0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35

Fokuvid, 
shoir Mark Anney Lukan, Yamvlix, Filostrat va Lukian kabi yozuv- 
chilaming asarlarida ham qisqa-qisqa m a’lumotlar uchraydi.
Milodiy  1  asrda  yashagan  Iosif Flaviy  o'zining  “Qadimiy  lu- 
deya”  asarida  Ossuriya  va  bobilliklarning  Falastin  davlati  bilan 
o'zaro aloqalari,  Bobil va Midiya o'rasidagi  qarama-qarshilik,  ular 
bilan  M isr  o ’rtasidagi  munosabatlar  yoritilgan.  Asar  diniy  ruhda 
yozilgan.
94

M a'lum ki,  ponasimon  yozuvlarni  qidirib topish,  ulardan  nusxa 
ko‘chirish  XVII  asrda  boshiangan.  Ammo  olimlar  bu  yozuvlarni 
k o'p vaqtgacha o'qiy  olmaganlar.  X V lIf-X IX   asrlarda  Old  Osiyo, 
xususan  Mesopotamiyadan  ponasim on  yozuvlarni  qidirib  topish, 
o'qib chiqish  bo'yicha jiddiy yutuqlarga erishilgan.
XX asrda esa Old Osiyo va M esopotamiyada bu qadimiy yozuv­
larni  qidirib topish,  o'q ib  chiqish  borasida yangidan-yangi  muvaf- 
faqivatlar qo'lga kiritildi.
Qadimgi  moddiy  madaniyat  yodgorliklari,  o 'sh a  davr  mu- 
alliflari  yozib  qoldirgan  tarixiy  m a’lumotlarga  qaraganda  iyerog- 
lif.  mixxat  bilan yozilgan  hujjatlar, toshlarga,  papiruslarga bitilgan 
yozuvlar  katta  ilmiy  ahamiyatga  ega.  Iyeroglif  va  mixxatlar  qa­
dimgi  zamonlarda  Sharq  dunyosining,  qolaversa  butun  Old  Osiy- 
oning  asosiy  yozuv usuli  bo'lgan.  Shoh,  amaldorlarning  saroylari, 
ruhoniylar  ibodatxonalarining  devorlaridan juda  ko'plab  yozuvlar 
topilgan.  Sopol  lavhalar  sirtiga  yozilgan  iyeroglif va  mixxatlarda 
Old  Osiyo,  xususan  Mesopotamiya  xalqlarining  xo'jalik,  ijtimoiy, 
siyosiy  va  madaniy  hayotiga  oid  turli  m a'hunotlar  qayd  etilgan. 
Shu  bois  mazkur xat  va  bitiklar  Mesopotamiya  xalqlarining  tarixi 
va madaniyatini  o'rganishda muhim  manba hisoblanadi.
XVII  asrda  italiyalik savdogar va sayyoh  Petro  della Vale mix­
simon xatlarning nusxalarini  birinchi marta Yevropaga olib kelgan. 
Petro  bu  yozuvlarni  Eron  shohi  Doroning  Persopol  saroyi  devor­
laridan ko'chirib olgan.  Lekin Yevropa olimlari  bu yozuvlarni  ko'p 
vaqtgacha  o'qiy  olmaganlar.  XVIII  asr  oxirida  daniyalik  Karsten 
Nibur  mixsimon  (ponasimon)  xatlarni  o'qib  chiqishga  harakat qil­
gan.  Nibur  ponasimon  xatlarning  m a’lum  darajada  aniqroq  chizib 
berilgan  bir  necha  nusxasini  bosib  chiqargan  va  ularni  o'qishga 
kirishgan.  Biroq  Nibur  ham  ponasimon  xatlarni  o'qib  chiqishni 
oxiriga yetkaza olmagan.  U ponasimon xatlar uch xil yozuv tizimi- 
da  bitilganini  va  shu  uch  xil  tizimdan  eng  soddasi  uch  alifbo  bel- 
gisidan iborat ekanligini aniqlay olgan, xolos. 
л .i  d;p
'■?.
2-§.  M ixsim on  xatlar va  ularning  o ‘qib  chiqilishi
95

Germaniyaning  Gettingen  gimnaziyasi  o'qituvchisi  Grotofend 
(1775-1853) mixxatlami o ‘qib chiqishda katta yutuqlarga erishgan. 
U o ‘zidan oldingi o'tgan olimlarning egri mix (pona) belgi-ajratuv- 
chi belgini  bildiradi  va alifboli  Persopol xatidagi bir guruh belgilar 
esa podshoning  unvonini  bildiradi.  degan  farazlariga asoslanib.  bu 
yozuvning  hammasi  umuman  ikki  Eron  shohining  unvonini  bildi­
radi,  deb  taxmin  qilgan.  Grotofend  bu  yozuvda  Ahamoniylar  su- 
lolasidan  bo'lgan  ikki  Eron  shohining:  Doro  va  Kserksning  nom- 
larini,  shuningdek,  Doroning  otasi  Kashtasib(Gistasp)ning  nomini 
o ‘qib  ehiqishga  muvaffaq  bo'lgan.  Sharqshunos  olim  V.I.Avdiyev 
Grotofendning  qadimgi  fors  mixxatining  to'qqizta  alifbo  belgisini 
to 'g ‘ri tushuna olganligi va bu bilan mixxatlami  o'qib ehiqish  ishi­
ga  asos  solganligini  ta ’kidlaydi.  Bu  Grotofendning  sharqshunos- 
likdagi  katta  kashfivoti  edi.  Ammo  Grotofendning  bu  kashfiyotini 
ba’zi  olimlar tezda tan  olmadilar.  Uning  ishini  Lassen  va  Bvurnuf 
kabi olimlar davom ettirib.  qadimgi  fors alifbosining qolgan belgi- 
larini  ham  aniqlashga  muvaffaq  bo'lgan.  Byurnufning  1836-vilda 
bosilib chiqqan asarida qadimgi fors yozuvidagi 34 alilbo belgisin- 
ing to ‘g'ri o'qilishi berilgan.
Ingliz  sayyohi  G.Roulinson  asarlari  fors  ponasimon  xatlarini 
o'qib  chiqishning  to'g'riligini  tekshirish  va  keyinchalik  ossurolo- 
giya (ossurshunoslik)  deb  nom olgan  yangi  fanni yanada  rivoj lan- 
tirish  uchun juda qimmatli  m a'lum ot  bergan.  G.Roulinson  Eronda 
1835-yili ponasimon xatlardan bir nechtasining nusxasini ko'chirib 
olgan.  Bular orasida  qovaga o'yib  yozilgan  mashhur  Behistun  yo­
zuvi ham bo'lgan. Grotofendning o'qib chiqqan yozuvidan bexabar 
bo'lgan  G.Roulinson  bu  yozuvlarni  sinchiklab  tekshirib,  fors  po­
nasimon xatining  18 alifbo belgisini to 'g 'ri aniqlagan. G.Roulinson 
to'plagan  boy  m a’lumotlar  ponasimon  xatlarning  qolgan  tizimini 
ham  aniqlashga  kirishishga  imkoniyat  yaratgan.  G.Roulinson  va 
Aorris  Yangi  Elam  yozuvlari  uchun  ham  xizmat  qilgan  ikkinchi 
tizimning  200  ga  yaqin  belgisini  aniqlashga  muvaffaq  bo'lganlar. 
Bu  ikkinchi  tizim  sillab  yozuvi  (bo'g'inli  yozuv)  tizimidir.  Pona­
simon  xatning  uchinchi  tizimini  G.Roulinson,  Xinks  va  Oppertlar 
o'qib chiqqanlar.
96

Ular uchinchi  tizimda 200 dan  ortiq  sillab (bo'g'inli) belgi bor- 
ligini  va  bu  bilan  bir  qatorda  ishlatiladigan  bir  qancha  ideogram- 
malarning  borligini  aniqlaganlar.  Bu  yozuvlarni  o'rganish  nati­
jasida  ular  semit  tillar guruhiga mansub  bo'lgan  tilda yozilganligi 
m a iu m   boigan.
Keyinchalik  Bobil  ponasimon  xatiga  yaqin  b o ig a n   ossur 
b o 'g in li  ponasimon  tizimi  va nihoyat Janubiy  Mesopotamiyaning 
shumeriylar deb atalgan,  eng  qadimgi  aholisida paydo  b o ig a n  po­
nasimon  xatning  eng  qadimgi  shakli  ham  o'qib  chiqilgan.  Ponasi­
mon  xat  avvalo  shumerlarda  paydo  bo'lib,  keyin  ulardan  bu xatni 
bobilliklar olib, uni  o 'z  navbatida ossuriylarga o'tkazganlar.
Shuni  alohida  ta'kidlash  joizki,  XIX  asrning  90-yillarida 
nemis  olimlaridan  F.Delig  tomonidan  akkad  tilining  grammatika- 
si  tuzilgan.  Shumer yozuvlarining  topilishi  hamda  o'qib  chiqilishi 
munosabati  bilan  ossurologiya  faniga  asos  solingan.  O 'z  o'rnida 
shumer yozuvlaridan urartlar,  elamliklar, xettlar va  Old  Osiyodagi 
boshqa  xalqlar  ham  foydalanganlar.  Natijada  keyinchalik  ossuro­
logiya fanidan  shumerologiya,  elamitologiya,  urartologiya va xet- 
tologiya fanlari ajralib chiqqan.
Shumer  yozuvlarini  o'qish  osonlikcha  bo'lmagan.  Buning 
uchun olimlar ko'p mehnat qilganlar.
XX  asrning  birinchi  yarmida  shumer yozuvlarini  topish,  o'qib 
chiqish  ustida  F.Tyuro-Danjen,  A.Pebel,  A.Daymel,  A.Falken- 
shteyn va  boshqa olimlarning xizmatlari  tahsinga sazovor.
Ular  o'zlarining  ko'pyillik  tadqiqotlari  natijasida  shumer  tili 
grammatikasi va lug'atining yaratuvchilari  hisoblanishadi.
Hozirgi  kunda  Pensilvaniva  universiteti  olimlari  shumer  tili 
grammatikasi  va  tiliga  oid  ko'p  tomlik  asar  yozish  ustida  ish  olib 
bormoqda.  1992-yili  piktografiyaga bag'ishlangan  ikki tomlik asar 
nashrdan chiqdi. Hozir esa ilk shumer yozuvlarini o'qib chiqish us- 
tida faolivat olib borilmoqda.
Shunday  qilib  shumerliklarning  bu  ponasimon  xatlari  dunyo- 
dagi  eng  qadimgi  alifbolardan  biri  hisoblanadi.  M azkur  ponama- 
simon  xat  orqali  yozilgan  hujjatlar,  bitiklar  va  turli  yozishmalar,
97

voqeanomalar Old  Osiyo  xalqlari tarixi,  xo'jaligi,  ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi,  moddiy  va m a'naviy madaniyatini o'rganishda  nodir man- 
balardan biri hisoblanadi.
Qadimgi  Mesopotamiyaning  arxeologik  o‘rganilishi  ta- 
rixidan. 
Jahon  xalqlarining  qadimgi  tarixini  arxeologiya  fani  va 
tadqiqotlarisiz  o'rganib  bo'lm avdi.  Shuningdek,  Mesopotamiya 
tarixini  o'rganishda  u  yerdan  topilgan  arxeologik  yodgorliklar 
va  ularning  madaniy  qatlamlaridan  arxeologlar  topgan  ashyoviy 
buyumlar eng muhim manbalar hisoblanadi.
Mesopotamiyada  arxeologik  qazuv  ishlari  XIX  asrning  o'rta- 
laridan  boshlandi.  1842-yili  fransuz  diplomati  E.P.Botta  Kuyun- 
jiuk tepaligida qazish ishlarini boshladi.  Rivoyatlarga ko'ra.  bu joy 
Ossuriyaning  poytaxti  Nineviya  ekan.  1843-yilda  A.P.Botta  pod­
sho  Sargon 111  ning poytaxt  shahri  Dur-Sharrukin  bo'lgan  qadimgi 
Xorsobodda qazish ishlarini  olib bordi.
1844—1845-yillarda  ingliz  diplomati  G.A.  Leyvard Nimrud  te­
paligida  qazish  ishlarini  boshlaydi.  Nimrudni  qazish  natijasida  bu 
tepalik  Ossuriyaning  Kalxa  shahri  ekanligi  aniqlangan.  Kalxaning 
madaniy  qatlamlaridan  topilgan  ashyoviy  buyumlar  uning  ossur 
podsholari  saroyi  bo'lganligidan darak  beradi.  Madaniy  qatlamlar- 
dan odam-buqa va odam-arslonning katta haykali  topilgan.
1847-yili  G.A.Leyyard  Kuyunjikda  qazish  ishlari  olib  borib 
Nineviya  shahri  xarobalarini.  shoh  Sinaxerib  saroyini  (m.av.  VII 
asr),  uning  nabirasi  Ashshurbanipal  to'liq  saqlagan  "sopol  kitob" 
kutubxonasini  topishga  muyassar  bo'lgan.  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmi XX asr boshlarida Mesopotamiyada arxeologik tadqiqot ish- 
larining yangi davri boshlanadi.
Leardining  safdoshi  X.Rassam  Kuyunjikda  qazish  ishlarini 
davom ettirib, ossiriya shohi Ashshurbanipalning ajoyib ov va urush 
manzarasi  ifoda  etilgan  tasviri  tushirilgan  saroyini  va  shoh  kutub­
xonasini topgan.  Nimrud tepaligi yaqinidagi  Balavot  degan joydan 
m.av.  IX  asrga  mansub  ossuriya  yodgorligini,  bronza  plita.  sirtiga 
harbiy yurish manzarasi ifoda etilgan Blavat darvozasini topgan.
Rassam  tomonidan  Sippar  shohi  saroyi  xarobasi  topilgan.  U 
yerda  quyosh xudosi  Shamashga atalgan  ibodatxona.  ish  hujjatlari
98

arxivi va  ‘'o'quv  qoilanm alari”  bo'lgan  maktab  binosi  ham  ochil- 
gan.  Yodgorlikning  madaniy  qatlamlaridan  Ashshurbanipalning 
silindr  loy  lavhasi  topilgan  bo’lib,  u  fanda  "Rassam  lavhasi”  deb 
nom olgan.
Mesopotamiyadagi  qadimgi  shaharlarni  qazib  ochish  va  il­
miy  o'rganishda  ingliz  geologi  V.Loftusning  ham  xizmatlari  katta 
bo'lgan.  U Uruk va Larsada katta kashfiyotlar qilgan. Angliya eks- 
peditsivasi  XIX asrning ikkinchi yarmida Uruk, Ur, Larsa va Eredu 
kabi  qadimgi  Shumer  shaharlarini  qazib  ochdilar.  XIX  asr oxirida 
E.  de  Sarzek  boshliq  fransuz  arxeologik  ekspeditsiyasi  Shumerd- 
agi  Lagash  shahrida  qazishlar  olib  borib  katta  yutuqlarga  erishdi. 
U  yerda  Lagash  hokimlarining,  xususan  Gudeaning  kumushdan 
yasalgan haykallari va ganjdan yasalgan vazalar topilgan.  Shuning­
dek,  u  yerdan  Lagash  hukmdorining  Yamma  shahri  hokimi  Uru- 
nimgin ustidan erishgan g'alabalaritii eslatuvchi yozuv -  “Kalxatlar 
yodgorlik  toshi”  devoriy  rasmlari  Lagash  hukmdorining  islohot- 
lari  haqida,  shuningdek,  ibodatxonalarning  xo'jalik  hujjatlariga 
oid  katta  arxiv  ham  topilgan.  Amerikalik  arxeologlar  esa Nippur 
shahri  xarobalaridan  3000  yil  ilgari  faoliyat ko'rsatgan xudo  Enlil 
ibodatxonasini  ochganlar.  Ibodatxonaning  madaniy  qatlamlaridan 
60000 dan oshiq sopol lavhalar b o ig a n  kutubxona, ibodatxonaning 
xo'jalik binolari,  saroy. maktab, bozor. peshtaxta, uy-joy va boshqa 
narsalar topilgan.
XX  asrdan  boshlab  Mesopotamiyada  arxeologik  qazuv  ish­
lari  yanada  qizg'in  tus  oldi.  R.Koldevoy  boshliq  nemislarning 
arxeologik  ekspeditsiyasi  Bag'dod  shahridan  90  km  janubdagi 
tepaliklarni kovlashgakirishadilar. Qazish natijasida qadimgi Meso­
potamiyaning  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-diniy  markazi  bo'lgan 
qadimgi  Bobil  shahri  kashf  etildi.  Bu  yerdagi  qazish  ishlari 
1899-vildan  191 7-yilgacha  davom  etgan.  Qazishmalar  natijasida 
m.av. VII -  VI  asrda yashagan shoh Navuxodonosor II ning.sarpyi, 
xudo  Marduk  ibodatxonasi,  zinapoyasimon  zikkuratning  ulkan 
binosi  ochilgan.  1903-1914-yillarda  V.Andre  boshliq  arxeologlar 
Ossuriyaning  eng  qadimgi  poytaxti  Ashshur  shahri  xarobalarini 
kovlaganlar.  Qazishlar  natijasida  podshoh  saroyining  qoldiqlari,
99

ibodatxona, jumladan ossurlarning oliy xudosi Ashshur ibodatxona- 
si,  shohlaming  yer  ostidagi  daxma-sag'anasi,  shahar  ko’chalari  va 
uylarning o'rni topilgan. A.Neldeka, R.Koldevoy va V.Andrelar Fara 
qishloqchasida  qazish  ishlari  olib  borishgan.  Bu  joy  Shumer  sha- 
harlaridan biri  bo'lib,  madaniy qatlamlardan qadimgi  xo'jalikka oid 
matnlar bitilgan kutubxona;  Bobil yaqinidagi  Borsippdan balandligi 
49 metrlik zikkurat,  shuningdek,  Umma shahri xarobalari topilgan.
1933-1939-yillarda  A.Perro  boshliq  fransuz  arxeologiya  eks- 
peditsiyasi qadimgi Mari  shahrida arxeologiya qazish ishlarini olib 
borib,  u  y erdan  m.av.  II  ming  y illik  boshlarida  Mari  podshosi  to­
monidan qurilgan ulkan saroy  qolaig'i,  20000 ga yaqin xo'jalik va 
diplomatik  sopol  lavhalar  qazib  olingan.  70-yillarda  esa  m.av.  IV
-  Ill  mingyillikka  oid  saroy lar,  hosildorlik  xudosi  Ishtar  ibodatxo- 
nasi,  qadimgi qabrlar va sopol  lavhalar topilgan.
1922-1934-yillarda L.Vulli  boshliq  ingliz arxeologik ekspedit- 
siyasi  qadimgi  Urda qazish  ishlari  olib  borganlar.  Urning madaniy 
qatlamlarida  m.av.  IV  ming  yillikdan  m.av.  IV  asrgacha  bo'lgan 
shahar  hayotini  tiklovchi  ashyolar.  oy  xudosi  Ninnari  va  uning 
rafiqasi  Ningal  ibodatxonasi.  shoh  Ur-Ninnar  tomonidan  m.av.  Ill 
mingyillik  oxirida  qurilgan  zikkurat  inshooti.  ilk  sulola  davriga 
mansub shoh maqbaralari, maktab.  ustaxona, bozor. daryo kemalari 
to'xtaydigan  gavan  -   bekat,  mehmonxona,  turar joy,  ibodatxona. 
davlat va xususiy arxivlar topilgan.
1925-1930-yillarda  amerikalik  arxeologlar  Arrapxadagi  uchta 
tepalikni  qazib,  u  yerdan  qal'a,  ibodatxona  saroyi,  xo'jalik.  turar 
joy  va  m.av.  II  mingyillikka  mansub  katta  arxiv  qazib  ochilgan. 
1930-1936-yillarda esa amerikalik arxeologlar qadimgi Eshkunani 
qaziganlar.
Ikkinchi  jahon  urushidan  so'ng  amerikalik  tadqiqotchi  va  ar­
xeologlar  ishiga  iroqlik  olimlardan  Faud  Safar  va  Taxa  Bakirlar 
ham  jalb  qilingan.  Ular  Eshkunna  yaqinidagi  Shaduppamada  qa­
zish ishlari olib borib, qadimgi sud-adliya qonunlari y ozilgan lavha 
(Eshnunna  qonunlari),  matematika  va  boshqa  fanlarga  oid  m a'lu­
motlar topgan.
Iroq  olimlari  Eredu  shahri  xarobalarida  ham  qazish  ishlari  olib 
borganlar.  U yerdan tarixiy  davrgacha  bo'lgan  14  madaniy  qatlam
100

ochilgan.  Bu  narsalar janubiy  Shumer  shaharlarining  qadimligini 
ko‘rsatuvchi  dalillardan  biri  hisoblanadi.  50-60-yillarda  iroqlik 
arxeologlar  Nebi-Yunus  tepaligida  qazish  ishlarini  olib  borganlar. 
Bu  joy  Nineviya  shahri  xarobalari  bo'lib,  u  yerdan  ossur  shohi 
Asarxadon  saroyi,  qurol-yarog'  ombori,  xo'jalik-qurilish  binolari 
va ko'pgina yozma hujjatlar topilgan.
50-80-yillarda  nemis  arxeologlari  Uruk  shahrida  qazish  ish­
lari  olib  borib,  u  yerdan  m.av.  Ill  mingyillikka  mansub  muqaddas 
ibodatxona,  hosildorlik xudosi  Ianna  ibodatxonasi,  xom  g'ishtdan 
qurilgan  qadimgi  shahar  devori,  Urukning  afsonaviy  shohi  “Gil- 
gamih"  davri  hunarmandlar  ustaxonasi,  boy  qabr-mozorlar,  ossur 
va bobil  shohlarining yozuvlari matni  kashf etilgan.
M.Mellouen  boshliq  ingliz  arxeologlari  Nimrud  tepaligida  qa­
zish  ishlari  olib  borganlar.  U  joyda  “Salamansar  forti"  b o iib ,  u 
yerdan  m.av.  IX -  VII  asrga mansub  kuchli  minorali  qal’a  devori, 
harbiylar turadigan qarorgoh, xo'jalik binolari, ossur podsholari sa­
roy lari  topilgan.
Shuni  ham  aytib  o'tish joizki,  Mesopotamiyaning  qadimgi  ta­
rixini  o'rganishda  M.V.Nikolskiy,  N.P.Lixachev,  M.V.Nikolskiy- 
ning  o 'g i i   N.M .Nikolskiylaming  xizmatlari  ham  kattadir.  Ular 
Ikki  daryo  oralig'i  tarixi,  bobilliklar  madaniyatiga  doir  ko‘plab 
maqolalar yozishgan.  M esopotamiya xalqlari va madaniyati  tarixi­
ni o'rganishda B.A.Turayev, V.K.Shileyko. V.V.Stnive, A.I.Tyume- 
nov,  I.M.Dyakonov,  V.I.Avdiyev,  M.A.Dandamaev,  V.M.Masson, 
R.M.Munchayev, N.Y.Merpert va boshqa m s arxeolog tarixchilari, 
sharqshunoslarining  hissalari kattadir.
Qadimgi  Mesopotamiya  tarixini  davrlashtirish  niasalasi. 
M aium ki.  m.av. V II-IV  mingyilliklarda ibtidoiy jam oa tuzumining 
buzilishi  va  hududda  tabaqaviy jamiyatning  vujudga  kelishi  uchun 
shart-sharoit qaror topadi.  M.av.  Ill  mingyillik boshida mamlakat­
ning  janubiy  hududidagi  Shumer  viloyatida  dastlabki  kichikroq 
shahar-davlatlar tashkil  topadi.  M.av.  XX V III-X XIV  asrlar  Meso­
potamiya  tarixida Ilk  sulolalar tarixi  davri  deb nomlanadi.
Mesopotamiya  tarixining  navbatdagi  tarixiy  davri  (m.av.  Ill 
mingyillikning  oxiri)  yakka  hokimlikka  asoslangan  despotik  davr
101

edi.  Bu  davr  m.av.  XXIV-XXI11  asrlarga  to 'g 'ri  kelib.  Mesopota­
miyaning markaziy  qismida Akkad  davlati tashkil  topib.  Shumerni 
hamda shimolda bir qancha mayda davlatlarni o 'z  tarkibiga qo'shib 
oladi.  Guteylaming  hujumi  ostida  Akkad  podsholigi  kuchsizlan- 
gach.  Mesopotamiya  Shumer-Akkad  podsholigi  q o 'l  ostiga  o'tadi. 
M.av.  II  mingyillik boshlarida  Dajla  va  Frot  daryolari  oralig'idagi 
hududlarda  bir  necha  shahar-davlatlar tashkil  topadi.  Ular  orasida 
Bobil  podsholigi  kuchayib.  mamlakatdagi  ko'p joylarni  podsholik 
tarkibiga  qo'shib  oladi.  Qadimgi  Bobil  podsholigi  ham  bir  necha 
tarixiy  davrlarga  bo'linadi:  Qadimgi  Bobil  yoki  amoriylar  (m.av. 
X IX -X V I  asrlar)  O'rtabobil  yoki  kassitlar  (m.av.  XII—V11  asrlar), 
Bobil  podsholigining kuchsizlanishi va  mustaqilllik  uchun kurash 
va  nihoyat  Yangibobil  podsholigi  qisqa  kuchayish  davri  (m.av. 
VII-VI  asrlar).
M.av.  XVI-XI1I  asrlarda  Shimoliy  Mesopotamiyaning  g'arbiy 
qsmida Mitanni davlatnining mavqeyi  oshadi.
Mamlakatning  sharqiy  qismida  esa  m.av.  Ill  mingyillikda 
markazi Ashshur bo'lgan Ossuriya davlati qaror topadi.  Ossur dav­
lati shakllangan davridan boshlab  uchta tarixiy  davrga  bo'linadi:
1.  Qadimgi Ossur podsholigi, tarixiy sanasi m.av. XX-XV1 asrlar.
2.  O 'rta Ossur podsholigi, tarixiy  sanasi  m.av.  XV-X1  asrlar.
3.  Yangi  Ossur podsholigi  tarixiy sanasi  m.av.  X -V ll  asrlar.
Mazkur  davrda  Ossuriya  Old  Osiyodagi  eng  qudratli  davlatga
aylandi.  Yangi  Ossur podsholigi  Yangibobil podsholigi  bilan Midi­
ya podsholigining birlashgan qo'shinlari tomonidan m.av.  605-yil- 
da tor-mor etilib.  barham topdi.
3-§.  Eng qadimgi Mesopotamiya 
Ilk tabaqaviy jamiyat shakllanishining shart-sharoitlari
Mesopotamiya  sivilizatsiya  tongida. 
Mezolit  davrining  X I- 
VIII  mingyilliklarda  Frot  va  Dajla  daryolari  vodiysining  tog'larga 
tutashgan yerlarida aholi termachilik va ovchilik bilangina shug'ul- 
lanib  qolmay,  yovvoy i  o'sim liklarni  madanivlashtirish va  yovvovi
102

hayvonlarni  qo'lga  o'rgatishga  ham  urinib  ko'rgan.  Ular  qo'yni 
qo'lga o ’rgatganlar. Ibtidoiy kishilar toshdan boshoqlarni o'radigan 
o'roq  va  donni  maydalaydigan  qo'l  tegirmonidan  foydalanganlar. 
Mezolit  davri  kishilari  qish mavsumida g'orlarda, yozda esa  daryo 
sohillarida poya va qamishdan  chaylalar qurib,  istiqomat qilganlar. 
Ular  keyinchalik  paxsadan  uylar qurishga  kirishganlar.  Mesopota- 
miyadagi  Zevi-Chemi-Shanidar,  Mlefaat  va  boshqa  yodgorliklar 
ana shu davrga mansubdir.
M.av.  VII  mingyilliklarda  ilk  neolit  davrida  Zagros  tog'lari 
vodiylari, Mesopotamiya tekisligi chegaralarida Jarmo madaniyati- 
ga  mansub  qishloqlar  vujudga  keladi.  Bu  madaniyatga  mansub 
kishilar  bug'doy  va  arpani  madaniylashtirib,  echki,  cho'chqa  va 
itlarni qo'lga o'rgatgan. Loygaqam ish somonini qo'shib kulolchilik 
buyumlari  yasaganlar.  Mazkur  yodgorlikdan  metalldan  yasalgan 
buyumlar ham  topilgan.  M.av.  VIII—VII  mingyilliklarda chorvador 
va  ilk  dehqon  qabilalari  tog'dan  vodiyga  tushib,  Tell-Sotto  kabi 
o'troq  qishloqlarni  barpo  qilganlar.
M.av. VI mingyillikning o'rtalari va ikkinchi yarmida Shimoliy 
M esopotamiya  neolit  qabilalari  tomonidan  o'zlashtirilgan  va  bu 
joylarda Xassuna  madaniyati  nomi  bilan  mashhur bo'lgan madani­
yat  keng  tarqalgan.  Xassun  qabilalari  hozirgi  Bag'dod  chegarasi- 
gacha  bo'lgan  joylargacha  kelib  o'rnashgan.  Bu  davrda  dehqon- 
chorvachilik xo'jaligi shakllanib, ular yirik va mayda shoxli ohorva 
boqqanlar,  arpaning to'rt,  bug'doyning uch  navini,  shimingdek,  tut 
ekib parvarish qilganlar. Kichik-kichik to 'g 'o n lar vakanallar qurib, 
sun'iy  sug'orishga  asoslangan  ilk  sug'orm a  dehqonchilikni  kashf 
etgan lar.
1.  Mesopotamiyada  eng  qadimgi  davlatlarning  vujudga 
kelishi.  M.av.  V - I V   mingyilliklar  orasida  mesopotamiyaliklar 
yangi-yangi  yerlarni  o'zlashtirib,  katta-kichik  kanal,  ariq  va  suv 
inshootlari  qurganlar.  Shuning  natijasida  dehqonchilik  tobora 
rivojlanib,  yerdan  m o'l  hosil  ola  boshlaganlar.  Shu  vaqtga  kelib 
M esopotamiyada  Eredu,  Ur,  Uruk,  Larsa,  Lagash,  Umma,  Isin  va 
Shuruppak  kabi  obod  qishloqlar  bunyod  etilgan.  Ularning  atrofi
103

esa  ancha  mustahkam  mudofaa  devorlari  bilan  о Tab  olingan.  Bu 
qishloqlarda va  Mesopotamiyaning  boshqa joylarida  dehqonehilik 
bilan bir qatorda kulolchilik.  asbobsozlik, to ‘qimachilik.  zargarlik. 
duradgorlik,  m e’morchilik  kabi  kasb-korlar  rivoj  topa  boshlagan. 
Ayni  paytda  voha  yaylovlarida  chorvachilik  ham  rivojlanib.  aholi 
uzun,  jingalak junli  qo'y-qo'zilar.  qoramol  va  eshak  boqqan.  Bu 
davrda mesopotamiyaliklar ot bilan tanish emas edilar.
Qadimdan  boshlab  Mesopotamiya  aholisi  o ‘zaro  va  qo'shni 
o ik a la r  bilan  qizg'in  savdo  ishlari  olib  borgan.  X o'jalik  rivojla- 
na  borib.  aholi  ko'payib.  ibtidoiy  qishloqlar  asta-sekin  shaharlar 
tusini  ola  boshlagan.  Shu  jihatdan  qishloqlarni  shaharlar  onasi 
deyish  mumkin.  Ularda  haybatli  ibodatxonalar.  hukmdorlarning 
qarorgohlari, xo'jalik. m a'm uriy idoralar va hunarmandchilik usta- 
xonalari  qurilgan.  Shaharlarning  atrofi  mustahkam,  minorali  qalin 
mudofaa  devorlari  bilan  o'rab  olingan.  Devor  sirtida  esa  mudofaa 
uchun chuqur xandaqlar b o iib ,  ularga  doim suv to'latib qo'yilgan.
Ibtidoiy  qishloqlar  aholisi  bir  urug'  yoki  urug‘doshlardan  ibo­
rat b o iib .  uni  urug'  oqsoqoli boshqarar edi.  Shaharlarning vujudga 
kelishi  munosabati  bilan unga uzoq-yaqin joylardan.  bir-biriga  be- 
gona  bo'lgan  odamlar  ham  kelib  o'rnasha  boshlaganlar.  M.av.  IV 
mingyilliklarda  Janubiy  Mesopotamiyaga janubi-sharq  tomondan 
shumerlar kelib joylashgan.  Ular mahalliy  aholi  bilan  aralashib  is- 
tiqomat qilganlar.  Shu vaqtdan  boshlab bu joy  Shumer viloyati no­
mini olgan. Janubiy Mesopotamiyada dehqonehilik. chorvachilik va 
hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida badavlat kishilar, erkin 
jamoatchi  dehqonlar,  hunarmandlar  va  qullar  ko'paya  boslilagan. 
Bu  Mesopotamiya  dunyosidagi  tabaqalar  edi.  Endilikda jamiyatni 
boshqarish  uchun  qandaydir  tashkilot  zarur  bo'lib  qoldi.  Bu  tash- 
kilot  Shumerdagi  shahar-davlatlar  edi.  Har  bir  shahar-davlatning 
o 'z  podshosi, amaldorlari, vaziru vuzarolari, qo'shinlari, qo'riqchi- 
lari,  ruhoniylari,  jinoyatchilarni  jazolovchilari  va  qamoqxonalari 
bo'lgan.  Butun shahar  unga qarashli  qishloq ahli podshoning  fuqa- 
rosi  hisoblanadi.  Qadimgi  Mesopotamiya shahar-davlatlarini  faqat 
jazolovchi  tashkilot  deb  qarash  kerak  emas.  Bu  shahar-davlatlar 
zimmasida  sug'orish  inshootlarini  tartibga keltirish,  dehqonehilik.
104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling