0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


M.av.  VIII  asr  oxirida  Ossuriya  podsholigining  tushkun-


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35

M.av.  VIII  asr  oxirida  Ossuriya  podsholigining  tushkun- 
likka  yuz  tutishi.  M.av.  IX  asrning  oxiri  va VIII  asrning  birinchi 
yarmilariga  kelib  Ossuriya  o g 'ir  iqtisodiy  va  siyosiy  inqirozga 
uchraydi.  Ossur  podsholari  IX  asrda  olib  borgan  uzluksiz  urush­
lar  xo'jalikning  hamma  tannoqlariga  salbiy  ta’sir  etgan.  Urushlar 
natijasida  aholining  bir  qismi janglarda  halok  bo'lib,  mamlakatda 
ishchi  kuchi  kamayib  ketgan  va  mayda  ishlab  chiqarish  va  qish­
loq  xo'jaligi  ham  izdan  chiqqan.  Aholining  boshqa  tomonlarga 
ko'chib  ketishi.  hosilsizlik,  har  xil  yuqumli  kasallik,  ichki  siyosiy 
bo'hron  va  kelishmovchiliklar  mamlakatning  turli  burchaklarida 
katta-kichik  qo'zg'olonlarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo'ldi.  Os­
suriya bosib olgan o ik alard a esa mustaqilllik uchun kurash qizg'in 
tus  oldi.  M amlakat  ichidagi  siyosiy,  diniy,  harbiy  va  savdo-sotiq 
guruhlari  o'rtasidagi  o'zaro  kurash  ham  kuchaydi.  Ayni  paytda 
mamlakatdagi  mahalliy  hokimlar  markaziy  hokimiyatga  itoat  et- 
may  qo'ydilar.  Podsholikka  olinadigan  o g 'ir  soliqlar  mehnatkash 
xalqning tinkasini  quritadi.  M.av.  XIII  asr boshlariga kelib shimol­
da vujudga kelgan  yosh Urartu  podsholigi  Old  Osiyoda  siyosiy ji­
hatdan  ustunlikka ega  b o iib ,  Ossuriya kuchsizlanib  inqirozga yuz 
tutishida asosiy  omillardan biri  bo'ldi.
139

M.av.  X -IX   asrlarda  Ossuriyaning  iqtisodiy  va  harbiy  ji­
hatdan yuksalishi.  M.av.  I mingyillik  boshlarida Yaqin  Sharqdagi 
ahvol.  M.av.  I  ming  yillikda temirdan keng  foydalanishi natijasida 
Qadimgi  Sharq  davlatlarida  iqtisodiy  yuksalish,  quruqlik va  daryo 
savdo  y oilarid a  jonlanish  jarayoni  kuzatilgan.  Yaqin  Sharqdagi 
davlatlar orasida yaqin iqtisodiy. madaniy, siyosiy aloqalar kuchay- 
tirilgan  va kengaygan.
M azkur  davrda  Qadimgi  Sharq  davlatlarida  ijtimoiy,  iqtisodiy 
va siyosiy jihatdan rivojlanish jarayoni  notekis b o ig an .  Bu  davrga 
kelib  Xett,  Mitanni  kabi  podsholiklar  mayda  davlatlarga  bo'linib, 
boshqa  kuchli  davlatlar  tarkibiga  kirib  nom-nishonsiz  yo'qolgan- 
lar.  Bu  davrda  Misr,  Bobil  kabi  davlatlar  ichki  va  tashqi jihatdan 
tushkunlikka uchrab,  Ossuriya kabi kuchli davlatlar ta'siriga tushib 
qolganlar.  M.av.I  ming yillikda  Yaqin  Sharqda Urartu,  Kush,  Lidi­
ya,  Midiya  va  Fors  kabi  yangi  “yosh  davlatlar’'  tarix  sahnasida 
pay do bo'ladilar.
Frakivlar,  frigiylar,  kariylar,  arablar  ayniqsa  kimmeriylar  va 
skiflar  Yaqin  Sharq  dunyosining  an’anaviy  siyosiy  hayotida  faol 
ishtirok etadilar.  Yaqin  Sharqdagi  davlatlar o'rtasida  buyuk  harbiy 
davlat maqomini  tolish  uchun qizg'in kurash  avj  oldi.
Buyuk  harbiy  davlati  maqomiga  erishishiga  intilgan  davlatlar­
ning biri Ossuriya edi.
Bosqinchiiik  siyosati  faollashishining  sabablari.  M.av.  11 
mingyillikdayoq  Ossuriya  Yaqin  Sharqdagi  eng  yirik  davlatlardan 
biri  bo'lgan  edi.Ammo  yarim  ko'chmanchi  aramey  qabilalarining 
Ossuriya  ustiga  bostirib  kirishlari  uning  taqdiriga juda  katta  sal- 
biy  ta'sir  ko'rsatdi.  Arameylar  tomonidan  Ossuriya  shaharlari  va 
qishloqlarining  vayron  etilishi  natijasida xonavayron  bo'lgan aho­
li  tog'lik  hududlarga  qochib  borib  yashirinishga  majbur  bo'lgan. 
Aramey  qabilalarining  ketishlari  natijasida  Ossuriyaning  shahar 
va  qishloqlari  vayron  etilib.  xo'jalikning  hamma  tarmoqlari  izdan 
chiqadi.  Bir vaqtlar qudratli bo'lgan Ossuriya davlati og'ir damlar- 
ni  boshidan  kechirib  inqirozga  yuz  tutadi  va  harbiy  jihatdan  no- 
chor ahvolga tushib qoladi.  M.av. X asrga kelib Ossuriya asta-sekin
140
8-§.  Yangi O ssur podsholigi  davri (m.av.  X-VII  asrlar)

oyoqqa turib,  temir qurollardan xo'jalikning  hamma taiTnoqlari  va 
harbiy  maqsadlarda  foydalanishi  oqibatida  uning  xo'jaligi  qayta 
rivoj  topib,  harbiy  salohiyati  oshdi.  Ossuriya o ‘zining  iqtisodiy  va 
harbiy  salohityatini  tiklab.  mamlakatda  siyosiy  markazlashish ja- 
rayoni barqaror mustahkamlana bordi.
M.av.  X-VI1  asrlarda Ossuriya  o ‘z tarixining yangi  bosqichiga 
Yangi  Ossur podsholigi  davriga qadam qo'ydi.
Ossuriya o 'z  xo'jaligi va harbiy salohiyatini qayta tiklab olgach, 
qo'shni  mamlakatlarga  harbiy  yurishlarni 
uyushtirish  imkoni- 
yatiga  ega  bo'ldi.  Ossuriyaning  harbiy  yurishlardan  maqsadi  Old 
Osiyodagi  quruqlik va dengiz savdosi yo'l larini  qo'lga kiritib, ular 
ustidan kuchli nazorat o'rnatish va savdo-sotiqdan tushadigan katta 
boylikka  ega  bo'lish  edi.  Old  Osiyodagi  serqatnov  savdo  yo'llari- 
ga ega bo'lish Misr,  Bobil, Urartu va boshqa davlatlar siyosatining 
asosini  tashkil  etardi.  Shu bois  Ossuriya bu  borada o'zining kuchli 
raqiblari  mavjudligini  bilar  va  ular  bilan  g'olibona  urushlar  olib 
borishi  muqarrar  edi.  Shuningdek,  urush  Ossuriyaning  ichki  siyo- 
satida  ham  muhim  ahamiyatga  ega  edi.  G 'olibona  urushlar  mam- 
lakatga  katta  boylik  keltirish  bilan  birga  afkor  ommani  mamlakat 
ichki  ishlaridagi  ijtimoiy masalalardan chalg'itardi xolos.
M.  av.  IX  asrda  Ossuriyaning  bosqinchilik  siyosati.  IX  asr 
boshlariga kelib  Ossuriya  davlati  kuchayib  shimoliy  Mesopotami­
yada  o'zining  mavqeyini  tiklab  olgach  tashqi  bosqinchilik  siyo- 
satini  boshlab  yuboradi.  Ossuriyaning  harbiy  bosqinchilik  siyosa­
ti  ayniqsa  Ashshurnazirpal  II  (m.av.  883-859)  va  Salamansar  III 
(m.av.  859-824) davrida faollashadi.
Ashshurnazirpal  davrida  ossur  qo'shinlari  shimoldagi  Nairi 
qabilalari  bilan  g'olibona  urushlar  olib  boradi.  Bu  davrda  Urartu 
davlatining  shakllanish jarayoni  boshiangan  edi.  Ossur qo'shinlari 
Dajla  darvosidan  sharqdagi  tog'li  Midiya  qabilalari  bilan janglar 
olib  borganlar.  Ossur  qo'shinlari  Bobil  qo'shinlari  bilan  olib  bo­
rilgan  urushlar  nalijasida  bobilliklarning  shimoliy  hududlaridagi 
yerlarini  egallaydi.  Shundan  so'ng  Ossur  podsholari  o'zlarining 
harbiy  harakatlarini  g'arbga-Sharqiy  O 'rtayer  dengizi  qirg'oqla- 
riga qaratadilar.
141

Tiglatpalasar III  islohotlari va  Ossuriyaning  uchinchi yuk- 
salishi.  M.av.  746-745-yillarda  Ossuriyada  vaziyat  keskinlashib. 
Kalxa shahrida qcf zg'olon boshlanadi.  Mamlakatdagi norozilik  va 
qo‘zg'olonlardan  foydalangan  harbiylar  yangi  sulola  vakili  Tig­
latpalasar  III  ni  shoh  etib  ko‘taradilar.  Tiglatpalasar  III  Ossuriya 
taxtiga  oiirg ach ,  mamlakat  kuch-qudratini  mustahkamlash  uchun 
muhim ahamiyatga ega boTgan islohotlar o'tkazishga kirishadi.
Ossuriya davlati о ‘sib. kuchayib borishi bilan uning q o i  ostida- 
gi oTkalarni ham, istilo qilingan mamlakatlarni ham puxtaroq idora 
qilish zaruriyati tu g ila  borgan. Atrofdagi  subariy,  ossur va aramey 
qabilalarining  yagona  ossur  xalqi  bo Tib  birgalashib  qorishib  keti- 
shi  qadimiy  qabilaviy  va  urug‘chilik  aloqalarining  buzilib  ketishi- 
ga sabab b o ig an .  Bu esa mamlakatni m a’muriy jihatdan yangidan 
taqsimlash  zaruriyati ni  keltirib  chiqargan.  Ossur  askarlari  istilo 
qilgan  uzoq  oTkalarda  tez-tez  qo'zg'olonlar  b o iib   turgan.  Shu 
sababli  Tiglatpalasar  III  podsholik  qilgan  davrda  katta-katta  eski 
o ik a la r hududi kichikroq yangi okruglarga b o iin ib ,  ularga maxsus 
amaldorlar  (bel-paxatilar)  boshliq  qilib  qo‘yilgan.  Davlatning  be- 
poyon hududini idora qilish uchun podshoning “topshiriqlarini ijro 
qiladigan maxsus amaldorlar” (bel-pikittilari) b o ig an . Bu amaldor­
lar yordami bilan juda katta davlatning hamma idora ishlari podsho 
saroyida istiqornat qiluvchi mustabid shoh q o iid a  to'plangan.
Yangi  Ossur  podsholigi  davrida  davlatni  boshqarish  uchun 
m arkazlashgan  idora  talab  qilingan.  M azkur  davrda  O ssuriya­
da  podsho  oliy  bosh  ruhoniy  hisoblanib, 
d in iy  
m arosim larni 
uning o ‘zi  oikazgan.  Podsho  qabuliga kirgan  amaldor-zodagonlar 
podshoning  oyog'iga yiqilib.  “yer 
0
‘pishlari”  yoki  uning  o y o g in i 
o‘pishlari lozim b o ig an .  Shuni ta'kidlash joizki, Ossur davlati juda 
kuchaygan davrda ham ossur podshosi har bir ishda ruhoniy-kohin- 
lardan maslahat s o ia b  ish yuritgan.
Tiglatpalasar  III  ning  muhim  islohotlaridan  biri  harbiy  ishlar­
ni  qayta  tashkil  etishdan  iborat  bo ig an .  Ilgarigi  ossur  podsholari 
mamlakatning  erkak kishilaridan tuzilgan xalq lashkarlari y ordami 
bilan joylarda  urushlar  olib  borar  va  katta-kichik  q o ’zg'olonlarni 
bostirar edilar.
142

Tiglatpalasar III bilan Sargon II podsholik qilgan davrda harbiy 
islohotlar o'ikazilib.  natijada Ossuriya davlatida harbiy  ishlar qay- 
tadan qurilgan.  Ossur podsholari  k o 'p  sonli, yaxshi qurollangan va 
kuchli muntazam qo'shin tuzib, davlat hokimiyatining butun appa- 
ratini  harbiy ehtiyojlargaxizm at qildirgan.  Ossuriyaning ko ‘p sonli 
qo‘shini  bosib  olingan  o ik a  va mamlakatning  erkin  aholisi  bilan 
to id irib  turilgan. Har bir viloyat boshlig'i o ‘z q o i  ostidagi yurtdan 
askar to'plab.  bu askarlarga viloyat boshligining o ‘zi qoinondon- 
lik qilgan. M azkur davrda Ossuriyada maxsus “muntazam qo'shin” 
tuzilib.  bu  qo'shinga  “podsho  b o iin m a si”  deb  nom  berilgan.  Bu 
qo‘shin  isyonlarni  bostirish uchun xizmat qilgan.  Shuningdek,  Os­
suriyada  podshoning  shaxsiy  gvardiyasi  ham  bo'lib,  bu  gvardiya 
podshoning  “muqaddas  shaxsini”  qo'riqlashi  lozim  b o ig an .  Yoz­
ma manbalarda 50 kishidan  iborat kichik-kichik  askariy  b o iin m a- 
lar  (kisru)  boig an ligi  haqida  m a’lumotlar  bor.  Ossuriya  askariy 
qismlarida piyodalar,  suvoriylar hamda jang  aravasi mingan askar- 
lar  b o ig an .  Ossur  qo‘shini  tuzilmasida  200  piyoda  askarga  10  ta 
otliq  suvoriy  va  bitta  jang  aravasi  mingan jangchi  to ‘g ‘ri  kelgan. 
Shuni  aytib  o'tish  joizki  ossur  qo'shinlari  tarkibida  tuya  mingan 
jangchilar ham  bo'lgan.
M.av.  IX  asrda podsholik qilgan Ashshurbanipal  zamonida  os­
sur qo‘shinlarida jang aravalari va otliq qo'shinlaridan unumli foy­
dalanilgan.  Ossur  askarlarining  asosiy  qismi  piyoda  askarlardan 
iborat bo'lib,  ular  qurol-yarog'  bilan  yaxshi  ta ’minlangan.  Piyoda 
askarlar kamonchilar,  qalqonchilar, nayzabozJardan tashkil  topgan 
edi.  Q o'shinning asosiy qurol-aslahasi sovut, qalqon, dubulg‘a, ka- 
malak, kalta qilich va nayzalardan iborat b o ig an .  Ossur podsholari 
o 'z  qo'shinlarini  yaxshi qurollantirishga juda katta e ’tibor bergan­
lar.  Sargon  II  ning Ashshurdagi  saroyi  kavlanganda  arxeologlar  u 
yerdan  juda ko ‘p  q urol-yarogiar  topishgan.  Ossur qo‘shinlari  o ‘z 
davrida q al'a devorlarini buzish uchun ishlatiladigan maxsus mos- 
lamalarga  ham  ega  boiganlar.  Q o‘shinlar  o'nlik,  elliklik,  yuzlik 
va ming kishidan iborat qismlarga b o iin g an . Ularning har biri ning 
o 'z  belgisi va bayroqlari b o ig a n . 

143

Bayroqlarga xudo Ashshur va urush xudolarining tasviri tush iri I - 
gan.  B a'zi  manbalarda  ossur  qo'shinlarining  soni  120  000  kishi 
deb  ko ‘rsatilgan.  Q o'shinda  intizom juda  qattiq  bo'lib, jangchilar. 
qo‘shin boshliqlari  va sarkardalar o ‘z vazifalarini  sidqidildan baja- 
rish uchun qasamyod ham qilganlar.
Ossuriya  saltanatining  gullab-yashnashi.  Ossuriya  saltanati- 
ning qudratli  davlatga, uchinchi va eng  yuqori pog'onaga ko'taril- 
gan davri m.av.  VIII  asrning 40-yillaridan m.av.  VII  asr 40-yillari- 
ning  oxiriga  to ‘g'ri  keladi.  Ossuriya  VIII  asr  o ’rtalarida  yanada 
kuchayadi. Ayniqsa Tiglatpalasar III (m.av.  745-722) o'zidan oldin 
o'tgan  podsholarning  istilochilik  siyosatini  davom  ettirib,  Ossuri- 
yani  Sharqdagi  yagona  mustabid  davlatga  aylantirishni  maqsad 
qilib qo‘ydi.  Tiglatpalasar III  istilochilik yurishlarini boshlab.  743 
-740-yillarda  shimoliy  Suriya  va  kichik  osiyoliklardan  iborat Ar- 
pad ittifoqi qo‘shinlarini tor-mor etadi.
Tiglatpalasar III qo'shinlari m.av.  738-735-yillarda Urartu usti­
ga yurishlar qilib, urartlar yurtidan ko'p oTjalar va asirlar olib qay- 
tadi.  M.av.  734—732-yillarda  Ossuriyaga  qarshi  Damashq  va  Isroil 
podsholari,  shuningdek,  sohil bo'yi  arab knyazliklari  va Edem har­
biy  ittifoqi tuziladi.
Ittifoqchilar  bilan  boMgan janglarda  Ossuriyaning  q o ii  baland 
kelib,  Ossuriya  sharqiy  O 'rtayer  dengizi  sohilida  mustahkamlanib 
oladi.  M.av.  737-yili  Tiglatpalasar  111  Midiyada  mustahkamlanib 
olgach,  Bobil ustiga qo'shin tortib uni ham egallaydi.
Bu g'alabalar Ossuriyani Old Osiyodaga eng katta qudratli dav­
latga  aylantiradi.  Bu  davrda  Ossuriya  davlati  tarkibiga  Mesopota­
miyaning katta qismi.  O 'rtayer dengizining  sharqiy  sohilidagi jo y ­
lar,  shuningdek, Midiyaning qator hududlari itoat etar edi.
Yilnomachilarning  keltirgan  maTumotlariga  ko'ra.  Ossur pod­
sholari,  sarkardalari  rahbarligidagi  jangchilam ing  rahmsizligi  va 
qonxo'rligi,  urushda  hech  qachon  insonparvarlik  ko'rsatmagan 
boshqa  Qadimgi  Sharq  qo'shinlarining  barcha  jabr-zulmlaridan 
oshib  o ‘tib  ketgan.  Ossurlar  m ag'lub  bo'lgan  dushmanlarni  eng 
vahshiyona usullar bilan  jazolaganlar.  Bu Ossuriyada eng oddiy va
144

qonuniy  ish  hisoblangan.  O 'sha  davr vilnomachilari va rassomlari 
m agiublarga nisbatan  ishlatilgan jabr-zulm va jazolam i  butun taf- 
silotlari  bilan  tasvirlaganlar.  Tirik  kishilarning  terisini  shilib  olish, 
ko'zini  o'yish,  lab  va  iyagini  teshib  arqon  o'tkazish,  dorga  osish, 
qoziqqa  o ’tqazish  va  shu  kabi  boshqa  razil  ixtirolar  bo'ysundiril- 
gan  xalqlarni jazolash  va  qo'rqitishning  tabiiy  usuli  hisoblangan. 
Bugina  emas,  ossur jangchilari,  sarkardalari  va  podsholari  asirga 
tushgan  o 'z   dushmanlarini  shahar darvozalari  oldiga to‘plab, ular­
ni  yoqib  yuborganliklari  ham  m aiu m .  Ammo  bu jabr-zulmlar  va 
razilliklar ossur qo'shinlari  bosib olgan oMka xalqlarini tiz cho'kti- 
ra  olmagan.  Yengilgan  va  xonavayron  qilingan  o ‘lka  xalqlarining 
ossur hukmronligiga qarshi  ommaviy chiqishlari  va qo'zg'olonlari 
to‘xtamagan.  Q o‘shni  mamlakatlarning  shafqatsiz  talanishi  qattiq 
qarshiliklarga  sabab  bo'lgan  va  bir  o ik an in g   xalqlari  mustaqillik 
uchun  qayta-qayta bosh ko'tarib chiqqanlar.
K eyinchalik  m am lakat  ichidagi  nizolar,  q o 'z g ’olonlar  va 
q o ’shni  m am lakatlardagi  g 'alayonlar  vaqtinchalik  gullab-yash- 
nagan  O ssuriyaning  asta-sekin  zaiflashuviga  olib  kelgan.  Bu 
vaziyatdan  foydalangan  q o ’shni  davlatlar,  xususan,  Yangi  Bobil 
podsholigi  M idiya  podsholigi  bilan  harbiy  ittifoq  tuzib,  VII  asr 
oxirlarida  O ssuriya  davlati  va  podsholigini  yanchib  y o ‘q  qilib 
tashlagan.  Bu  voqeaning  tafsiloti  shunday  bo'lgan:  Yangi  B o­
bil  podshosi  N abopalasar  M idiya  podshosi  K iaksar  bilan  ittifoq 
tuzib,  dastlab  m.  av.  614-yilda  ittifoqchilar  qo'shini  Ashshurga, 
612-yili  esa  ikki  tom ondan  shiddatli  hujum   boshlab,  har  ikki 
shaharni  vayron  qilgan.  O ssurlarning  qolgan-qutgan  askarlari 
g ’arbga  Xarran  va  K arxam ishga  chekinganlar.  O ssurlar  M isr 
fira v n i  bilan  ittifoq  tuzib,  m ag'lubiyatdan  saqlanib  qolishga 
umid  b o g ’lagan.  M.av.  605-yilda  B obil-M idiya  qo'shinlari  Os- 
suriya-M isr  qo'shinlarini  K arxam esh  yonida  boTgan  dahshatli 
jangda batamom  tor-m or keltirgan.  Shunday qilib bir vaqtlar Old 
Osiyo  xalqlarini  dahshatga  solgan  Ossuriya  davlati  inqirozga 
uchragan  va barham  topgan.
145

9-§.  Q adim gi  M itanni  davlati
Qadimgi  Mitanni  davlatining  geografik  o‘rni,  tabiiy 
sha- 
roiti  va aholisi. Qadimgi Mitanni janubi-g‘arbiy Osiyodagi quldor- 
lik  davlatlaridan  biridir.  Bu  qadimgi  davlal  Mesopotamiyaning 
shimoliy  va  shimoli-g'arbiy  qismida  joylashgan.  Uning  yer  usti 
tuzilishi  shimolda  tog'lik  va  qir-adirliklardan,  g'arbiy  qismi  ham 
tog'liklardan  iborat.  Janubiy  qismi  esa  Mesopotamiya  pasttekis- 
liklari  bilan tutashib  ketadi.  Mamlakat  g'arbidan  Frot  daryosining 
Xabur  va  Belix  irmoqlari  oqib  o'tadi.  Sharq  tomonidan  esa  quyi 
Zab, yuqori Zab,  Dajla va  uning irmoqlari oqib o'tadi.  Mitannining 
obi-havosi  quyi  Mesopotamiyaga  nisbatan  biroz  boshqacha.  yozi 
mo'tadil,  qishi xiyla sovuqroq.
Uning  to g iik   joylari  ossuriyaliklamiki  singari  o'tloq-yay- 
lovlarga  ancha  boy  bo'lgan.  Mitanni  yerlarining  qulay  geografik 
muhiti qadim zamondan o'rta paleolitdan boshlab ibtidoiy  odamlar 
diqqatini jalb  qilgan.  Yuqori  va quvi Zab  daryolari  vodiysida  o'rta 
paleolit makonlarining topilishi fikrimiz dalilidir.
M itanni  aholisining  asosiy  qism ini  xurritlar  tashkil  etib, 
keyinchalik  ular  ossurlar,  amoriylar  va  boshqa  xalqlar  bilan  ara- 
lashib ketgan.
Mitannining eng qadimgi  ibtidoiy aholisi hududning tabiiy  sha- 
roitidan kelib chiqib,  dastlab  termachilik va ovchilik  bilan  shug'il- 
langan.  Keyinchalik  bu  yerdagi  aholi  dehqonchilik.  chorvachilik 
xo'jaligini o'rganib,  so'ng bu joylarda hunarmandchilik ham rivoj 
topib,  ishlab chiqarish xo'jaligi tashkil topa boshlagan.
Mitanni  yerlaridan  shimol  bilan  janubni,  sharq  bilan  g'arbni 
birlashtiruvchi  muhim  savdo  yo'llari  o'tgan.  Mazkur  savdo-sotiq 
yo'llari  Mitanni  aholisining  xo'jaligida juda  katta  ahamiyatga  ega 
bo'lgan.
Dehqonchilik.  chorvachilik.  hunannandchilik  va  nihovat  savdo 
-sotiqning rivojlanishi natijasida Mitanni aholisi orasida xususiv mulk, 
mulkiv tengsizlik. kishilar orasida tabaqalanish jaray oni yuz berib. ilk 
davlatning barpo etilishi uchun  shart-sharoit vujudga kelgan.
146

Dastlab  bu joylarda  urug'-aym oq  jamoalari  tashkil  topib,  bir 
necha o 'n  urug‘ jam oalari  birlashib qabila jamoasini  tashkil  etgan- 
lar.  Tarixiy  zaruriyat  esa  bir necha  qabilalarni  birlashib  qabilalar 
ittifoqi barpo boTishiga olib kelgan. Va nihoyat qabilalarning o ‘za- 
ro birlashuvi  natijasida  dastlabki davlat qaror topgan.
Bu jarayon  Mitanni  hududida  m.av.  X X -X V III  asrlarda  sodir 
b o ig an   bo'lishi  mumkin.  Tarixchi,  arxeolog  olimlarning  farazlar- 
iga k o 'ra m.av.  X V II-X V I  asrlarda  bu  hududda ilk Mitanni  davla­
ti  tashkil  topgan.  M.av.  X V I-X V   asrlarda  Mitanni  Old  Osiyodagi 
kuchli  davlatlardan biriga aylanadi.
Mitanni  davlatining  kuchayishi  va  istilochilik  yurishlari. 
Yuqorida  ta’kidlab  o'tilganidek,  m.av.  X V I-X V   asrlar  Mitanni 
davlatining  kuch-qudrat jihatdan  gullagan  davriga  to‘g ‘ri  keladi. 
Bu  davrda  Mitanni  podsholari  faol  istilochilik  urushlarini  olib 
borib,  Ashshur.  Niniviya  shaharlarini,  shuningdek,  Ossuriyaning 
bir  qism  yerlarini  ham  bosib  oladi.  Mitanni  q o ‘shinlari  sharq  va 
janubi- sharqda Zagros tog'lari  orasida yashovchi  tog'lik  gutey va 
lulubey qabilalari yerlarini  ham  bosib oladilar.
M.av.  X V I-X V  asrlarda Mitanni  xettlar  bilan  g'olibona  urush­
lar olib  borib, Kichik Osiyoning sharqiy hududlari,  Suriya,  Finiki­
ya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o 'z  ta’sirini o ‘tkazadi. 
M.  av.  XVI  asrda  Mitanni  davlati  ta ’sir  doirasining  Old  Osiyoda 
osha  borishi  uning  atrofidagi  davlatlarning  e'tiborini  o'ziga  tort- 
may  qo'vm as  edi.  Xususan,  O 'rtayer  dengizi  sharqiy  sohillarini 
bosib olishga intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari 
o ‘rtasida  kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. M azkur davrda har ikki 
davlat  o'rtasida  Old  Osiyoda ustunlikka  ega boTish uchun  qizg'in 
kurash  boshlandi.  M isr  qo'shinlari  Tutmos  I  boshchiligida  Frot 
daiyosi bo'yigacha yetib kelib, Mitanni chegarasiga g'alaba toshini 
o'rnatdi.  Tutmos III  davrida Misr qo'shinlari  Frot daryosini kechib 
o'tib,  Mitanni  qo'shinlari  bilan  g'olibona  urushlar  olib  borib  M i­
tanni  podshosi  va qo'shinlarini  orqaga chekinishga majbur qiladi- 
lar.  Tutmos  III  ham  Mitanni  chegarasiga g'alaba  toshini  o'rnatadi. 
Ammo misrliklar o 'z  g'alabalarini oxiriga yetkazmaganlar. Tutmos 
III  yana  bir  necha  bor  harbiy  yurishlar  uyushtirib,  u  yerda  bosh-
147

langan  q o 'zg ‘ok)iilarni  bostirishga urinadi.  Ammo  o‘sha  davrdagi 
Old  Osiyo  va Yuqori  Misrdagi  siyosiy  voqealar Misr qo'shinlariga 
Mitannini  butunlay bosib  olishga imkon bermaydi.  Ikki  orada sulh 
tuzilib  Mitanni  o 'z   mustaqilligini  saqlab  qoladi.  Hatto  Misr  bilan 
Mitanni  o ‘rtasida  m.av.  XV  asrda  Misr  Old  Osiyodagi  bir  qator 
davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatiya mimosabatida 
b o ig an . Ayrim davlatlar o'rtasida b o iad ig an  muzokaralar  elchilar 
yordami  bilan  olib  borilgan.  Bu  muzokaralar  natijasida  ko'pin- 
cha  harbiy-siyosiy  ittifoq  va  bitimlar  tuzilgan.  Siyosiy  ittifoqlar. 
chunonchi Misr bilan Mitanni o'rtasidagi ittifoq kabi ko'pincha su- 
lolaviy nikohlar yo'li bilan ham mustahkamlangan.
Mitanni podshosi bir xatida  Misr fir’avniga chegara shaharla- 
rini  almashtirishni  taklif qilgan.  Mazkur  davrda  Kichik  Osiyoning 
sharqida  kuchli  Xett  podsholigi  tashkil  topgan.  Xett  podsholigi 
qo'shni Mitanni  viloyatlari  va  a w a l  Misr q o i   ostida  bo'lgan shi­
moliy  Suriya  yerlari  hisobiga  o 'z   davlati  chegaralarini  kengayti- 
rishga  intilgan.  Xett  davlatining  kuchayishi  birinehi  navbatda 
Mesopotamiyaning  shimolidagi 
Mitanni  podsholigi  uchun  va 
Misrning  Surivadagi  yerlari  uchun  ham  xatarli  bo'lgan.  Xettlar- 
ning  istilo  qilish  xavfi  aniq  b o iib   qolgach,  Mitanni  va  Misr  pod­
sholari  bosh  ko'tarib  kelayotgan  dushmanni  birgalikda  qaytarish 
maqsadida birlashganlar.
Misr bilan Mitanni  o'rtasida  ittifoq  tuzilib.  bu  ittifoq  bir necha 
sulolaviy  nikohlar  bilan  mustahkamlangan.  Mitanni  podsho­
si  Tushrattining  Misr  fir’avni  Amenxoteb  III  ga  yozgan  xatlarida 
pirovardida  Misr  bilan  Mitanni  o'rtasida  juda  ham  mustahkam 
munosabatlar  o'rnatilishiga  olib  kelgan  muzokaralarning  ayrim 
bosqichlari  ravshan  va  jonli  qilib  tasvirlangan.  Misr  Amenxotep 
III ning  podsholik qilgan zamonida  uzoq  Suriyadagi o 'z  yerlarini 
xettlaming  istilosidan  himoya qilmoq  uchun yetarli  harbiy  kuchga 
ega bo'lmaganidan Mitanni  yordamiga tayanishga majbur bo'lgan. 
Mitanni  podsholigi  esa  do'stligi  va  yordami  uchun  oltin  talab  qil­
gan. Tutmos IV va Amenxoteb III Mitanni podshosi qizlariga uyla- 
nar ekan,  ular o'rtasida o'zaro  do'stlik aloqalari  o'm atilib,  ular  bir 
-birlariga  sovg'a-salom lar  yuborib  turadilar.  Ammo  ikki  davlat 
o'rtasidagi do'stlik rishtalari  uzoqqa bormaydi.
148

M.  av.  XV asr oxirlarida M isr kuchsizlanib qoladi.  Bu vaziyat- 
dan  fovdalangan  Mitanni  qo'shinlari  shimoliy  Suriya  va  Biblga 
bostirib  kirib,  Falastinni  ham  ishg'ol  qiladi.  Bu  davrda M isr  bilan 
Ossuriya  Mitanniga  qarshi  ittifoq  tuzadilar.  O 'z  o'rnida  Mitanni 
ham Ossuriya-Misr ittifoqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzadi. M az­
kur davrlar ichida Xett  davlati  kuchayib,  Xett qo'shinlari  Mitanni­
ga  bostirib  kirib,  Mitanni  qo'shinlarini  tor-mor  etadi.  Bu  davrda 
Mitanni  podshosi  saroyida  fitna-fujur  ko'payib.  nihoyat  Mitanni 
podshosi  o'ldiriladi.
Shimoldagi Alba bilan Ossuriyaning birlashgan qo'shinlari Mi­
tanni  qo'shinlariga  zarba  berib,  uning  shimoldagi  yerlarini  bosib 
oladilar.  Bu vaziyatdan  fovdalangan  Xett podshosi  qo'shinlari Mi- 
tannini  ishg'ol  qiladilar.  Xett  podshosi  Tushrattining  o 'g 'li  Shatti- 
vasni taxtga o'tqazib, unga o 'z  qizlaridan birini  nikohlab beradi.
M.av.  XIV  asrning  ikkinchi  yarmida  Mitanni  Xettlarga  tobe 
bo'lib  qoladi.  Xettlar  yordamiga  tayangan  Mitanni  podshosi 
qo'shinlari Ossuriyani bosib olish uchun ularga qarshi kurash bosh­
laydi.  Ammo  jangda  Mitanni  qo'shinlari  m ag'lubiyatga  uchrab, 
podsho  oilasi  bilan  ossurlar  qo'liga  asir  tushadi.  M azkur janglar 
natijasida  Mitanni  poytaxti Vashshukan  ossur qo'shinlari  tomoni­
dan  ishg'ol qilinadi.  Keyingi janglar natijasida Ossuriya qo'shinlari 
Mitanni  qo'shinlarini  batamom  m ag'lubiyatga  uchratadi.  Urushlar 
natijasida  Mitanni  mamlakati  vayron  qilinib, janglarda juda  ko'p 
mitanni  askarlari  va  oddiy  aholi  qirg'inbarot  qilinadi.  15  mingdan 
ortiq  kishi  asir  olinib,  Ossuriyaga  haydab  ketiladi.  Ossuriyaning 
ketma-ket  bergan  zarbalari  natijasida  Mitanni  zaiflashib,  mayda 
davlatchalarga bo'linib  ketadi.
Keyinchalik  Mitanni  Ossuriyaning  ta’siriga  tushib,  davlat  sifa­
tida tarix sahnasidan  tushib ketadi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 11.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling