0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Janubiy Arabiston  aholisining xo‘jaligi.  Ijtimoiy  ituzumi va


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35

Janubiy Arabiston  aholisining xo‘jaligi.  Ijtimoiy  ituzumi va 
madaniyati.  Janubiy  Arabiston  davlatlarining  xo‘jaiigi  birinehi 
navbatda sug‘orma dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishga 
qaratilgan  edi.  Daryo  vodiylardagi  dehqonchilik  vohalarida  arpa, 
bug'doy  va  bug'doyning  alohida  bir  navi  ekib  parvarish  qilin­
gan.  T o g iik   tumanlarning  yonbag'ridagi  terrassalarda  uzumchilik 
rivojlangan.  Vohalardagi  asosiy  yerlar xunnozorlar bilan band edi. 
Dehqonlar  bog'dorchilikka  ham  katta  e ’tibor  berganlar.  Sun'iy 
sug‘orishga asoslangan xo‘jaliklarda sug'orish inshootlari qurishga 
katta  e'tibor  berilgan.  Marib  to ‘g‘oni,  suv  ombori Adendagi  Tavil 
va  boshqa  suv  omborlari  janubiy  arab  dehqonchiligini  suv  bilan 
ta’minlab turgan.  Marib  suv inshooti juda katta bo'lib, to'g'onnm g 
uzunligi  100  metr,  balandligi  esa  15  metr  b o ig an .  Bu  UVg'on  m. 
av.  VII  asrda  barpo  qilingan b o iib ,  ancha katta  dehqonchilik  qili- 
nadigan ekin maydonlarini sug'organ.
Janubiy  Arab  davlatlari  xo'jaligida  chorvachilik  yuksak  dara- 
jada  rivojlangan  b o iib ,  chorvadorlar  yirik  shoxli  qoramol,  kalta 
junli  dumbali  qo‘y  va  tuvachilik  bilan  shugillanganlar.  U  yerda 
yilqichilik ham rivojlangan b o is a  kerak.  Tuya,  otlardan xo'jalikda 
va harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Jundan ip уigirib, mato 
to ‘qiganlar to ‘qilgan matolardan engil-bosh,  uy-ro'zg'or buyumlari 
tikilgan.  Bu  davlatlarda hunarmandchilik  ham  rivoj  topgan.  Tosh- 
ga  ishlov  berish,  binokorlik  ishlari  yer  osti  m a ’danlarini  qa- 
zib  olish.  ularga  ishlov  berish,  temirchilik,  zargarlik,  kulolchilik, 
dengiz  bo‘ylaridagi  shaharlarda  kemasozlik,  to‘qhnachilik  ancha 
rivojlangan  edi.  Arabiston  yarimorolida  ko'chm anchi  chorvador 
qabilalari  bilan janubdagi  o ‘troq  shahar  va  qishloq  o'rtasida,  shu­
ningdek,  shahar  va  qishloqlar  o'rtasida  q iz g in   savdo  munosabat­
lari o'rnatilgan.
Butun  arab  dunyosi,  xususan janubdagi  davlatlar  Sharqiy  A f­
rika,  Misr.  Ikkidaryo  o ralig i,  Hindiston,  hatto  O'rtayerdengizi  va 
Egey  dengizi  havzasidagi  xalqlar  bilan  ham  savdo-sotiq  ishlarini 
olib borganlar. Arab  savdogarlari  xorijiy mamlakatlarga qatnashda 
dengiz-suv va quruqlik yo'lidan foydalangan.
M.av.  II  mingyillik о 'rtalarida janubiy  arab  til  va qabilaviy ja- 
moalari  miney,  kataban  va  sabey  kabi  yirik  qabilaviy  ittifoqlarga
199

boiinadi.  M.av.  II  mingyillik  oxiri-I  mingyillik  boshlariga  kelib 
ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  natijasida  ishlab  chiqa­
rish  munosabatlari  o'zgaradi.  Yaman  hududida  ilk  qulchilikka 
asoslangan  tabaqaviy  jam iyat  vujudga  keladi.  Jamiyatda  mulkiy 
tengsizlik,  xususiy  mulkchilik  o'sib,  odamlar  orasida tabaqalanish 
paydo bo'ladi.  Hokimiyat boy-badavlat kishilar ixtiyoriga o'tadi.
Seminar m ashg‘uloti uchun  savollar:
1.  0 ‘n.ayer  dengizining  sharqiy  va  g'arbiy  sohilining  qadimgi 
aholisi  haqida umumiy m a’hunot bering.
2.  O 'rtayer  dengizining  sharqidagi  qadimgi  davlatlar:  Falas­
tin,  Finikiya,  Suriya,  Yamxad,  Damashq  shohligi,  Isroil-yahudiy 
shohi igi.
3.  Suriya  va  Finikiya  shahar-davlatlari:  Ugarit.  Arvad,  Bibl. 
Sidon, Tir.  Damashq,  Ebla va Kadesh haqida maTumot bering.
4.  Qadimgi  Suriya va Finikiya madaniyati.
5.  Qadimgi  Karfagen  davlatining  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
hayoti.
6.  Janubiy Arabistonda  ilk  davlatlarning  tashkil  topishi:  Main, 
Saba,  Kataban va Xadramaut  davlatlari.
7.  Janubiy  Arabiston  aholisining  xo'jaligi,  ijtimoiy  tuzumi  va 
madaniyati.
Bilimlarni mustahkamlash  uchun  savollar:
1.  Iyerixon  madaniyati  haqida so'zlab bering?
2.  Suriya, Finikiya va Falastin (manbalar va tarixnavislik).
3.  Finikiya va  Suriya haqidagi yozma manbalar.
4.  Falastinda xo'jalikning  rivojlanishi  va shahar-davlatlarning 
tashkil topishi.
5.  Isroil-Yahudiy podsholigining tashkil topishi.
6.  Qadimgi  Suriya va Finikiya.
7.  Suriya va Finikiyada dastlabki  ibtidoiy  din  shakllari.
8.  Yaxmad va Giksoslar davlati.
9.  Karfagen-Tir madaniyati  o'ziga xos xususiyati.
10.  Arabisiston yarimoroli va Suriya-Mesopotamiya dashtining 
qadimgi aholisi.
11.  Qadimgi Arabiston tarixining manbalari.
12.  Qadimgi Arabiston tarixining o'rganilishi.
200

IV BO ‘LlM .  KICHIK OSIYO VA KAVKAZORTI 
MAMLAKAT LARI TARIXI
l-§.  Qadimgi Xett podsholigining manbalari va tarixnavisligi
1829-yilda  F.  J.F.Shampalon  tomonidan  Ramzes  II  yozuvlari- 
ning  o'qilishi  va  R.Lepsius  tomonidan  nashr  etilishi  XIX  asrning 
40-yillarida  "Kadesh  yonidagi  jang”  Misr-Xett  tinchlik  shartno- 
masining  tuzilishi  qudratli  Xett  davlatining  mavjud  boiganligini 
aytishga  imkon berdi.
1876-yilda esa xett iyeroglif yozuvi topilgan.  1906-1907-yillar- 
da  (hozirgi  Bo‘g‘ozqoya  yaqinidagi joy,  Anqara  yaqinida)  xettlar 
poytaxti  Xattusa  xarobalari  nemis  ossurologi  T.  Vinklyer  va turk 
arxeologi Makirdibey tomonidan qazib ochilgan. Buyodgorlikning 
madaniy  qatlamlaridan  topilgan  buyumlar  Xett  davlati  tarixi  va 
madaniyati  haqida  birmuncha  keng  m a’lumot  to'plashga  imkon 
berdi.  Topilgan buyumlar orasida mixxat (ponasimon)  bilan akkad 
va xett tilida yozilgan katta bir arxiv topilgan. Qadimgi xett yozuv- 
larini o'rganishda atoqli chex olimi B.  Grozniyning  xizmatlari kat­
ta. U  1915—1917-yillarda xett yozuvini o ‘qishga muyassar bo‘lgan.
Xett yozuvlari asosan m.  av. XIV asrga mansub bo'lib, mazmu- 
nan xett yilnomalari, podsholarning yozishmalari va Xett qonunlar 
majmuasidan  iborat  bo'lgan.  Unda  Xett  diplomatiyasi,  adabiyoti, 
Misr  fir'avnlari,  Ossur  va  Bobil  podsholari  bilan  yozishmalari, 
shuningdek,  xalqaro  va  har  xil  shartnomalar  haqida  qimmatli 
m aium otlar bor.  Xett yozuvlarida  xo'jalik va adabiy-dmiy testlar 
ham saqlanib qolgan.
B.  Grozniy  xett  yozuvlari  va  tilini  o'rganar  ekan,  xettlar  tilini 
hindyevropa  til  oilasiga  mansub  deb  hisoblaydi.  Ammo  Turkiya 
olimlari  xettlarni  turk  tili  oilasiga  mansub  deb  hisoblavdlar.  Ular 
xettlargacha bo'lgan yodgorliklar "turkiy xususiyatga ega”  d e b  
hisoblavdilar.
201

Qadimgi Xett tarixi va madaniyati B.  Landsberger, Y.Levi  kabi 
nemis  olimlari,  P.Garellidek  i'ransuz,  N.B.Yankovskiy,  B.A.Tura- 
yev  va  V.V.Stmve  kabi  rus  olimlarining  diqqat-e’tiborini  o'ziga 
tortgan.
E.A M enabde,  G.G.Giorgadze,  V.V.Ivanov,  LM.Dunayevskiy, 
G.LDovgaylo,  V.G.Ardzinba  kabi  olimlar  Qadimgi  Xett  davlati 
tarixi,  xo'jaligi,  shuningdek,  tuzumi,  uning  o'ziga  xos  xususiyat- 
lari,  tili  madaniyati  bilan  shug'ullanib.  tadqiqot  ishlari  olib  bor­
ganlar. Xett davlati va qo'shnilarining  geografiyasi bilan G.Kapan- 
san  va  V.N.Xachatryan  shug'ullangan.  Xettologlardan  chex  olimi 
V.  Zamarovskiyning  ishlari  ham tahsinga sazovordir.  Shuningdek. 
xettlar  tarixi,  tarixnavisligi  bilan  xorijiy  olimlardan  E.Vaydner,  E. 
Forrera, A.Getse, X.Otten, O.Gerni.  S.Xaynxold-Kramer, rus olim- 
laridan V.LAvdiyev. A.A.Vigasin, M.A.Dandamayev, V.M.Masson. 
V.I.Kuzishin va boshqa olimlar jiddiy shug'ullangan lar.
Troya,  Frigiya  va  Lidiya  podsholiklari 
tarixi  o ‘rgani- 
lishining  manbaiari.  Kichik  Osiyoning  g'arbidagi  Troya,  Frigi­
ya va  Lidiyaning  qadimgi  tarixini  o'rganishning  asosiy  manbaiari 
moddiy  madaniyat  yodgorliklari,  epigrafik  hujjatlar  va  qadimgi 
mualliflartiing asarlaridir.
Bu  jihatdan  havaskor  nemis  arxeologi  G.  Shlimanning 
1870-1890-yillarda  Gissarlik  tepaligidagi  Troya xarobalarida  olib 
borgan  arxeologik  qazuv  ishlari juda katta  ahamiyatga  ega  bo'ldi. 
Troya qazishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillarga asoslanib G. 
Shliman  bu shahar tarixi  haqida juda qiziqarli  ajoyib kitob yozgan.
1932-1938-yillar  orasida  esa  K.  Blegen  rahbarligidagi  Ame- 
rika  ekspeditsiyasi  qazish  ishlarini  olib  borib,  juda  k o 'p   moddiy 
madaniyat yodgorliklarini qoTga kiritgan.
Amerikalik tadqiqotchi  arxeologlar qazishmalar o'tkazar ekan­
lar,  tepalikdagi  madaniy  qatlamlarning  o'zaro  ketma-ketligini  va 
ularning  sanasi,  davri  -   xronologiyasini  aniqlashga  muvaffaq 
boTgan.
So'nggi  yillarda M.Korfmani  boshliq  ekspeditsiya Trovada  ar- 
xeologik qazishlar olib borib yangi  kashfiyotlarni qo'lga kiritdi.
Xorijiy  mamlakatlarning  arxeologlari  frigiyaliklarning  poy­
taxti  Gordionda,  lidiyaliklar  poytaxti  Sardda,  shuningdek,  g'arbiy
202

Osiyoning  boshqa  markazlarida  ham  qazishmalar  olib  borganlar. 
Arxeologik  qazishlar  davrida  olimlar  mazkur  joylardan  qadimiy 
saroylarning,  ibodatxona,  qal'a,  qabr-qoig'onlarning  qoldiqlarini, 
shuningdek,  sopol  va  tasviriy  san’at  buyumlarining  namunalarini 
topib oi'ganganlar.
XIX 
asrning birinehi yannidayoq  kariy yozuvlari m a iu m  edi, 
keyinchalik  kariy  yozuvlari  Kichik  Osiyo.  Misr  va  Shimoliy Afri- 
kadan ham ko'plab topilgan.
Lidiya  yozuvlarini  muntazam  ravishda  to'plash,  o'qib  chiqish 
va  nashr  etish  XX  asr  boshlarida  boshlanadi.  Bu jihatdan  lidiya- 
aramey  yozuvlarining  topilishi  lidiya  epigrafik  matnlarini  o ‘qi- 
lishini  vengillashtirdi.  XX  asrning  60-yillaridan  boshlab  lingvist- 
lar  (qadimgi  tilshunoslar)  eng  qadimgi  lidiy  va  kariy  davrigacha 
b o ig a n   yozuvlarni  o'qish  ustida  q iz g in   tajribalar  va  bahslar  olib 
bormoqda. Zamonamizgacha Kichik Osiyo g ‘arbida  qadimgi frigiy 
yozuvlari,  shunigdek,  qabr toshlariga  yozilgan  yodgorliklar  saqla­
nib qolganligi aniqlandi. Lingvistik m aium otlarni  va epigrafik yo- 
dgorlikni  o'qib  chiqishda A.Seys,  I.Fridrix,  P.Meridji,  R.Gusman,
O.Karruba, A.Xoybek  va  E.Laroshlarning xizmatlari kattadir.
Troya,  Frigiya  va  Lidiya  shohliklari  tarixi  va  madaniyatini 
o ig an ish d a yunon  va  kichikosiyoliklarning  rivoyat,  doston,  afso- 
na  va  hikoyalari juda  k o 'p   m aium otlar  beradi.  Bu jihatdan  ko‘r 
-so'qir  shoir  Gomerning  "Iliada  va  Odisseya"  dostonlari  Troya 
shohligi  tarixini  o'rganishning  eng  muhim  manbalaridan  biri  hi­
soblanadi.  Bu doston m.av. XII -  XI asr troya-vunon urushlari haqi­
da aniq m aiu m o t beradi.
M.av.  II  asrda yashab ijod etgan Apollodorning "Mifologik  ku- 
tubxonasi”  asari  ham  troyaliklar  tarixini  va  madaniyatini  o ‘rga- 
nishda  muhim manba hisoblanadi.
Lidiya  tarixi  haqida  kelib  chiqishi  Karivdan  b o ig a n   Gerodot- 
ning  "Tarixr'da  ham  qimmatli  m aium otlar  bor.  M.av.  IV  asrda 
yashagan  lidiyalik tarixchi  Ksanfa  asarlarida  ham k o 'p   m a iu m o t­
lar uchraydi.
M.av.  I  asrda  yashagan  Nikolay  Damasskiy,  m.  av.  I  asr  va 
milodiy  I  asrda  yashagan  Strabonning  “Geografiya”  asarida  ham
203

Kichik Osiyo  va kichikosiyoliklar haqida ko'p m aiu m o tlar bor.  K. 
Belegen “Troya shohligi”, E. Akrugalya “Frigiya tarixi, san’ati”, G. 
Kalltcha, K.  Mazetti  Lidiyaning xronologiyasi haqida  ko'p m a iu - 
mot qoldirishgan.
Rus  arxeolog  tarixchilaridan  V.V. Struve,  I.M.Dyakonov. 
V.V.Ivanov,  V.I.Avdiyev,  P.N.Utakov,  V.I.Kuzishin,  V.RNeroznak- 
ning hissalari ham kattadir. Ular o‘zlarining asarlarida Kichik Osiyo 
xalqlarining tarixi, etno-lingivistik masalalariga.  Kichik  Osiyoning 
g'arbidagi  davlatlar,  xalqlar  tarixining  xronologiyasi,  shuningdek 
Yunoniston va  Sharq  dunyosi  bilan  o'zaro  iqtisodiy  va  savdo  alo- 
qalariga e'tibor qaratganlar.
2-§.  Kichiik Osiyodagi  qadimgi dehqonchilik va ibtidoiy jamoa 
tuzumining yemirilishi.  Ilk  davlatlarning tashkil  topishi
Arxeologik  ashyoviy  dalillarga  ko'ra,  m.av.  V III-V II  ming- 
yilliklarda  Kichik  Osiyoda  qator  qishloqlar  paydo  b o iib ,  odam- 
lari  devori  paxsadan  ko'tarilgan  uylarda  istiqomat  qilganlar.  Ular 
termachilik,  ovchilik  va  ilk  dehqonchilik  bilan  shug'ullanib  tirik- 
chilik o'tkazgan. Dehqonchilik va chorvachilikka o iis h  xo'jalik va 
madaniyatning rivojlanishiga asos solgan. Bu jarayon m.av. V II-V I 
mingy ill ikka mansub bo'lgan Cbatal -X y u y u k  madaniyati misolida 
yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu yerda yashagan qabilalar  Koni serho- 
sil  vodiysini  o'zlashtirib,  bu  yerda o ‘nlab  qishloqlar  barpo  qilgan­
lar.  Bu  qishloqlardan  biri  Chatal-Xyuyuk  edi.  Chatal-Xyuyukning 
maydoni  12  gektami  egallab,  qishloq  aholisi  14  xilga  yaqin  ekin 
turlarini ekib parvarish qilgan. Ular orasida bug‘doy, arpa va no'xat- 
ning bir necha navi b o ig a n , shuningdek, xonaki q o 'y  va echkilarni 
boqib ko'paytirganlar. Aholining eng muhim texnologik  yutuqlari- 
dan biri mis va qo'rg'oshinni  eritib, jez hosil qilib, undan munchoq, 
har  xil  ro  zg‘or  buyumlari,  igna  va  teshgich-bigizlar  yasaganlar. 
Ammo  dehqonchilik  bilan  b o g iiq   mehnat  qurollarining  aksariya- 
ti  toshdan  va  yog'ochdan  bo'lgan.  Shuningdek,  har  turli  bezaklar, 
shu jumladan  munchoqlar  keng  tarqalgan  edi. Ayollaming  qabrla- 
rida yog'  bilan tayyorlangan angob-oxra, obsidiandan tayyorlangan
204

oyna  va  boshqa  bezak  buvumlari  topilgan.  Turar joylar  yaqinida 
uncha  katta  b o im ag an   ibodatxona  b o iib ,  uning  devorlari  loydan 
yasalgan  haykalchalar  va  rasmlar  bilan  bezatilgan.  U  >erda  buqa 
e ’tiqodi. hosildorlik, to ‘kin-soehinlik homiysi, ilk dehqonehilik xu­
dosi siymosi keng tarqalgan edi.
Dehqon-chorvadorlar  jam oasi  m.av.  V-1V  mingy illiklarda 
rivojlana  borgan.  Ammo  ularning  madaniyati  Chatal-Xyuvukka 
nisbatan yorqinroq va mukammalroq edi.  Ular 0,5-5  gektarni egal- 
lagan  qishloqlarda  yashaganlar.  Bu  janubi-g‘arbiy  Anatoliya  va 
Marsindagi  Xodjilar  degan joy  misolida  ko'zga  tashlanadi.  M az­
kur  davrda  metaldan  yasalgan  buyumlar  ko'paya  borib,  tosh  qu- 
rollarning  soni  kamaygan.  Marsinda  misdan  qilingan  teshaeha  va 
boltalar topilgan.  Boshqa  qishloqdan esa misdan yasalgan  buyum­
lar  omborlari  orasida  kumushdan  yasalgan  halqa  topilgan.  Sopol 
idishlar chiroyli rasmlar bilan bezatilgan.  Bu hoi mazkur joyda hu- 
narmandchilikning yaxshi rivojlanganligidan darak beradi.
Yarimorolning  tabiiy  muhiti  bu  joylarda  alohida  madaniyat- 
lar  va  etnik  xilma-xillik  vujudga  kelishi  uchun  sharoit  yaratgan. 
Arxeologlar Kichik  Osiyoda  10  dan  ziyod  madaniyatning turlarini 
aniqlaganlar. Arxeolog  olimlarning ta ’kidlashlarieha Kichik Osiyo 
qabilalari  Mesopotamiya,  Old  Osiyodagi  qabilalar  bilan  yaqindan 
aloqada  b o ig an .  Kichik  Osiyoda  sug'orm a  dehqonehilik  M isr  va 
Mesopotamiyaga  nisbatan  sust  rivojlangan.  Chunki  bu  hududda 
Misrdagi  kabi  Nil,  Mesopotamiyadagi  Frot  va  Dajla  kabi  doimo 
oqib turuvchi sersuv daryolar yo ‘q edi.
M.av.  Ill  mingyillikka  kelib etnik guruhlarning  ко" с his hi nati- 
jasida  Kichik  Osiyoda  hal  qiluvchi  o'zgarishlar  sodir  bo'lgan.  Bu 
hududda xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida atrofi mustahkam 
devor  bilan  o'rab  olingan  shahar  tipidagi  markazlar  qad  ko‘tara- 
di.  Bular  qatoriga  eng  qadimgi  Troya  podsholigi  va  boshqalami 
kiritish  mumkin.  Bu  shahar  tipidagi  qal'alar  maydoni  1-2  gektar 
bo'lib,  ular  hunarmandchilik,  savdo-sotiq  va  boylik to ‘planadigan 
joy  hisoblangan.  Qazish  vaqtida  bu  markazlardan  oltindan  yasal­
gan idishlar va bezaklar xazinasi ham topilgan.
205

Troyani  qazish  vaqtida  Boltiqbo'yi  yantari  va  shimoliy 
A fg’onistondan  keltirilgan  la'I  kabi  qimmatbaho  toshlar  ham  to­
pilgan.  Dorakdagi  qabrdan  esa  Misrda  ishlangan yog'och  quticha 
topilgan.  Shuni  aytish  lozimki,  Suriya,  Mesopotamiya,  Ossuriya 
va  boshqa mamlakatlarga  Kichik  Osiyodan  muttasil  metal 1  rudasi 
chiqarilib  turilgan.  Qadimda Kichik  Osiyoning  o'zida  ham  metall 
eritish, unga ishlov berish gullab-yashnagan.
Mahalliy  usta-temirchilar  va  zargarlar  ajoyib  taqinchoqlar  va 
xilma-xil  qurol-aslahalar  ishlab  chiqargan.  Qurolsozlikning  rivoj­
lanishi  va  mudofaa-inshootlarining  mustahkamlanishi  o'sha  davr- 
dagi hayotning  qizg‘in ekanligini  koTsatadi.  Mazkur davr ibtidoiy 
jamoaning  harbiy  demokratiya  bosqichiga  to‘g'ri  keladi.  Tashqi 
hujumlar  vaqtida  qabila  boshliqlari,  savdogarlar  va  hunarmandlar 
to ‘plagan  boyliklarini  qal'a  devorlari  orqasiga  yashirganlar.  Shu 
davrga  kelib  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  natijasida  mulkiy 
tengsizlik, xususiy mulk va tabaqalanish shakllana boshlaydi.
Bu  haqda  Dorak  va  Aladja-Xyuyukda  m.av.  ITT  mingyillikda 
boy zodagonlarning qabri  ochilishi misol b o ia  oladi.
M.av.  Ill  mingyillik  oxirlarida  Kichik  Osiyoda  y a’ni  Anatoli- 
yada  ilk  davlatlarning  paydo  boTishi  uchun  shart-sharoit  vujudga 
keladi.
Keyingi  davrdagi  manbalarga  asoslanib  Xatti.  Kanish,  Busur 
Xanda,  Xaxxa  kabi  markazlar  vujudga  keladi.  Bular  Misrdagi  ilk 
nomlarga  o'xshar  edi.  Bu  m.av.  XXTV-XXIII  asrlarga  to'g'ri  kela­
di.  Shunday  qilib yozma bitiklar,  arxeologik  ashyolar va yunon rnu- 
alliflarining  asarlaridagi  ma'lumotlar  Kichik  Osiyo  xalqlari  tarixini 
va madaniyatini o ‘ganish uchun eng zaruriy manbalar hisoblanadi.
3-§.  Qadimgi Xett podsholigi
M.av.  Ill  mingyillik  oxiri  va  II  mingyillik  boshlarida  Kichik 
Osiyoda juda  ko‘p  qabilalar  yashagan.  Ular  birlashib  Nesa,  Ka- 
nish,  Burusxand,  Kussar  va  Xattusa  kabi  alohida  shahar-dav-
1 ad ami  tuzganlar.  M.av.  XVIII  asr  boshlarida  Kussar  hukmdori 
Pitxan  yarimorolning  sharqiy  qismini  birlashtirib,  o ‘zini  podsho
206

deb e ’lon qilgan.  Pitxanning o ’g i i  Anitta uzoq davom etgan qattiq 
janglardan  so'ng  Nesa  Xattusa,  Zalpuva  kabi  shahar-davlatlarini 
bosib  olib,  Xett  podsholigiga  asos  soladi.  Nesa  Xett  podsholigi­
ning poytaxtiga aylantiriladi.
M.av.  1680—1650-yillarda  hukmronlik  qilgan  Labarna  (Tabar- 
na)  mamlakatni  birlashtirishni  oxiriga  yetkazadi.  U  mamlakatning 
ko'p  joylari  va  Qora  dengizning  janubiy  sohillarigacha  b o ig a n  
yerlarni  istilo  qiladi.  Ularni  Xett davlati  tarkibiga  qo'shib  oladi.  U 
poytaxtni  Nesadan  Xattusaga  ko'chiradi.  Podsho 
Xattusili
  I(m. 
av.  1650-1620)  va 
Mursili
  I  m.av  (1619-1590)  davrlarida  Xett 
podsholigi kuchayib, xett qo'shinlari  shimoliy  Suriyadagi Xalap va 
Bibl  shaharlarini  bosib  oladilar.  Shu  davrda  mamlakat  ichkarisida 
qullar va kam bag'allar qo'zg'olon ko'targan.  Xett podsholari  saro- 
yida  fitna  kuchayib  Xattusili  I  ga  nisbatan  suiqasd  uyushtirilib,  u 
o 'z   kuyovi  tomonidan  oidiriladi.  Podsho  Telepen  davrida  (m.av. 
1520-1490) Xett podsholigi  biroz kuchaygan.  Lekin Telepen vafo- 
tidan so'ng podsholik kuchsizlanib  inqirozga uchragan.
0 ‘rta  Xett  podsholigi.  Telepen  vafotidan  keyin,  uning  o 'g 'il- 
lari  o'rtasida toj-taxt  uchun kurash boshlanadi.  Bu  davr m.av.  XVI 
asr  oxiri  va  m.av.  XV  asrni  o 'z   ichiga  oladi.  O 'rta  Xett  podsholi­
gi  davrida  podsholik  kuchsizlanadi.  Shu  davrda  podsholikning 
janubi-sharqida  Mitanni  davlati  kuchayib,  Mitanni  qo‘shinlari 
Kilikiyaning  bir  qismini  bosib  oladi.  Shimoldan  esa  Qora  dengiz 
sohillarida  yashagan  kashk  qabilalari  xettlar  yurtiga  hujum  qilib, 
Xattusa shahrini bosib olib.  uni vayron qiladi.  O 'rta Xett  podsholi­
gi  davomida  kam bag'allar  va  qullar  qo'zg'olonlari  kuchayib  ket­
gan.  Saroyda  toj-taxt  uchun  kurash  ham  qizg'in  tus  olgan.  Tashqi 
dushmanlarning hujumi,  ichki  g'alayonlar va zodagonlar orasidagi 
o ‘zaro  toju-taxt  uchun  kurashlar  podsholikni  halokat  ostonasiga 
olib  kelib  qo'yadi.  Shu  bilan  O 'rta  Xett  podsholigi  ham  o ‘z  ni- 
hoyasiga yetadi.
Yangi  Xett  podsholigi  davrida  ulugb  Xett  saltanati,  m.av. 
XIV-X1I1  asrlar.  M.av.  XIV  asr  boshlarida  Suppilulium  Xett 
davlati  taxtiga  o'tiradi.  U  serg'ayrat lashkarboshi,  mohir  diplomat 
va uzoqni  ko'ruvchi  dono  siyosatchi  edi.  Suppilulium davrida Xett
207

podsholigi qayta tiklanib ravnaq topadi. U Xett qo‘ shinlarining j ang- 
ovarlik jihatlariga katta  e ’tibor  beradi.  Xett  qo'shini  ot  qo'shilgan 
tezkor jang aravalari bilan ta’minlanadi. Jang aravalarining har biri- 
da havdovchi. kamondoz va qalqonbardorlardan iborat uch jangchi 
bo Tar  edi.  Xettlar  urushda jang  aravalaridan  foydalanishni  gikso- 
slar yoki mitanniliklardan o'rgangan boTsalar kerak. Urush vaqtida 
jangovar aravali qismlar shiddat va tezkorlik bilan hujumga o'tgan 
va  dushman  saflarini  sarosimaga  solgan.  Podsho  Xett  shaharlari- 
ni,  xususan  mamlakat  poytaxti  Xattusaning  mudofaa  inshootlarini 
mustahkamlashga  ham  katta  e ’tibor  bergan.  Suppilulium  qo'shni 
mamlakatlar  ustiga  lashkar  yuborish,  o 'z   qizlarini  ularning  shoh 
va  shahzodalariga  nikohlab  berish  va  turli  diplomatiya  usullarini 
qoTlab,  ularni  o'ziga  qaratib,  hatto  ittifoqdosh  qilib  oladi.  Jango­
var  xett  qo'shinlari  janubi-g'arbda  Arqava  podsholigini,  janubda 
Kilikiya  va  Suriyaning  katta  qismini  bosib  oladi.  Xett  qo'shinlari 
Mitanniga hujum  qilib.  g'olib  chiqadi.  Mitanni  podshosi  saroy fit- 
nachilari  tomonidan o'ldiriladi.  Shu davrda  Ossuriya bilan Alshin- 
ning  birlashgan  qo'shinlari  Mitanniga  bostirib  kiradi.  Vaziyatdan 
foydalangan Xett podshosi  o 'z  qizini  Tushratining o 'g 'li  shahzoda 
Shattivasga nikohlab,  shahzodani  Mitanni  taxtiga o'tqizadi.
Suppilulium  davrida  Mitanni  xettlarga  qaram  bo'lib  qola­
di.  Suppilulium  podsholigi  davrida  Xett  podsholigi  Qora  dengiz 
bo'ylaridan  Falastin,  Bobil  va  Ossuriya  chegaralarigacha  boTgan 
yerlarni  o 'z  ichiga olgan edi.
Suppilulium  vafotidan  so'ng  taxtga  Mursili  II  (1340-1305) 
o'tiradi.  Mursili  II  davrida  asosiy  harbiy  harakatlar  Kichik  Osiyo­
ning  janubi-g'arbida  olib  boriladi.  Chunki  Kichik  Osiyoning 
janubi-g'arbida  Arqava  podsholigi  rahbarligidagi  Mira  va  Lukka 
davlatlari  ittifoqi  bor  edi.  Ular janubi-g'arbdan  Xett  podsholigiga 
xavf solib turar edilar.  Mursili  II  Mira, Lukka va Miletlarni o 'z to- 
moniga  og'dirib,  ittifoqchilarni  kuchsizlantirishga  erishadi.  Lekin 
ular hamon  kuchli  raqib  bo'lib  turar  edilar.  Valma  shahri yaqinida 
xettlar  bilan  Arqava  ittifoqchi  qo'shinlari  o'rtasida  dahshatli  jang 
bo'lib  o'tadi.  Jangda  ittifoqchilar  qo'shini  yengilib,  Arqava  shohi 
va uning o 'g 'li qochib ketadi. Xett qo'shinlari Apasu (Efes) shahrini
208
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling