0 ‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Rossiya  olinilarining  Misr  tarixini  o‘rganishdagi  o‘rni


Download 11.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana21.12.2019
Hajmi11.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

Rossiya  olinilarining  Misr  tarixini  o‘rganishdagi  o‘rni.
M a ’lum ki,  rus  va  sobiq  sovet  olim lari  ham   Q adim gi  Sharq, 
shuningdek,  m isrshunoslik  va  Q adim gi  M isr  tarixini  o'rgan ish g a 
o 'zlarin in g   ulkan  hissalarini  qo'shdilar.  M a’lum otlarga k o 'ra , Ros- 
siyada  Sharq  m am lakatlari,  Sharq  xalqlari,  xususan  Q adim gi  M isr 
tarixi  va  m adaniyatiga  qiziqish  ancha  erta  boshiangan.  R ossiyalik 
sayyohlar,  savdogarlar,  elchilar  va  ziyoratchilar  Falastinda,  Suri- 
yada,  A rabistonda,  Eronda,  H indistonda,  Turkiyada,  uzoq  Xitoy 
m am lakatlarida  bo'lganlar.  U larning  b a'zilari  M isrda  ham   b o'lib,
31

u yerda k o ‘rgan-bilganlari  haqida xotiralar yozib  qoldirganlar.  O 'z  
zam onasining  o 'qim ishli  kishisi  M .G rigoryev  1493-yilda  M isrda 
b o ‘lgan va Q ohiradagi  sulton  sarovining tav sif va ta iif in i  yozgan.
F.F.Doroxov esa X VII  asrning 70-8 0-y illarda Turkiyada b o 'lib , 
“Turkiya  im periyasining  ta'rifi"  asarini  yozgan.  Ayni  paytda  u  bir 
qancha  vaqt  M isrda  b o'lib,  kuzatishlari  va to 'p lag an   m a'lum otlari 
asosida  Q ohira  va Iskandariya  shaharlarini  ta 'rif-ta v sif etgan.  V.G. 
Barskiy  degan  rus  sayyohi  1727  va  1730-yillarda  Sharqning  bir 
qancha  m am lakatlarida,  shuningdek,  M isrda  ham   b o 'lgan.  U  o 'z i­
ning  "S ayohat”  degan  asarida  Q ohira.  Rozett  va  Iskandariyadagi 
haykallarni  tasvirlab.  ularga  rasm lar  ilova  qilgan.  ularda  iveroglif 
yozuvi ju d a  aniq aks ettirilgan.
M isr  iy eroglif yozuvlarining  o 'q ib   chiqilishi  sohasidagi  ilk  taj- 
ribalar  rus  sharqshunoslari  va  boshqa  sohadagi  olim lam ing  m isr­
shunoslikka  bo 'lgan  qiziqishlarni  kuchaytirgan.  M isr  iyeroglif y o ­
zuvlarining  aham iyatiga  bag'ishlangan  bir  qancha  asarlar  yozgan 
I.A .G ulyanov J.F.Sham palon bilan m unozara qilib  turgan.
I.A .G ulyanov  o 'z  zam onasining bilim don olim i  bo'lgan.  O 'sh a 
davrning  iste’dodli  tarixchisi  T.N.Granovskiy  I.A .G ulyanovning 
faoliyatiga yuqori  baho  berib,  "uning tekshirishlari ju d a  ham  qiziq 
va m uhim dir” ,  deb yozgan.
Rus  akadem igi  A .N .O lenin  J.F.Sham palon  kashfiyotining 
aham iyatiga  yuksak  baho  bergan,  ular  bir-biri  bilan  tez-tez  xat 
yozishib  turishgan.  A .N .O lenin  M isr  yozuvi  m asalalaridan  biriga 
bag'ishlab m axsus  asar ham  y ozgan.
O 'z   zam onasining  o'q im ish li kishilaridan  biri  b o'lg an A .S.N o- 
rov  18 3 4-8 35-yilIarda M isr va N ubiyaga borgan.
U bu sayohatlari haqida ju d a qiziqarli asar yozib uni  1840-yilda 
nashr ettirgan.  Bu asarida A .S.N orov M isr m adaniyati yodgorlikla- 
rini  tasvir etib,  unda  bir  qancha  tarixiy  m asalalar,  chunonchi  M isr 
m adaniyatining  yunon  m adaniyatiga  k o 'rsatg an   ta'siri  yoki  o 'sh a  
davrdagi  M isr  aholisi  urf-odatlari,  qadimgi  m adaniyat  a n ’analari 
kabi  m asalalarni  bayon  etgan.  A .S.N orov  T.N.G ranovskiy  bilan 
uchrashib uni um um iv tarixdan darslik yozishga  undagan. T.N.G ra­
novskiy  “U m um iy  tarix  dasturiga  qisqacha bayon”  asarida  qadirn-
32

gi  Sharq  tarixini  o'rg an ish n in g   rejasini  chizib  bergan.  U nda  Xitoy, 
H indiston va Finikiya tarixiga alohida e ’tibor qaratilgan. T. N .  G ra­
novskiy  o 'z   vafotidan  bir  necha  oy  oldin,  1855-yilda  darslikning 
qadim gi  Sharq xalqlari tarixiga bag 'ishlan g an b o iim in i yozgan.
Rus  tarixchi lar idan  A drian  Praxov  M isrga  sayohat  qilib,  M isr­
ning  qadimgi  yodgorliklari dan  kolleksiya  to'plagan.  U   1880-yil- 
da  “ Qadimgi  M isr  m e ’m orchiligi”  asarini  yozgan.  U nda  Qadim gi 
m isrliklarda m e'm o rchilik   usullari  shakllarining  paydo  b o ‘lishi  va 
rivojlanishi  m asalalari  yoritilgan.
M ashhur  rus  sharqshunos-m isrshunoslaridan  yana  biri  akade- 
mik  B .A .Turayev  b o 'lib ,  u  1 86 8 -1 920-yillarda  yashab  ijod  etgan. 
U ning  asarlaridan  biri  “Q adim gi  Sharq  tarixi”  boTib,  bu  tarixiy 
asar  g ‘oyat  keng  m a ’lum otlarni  o 'z   ichiga  olgan va  hujjatlar  bilan 
ju d a yaxshi  asoslangan.  U nda butun Q adim gi  Sharq  dunyosi yaxlit 
m adaniy-tarixiy  holda aks ettirilgan, deb yozadi  shogirdlaridan  biri 
V.I.Avdiyev.
B .A .Turayevning  m isrshunoslikka  q o 'sh g an   hissasi  Qadim gi 
M isr m adaniy  m erosini  M isr va  Efiopiya  m adaniyati  bilan  b o g 'lab  
oTganishdan  iborat  bo'ldi.  U ning  y ana  bir  m uhim   xizm ati  shun- 
daki.  u  M oskva  nafis  san ’at  m uzeyidagi  Sharq yodgorliklari  boTi- 
mini tashkil  qilgan va rus m uzeylarida y ig 'ilg an  yodgorliklarni sin- 
chiklab  o'rgangan.  B .A .Turayevning  “M isr  adabiyoti”  asari  g ‘oyat 
katta  ilm iy  aham iyatga  ega  boTib,  bu  asar  ham  m a’lum otlarga 
boyligi jih atd an  butun dunyo m isrshunoslik adabiyotlari ichida ten- 
gi y o 'q   asarlardan  biri  hisoblanadi.
Juda  qim m atli  m a’lum ot  egasi  boTganligi  va  fanga  chuqur 
m uhabbati  tufayli  B.A .Turayev  m isrshunoslikning  I.M.Volkov,
A .L.K ostoyeyskiy,  V.V.Struve,  N .D .Flittner.  LG .Frank-K am enets- 
kiy,  G essarlardan  iborat  butun  bir  m aktabini  yaratishga  m uyassar 
b o 'ld i.
M ashhur  rus  m isrshunoslaridan  yana  biri  185 6-1 947-yillarda 
yashab  ijod  etgan  V .S.G olenishev  hisoblanadi.  U  M isrga  tez-tez 
sayohat  qilib,  sayohatlari  davrida u yerda  bir qancha qazish  ishlari 
oTkazib.  Q adim gi  M isr yodgorliklaridan  k o ‘p  va  qim m atli  kollek- 
siyalar  to'playdi.  Bu  kolleksiya  keyinchalik  M oskva  nafis  san ’at
33

m uzeyida  qadim gi  sharq  yodgorliklari  b o'lim ining negizini  tashkil 
qiladi.  U  M isrda  “H am m am at”  yozuvlarini  o 'z  joy id a  sinchiklab 
tekshirdi.
V.S.Golenishev  Stabilal-A ntarda  ibodatxonalam i  qayta  tiklash 
haqida  m alika  X atshepsutning  va  Suvaysh  kanali  yonida  Tel- 
al-M asxutdagi  fors  podshosi  Doro  I  ning  yozuvlarini  ham   topib 
o'rganadi.
U   Q adim gi  M isr  yozuvlarining  turli  yodgorliklarini  o'rganish, 
nashr  etish.  tarjim a  qilish  va  sharhlash  b o 'y ich a  k o 'p lab   asarlar 
yozdi.  Chunonchi,  sehr-jodu  duolari yozilgan  "M etternix  lavhasi” , 
"H alokatga  uchragan  kem a’’  to 'g 'risid a g i  hikoyalar,  “U nu-A m on- 
ning  Suriyaga  sayohati” kabilar  shular jum lasidandir.
B .A .Turayevning  iste’dotli  shogirdlaridan  biri  V.V.Struve 
b o 'lib ,  u  rus  sharqshunoslari  va  m isrshunoslik m aktabini  yaratgan 
iste'dodli tarixchilardan biri hisoblanadi.  U Q adim gi M isr va Sharq 
tarixiga b ag 'ishlab  ju da k o 'p  asarlar yozgan.  Eki jihatdan akadem ik 
V.  V.  Struvening  “Istoriya  drevnego  Vostoka”  ("Q adim gi  Sharq 
tarixi”)  kitobi  aloliida  o 'rin n i  egallaydi.  Bu  ajoyib  kitob  m uqad- 
dim adan  tashqari  34  bobdan  iborat  bo'lib.  u  butun  qadim gi  Sharq 
xalqlari  tarixini  o 'z   ichiga  qam rab  olgan  kitobdir.  K itob  xilm a-xil 
m anba, qadim gi yozuv va arxeologik у odgorliklarga suyanib yozil­
gan.  Bu nodir kitob 45  bosm a taboq hajm da chop etilgan.
A kadem ik V.I.Avdiyev ham  taniqli sharqshunos va m isrshunos- 
lardan  biri  hisoblanadi.
V.I.Avdiyevning eng m ashhur asarlaridan biri  "Istoriya drevne­
go  Vostoka”  ilk  bor  1948-yilda,  ikkinchi  qayta  ishlangan,  to 'ld i- 
rilgan  nusxasi  esa  1953-yilda  nashr  etilgan  b o 'lib ,  47  taboqdan 
ziyoddir.  K itobga  jud a  k o 'p   rasmlar.  chizm alar  va  xaritalar  ilova 
qilingan.  Bu  kitob  "Q adim gi  Sharq  tarixi”  nom i  bilan  1964-yil- 
da  o 'zb ek   tiliga  tarjim a  qilingan.  Shuni  alohida  qayd  etish joizki. 
V.I.Avdiyevning  ushbu  darsligi  o 'z   vaqtida  oliy  darajadagi  davlat 
m ukofotiga  sazovor  b o 'lgan.  Tarjimaning  m axsus  m uharriri  tarix 
fanlari  doktori,  akadem ik Y .G '.G 'ulom ov bo'lgan.
34

K eyingi  50-60 yil  ichida Q adim gi Sharq tarixi va m isrshunoslik 
sohasida  M .A .K orostovseva,  Y.Y.Perepyolkina,  M .E.M ate,  N.S. 
Petrovskiy kabi  m ashhur olim lar yetishib chiqdilar.
M a'lu m k i,  1974-yilda  D .G .R edver  va  E.A .C herkasovalarning 
Y.S.Krushkol  tahriri  ostidagi  ‘'Q adim gi  dunyo  tarixi”  kitobining 
birinchi  jildi  tarjim asi  q o 'llan m a  sifatida  nashr  etildi.  Shu  m u ­
alliflar yozgan  "Istoriya drevnego m ira” I jild i rus tilida  1979-yilda 
nashr etildi.
Shuningdek.  Q adim gi  Sharq  tarixi  (Istoriya  drevnego  Vosto- 
ka)  darsligi  1979.  1988,  1999,  2002,  2009-yillari V.I.Kuzishin tahri­
ri  ostida  bosilib  chiqdi.  Bu  darsliklar  V.I.Avdiyev,  A.A.Vichatsin, 
M.A.Dandamayev, D.V.Dsotek, G.F.Uin, M. V.Kryukov, V.I.Kuzishin, 
V.M.Masson, D.G.Reder, S.S.Solovyev, I.A.Ladinin. A.A.Nemirovs- 
kiylardan  iborat mualliflar jam oasi  tom onidan yozilgan.
M a'lu m k i,  1983-yilda “Istoriya drevnego m ira”(“Qadim gi  dun­
yo tarixi”)ga  bag'ishlangan uch jild lik  kitob nashr etilgan.  Bu kitob 
I.M .Dyakonov,  V.K,Afanasyev,  I.V.Vinogradov,  N.V.Kaziryeva, 
T.V.Stepugina,  G.F.Uin, V.A.Yakobson,  G .G .G eorgadze,  I.A .Lepis, 
Y.V.Andreyev, Y.B.Sirkin  va  boshqa  m ualliflar jam oasi  tom onidan 
yozilgan.
M azkur  kitobning  m uharrirlari  I.M .Dyakonov,  V .D .Neronova 
va I.S.Svensitskayalardan iborat b o'lgan.  Bu darslik  asosan  m a 'n i- 
zalar  to'plam idan  iborat.
Shunday qilib, m ashhur rus va xorijlik sharqshunos, m isrshunos 
olim lar  o'zlarining   noyob  darsliklari  va  tadqiqotlari  bilan  Sharq 
xalqlari  tarixi,  qolaversa  Qadim gi  M isr  tarixini  o'rg anish ga  o 'z la ­
rining  ulkan  hissalarini  q o 'sh g an   va q o 'sh ib  kelm oqdalar.
Qadimgi  Misr  tarixining  xronologiyasi  va  davrlarga  bo‘li- 
nishi masalasi. 
X ronologiya -  bu yunoncha “chronoc”  (vaqt),  “lo­
gos”  (biliin, tushuncha)  degan m a ’noni  bildiradi.
1.  X ronologiya -  bu  m uayyan  bir vaqtdan  boshlab tarixni,  tari­
xiy voqealam i  hisoblab borish haqidagi  fandir.
2.  V oqea-hodisalam ing  birin-ketin  paydo  bo'lish i,  y a ’ni  vo- 
qealar xronologiyasi, voqealam ing yuz berishidir.
U m um an,  qadim gi  Sharq  d av latla ri  ta rix in in g  x ro n o lo g iy asi- 
ni  b elg ilash  q iyin  b o 'lg a n i  singari,  Q adim gi  M isr tarix in in g  xro-
35

nolog iy asin i  b elgilash   ham   ancha  m urakkabdir.  Bu  qivinchilik 
Q adim gi  S harqda aniq  yil  hisobi  tizim in in g   b o 'lm ag an id an  kelib 
chiqadi.  Q adim gi  M isrda  yil  hisobi  har  qaysi  fir’av n n in g   p o d ­
sholik qilgan  yillarig a  qarab olib  borilgan va y an g ilan ib  turilgan.
M a'lum   bir fir’avnning  podsholik  qilgan  davri  falon  yilida  deb 
ko 'rsatilgan  yozuvlar,  shuningdek,  M isr  fir’avnlarining  qancha  yil 
podsholik  qilganligi  to ‘g ‘risida  M anefon  asarlarida  va  M isr  yil- 
nom alarida  saqlanib  qolgan  m a’lumotlardir.  Bu  M isr  podsholari­
ning,  ular podsholik  qilgan  yillarni  taxm inan aniqlab,  ro'yxatlarini 
belgilab  chiqishga  im kon  beradi.  N ihoyat,  astronom ik  kuzatishlar- 
ga  asoslangan  M isr  kalendar-taqvim   tizim ini  o'rganish  natijasida 
M isr  xronologiyasining  ozm i-ko'pm i  aniq  b o'lgan  asosiy  nuqtala- 
rini  belgilash m um kin  b o ‘ldi.
M isrning  rosm ana  taqvim i  -   kalendar  yili  365  kundan  iborat 
b o ‘lgan,  shuning  uchun  har  to 'rt  yil  ichida 
astronomik 
yildan  bir 
sutka  keyinga  qolib  yurgan.  Bu  xato  1460  yildan  keyin  bir  yilga 
baravar  b o ‘lgan.  D em ak,  rasm ana  kalendar  yili  bilan 
astronomik 
yil  o 'rtasidagi  bir  yillik  farq  faqat  har  1460  yilda  bir marta  to ‘g ‘ir- 
langan,  v a’ni  har ikkala yil hisobi yangidan bir kundan boshlangan. 
A na  shu  1460  yillik  davr  ellinizm   zam onida ham   m a’lum  bo'lgan. 
Bu  1460  yillik  davr  astronom ik  kuzatishlar  bilan.  xususan  Sirius- 
ning  erta  chiqishini  kuzatib  borish  bilan  b og‘langan  bo 'lsa  kerak. 
Sirius  1460  yilda  bir  m arta 
Memfes 
kengligida  quyosh  avlanishi 
bilan va Nilda  suvning k o 'tarila borishi  bilan  bir vaqtga to 'g 'r i kel­
gan.  K eyingi  davrlardagi  m anbalarda  ko'rsatilishicha,  m ilodning 
139-yili  shunday  “ Sirius  davri”ning  boshlanish yili  bo'lgan.  Shun­
day  qilib  bundan  ilgarigi  Sirius  davrlarining  boshlanish  yillari  m. 
av.  1321,  1441  va  1781 -yillarga  to 'g 'ri  kelishi kerak.
M isr yozuvlarida ayni  bir fir'av n  podsholik qilgan  yilning  qay­
si  kunida  Siriusning  chiqishi  m unosabati  bilan  bayram   qilinganini 
k o rsatu v ch i  m a’lum otlar  saqlanib  qolganligi  tufayli  ana  shu  kun- 
ning  aniq  sanasini  hisoblab chiqish mumkin.
Shu tariqa X II sulolaga m ansub M isr fir’avni  S enusert  III  ning 
m.  av.  1883-yildan to  1845-yilgacha podsholik qilganligi aniqlan- 
gan.  Yangi  pod sho lik   zam onining  b a ’zi  sanalarini  ham   shunday
36

astronom ik  hisoblar yordam i  bilan  belgilash  m um kin  b o 'lg an .
A m arna  diplom atik  arxividan  olingan  hujjatlar Yangi  podsho­
lik  davridagi  M isr  fir’avnlari  bilan  Bobil,  O ssuriya  va  X ett  dav- 
latidagi  b a ’zi  podsholarning  podsholik  qilishlari  o'rtasidagi  b a ’zi 
sinxronizm larni  (zam onning  to 'g 'ri  kelishini)  belgilashga  im kon 
berdi.  Bu  ham  M isr  tarixining  xronologiyasini  tiklashga  yordam  
beradi.  O 'tm ish   zam onlardayoq  m isrlik  tarixchi  M akedoniya­
lik  A leksandr  v a  Doro  III  lam ing  zam ondoshi  M anefon  Qadim gi 
M isrning  butun  tarixini  30  sulolaga,  agarda  shu  ro 'y x atg a  oxirgi 
3  nafar  eronlik  M isr  hukm dori  Oh,  Arses  va  Doro  III  K odom on 
qo‘shilsa  31  sulolaga  b o 'lg an   edi.  B irin-ketin  podsholik  qilgan 
fir’avnlarning  biron-bir  guruhini  bir  sulolaga  birlashtirishar  ekan, 
bu  ish  shu  f ir  avnlar  o 'rtasidagi  qarindoshlik  m unosabat!ariga  qa- 
rab  qilinm aydi.  balki  asosan  o 's h a   fir'av n lam in g   bir joydan  kelib 
chiqqanligi  yoki  ayni  bir  shaharning  o 'z id a   podsholik  qilganligi- 
ga  qarab  guruhlanadi.  M anefon  o 'z   tarixiy  asarlarini  uch  qism ga 
bo 'lib ,  shu  bilan  podsholik  sulolalarining  butun  ro 'y x atin i  taxm i- 
nan uchta o 'n lik k a   bo'ladi.  U  birinchi  qism ga  1-11  sulolalarni,  ik- 
kinchisiga  12-19-  sulolalarni,  uchinchisiga  esa  2 0 -3 1 -  sulolalarni 
kiritadi.
M isr  tarixining  birinchi  m arta  M anefon  tom onidan  kiritil- 
gan  ana  shu  xilda  davrlarga  b o lin is h i  b a’zi  o 'zg arish lar  bilan  to 
zam onam izgacha  saqlanib  kelgan.  Sulolalarning  shu  xilda  uchta 
o 'n lik k a  b o lin is h i  Lepsiusda  butun  M isr  tarixini  uchta  katta  davr­
ga, y a 'n i  Q adim gi,  O 'rta va Yangi  podsholik  davrlariga  b o 'lib   chi­
qish fikrini  tug'dirgan.
O lim lar  Q adim gi  podsholik  davriga  odatda  3-6-sulolalarni, 
O 'rta  podsholik  davriga  11-12-  sulolalarni,  Yangi  podsholik  davri­
ga  esa  18-20-  sulolalarni  kiritadilar.
Shuni  aytib  o 'tish   joizki,  Q adim gi,  O 'rta   va  Yangi  podsholik 
oralig'idagi  davrlar M isrning  iqtisodiy  va  siyosiy  tushkunlik  davri 
hisoblanadi.
M a iu m k i,  3 -su lo la d a n   o ld in g i  d a v rg a   o id  ju d a   oz  y o zm a 
y o d g o rlik la r  s a q la n ib   q o lg a n .  Q adim g i  M isrd a   eng  q ad im g i 
q u ld o rlik  ja m iy a ti  va m u sta b id   d a v la tn in g   k elib   ch iq ish   zam o-
37

ni  b o 'lg a n .  B u  d a v rn i  “ arx a ik   d a v r”  d eb  a ta sh   m u m k in .  Q a d ­
im g i  p o d sh o lik   d a v ri  k u ch li  m a rk a z la s h g a n   m u sta b id   d a v la t 
ta sh k il  to p g an   zam on   edi.  O 'r ta   p o d sh o lik   d a v ri M isrn in g   yan- 
g id an   k u ch ay ish i  b ilan   n ish o n la n a d i.  Bu  d a v rd a  1 1 -1 2 -su lo la  
f ir 'a v n la r i  N u b iy a  b ilan   S u riy a g a  y o rib   o 'tis h g a   h a ra k a t  q il­
g anlar.  M isr  m a d a n iy a tin in g   rav n aq   to p g an   an a  shu  zam o n - 
ni  ta b aq av iy   k u ra sh in in g   k e s k in la s h u v i  b ilan   h am   b elg ilash  
m u m k in .
Yangi  podsholik  davri  esa  M isrning  siyosiy  va  m adaniy  jih a t­
dan  yuksalishining  oxirgi  davridir.  Bu  davrda  M isr  Q adim gi  Sharq 
dunyosidagi  boshqa  davlatlar  o'rtasida  eng  ustun,  birinehi  o'rinni 
egallashga intilib, keng istilochilik  siyosatini olib boradi  va xalqaro 
kurash m aydoniga chiqadi.
21-31-sulolalar  davrini  m am lakatning  sekin-asta  tushkunlik­
ka  yuz  tutib  borgan  davr  deb  atash  mum kin.  Bu  davrda  M isr  oxir- 
oqibat chet ellik istilochilarga qaram  b o 'lib qolgan.
Qadimgi  Misr  tarixining zamonaviy  tarixchilar  tomonidan 
davrlashtirilishi. 
M a'lum ki  dunvoning  ilk  m adaniyat  m arkazlari- 
dan  biri  b o 'lg an   Qadim gi  M isrda  tabaqaviy  jam iyat,  ilk  davlat  va 
m adaniyatning  vujudga  kelishi  m.  av.  IV  m ingyillikning  ikkinchi 
yarm iga borib taqaladi.
Sharqshunos  olim lar  ilk  davlatlar  va  m adaniyatning  Ikki  daryo 
oralig'ida  yoki  Nil  vohasida  vujudga  kelganligi  xususida  aniq 
to ‘xtam ga kelishmagan.
M isr  xalqi  va  davlati  uzoq  tarixiy  rivojlanish jarayonini  bosib 
o lg a n   ekan,  uni  butunligicha  o'rganib  b o im av d i.  Shu  bois 
zam onaviy  olim lar  Qadim gi  M isr tarixini  quyidagi  tarixiy  davrlar­
ga bo'ladilar:
1.  M isr  tarixining  sulolagacha  b o ig a n   birinehi  davri.  Bu  m.  av. 
IV mingyillikning  boshlariga  to 'g ‘ri  kelib,  bu  davr M isrda urug' ja- 
moalari  munosabatlarining buzila boshlangan davriga to 'g 'ri  keladi.
2.  Sulola  yoki  gerzey  davri  bo'lib,  m.  av.  IV  ming  yillikning 
o'rtalarigacha  b o ig a n   davrdir.  Bu  davrda  m am lakatda  ijtimoiy 
o'zgarishlar,  sug‘o n n a  dehqonchilik,  sug'orish  inshootlari  va  ilk
38

davlatchalar  -   "nonrT ar  vujudga  keladi.  Shu  davrning  oxirida 
m am lakatda Yuqori  M isr va Quyi M isr podsholiklari  tashkil topadi.
3.  Ilk  podsholik  davri  I—II  sulolalar  boshqaruvi  davri.  Shu­
ningdek.  yagona  U m um m isr  davlatining  barpo  etilishi  (m.  av. 
X X X III-X X IX  asrlar).
4.  Q adim gi podsholik davrida M isrning m arkazlashtirilishi. III- 
IV sulola podsholarining boshqaruvi. (m.  av. X X V III-X X III asrlar)
5.  M isrda  birinchi  o 'tish   bosqichi  (7 -1 0 -  sulola,  m.  av.  X X III-
XXI  asrlar).  M arkazlashgan yagona M isr davlatining alohida nom- 
larga -  m ayda hokim liklarga b o 'lin ib   ketishi.
6.  O 'rta   podsholik  davrida  m arkazlashgan  davlatning  qayta 
tiklanishi.  X I-X III  sulola  podsholarining  faoliyati  (m.  av.  X X I- 
XVIII  asrlar).
7.  Ikkinchi  o 'tish   bosqichi  (1 4 -1 7-sulola  podsholari,  m.  av. 
X V III-X V I  asr  o 'rtalaridagi  davr).  M isrning  kuchsizlanishi,  xalq 
g'alayonlari,  M isrning giksoslar  tom onidan  istilo  etilishi  davri.
8.  Yangi  podsholik  davrida  podsholik  va  M isr m adaniyatining 
gullashi.  (1 8-20 -su lola podsholarining boshqaruvi. M. av.  X V I-X I 
asrlar).  M isr saltanatining  qayta  baipo  bo'lishi.
9.  U chinchi  o 'tish   davri.  (21-sulola,  m .av  X I-X   asrlar).  M isr 
davlatining  tushkunlikka uchrashi.
10.  S o'nggi  podsholik  davri  (rn.  av.  1085—332-yillar) M isr chet 
ellik  sulolalar  hukmi  ostida.  (2 2 -2 5 -  sulola.  m.  av X I-V lIl  asrlar). 
Sais  sulolasi  davrida  M isrning  qayta tiklanishi.  (m.  av.V II-V I  asr­
lar).
11.  M isrning  Eron  shohlari  tom onidan  bosib  olinishi  va  Eron 
saitanatiga  q o 'sh ib   olinishi.  (X X V I1I-X X X   sulola,  m.  av  VI  asr 
oxiri  -   IV  asr).
12.  M isrning  Y unon-M akedon  saltanati  hukm ronligi  ostidagi 
davri.
Shunday  qilib.  Q adim gi M isr tarixi  ilk,  qadim gi, o 'rta, yangi va 
so 'n g g i  podsholiklar  davriga  bo 'lin ib ,  u  o ‘z  ichiga  birinchi  o 'tish  
bosqichini  qam rab  oladi.  O 'rta   podsholik  davridan  so 'n g   M isrda 
ikkinchi  o 'tish   bosqichi boshlanadi. Yangi podsholikdan so ‘ng ham 
M isrda uchinchi  o 'tish   davri  hukm  surgan.
39

3-§.  Ilk podsholik davrida  Misr (XXXIII -X X I X  asrlar)
Misrda  dastlabki davlatlarning tashkil topishi. 
M.  av.  V I-V
ming  yilliklarda  x o ‘jalik ning   asta-sekin  rivoj lanishi  natijasida
M isrda  ilk  davlatlarning 
tashkil  topishi  uchun  zarur 
shart-sharoit  vujudga  kel­
gan. 
Urug'  jam oasining 
so'n g g i  davrida  urug‘  ja- 
m oalarini 
shakllanayot- 
gan  oqsoqollar.  sardorlar 
va  harbiy  boshliqlar  idora 
etishgan.  M isrda  urug'  ja- 
m oasi  yem irilgach,  urug' 
jam oalar  o ‘rnida  dastlab 
q o 'sh n i  jam oalari  vujudga 
kelib.  x o 'jalikning  rivo- 
jlanishi  natijasida  ilk  dav- 
latchalar  paydo 
bo'ladi. 
Yangi  vujudga  kelgan  dav­
latni  sobiq  urug4  jam oasi 
oqsoqollari,  harbiy  bosh­
liqlar,  badavlat  va  nufuzli 
zodagon  kishilar  idora  qila 
boshlaydilar.
D astlab M isrda bir necha o i l  davlatchalar tashkil topgan.  M isr­
liklar  bu  davlatchalarni  “‘sepat”,  yunon  tarixchilari  esa  "nom "  deb 
ataganlar.  N om lar  atrofida  qishloqlari,  dalalari,  m ahalliy  xudosi 
bor  shahardan  iborat  b o'lgan.  H ar  bir  nom ning  o 'z   hokim i  b o iib . 
u  yu n o n   tilid a   “n o m a rx ”  dey ilgan .  M a iu m o tla rg a   q arag an d a 
m.  av.  IV   m ingyillik  boshlarida  va  o'rtalarida  M isrda  42  ta  dav­
lat  b o ig a n .  Bu  davrda  Yuqori  M isrda  22  ta,  Quyi  M isrda  esa  20 
ta  m ayda  davlat  m avjud  b o ig a n   edi.  M emfis  shahri  Yuqori  va 
Quyi  M isr  nom larining  chegarasida  joylashgan.  H ar  bir  nom ning
40

nom arxi  o ’zining  hududidagi  dehqonehilik,  chorvachilik,  hunar­
m andchilik  va  sug ’orish  inshootlari  qurilishiga  katta  e ’tibor  bilan 
qaragan. N om arxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib, 
jam oat,  diniy  va  harbiy  ishlam i  boshqarib  turgan.  Bu  davlatlarda 
qulchilikning  dastlabki  kurtaklari  ham  paydo  b o ig a n .  U rushlarda 
asir  olingan  kishilar  qulga  aylantirilgan.  Shunday  qilib  jam iyatni 
boshqaruv  tashkiloti  sifatida  ilk  davlatchalar  vujudga  kelgan  va 
rivoj 1 ana borgan.
M.  av.  IV  m ingyillikning  ikkinchi  yarm idagi  vaziyat  M isrdagi 
m ayda  davlatchalarni  birlashtirishni  talab  etgan.  K o 'p  jangu-jadal- 
lardan keyin N il daryosining tor vodiysida Yuqori M isr davlati tash­
kil  topadi.  Daryo  ta rm o g in in g   shim olida joy lash gan   shaharchalar 
birlashtirilib,  Quyi  M isr  davlati  barpo  etilgan.  Bu  davlatlar  o ’z 
podsholariga  ega  b o'lib .  ular  mustaqil  ish  yuritganlar.  K eyincha­
lik  esa  M isrda  yagona  podsholik  barpo  etish  uchun  ikki  podsho­
lik  o 'rtasid a  kurash  avj  olgan.  Y ilnom achilam ing  m a iu m o tlarig a 
k o ‘ra,  Yuqori  M isr  podshosi  N arm er  Quyi  M isr  yerlariga  bostirib 
kirgan.  N arm er  qo 'sh in lari  Shim oliy  M isr podshosi  q o'shin lari  u s­
tidan  g ’alaba qozongan.  G 'alabadan  so 'n g   u 6000  kishini  asir olib, 
ju d a   k o 'p   boylik.  o ija la r   bilan  qaytgan.  Shundan  boshlab  M isrda 
y agona davlat  tuzish uchun  kurash kuchaygan.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 11.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling