0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35

Arvad,  Bibl,  Sidon  va Tir shaharlari  sohilida  kemasozlik  ustaxo- 
nalari  bo'lgan.  Finikiya kemalari  o'zining tezyurarligi  va sifatliligi 
bilan  shuhrat  qozongan.  Yunon  tarixchisi  Gerodot  "Fors  kemalari 
ichida finikiyaliklar yasab bergan kem alarjudayaxshi yurishi bilan 
boshqalarnikidan ajralib turadi”,  deb yozgan edi.
Finikiya  o'sha  zamondayoq  o'zlarining  jasur  qo'rqm as  den- 
gizchilar va ishbilarmon savdogarlari  bilan shuhrat qozongan.  Ular 
m.av.  XVI  asrdavoq  O 'rtayer  dengizi  sohilidagi  mamlakatlar  bi­
lan  qizg'in  savdo-sotiq  ishlarini  olib borganlar.  Atlantika okeaniga 
chiqib.  uning  G 'arbiy sohillari  bo'vlab  suzib,  В r i taniyagac ha yeti b 
borganlar.  Ular  Shimoliy  Afrikadagi  Karfagenda  o 'z   manzilgohla- 
rini  qurgan.  Qora  dengiz  sohilidagi  mamlakatlar  bilan  qizg'in-sav- 
do  ishlari  olib  borganlar.  Finikiyaliklar  Bobil,  Misr,  Midiya  bilan 
quruqlik yo'li  orqali  savdo-sotiq ishlarini olib borgan.
179

Suriya  va  Finikiyadan  xorijiy  o ikalarga  shisha.  oyna.  zaytun 
moyi,  musallas,  qimmatbaho  gazlama,  zargarlik  buyumlari.  sifatli 
qora yog‘och,  turli  bo‘yoq  va  boshqa  narsalar  chiqarilgan.  Xorijiy 
mamlakatlardan  esa mamlakatga  ziravor,  oltin.  kumush,  fil  suyagi 
va boshqa buyumlar keltirilgan.
Qadimgi  Suriya  va  Finikiya  madaniyati.  Suriya,  ayniqsa 
Finikiya  Old  Osiyodagi  madaniyat  rivojlangan mamlakat  boigan. 
Bu  mamlakat  xalqi  erishgan  yutuqlardan  biri  bu  yozuv  alifboning 
ixtiro  qilinishidir.  Ular  m.av.  II  mingyillik  boshlaridayoq  bobil- 
liklar mixxati  asosida  alifbo  tuzganlar.  M.av.  IX -V III  asrlarda esa 
Finikiyada 24 belgidan  iborat yozuv kashf etilgan.  Finikiya yozuvi 
o‘sha zamonlardayoq atrof o ik alarg a yoyiladi.
Finikiya va Suriyada rassomchilik, haykaltaroshlik. xalq og'za- 
ki  ijodiyoti  va  adabiyoti  ancha erta  rivoj  topgan.  Ular  tosh,  fil  su­
yagi. yog'och va turli m a’danlardan hayvon.  odam va xudolarning 
haykallari va rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar.
Suriya  va  Finikiyada  matematika,  geogratiya,  dengizchilik, 
astronomiya, tarix, yer bilimi, kimyo va fizika fanlari rivoj top­
gan  edi.  Gerodot  m aiu m o tlarig a  k o ia ,  m.av.  VI  asrda  yashagan 
miletlik  m ashhur  matematik.  fizik,  astronom  va  faylasuf 
Fales 
asli  finikiyalik  ekan.  Sidonlik  faylasuf 
M ox
  esa  yunon  faylasuf- 
matematiklaridan  ancha  oldin  atom lar  haqidagi  nazariyani  ilgari 
surgan.
Suriya  va  Finikiyada  dastlabki  ibtidoiy  din  shakllari  -   tabiat 
hodisalariga, qoyatoshlarga, hayvon va boshqa buyumlarga e'tiqod 
qilish  keng  tarqalgan.  Ularda  yer  va  dehqonchilik  bilan  b o g iiq  
e’tiqodlar ham kuchli edi. Ularning diniy e ’tiqodida o iis h  vatirilish 
kabi tabiat xudolari Vaal va uning o ‘g i i  Alyaap alohida hurmatga 
sazovor  ekan.  Mot  ularda  o iim   xudosi  hisoblangan.  Molox  ham 
hurmatli xudolaridan b o ig an .  Finikiyada bayram kunlari odamlar- 
ni xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar.
M.  av.  Ill  asrda  Finikiya  manzilgohi  hisoblangan  Karfagenda 
xudo  Molox  haykali  oldida  bolalarni  gulxanga  tiriklayin  tashlab. 
kuydirib qurbonlik qilganlar.
180

Qadimgi Karfagenning geografik o‘rni, tabiiy sharoitlari va 
aholisi. Karfagen O 'rtayer dengizining g'arbida, Afrikaning shimo-
li-g'arbiy  burchagida  joylashgan  qadimgi  quldorlik  davlatlaridan 
biri  hisoblangan.  Karfagen  tarkibiga  O 'rtayer  dengizinig  g'ar- 
bidagi  Malta,  Sardiniya,  Korsika,  Balear  orollari  va  Sitsiliyaning 
g'arbiy qismi kirgan.  Shuningdek, keyinchalik shimoliy Afrikadagi 
Utika  va  Ispaniyadagi  Gades  shaharlari  ham  Karfagen  qo'shinlari 
tomonidan bosib olingan.  Karfagen hozirgi Tunis o'rnida boTgan.
Hozirgi  Tunis,  qadimgi  Karfagenning  yer  usti  tuzilishi  xilma 
-xil bo'lib,  hududining  3/1  qismini Atlas togTari  va mamlakat  shi- 
molidagi  balandligi  1520  metrgacha  boTgan  yassi  tog'lik  tashkil 
etadi.  Mamlakatning  markaziy  qismida  ayrimlari  dengiz  sathi- 
dan  past joylashgan  sho'r  ko'llar  ham  mavjud  bo'lgan  tekislik  va 
pasttekisliklar  bor.  Janub  va  sharq  tomonlarini  Sahroyi  Kabirning 
qumlari o'rab turadi. Karfagenda daryolar kam. asosiy suv manbasi 
Majarda daryosidir.
Mamlakat iqlimi  subtropik, janubiy  va  sharqiy tomoni  issiq-ja- 
zira.  Karfagen  shimolida  agava,  apunsa.  yovvoyi  zaytun,  eman va 
boshqa o'sim liklar o'sadi. .lanubida esa tikanli butalar, lishayniklar, 
sahro  daraxtlaridan  talxa  va  etallar  o'sadi.  Hayvonot  dunyosi  u 
qadar  boy  emas.  Yirik  hayvonlari  qora  qoplon.  tog'  qo'yi.  qora- 
xal,  silovsin,  yovvoyi  mushuk,  gepard,  shoqol  va  tulkidan  iborat. 
O 'rtayer dengizida esa baliqlar va suv hayvonlari serob boTgan.
Bu  hududda  o 'ta   qadim  zamondan  boshlab  odamlar  istiqomat 
qilishgan.  Atlas  togTaridan  topilgan  qadimgi  qazilmalarga  ko'ra 
odamlar  yashagan  davr  m.  av.  400-350  mingyilga  borib  taqaladi. 
Ular  fanda  "atlantrop”  -   atlantika  odami  nomi  bilan  mashhurdir. 
Mamlakat  aholisining  asosiy  qismini  barbarlar.  tunisliklarning  aj­
dodlari  va  finikiyaliklar  tashkil  qiladi.  Keyinchalik  esa  bu  yerga 
rimliklar  ham  kelib  o'rnashgan.  Milodiy  V  asrda  mamlakat  van- 
dallar tomonidan egallanib talon-taroj  qilingan.
Karfagen  tarixining  ilk  davri va  Finikiya  manziilgohining 
markazi.  O 'rtayer  dengizining  g'arbiy  qismida  Finikiya  manzil-
3-§.  Q adim gi  K arfagen  davlati
181

goblariga  m.av.  II  mingyillikning  oxiri  va  I  mingyillik  boshlarida 
asos  solingan.  M.av.  I  mingyillik  boshlarida  shimoliy  Afrikadagi 
Utika  va  Ispaniyadagi  Gades  yirik  shahar  markazlariga  aylangan. 
Ammo  Finikiya  manzilgohlari  orasida Karfagen  iqtisodiy  va  siyo­
siy jihatdan nihoyatda kuchaygan va taraqqiy etgan.
Karfagenga  finikiyaliklarning  Tir  shahridan  chiqqan  kishilar 
m.av.  IX  asrda — 8 2 5 -8 14-yillarda  asos  solganlar.  Karfagen  katta 
va o'ziga xos shahar bo'lib,  Shimoliy Afrika sohilidagi kichik yari­
morolda joylashgan  edi.  Finikiyaliklar  uni  Kar  Xadatiy  -   “Yangi 
shahar”  der edilar.  Shahar geografik jihatdan  juda qulay yerda jo y ­
lashgan  edi.  Chunki  Karfagen  ham dengiz.  ham  quruqlikdan kesib 
o'tadigan yirik  savdo y o iin in g   chorrahasida о ' mashgan.  Shaharga 
dastlab kelib o'rnashganlar mahalliy aholi vakillariga soliq to‘lash- 
lari  lozim  edi.  Hududda suv  manbalari  tanqis  bo'lganligi  bois  ekin 
ekiladigan  yangi  yerlar  kam  edi.  Dastlabki  yillarda  ziroatchilik 
mamlakat xo'jaligi  uchun  ahamiyatsizroq  edi.  Keyinchalik  shahar 
atrofida  ekin  ekiladigan  yerlar  kengaytira  borilgan.  Yoki  finikiya­
liklar mahalliy qabilalardan yerni ijaraga olgan  va ziroatchilik bilan 
shug'ullana boshlaganlar.
M.  av.  VII  asr  o'rtalaridan  boshlab  Karfagen  tarixida  dastlab­
ki  yuksalish  boshlanadiki,  bu jarayon  ikki  yuzyil  davom  etadi.  Bu 
davrda  Karfagen  G 'arbiy  O 'rtayer  dengizidagi  Finikiya  manzil- 
gohlarining markaziga  aylanadi.
M.av.  VII  asr o'rtalaridan  boshlab Karfagen  Shimoliy Afrikada 
hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivoj  topgan yirik 
Finikiya  shahriga  aylanadi.  Karfagen  shahar-davlati  O 'rtayer  den­
gizidagi  ko'pgina  viloyatlar  va  mamlakatlar  bilan  qizg'in  savdo- 
sotiq ishlarini olib boradi. Karfagenning kemalar kelib to‘xtaydigan 
q o 'ltig 'i  qayta qurilib,  u harbiy  kemalarning  ham  kirib  chiqishi  va 
turishi  uchun  m o'ljallangan  edi.  Karfagen  Shimoliy  Afrikadagi 
kuchli shahar-davlat sifatida G'arbiy  O 'rtayer dengizi  sohillaridagi 
yerlarni o'ziga qaratib ola boshlaydi.
Karfagen  m.av.  VII  asrda  Ispaniya yaqinidagi  Pitiussk  orolida 
joylashgan Ebes  shahrini  ham  bosib  olib,  o 'z  manzilgohiga aylan- 
tiradi.  Karfagenliklar Ebesdan  turib kuchli Finikiya shahri  Gadesni 
tor-mor keltiradilar.
182

M.av.  VII-VT  asrlarda  karfagenliklar  Pireney  yarimorolining 
janubiy  hududlariga  kirib  borib,  u  yerga  o'rnashadilar.  Ammo 
karfagenliklarning  yarimorolning  Sharqiy  hududlarini  bosib  olish 
uchun  qilgan  harakatlari  natijasiz  tugaydi.  Chunki  mahalliy  aholi 
Ispaniyaning  sharqiy  sohillarini  Karfagen  qo'shinlari  tomonidan 
bosib  olinishiga qattiq qarshilik  ko'rsatadilar.
M.av. VI asr o'rtalarida karfagenliklar Sitsiliyaning g'arbiy qis­
mi  va Ispaniyaning janubiy hududlarini ham  o 'z  ta ’siriga o'tkazish 
siyosatini olib boradilar.
M.av.  VI  asr  oxirlarida  Karfagen  ahamoniylar  saltanati  bilan 
diplornatik  munosabat  o'rnatadi.  M.av.  VI  asr  o'rtalarida  karfa- 
genliklar  Italiyaning  markaziy  qismida  yashagan  etrusklar  bilan 
do'stona  munosabat  o'rnatadi.  Karfagen  etrusklar  bilan  ittifoq 
b o iib   Sitsiliya,  Sardiniya  va  Korsika  orollariga  bosim  o'tkaza 
boshlaydi.  M.av.  525-yilda Karfagen-Etrusk birlashgan dengiz har­
biy tloti Korsika oroli yaqinidagi Alaliya degan joy da vunon dengiz 
flotini  tor-mor  etadi.  Ittifoqchilarning kelishuviga muvofiq,  Korsi­
ka  etrusklar  ta’siriga  o'tadi.  Karfagenliklar  esa  Sardiniya  oroliga 
bostirib kirib, uning janubida mustahkam o'rnashib oladi.
M.  av. VI asrda Karfagen Pireney yarimorolining janubiy hudud- 
larida o 'z mavqeyini  mustahkamlab olishga harakat qiladi.
M. av. V asrda  Eroniylarning Yunonistonga bostirib kirishi  mu- 
nosabati  bilan  (500-449) Karfagen yunonlarning Sitsiliyadagi sha- 
harlariga  yangidan  hujum  boshlaydi.  Ammo  Karfagen  qo'shinlari 
etrusklar  yordamiga  tayanib  m.av.  480-yilda  Gimere  va  474-yil- 
da  Kumdagi  dahshatli  jangda  yunon  qo'shinlarining  qarshiligiga 
uchraydi.  Bu  jangdan  so'ng  Karfagen  Sitsiliya  orolining  chekka 
g'arbidagi  shaharlarini  q o id a  saqlab qoladi  xolos.
Karfagen  saltanatining  tashkil  topishi  va  uning  ijtimoiy 
iqtisodiy manosabatlari. M.av. V—III  asrlarda Karfagetpquldorlik 
davlati  o 'z   kuch-qudratining  yuqori  pog'onasiga  ko'tariladi.  Kar­
fagen  qo'shinlari  Sitsiliyadagi  m ag'lubiyatdan  so'ng  tashqi  siyo- 
sat  sohasidagi  harakatlarini  Shimoliy  Afrikaga  qaratadi.  Karfagen 
qo'shinlari  shahar  atrofi  va  qo’shni  qabilalar yashaydigan yerlarni 
bosib olib, qo'shib oladi.  Shuningdek, karfagetlliklar hozirgi Tunis,
183

Jazoir,  G 'arbiy  Afrikada joylashgan  Marokash,  Mavritaniya  kabi 
Atlantika  okeani  sohillaridagi  davlatlarning  verlarini  ham  bosib 
oladi.
M azkur davrda Karfagen G 'arbiy O 'rtayer dengizidagi Korsika. 
Sardiniya,  Malta,  Ispaniyaning janubi  va Afrikaning Atlantika  so- 
hillarini egallab o 'z  davrining  siyosiy va iqtisodiy jihatdan qudratli 
davlatiga aylanadi va o '/in in g  istilochilik sivosatini davom ettiradi.
M a’lumki,  m.av. V -IV   asrlarda Karfagen O 'rtayer dengizidagi 
eng  yirik  savdo-sotiq  markazlaridan  biriga  aylandi.  Uning  hudu- 
diga  Sharqiy  0 ‘rtayer  dengizi  sohillarida  joylashgan  Finikiya, 
Misr,  Kichik  Osiyo,  qator  yunon  shaharlari.  Sahroyi  Kabir  ich- 
karisidan,  shuningdek, Atlantika sohillaridagi mamlakatlardan turli 
-tuman  buyumlar  kelar  edi.  O 'z  o'rnida  Karfagendan nomlari  zikr 
qilingan  mamlakatlarga  xilma-xil  buyumlar  chiqarib  sotilar  edi. 
Chetdan  kelgan  buvumlarni  oldi-sotdi  savdosida  karfagenlik  sav­
dogarlar  vositachilik  vazifasini  bajarar  edilar.  Shuni  aytib  o ‘tish 
joizki Karfagen ko'rfazida dengiz kemalari kirib kelib turadigan va 
chiqib ketadigan joylar orasta qilib  qo'yilgan edi.  Uzoqdan kelgan 
savdogarlar  va  ularning  buyumlarini  saqlash  uchun  omborlar  va 
odamlar uchun turar joylar, mehmonxonalar ham bor edi.
Karfagenliklar  tashqariga  metall  buyumlar va  qullarni chiqarib 
sotar  edilar.Ular  pul  zarb  qilmas,  oldi-sotdida  yunon  va  eron  tan- 
galaridan,  shuningdek, qimmatbaho  metallardan foydalanar edilar.
M.av.  V—111  asrlarda  Karfagen  shaharlarida  zargarlik.  kulol­
chilik,  haykaltaroshlik,  temirchilik,  qurolsozlik,  kemasozlik,  du- 
radgorlik, to ‘qimachilik, tilla, kumush, mis  va  qo'rg'oshindan turli 
buyumlar  ishlaydigan  ustalar  faoliyat  ko‘rsatar  edilar.  Shuni  ham 
aytib  o'tish joizki,  m.av.  V -IV   asrlarda  Karfagenga  qarashli  yer- 
larda bug'doy,  arpa,  don  ekinlari  ekish,  bog'dorchilik.  uzumchilik 
ham  rivoj  topgan  edi.  Qishloq  xo'jaligida  erkin  dehqonlar  bilan 
birga yollangan  ishchilar  va  qullar  ishlar  edilar.  Katta  yer  egalari- 
ning mulklarida esa ko'proq qullar ishlatilgan.
Karfagen jam iyati  asl  m a’noda  quldorlikka  asoslangan  bo'lib. 
aholi oliy tabaqa, oddiy fuqaro va qullar tabaqasidan iborat boigan.
184

Karfagen  quldorlik  davlatining  siyosiy  tuzumi.  Karfagen 
quldorlik  davlatining  siyosiy  tuzumi  Misr.  Qadimgi  Bobil,  Eron 
kabi yakka hokimlikka  asoslangan tuzumga o'xsham as edi.  Karfa­
genning  siyosiy  tuzumi  Yunonistondagi  kabi  hokimiyat  bir  to'da 
qudratli  zodagon harbiy kishilar qo'lida bo'lgan siyosiy tuzum edi.
M.av.  V -IV   asrlarda  davlat  hokimiyatining  oliy  vazifalariga 
mahalliy  aholining  boy,  qudratli  zodagonlari  va  harbiylari  bir  yil 
muddatga  saylanar  edi.  Bu  siyosiy  tuzumni  tarix  tilida  oligarxiya 
deyiladi.  Ammo  butun  davlat  ishlari  30  kishilik  oliy  kengash  va 
300  kishidan  iborat  oqsoqollar  kengashi  tomonidan  hal  qilingan. 
Shuningdek.  104  kishidan  iborat  Kengash,  sud  ishlarini  bajaruv- 
chi oliy nazorat tashkiloti ham mamlakatda katta mavqega ega edi. 
Bu  tashkilotga.  kengashga  asosan  mamlakat  aholisining  eng  boy 
va mashhur kishilari. oilalari, kamdan-kam hollarda oddiy ijtimoiy 
guruhlardan ham vakillar saylanar edi.
Karfagenda  mahalliy  aholidan  iborat  xalq  yig'ini  ham  ch- 
aqirilib  turardi.  Ammo  uning  mamlakat  siyosiy  hayotdagi  o ‘rni 
ahamiyatsiz edi. Hamma jabhalarida oligarxlarning -  zodagon, boy 
kishilar  va  harbiylarning  ta'siri  nihoyatda  kuchli  edi.  Ular  mam­
lakatda  boTayotgan  voqealarni  sinchkovlik  bilan  kuzatib  borar, 
qaysidir  boy  zodagon  oilalami  davlat  hokimiyatini  qo‘lga  olib 
boshqarishga y o i   qo'ym as  edilar.  Mamlakatda  b a’zan  hokimiyat- 
ni  o ‘z  qo'liga  olib  yakka  hokimlik  qilishga  intilgan  shaxslar  yol- 
langan  askarlarning  sarkardalari  orasida  uchrardi.  Masalan,  m.av. 
VI  asming o'rtalarida yashagan yollanma qo'shin sarkardasi Malx 
Sitsiliyadagi  urushni zafarli tarzda tugatib o'zining jangovar harbiy 
floti  bilan  Karfagenga  suzib  kelgan.  U  Karfagenga  kelgach,  karf­
agen  oligarxiyasi  faoliyatini  ikkinchi  o ‘ringa  surib,  o ‘zining  har­
biy  zo'ravonlik  diktaturasini  o‘matgan.  Ammo  uning  zo‘ravonlik 
diktaturasi  mustahkam  bo'lmagan.  Sitsiliyadagi  navbatdagi  urush 
muvaffaqivatsiz  tugagach,  Malx  Karfagendan  quvg‘in  qilingan. 
Malx mamlakatdan haydalib.  uning hokimiyati barham  topgandan 
so‘ng,  karfagenlik  eng  boy  xonadondan  b o ig a n   zodagon  Magon 
hokimiyatni  o 'z   qo'liga  oladi.  Hokimiyatni  qo'liga  olgan  Magon 
davlatni  boshqaruv  ishini  o 'g 'li  va  nabiralariga meros  qilib  qoldi-
185

rish siyosatini  amalga oshiradi. M agonilar sulolasi Karfagenda  150 
yilcha hukmronlik qiladilar. M agoniylarning Sitsiliva, Sardiniya va 
Korsika orollarida olib borgan zafarli urushlari ular hokimiyat tepa- 
sida uzoq  turib qolishiga sabab bo'lgan.
Karfagen qo'shinlari  m.av.  480 va m.av.  474-yillardagi yunon- 
lar bilan bo'lgan urushda qaqshatqich zarbaga uchragach,  Magoni­
lar sulolasi  hokimiyatdan  chetlatilgan.  M.av.  V asrning  o'rtalariga 
kelib  Karfagenda  karfagen  oligarxiya  hukumati  to'laligicha  qavta 
tiklandi.
M.  av. V asr va 111  asr  oralarida Karfagen  O 'rtayer dengizining 
g'arbidagi  eng  qudratli  davlatga  aylanadi.  Ammo  m.  av.  Ill  asr­
ning  60-yillariga kelib Karfagen g'arbiy O 'rtayer dengizida o'ziga 
nisbatan  kuchli  bo'lgan  raqibi  Rim  saltanati  bilan  ayovsiz janglar 
olib  borishiga  to 'g 'ri  keldi.  Birinehi,  ikkinchi  va  uchinchi  Puni 
urushi  natijasida  karfagenliklar  ba'zan  g'alabaga  erishgan  b o isa - 
lar,  uchinchi jangdagi  m ag'lubiyat  natijasida  Karfagen  davlati  va 
shahri vayron etilib,  bu joylar Rim saltanati mulkiga aylandi.
Karfagen 
madaniyati.  Finikiyaliklar  davlati,  shuningdek, 
uning  mustamlakasi  -   metropoliyasi  hisoblangan.  Karfagen-Tir 
madaniyati  o'ziga  xos  xususiyat  kasb  etgan.  Uncha  katta  bo'lrna- 
gan  Finikiya  katta  shahar-davlatlari  Misr,  Xett,  Bobil,  Ossuriya 
va  boshqa  shahar-davlatlarning  siyosiy  va  madaniy  ta’siri  osti- 
da  bo'lgan.  Shu  bois  ularning  madaniyati  mazkur  Sharq  xalqlari 
madaniyati  ta’siri ostida vujudga kelgan va rivoj  topgan. Ana shun­
day jarayon y a ’ni  mahalliy va qo'shni  xalqlar madaniyatining  ara- 
lashuvi, qorishuvi natijasida karfagenliklar madaniyati shakllangan 
va taraqqiy etgan.  Karfagenliklar hamisha mahalliy aholi,  shuning­
dek, O 'ratayer dengizi havzasi va qirg'oqlarini bosib olish va mus- 
tamlakaga  aylantirish jarayonida  o'zlarim ng raqiblari yunonlar va 
rimliklardan xavfsiragan,  xavotirlanganlar.  Shu bois ular dastlabki 
vaqtlardan juda k o 'p   m ablag‘,  kuch va  vaqt  talab  qiladigan  urush- 
larda  band  bo'lganlar.  Shuning  uchun  ham  karfagenliklar  yuqori 
darajadagi  o'ziga  xos  madaniyat  yaratishga  erisha  olmaganlar. 
Karfagenda  xalq  og'zaki  ijodi,  yozma  adabiyot,  tasviriy  san'at, 
shuningdek, falsafa ham juda sust rivojlangan edi.
186

Karfagenliklar  Qadimgi  Sharq  va  Yunon  mualliflari  va  ular­
ning asarlaridan  fovdalanishni m a'qul ko'rganlar.  Ular (iomerning 
"Odisseya  va  Iliada''  dostoni,  Gerodotning  “Tarix”  kitobi,  Yunon 
tragediyasining  buyuk namoyandalari  bo'lgan Esxil,  Sofokl,  Evri- 
pid, Yunon komediyasining yirik vakili Aristofanning asarlari bilan 
tanish b o ig an lar va ularni maroq bilan o'qiganlar.
Shuningdek.  karfagenliklar  yunonlarning  mashhur  faylasuf, 
shoirlari  va  ularning  asarlarini  yaxshi  bilganlar.  Ammo  Karfagen- 
dan  chiqqan mashhur faylasuf.  adib. notiq va shoirlarning nomlari 
qadimgi  manbalarda kam  uchraydi.
Lekin  Karfagenda  ularning  turmush  tarzi  bilan.  lmyoti  bilan 
chambarchas  b o g iiq   b o ig a n   amaliy  ilmiy  bilimlar,  xususan,  den- 
gizchilik.  qishloq  xo'jaligi  bilan  b o g iiq   agronomiya,  geografiya, 
matematika, astronomiya va shaharsozlik ancha rivojlangan edi.
Karfagenliklar va ularning ajdodlari finikiyaliklar O 'rtayer den­
gizi  sohillarida  yashaganliklari  uchun  kemasozlik  va  dengizchilik 
yuksak darajada rivojlangan edi. Gerodot Finikiya  dengiz kemalari- 
ga yuksak baho  berganligi fikrimiz dalilidir. Ayni paytda  karfagen­
liklar  qishloq  xo'jaligi,  ziroatchilik  ishlarining  zukko  bilimdon- 
lari  edilar.  Karfagen  dengizchilari  Giskon  rahbarligida  Britaniya 
orollarigacha  yetib  borgan.  Mashhur  dengiz  sayyohi  Gannon  eks- 
peditsiyasi  ekvatorial  Atlantika  sohillari  b o 'у lab  suzgan.  Karfa­
gen  m einorlari  shaharsozlikda  ham  katta  yutuqlarga  erishishgan. 
M e'm orlar  Karfagen  shahri  va  uning qal’asini  o 'z  zamonasi dara- 
jasida juda mustahkam qilib barpo  qilganlar.
Bu  hoi  u  yerda  amaliy  m e’morchilik  ilmining  rivojlangan- 
ligidan darak beradi.  M e'm orlar shaharni mustahkam tosh devorlar 
va mudofaa minoralari bilan  o ‘rab qurganlar. Uchinchi Puni  urushi 
davrida rimliklar Karfagenning mudofaa devorlari  va minoralarini 
juda  qiyinchilik  bilan  buzib  shahar ichkarisiga  kirganlar.  Mahalliy 
aholi rimliklarga qattiq qarshilik ko'rsatgan.
Karfagenda  yer  bilimi  ancha  rivojlangan  edi.  U  yerda  Magon 
tomonidan  agronomik -  qishloq  xo'jaligi,  ziroatchilikka  oid  max- 
sus qo'llanm a tuzilgan.  Bu q o ilan m a lotin tiliga tarjima ham qilin­
gan.  Undan ziroatchilar uzoq yillar davomida foydalanganlar.
187

Karfagenliklarning  geografik  bilimlari  ham  yuksak  b o ig an . 
Ular Afrika,  0 ‘rtayer dengizi, A tlantika okeanining Afrika sohilla- 
rini, Kanar va Azor orollarini juda aniqlik bilan xaritaga tushirgan-
Shuni  ham ta ’kidlash  o‘tish joizki, karfagenlik dengizchilar At­
lantika  okeanini  suzib  o'tib  Amerika  sohillariga  yetib  borganlari 
ehtimoldan xoli  emas.
Vatandoshimiz Abu  Ravhon  Beruniy  (973-1048)  G 'arbda qan- 
daydir quruqlik bor deganda, XV asrda Kolumb tomonidan " k a s h f  
etilgan Amerikani ko ‘zda tutgan.
Karfagenliklar  o'zlariga  xos  m a’naviy  madaniyat  yaratganlar. 
M a’naviy madaniyatning bir turi din va diniy e ’tiqodlar turkumidir. 
Karfagenliklarning  dini  qadimgi  fmikiyaliklarning  an ’analarini 
o'zida  saqlab  qolgan.  Karfagenliklar  finikiyaliklar  singari  ko'p 
xudolikka  e ’tiqod  qilganlar.  Ularning  eng  mashhuri  Tinnit,  Vaal- 
Melkart, M olox va boshqa xudolaridir.
Tinnit  ayol xudo bo'lib, u shaharlar homiysi oy, donishmandlik, 
to'kin-sochinlik,  va  tabiat  kuchlarini  tiriltiruvchi,  jonlantiruvchi 
timsoli, mujassami  sifatida gavdalanadi.
Karfagenliklarning  izzatli  va  hurmatli  xudolaridan  biri  Vaal  -  
Melkart hisoblanadi. U tabiatni tiriltiruvchi va o'ldiruvchi, kishilar- 
ga  baxt-saodat,  umrboqiylik  va  dushmanlarga  dahshat,  qo'rqinch 
soluvchi  sifatida gavdalantirilgan.  Karfagenliklarning  yana  bir xu­
dosi M olox bo'lib, dahshatli  urush xudosi hisoblangan.
Karfagenliklar  mazkur  xudolarga bag'ishlab  dabdabali  ibodat- 
xonalar qurib. ularda ibodatlarni bajo keltirganlar. Tinnit xudosining 
ibodatxonasi binosi Birsada-Karfagen akropoli -  qal'a, qasrida jo y ­
lashgan  edi.  Birsa va Karfagen  qal'asi  shaharning  eng mustahkam 
joyi  hisoblangan.  Birsa  ibodatxonasining  qulatilishi  Karfagenning 
dushmanlar tomonidan q o ig a  olinishi  hisoblanardi.
Karfagenliklar o 'z   xudolariga  bag'ishlab  qurbonlildar  o'tkazib 
turardilar.  Xudolarini  xursand  qilish  uchun  hatto  odamlarni  qur­
bonlik  uchun  so'yganiar.  Karfagen  madaniyati  G 'arbiy  O 'rtayer 
dengizi  va Shimoliy Afrika tarixida sezilarli  iz qolditgan.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling