqlari  tarixini  o ‘rganishda Gomer,  Gesiod,  Gerodot,  Diodor, Ar­
rian,  Strabon,  Beros,  hind, xitoy  mualliflarining asarlari juda katta 
ahamiyatga ega.
Qadimgi  Sharq  xalqlari  tarixi  va  madaniyatini  o ‘rganishda 
G.Maspero,  E.Meyer,  U.  Jans,  EPitri,  B.A.Turayev,  V.V.  Struve, 
F.Shampalon,  N.M.Nikolskiy,  A.B.Ranovich,  N.D.Flittner,  I.G. 
Frank, G.Vinklyer, L.Vulli, B.B.Piotrovskiy, G.V.Sereteli, G.Kapa- 
niyan,  Y.P.Fransev,  V.I.Avdiyev,  M.E.  Mate  va  boshqa  tarixchi
9

olimlarning  xizmatlari  benihoya  kattadir.  Shuningdek,  Qadimgi 
Sharq  tarixi  o‘rganish  ishida  A.A.Viga  Sin,  M.A.Dandamayev, 
D.V.Deopark,  G.F.Ilin,  M.V.Kryukov,  V.I.Kuzishin,  V.M.Masson 
va boshqa tarixchi va sharqshunoslarning xizmatlari ham  kattadir.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Sharq dunyosi  Shimoliy, 
Shimoli-sharqiy Afrika,  Old  Osiyo,  Eron  yassitogiigi,  O'rta  Osi­
yoning janubiy  hududlari,  Hindiston,  Xitoy,  Yaponiya,  Koreya  va 
Janubi-sharqiy  Osiyo  hamda  bular  orasidagi  turli  tabiiy  muhitga 
ega  bo‘lgan  hududlami  o‘z  ichiga  olgan  ulkan  maydondan  iborat 
boigan.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  qadimgi  Sharq  dunyosining 
tabiiy sharoiti har jihatdan xilma-xil bo‘lib, unga xos boigan tabiiy 
sharoitning asosiy manzarasi quyidagilardan iborat bo‘igan:
1.Keng  dashtu  choilari  va  tekisliklari  b oigan   suvsiz, 
qurg‘oqchil yassi togiiklar.
2.  Nil,  Frot,  Dajla,  Hind,  Gang,  Jamna, Braxmaputra, Xuanxe, 
Tajan,  Murg‘ob  kabi  katta-kichik  daryolar  oqib  o ‘tadigan  va  shu 
daryolaming  suvi  bilan sug‘oriladigan,  allyuvial yotqiziqli,  serho- 
sil, unumdor pasttekisliklar.
3.  Okean  va  dengizlarga  bevosita  tutashgan  sohilbo‘yi  mam- 
lakatlari.
4.  Hududning Zagros, Kavkazorti, Turkman -  Xuroson, Pomir, 
Hindikush, Himolay, Sharqiy Tyanshan, Tibet, Kunlun kabi to g iik  
viloyatlari;
5.  Sharq  dunyosining  har  qayerida  uchraydigan  va  yastanib 
yotgan sho‘rxok cho‘1 mintaqalari.
Mazkur  geografik  muhitning  birinclii  ko‘rinishiga  Suriyani 
Mesopotamiya bilan bogiab turuvchi Suriya-Mesopotamiya dasht- 
lari, hududning katta-kichik togiari, Kaspiybo‘yi dashtlari, Marka­
ziy  Osiyo  yassi  togiiklari,  Hindistondagi  Dekan,  shuningdek,  Xi- 
toyning  keng  to g iik   viloyatlari  va  dashtlarini  kiritish  mumkin. 
Geografik  muhitning  ikkinchi  ko‘rinishiga  Buyuk  daryolaming 
oqiziqlaridan  hosil  boigan  qadimgi  allyuvial  -   yotqiziqli  unum­

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 11.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling