0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/59
Sana17.02.2017
Hajmi5.63 Mb.
#622
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59

Xlor kaliyli-elektrolit 

(chiqindili  KC1)  sarg'ish jiloli kuchli changga 

aylanuvchi  mayda  kristall  kukun  hisoblanadi  K 20   miqdori  31,6—45,5% 

bo'ladi,  yopishmaydi  (namligi  4%  dan  ortm aydi),  tashishda  q o g 'o z  

xaltachalarga  solinadi  yoki  shundayicha  tashiladi.

Kaliy  magneziya 

( K


2S 0 4  M g S 0 4).  Kulrang  va  qizg'ish jiloli  kuchli 

changlanadigan  kukun yoki aniq shaklga ega bo'Imagan  kulrang-qizg'ish 

granulalar  tarzida  ishlab  chiqariladi.

Tarkibida  29%  K , 0   va  9%  MgO  bo'ladi;  namligi  5%  dan  ziyod 

ernas,  yopishmaydi,  shundayligicha  tra n sp o rt  vositasiga  solib  yoki 

qog'oz  xaltalarga  solib  tashiladi.  Kaliy  sulfat  kabi  xlorga  nisbatan 

o ‘ta  sezgir  bo'lgan  ekinlar  uchun  qo ilanilad i.

Kaliyli  magnezial  konsentrat 

kulrang  rangli granulalar tarzida  ishlab 

chiqariladi,  namligi  1,5—7%.  Tarkibida  18,5%  K 20  va 9%  MgO bo'ladi. 

Tashilganda  shundayligicha  trasport  vositasiga  solib  tashiladi,  chu n ki 

yopishmaydi.  Xlorga  nisbatan  sezgirlikni  n a m o y o n   qiladigan  ekinlar 

uchun  ishlatiladi.



40%  li  kaliyli  tuz 

(KCl+NaCl)  —  qizg'ish  jiloli  kristall  aralash 

kulrang kristall  kukun  hisoblanadi,  u  kaliy xloridning yanchilgan silvinit 

(35%  gacha  N aC l)  bilan  aralashmasidir,  namligi  2%  dan  oshmaydi.



Tarkibida 40%  K , 0  bo'ladi, yopishqoq,  idishsiz tashiladi.  Natriyga 

nisbatan  talabchan  bo'lgan  ekinlar  (qand  lavlagisi  va  iidiz  mevalilar) 

uchun  ishlatiladi.

KC1  va  kainit  aralashmasi  30%  li  kaliyli  tuz  hosil  qiladi.



Tabiiy  kainit 

( N a C l   c h iq iu d il i  KC1  M g S 0 4' 3 H , 0 )   —  q i z g ' i s h — 

q o 'n g 'ir   rangli  yirik  g r a n u la la r   b o ‘lib,  n am ligi 

5% 

dan  o s h m a y d i.  

K20  

n ing  m iq d ori— 10%,  y o p is h m a y d i,   transport  vositasid a  to 'g 'r id a n -to 'g 'ri 

tashiladi.

Sem ent  changi 

—  sement  sanoatining  chiqindisi  xlorsiz  kaliyli 

o'g'it  hisoblanadi.  K,C)  ning  miqdori  10— 15%,  granullangan  shaklda 

ishlab  chiqariladi,  q o g 'o z   xaltachalarga  solinadi.  Kaliy  karbonat, 

bikarbonat,  sulfat  tuzlari  tarzida,  kam  m iqdorda  silikatlar  tarzida 

ham  bo'ladi.

Sem en t  c h a n g id a   gips,  kalsiy  oksidi,  bir  yarim  oksidlar  va 

mikroelementlar aralashmasi ham bo'ladi. Asosiy o'g'it sifatida  ishlatila­

di,  ayniqsa  nordon  tuproqlarda  xlorofob  ekinlar  uchun  yaxshi  samara 

beradi.


Potash 

(kaliy  karbonat  K

2C 0 3)  —  ishqoriy  kaliyli  o 'g 'it,  nordon 

tu p ro q la r  u c h u n   j u d a   q im m a tli  h iso b la n a d i.  Kalsiylashtirilgan 

potashda  K ,0   ning  miqdori  63—66,7%  bo'lishi  kerak.  Kalsiylashtirish 

gigroskopiklikni  kamaytirish  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Potash 

va  kaliy  b ik o rb a n a t  ( K H C 0 3)  o 'tin   va  so m o n   y on g a n d a   hosil 

bo'ladigan  o 'c h o q   kulida  ham   bo'ladi.  Kulda  biroz  fosfatlar  ham 

uchraydi.

Kaliy  bikarbonat  47%  K20   ga  ega  bo'ladi.



Silvinit 

(KCl  NaCI)  —  maydalangan  silvinitli  jins,  kristallarning 

kattaligi  1—4  m m   va  namligi 

20%  dan  oshiq  bo'lmagan  holatda 

havorang kristallar mavjudligida  rangi  qizg'ish-qo'ng'ir bo'lib, tarkibida 

12— 15%  K ,0   va  75—80%  NaCl  bo'ladi.  Kam  miqdorda  ishlatiladi, 

idishsiz  tashiladi,  yopishqoq,  natriyni  sevuvchi  ekinlar  (qand  lavlagisi, 

ildizmevalilar)  uchun  ishlatiladi.  Silvinitdagi  kaliyning  miqdori  kam 

bo'lganligi  uch un   uni  konidan  uzoq  masofalarga  tashib  ishlatish 

samarali  bo'lmaydi.



Karnailit 

(NaCl  chiqindili  KCl-MgCI

2-6H ,0)  —  maydalangan  ruda 

tarkibida  12—13  %  K , 0  bo'ladi, gigroskopik,  kuchli yopishqoq,  hozirgi 

kunda  tashish  qivin  bo'lganligi  uchun  o'g'it  sifatida  deyarli  ishlatil- 

maydi.


Leagnit  ishlab  chiqarish  uchun  xomashyo  sifatida  xizmat  qiladi. 

Uning  chiqindisi—elektrolit  (KC1)—qimmatli  o'g'it  hisoblanadi.



Kaliyli  o ‘g ‘itlar  tarkibidagi  xlor  q a to r   qishloq  xo‘jalik  ekinlariga 

salbiy ta ’sir  ko'rsatganligi  sababli  u n in g   qaysi  kaliyli  o 'g ‘itlar tarkibida 

qancha  borligini  bilisli  lozim:

AICI


3  +  3H20   =   A l(O H )3  +  3HC1

Bu  reaksiyadan  ko‘rinib turibdiki,  tup roq ni  nordonlashuvida  faqat 

H  

gina  qatnashib  qolmay  balki  Al



+3  ham   qatnashadi.

Kaliy  kationlari  tuproq tom onidan  almashinuvli  yutilib,  q a tla m d a n  

bir  yoMa  TSK  dagi  ionlarning  o 'rn ini  oluvchi  (kompensatsiyalovchi) 

miqdorga  ekvivalent  boshqa  katio n lar  (vodorod,  aluminiy,  kalsiy, 

magniy,  marganes  va  boshqalar)  ni  siqib  chiqaradi,  bu  narsa  tu p ro q  

eritmasi  reaksiyasida  o ‘z  aksini  topadi  va  demak  o'simlikning  o ‘sish 

sharoitiga  t a ’sir  etadi. 

0 ‘z  ta ’siriga  k o ‘ra  hamm a  kaliyli  o ‘g ‘itlar 

fiziologik  nordon  hisoblanib:  ularning  suvli  eritmalaridan  o ‘sim liklar

kaliy  kationlarini  boshqa  u  bilan  birga  uchraydigan  CI  yoki  S O

4"

anionlariga  nisbatan jadal  ravishda  so 'rib   oladi.  Tuproqning  singdirish 



kompieksi  bilan  t a ’sirlanish  kaliyli  o ‘g ‘itlarning  tuproq  eritm a siga  

nordonlashtiruvchi  ta ’sirini  ham  n a m o y o n   qiladi,  bu  narsa  ayniqsa 

(ohaklanmagan)  nordon  tuproqlarda jadal  ravishda  bo'ladi.  M asalan, 

rudalardagi  1  kg  K20  ga to‘g‘ri  keladigan xlorning  miqdori  (kg  hisobida) 

silvinitda  4,0—5,2,  karnallitda  3,0—3,3,  kaliyli  tuzda  1,4— 1,9,  kaliy 

xloridda  0 ,9 — 1,0,  kaliy  sulfatda  va  kaliyli  magnezial  o ‘g 'i t l a r d a

0,02—0,1  ni  tashkil  qiladi.

K aliyli  o ‘g ‘i t l a r n i   t u p r o q   b ila n  

o ‘z a r o   t a ’s ir i

Kaliyli  o'g'itlar suvda yaxshi  eriydi.  Lekin  ularni tuproqqa solingan- 

da  kaliy  ioni  tuproqning  kolloid  zarrachalari  bilan  fizik-kimyoviy 

(almashinuvli) va almashinuvsiz yutilishida uchraydi.  Kaliyning t u p ro q  

bilan  a lm a s h in u v s iz   t a ’sirlanish i  (fik satsiy a si)  t u p r o q q a   o ‘g ‘ it 

solingandan  keyin  bir  kecha-kunduzda  nihoyasiga  yetadi  va  d e m a k  

uning samarasi  vaqtga ya’ni, o'simlikni  ekishdan  oldinmi  yoki  keyinm i 

ekanligiga  bog'liq  boMmaydi.

Tuproq  tomonidan  kaliy  ionlarini  almashinuvli  yutilishi  u m u m iy  

yutilishning  ancha  (1/4  dan  kam  bo'lrnagan)  qismini  tashkil  qiladi. 

K f  kationining  tuproq  to m o n id an  fizik-kim yoviy  (alm a s h in u v li) 

yutilishi  qaytar jarayon  hisoblanadi:



T S K

/ / +

K +

H +

H +

Ca+1

K + K +

Mg

f2

M g+1

Al + 3

+9K C 1  <->  T S K

Mg

+2

K + K + K +



K + K +

/ / +

H +

Ca+2

c , +2

H y

H +

H +

K +

+ 2 H C I   + C a C I 2  + M g C I 2  +A1C13

Tuproq  eritmasidagi  almashinuvli  reaksiyalar  natijasida  qoMlanila- 

digan  o ‘g‘itlarning  xiliga  qarab  (xlorid  yoki  sulfat)  xlorid  yoki  sulfat 

kislota  hosil  bo'ladi.

Bundan  tashqari,  tuproq  eritmasining  qo‘shimcha  tarzda  nordon- 

lashuvi  aluminiy  xloridi  tufayli  hosil  bo'ladigan  xlorid  kislota  evaziga 

sodir bo ‘ladi.  Shuning u c h u n  nordon chim—podzol  tuproqlarda kaliyli 

o ‘g‘itlarning  samaradorligi  pasayadi.  Lekin  tuproq  eritmasiga  kaliyli 

o ‘g‘itlarning ko'rsatadigan nordonlashtiruvchi ta’siri ammoniy — nitratli 

va  ammoniyli  o ‘g ‘itlarning  shu  xildagi  ta’siridan  ancha  past  bo ‘ladi.

Yengil  tuproqlarda  kaliyli  o ‘g‘itlarning  nordonlashtiruvchi  ta ’siri 

ancha  kuchli  namoyon  b o ‘ladi.

Har  xil  tuproqlarda  o ‘g ‘itdagi  kaliyning  almashinuvsiz  yutilishi 

(fiksatsiya)  solingan  m iqdordan  ancha  yirik  k o ‘rsatkichlarga  (80% 

gacha)  yetishi  mumkin.  V.U.  Pchyolkin  m a ’lumotlariga  ko‘ra mineral 

tarkibiga  va  kaliyli  o ‘g ‘itlarning  solinishi  m e ’yoriga  qarab  tuproqlarda 

kaliyning  fiksatsiyasi  14%  dan  82%  gacha  ko‘rsatgichga  ega  b o ‘lishi 

mumkin.  40K  izotopini  q o ‘llash  yo‘li  bilan  qum oq  va  og'ir  qumoq 

chim -podzol  tuproqlarda  olib  borilgan  tajribalardan  m a ’lum  bo ‘ldiki, 

o ‘simliklar tom onidan  vegetatsiyasining oxirida o 'g 'it sifatida  solingan 

kaliyning  o ‘zaro  mos  holda  63  va  70%  o ‘zlashtirilmay  qolar  ekan, 

ulardan 


1/6 va  1/8  qismi  harakatchan shakldagi miqdorni tashkil qiladi.

Fiksatsiyalangan  kaliy  kationlari  o ‘simliklar  tom onidan  k a m r o q  

o'zlashtiriladi,  b a ’zi  hollarda fiksatsiya  o'simliklar oziqlanishida  salbiy 

aham iyatga  ega  bo'ladi.  Kaliyning  alm ashinm ovchi  yutilishi  u c h  

qatlamli  shishuvchan  panjarali  m ontm orillonit guruhi  va gidrosludalar 

guruhi  jinslariga  xos  bo'ladi.  Ayniqsa  kaliy  kationlarini  v e rm u k u lit 

kuchli  ravishda yutadi.  Ikki qatlamli  panjarali  koalinit guruhi  m in e r a l-  

lari,  odatda,  fiksatsiyalash  qobiliyatiga  ega  bo'lmaydi.  Shuning  u c h u n  

kaliyning  tuproqlar  tomonidan  k o 'lam i  ularning  mineral  tark ibig a 

bog'liq.  Tuproqda  montmorillonit  va  gidrosludalar  guruhi  m inerallari 

qancha  ko‘p  b o ‘lsa,  ularda  kaliyning  fiksatsiyalanishi  shuncha  kuchli 

namoyon  bo'ladi.

Yengil  tuproqlarda  (qum va q u m o q )  o ‘rta va ayniqsa og‘ir q u n i o q  

tuproqlarga  nisbatan,  odatda,  kaliy  kam   fiksatsiyalanadi.  Fiksatsiy a- 

lanish  mexanizmini  quyidagicha tushintirish  mumkin:  kationlar p a k e t 

oraliq  makoniga o 'tib oladi,  b u n d a  ular eng yirik  kattalikda  (sh ish gan 

liolatda)  bo'ladi  va tetraedrik  qatlam larn ing  kislorod  atomlari  t o ‘rida 

g e k s o g a n a l  b o 's h l i q l a r n i   e g a lla y d i  h a m d a   h a r  ik kala   m a n f i y  

zaryadlangan  kislorod qatlamini  o ‘ziga tortadi,  natijada berk  m a k o n g a  

kirib  qoladi.

Shu  yo‘sinda  radiusi  0,130—0,165  n m   ( N H 4+,  Rb+2,  Cs+2)  b o 'lg a n  

kationlar  so'riladi.  Kaliy  shular  jumlasiga  kiradi  ( K +  radiusi  0,133 

nm ).  T u p r o q n in g   qurishi  va  a y n iq s a   na m ligining  qurishi  ( d a l a  

s h a ro itla rid a   tez  uchraydigan  h o l a t ) ,   kaliyning  fik s a tsiy a la n ish  

jarayonini  ancha  kuchaytirishi  m u m k in ,  vaholangki,  bu jarayon  n a m  

tuproqda  sodir  bo'ladi.  Shuning  u ch u n   kaliyli  o'g'itlarni  yuqori  qurib 

ketadigan  qatlamga emas,  balki  haydaladigan  qatlamning tubiga solish 

zamr.

Yirik kristall  yoki granullashgan  kaliyli  o'g'itlarni solganda  kaliyning 



|  tuproq  to m o n id a n   almashinmovchi  yutilishi  kamayadi  ( ta x m in a n  

!  20—30%  ga),  chunki  mayda  kristall  xiliga  qaraganda  ularning  t u p r o q  

bilan  kontakti kamroq bo'ladi.  Shu  narsa isbotlanganki,  kaliyli o 'g 'itn in g  

shakllari  tuproq tomonidan  ulardagi  kaliyning fiksatsiyalanishiga  t a ’sir 

ko'rsatmas  ekan.

Kaliyli  o 'g 'itla rn i  osliib  b o ru v ch i  m e ’yorda  solinishi  t u p r o q  



tomonidan  fiksatsiyalanadigan  kaliy absolut  miqdorini  oshiradi,  nisbiy- 

solingan  miqdorga  nisbatan  foiz  m iqdorini  esa  kamaytiradi.  Y u q o rid a  

qayd  q ilin g a n id e k   b a ’zi  tu p r o q l a r   kaliyga  n isbatan  j u d a   k a t t a  

flksatsiyalovchi  qobiliyatga ega bo'ladi.  V.U.  Pchyolkin  m a’lumotlariga 

ko'ra,  kuchsiz  ishqorlangan  qoratuproq  (Sumsk  tajriba  stansiyasi)da

15  -  Agrokim yo



225

liar gektarga  30 t  K 20   solganda  har  100 gramm  tuproq  144  mg  K 20   ni 

fíksatsiyalagan.

Kaliyli o'g'itlarning tuproqning yutilish kompleksi bilan ta ’sirlanishi 

tuproq  qatlami bo‘ylab  kaliyning migratsiyasi ancha sustligidan  dalolat 

beradi,  bu  qoidadan  q um   va  qumoq  tuproqlar  mustasno.  Odatda, 

o ‘rta  va  og‘ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  o ‘g‘it  tarkibidagi  kaliy—

4 0 —60  sm  qatlamdan  pastki  qismga  ishqorlanmaydi,  ya’ni  amaliy 

jihatdan  o ‘simlik  ildizi  joylashgan  qatlamda  va  almashinuvli  tuproq 

qatlamida qoladi  hamda o'simlik tomonidan  o'zlashtiriladi.  Lizimetrik 



ta jrib a la r  m a ’lu m o tla rig a   k o 'ra   n o q o ratu p ro q   z o n a n in g   qum oq  

tuproqlardagi  bir  yilda  K , 0   ning  yuvilishi  har  gektar  yerga  0,4—7  kg 

ni  tashkil  qilsa,  qum  tuproqlarda  bu  miqdor  12  kg  gacha  ko'payishi 

m umkin.  Kaliyning  a n cha  miqdorda  yo‘qolishi  (bir  yilda  1  gektar 

yerga  nisbatan  40  kg  gacha)  qizil  tuproqlarda  kuzatiladi.

Kaliyning  migratsiyasi ni  sustligini  inobatga  olib,  kaliy  o'g'itini 

tuproqning eng yuqori  qatlamiga solish  kerak enias,  chunki  ildiz tizirni 

namlikka  intilib  chuqurroq  qatlamga  qarab  cho'zila  boradi.  Demak, 

shu xil  tuproqning  1  gektari  4320  kg  K20  yutishi  mumkin.  Tuproqning 

shu  tarzda  kaliyga  t o ‘yinishini  hisoblamoqchi  bo'lsak,  agar  o'simlik 

tomonidan  o'zlashtiradigan  kaliyning  o'g'itdagi  miqdorini  faqat  50% 

1

 



bo'lishini  e’tiborga olinsa,  yuz yillar kerak  bo'ladi.  Shunday  ma’lumotlar 

borki,  tuproq  pH  ni  kamaytirilishi  tuproq  tomonidan  o ‘g‘it  tarkibidagi 



kaliyning fiksatsiyalanishini  kamaytiradi,  ohaklanganda  esa oshiradi.

Bunda  agar  tuproqning  kalsiyga  to'yinishi  ohaklantirilganda  80% 

dan  oshmasa,  unda  kaliyning  ohaklantirish  tufayli  yuzaga  chiqadigan 

\ 

harakati  kuchayadi,  agar  80%  dan  oshiq  bo'lsa  unda  kamayadi. 

I

Chirindiga  boy  tuproqlarda  tuproq  tom on idan   fiksatsiyalangan  j 



kaliyning  ajralishi  natijasida  kolloidning  yuza  qismida  chirindi  mod- 

daning qalin po'sti  hosil  bo'ladi,  u  minerallarning  mineral panjarasidan 

siqib  chiqarilishiga  t o ‘sqinlik  qilishi  natijasida  qiyinlashadi.

Uzoq  vaqt  surunkasiga  kaliyli  o‘g‘itlar  solinganda  va  uning  ijobiy 

muvozanati  (ya’ni  tuproqqa o ‘g‘it  tarzida solingan  kaliyning miqdori  hosil 

bilan tuproqdan chiqadigan miqdordan ko'p bo'lishi) da tuproqda kaliyning  , 

harakatchan shakldagi, shuningdek uning almashinmovchi kislotada eruvchi 

shaklidagi  miqdorlari  oshadi.  Bunda  almashinuvchi  kaliyning  miqdorini 

suvda  eruvchi  kaliyga  nisbatan  oshishi  ancha jadallashadi.

Kaliyning almashinadigan  holatga  o'tishi  yuqorida qayd qilingani- 

dek,  ko'p  sabablarga  bog'liq  va  ancha  kattaliklarga  ega  bo'ladi.  T u p ­

roqda  yuz  beradigan  kaliyning  har  xil  birikmalari  o'rtasidagi  o'zaro



ta ’sirlanishini  quyidagicha  ifodalash  mumkin:  kristall  panjara  kaliyi; 

almashinmovchi kaliy; almashinuvchi kaliy;tuproq eritmasining kaliyisi.

Xulosa  qilib  aytganda  o‘simlikIar  tuproqning  h am m a  shakldagi 

kaliydan foydalanishi mumkin,  lekin  ularning miqdorlari h arxil bo'ladi.

Angliyaning qumoq tuprog‘ida  101  yil  davomida o'tkazilgan  tajriba 

natijasida  m a ’lum b o idiki,  o‘simliklar hosilli bilan kaliyning a lm a sh i- 

nuvli  shaklidagi  miqdoriga  nisbatan  3—4  m arta  ko'proq  m iq d o rin i 

oigan.  Bu  m a 'lu m o tla r ,  sh u n in g d e k   b o s h q a   tajribalar  n a ti ja l a r i  

o'simliklar  to m onidan  yutilgan  kaliyning  almashinmovchi  shakldagi 

xillaridan foydalinishini  isbotladi.  Q ator tadqiqotchilar fikricha qishloq 

xo‘jalik ekinlarini ekish jadalligi kaliyning tuproq tomonidan fiksatsiyasi 

ko'rsatkichiga  o ‘z  ta ’sirini  ko'rsatadi.  Buni  ustiga  qurib  q o lad iga n 

qatlamda  kaliyning yuqori  miqdorda fiksatsiyasi sodir bo'ladi.  H a m m a  

yopishqoq tuproqlarda kaliyli o ‘g ‘itlarni shudgorlab oldidan solish kerak 

va  faqat  yengil  (qum  va  qumoq)  tuproqlarda  yetarli  namlanadigan  va 

namligi  oshiqcha  bo'lgan  hududlarda  kaliyni  bahorda  solinadi.

Kaliyli  o ‘g ‘itlarni  uncha  chuqurga  solinmagani  uchun  ekin  o ‘sib 

turgan vaqtda solish mumkin.  Oziqlantirish  uchun solinishi ekishgacha 

bir  marta  butun  m e ’yorni  solishdan  k am roq  bo'ladi.

Qishloq  xo‘jalik  ekinlariga  kaliyli  o ‘g ‘itlarni 

qo'llash

Kaliyli  o 'g 'itlarn i  tuproqlarning  m exanik  tarkibiga  va  ulard ag i 

kaliyning  harakatchan  shakldagi  miqdoriga,  namligini  e ’tiborga  olib 

hamda  rejalashtiriladigan  hosil  va  uning  sifatini  hisobga  oigan  h old a 

solinadi.  Kaliyli o'g'itlarni  qum,  qum oq  chim li-podzol,  torf-botqoqlik 

va  qayir  tuproqlarda  qo'llash  yaxshi  sam ara  beradi.

Kaliyning  ahamiyati  O'rta  Osiyoning  eskidan  haydalib  kelayotgan 

yerlarida, jadal  ravishda  ekib  kelinayotgan  m aydonlarda  oshadi.

Kaliyli  o'g'itlarning  kuchsiz  t a ’siri  yoki  uning  yo'qligini  t a ’siri 

ko'p  hollarda  tipik,  oddiy,  jan ub iy   q o ra   tuproqlarda,  ta q ir s im o n  

kulrang-qo'ng'ir  tuproqlarda  va  qoratuproqlarda  uchraydi.  S h o 'r x o k  

tuproqlarda  kaliyli  o'g'itlar  tuproqning  sho'rligini  oshiradi  va  b u n in g  

natijasida  hatto  hosildorlikni  kamaytirishi  m umkin.

K20   miqdori  100  g  tuproq  evaziga  20  mg  dan  oshgandan  keyin 

g 'a lla s im o n la r n in g   q o 's h im c h a   hosili  u n c h a   o shm aydi  ( q u m o q  

tuproqlar)  yoki  keskin  pasayadi  (yengil  mexanik  tarkibli  tu proq lar). 

T.N.  Kulakovskaya  hisoblariga  ko'ra  almashinuvchi  kaliyning  100  g


tuproqqa nisbatan  18—20 mg, b o ‘lisliini yengil  mexanik tarkibli chim- 

podzol tuproqlar uchun va  100 g tuproqqa 23—25  mg bo'lishini qumoq 

tuproqlar uchun g'alla  ekinlaridan  kafolatli  yuqori  sifatli  hosil  olishda 

optim al  deb  qabul  qilsa  b o i a d i .  Kaliyli  o 'g 'itla rning  eng  yuqori 

samarasi,  uni  azotli  va  fosforli  o'g'itlar  bilan  optimal  nisbatdaligida 

t a ’minlanadi.

Kaliyli  o ‘g‘itlarning  o ‘zinigina  qo'llash  faqat  boshqa  elementlar 

bilan  ta ’minlangan  quritilgan  torfli,  torfli-botqoq  tuproqlarda  bo'ladi.

Loylanadigan  tuproqlarda kaliyli o'g'itlarni  (ba’zi ekinlarning qator 

oralariga  qisman  solishdan  tashqari)  kuzda  shudgor  oldidan  solish 

maqsadga  muvofiq  b o ‘ladi.  Tarkibida  xlor  bo'lgan  kaliyli  o'g'itlarni 

kuzda solinganda xlor kuzgi-bahorgi namgarchilik natijasida tuproqning 

ildiz  atrofi  qatlamidan  yuvilib  ketadi  va  xlorofob  ekinlarga  salbiy 

t a ’sir  ko'rsatmaydi.  Agar  kaliyli  o'g'itlarni  kuzda  solib  ulgirilmasa, 

ularni  bahordagi  yerning  qayta  haydalishida  solish  lozim,  lekin  bu 

holatda  tarkibida  xlor  bo 'lgan   o'g'itlar  xlorga  nisbatan  sezgirlikni 

namoyon  qiluvchi  ekinlarga  nisbatan  salbiy  ta ’sir ko‘rsatishi  mumkin. 

Faqat  qum  va  qum oq  ham d a  torfli-botqoqlik  va  qayir  tuproqlariga 

kaliyli  o'g'itlarni  bahorda  solish  kerak.  Yengil  tuproqlarda,  ayniqsa 

sug'oriladigan maydonlarda kaliyli o'g'itlarning bir qismini oziqlantirish 

uchun  solishga  ajratib  qo'yish  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.

Kaliyga  nisbatan  kungaboqar,  tamaki,  sabzavotlar,  qand  lavlagisi, 

kartoshka,  mevali  va  silos  ekinlari  ancha  yuqori  darajadagi  sezgirlikni 

namoyon  qiladi.  Bu  ekinlarga  birinchi  navbatda  kaliyli  o'g'it  solish 

lozim.  Lekin  tamaki,  tok,  mevalilar,  sitrus  ekinlar,  qator  sabzavotlar 

(ayniqsa issiqxonada o'stirilganda), grechixa,  kartoshka,  zig'ir,  dorivor 

va efir moy ekinlar xlorsiz kaliyli  o'g'itlardan  foydalanishni talab qiladi, 

chunki xloridlarning ta ’sirida hosilning sifati keskin pasayib ketadi (tamaki 

bargida yonuvchanlik qobiliyati,  zig'irda tola sifati susayadi,  kartoshkada 

kraxmalning miqdori  kamayadi).  Kaliyli o'g'itlarni kuzda solganda ko'p 

ekinlar  uchun  xlorning  salbiy  ta ’siri  yo'qoladi.

G'alla ekinlari,  qand  lavlagisi,  ildizmevalari,  oshxona qand  lavlagisi 

va  ko'p  yem-xashak  ekinlari  tarkibida  xlor  tutuvchi  kaliyli  o'g'itlarga 

nisbatan salbiy reaksiyani  namoyon qilmaydi, hatto hosildorlikni xlorsiz 

kaliyli  o'g'itlardan  foydalanilgandagidan  ancha  oshiradi.

Qand  lavlagisi  va  ozuqa  ildizmevalilari  uch un   tarkibida  natriy 

bo'lgan  kaliyli o 'g 'itlar  m uhim   ahamiyatga ega  bo'ladi,  ya’ni  bu  holda 

hatto  xomashyo  tuzlarini  yoki  ularning  KC1  bilan  aralashmalaridan 

ham  foydalanish  m um kin.


Xlorga nisbatan sezgir ekinlar u c h u n  iloji boricha xlori kam b o i g a n  

kaliyli  o'g'itlarni  tanlab  olish  maqsadga  muvofiq.  Masalan,  kartosh k a 

ekiniga  kaliy  xlorga  nisbatan  kaliy  sulfat,  kalimagneziya  (shenit)  yoki 

kaliyli  magneziyal  konsentratni  qo'llash  maqsadga  muvofiq.  Kaliyli 

tuz  va  hatto  kainitni  kartoshka  ekiniga  qo'llab  bo'lmaydi,  c h u n k i  

ularning  tarkibida  xlorning  miqdori  k o 'p   bo'ladi.

Ohaklangan  (karbonat)  tuproqlarda,  ayniqsa  zig'ir  va  karto sh k a  

uchun o'simlik tomonidan o'zlashtirilish jarayonida kaliy h am da kalsiy 

o 'rtasid a  an to g o n iz m   bo'lganligi  tufayli  kaliyli  o 'g'itlarni  y u q o r i  

m e ’yorda  solish  talab  qilinadi.

O'simliklar tomonidan kaliyning o'zlashtirilish koetfitsienti ek inning 

turiga  va  tuproq-iqlim  sharoitlariga  bog'liq  bo'lgan  holda  ancha  k a tta  

chegaradagi  (12  dan  50%  gacha)  o'zgarishlarga  duch  keladi.  O d a td a , 

birinchi  yil  kaliyli  o'g'itlar  tarkibidagi  kaliyning  o'zlashtirilishi  40%  

gacha  bo'lgan  miqdorni  tashkil  qiladi.

Kaliyli o'g'itlardan foydalanishda ularning samaradorligini oshirishda:

—  ulardan  tabiiy  zonalarga  mos  holda  foydalanish;

—  kaliynijadal  ravishda o'zlashtiradigan  ekinlar uchun foydalanish;

—  azotli-fosforli  o'g'itlar  bilan  birgalikda  foydalanish;

—  kerak bo'lganda ohaklash va  keyin  kaliyli  o'g'itdan  foydalanish;

—  kaliyli  o'g'itlarning  xiliga  qarab  foydalanishga  alohida  e ’t ib o r  

berish  lozim.

M D H   mamlakatlarida  faoliyat  ko'rsatayotgan  tajriba  o 't k a z i s h  

muassasalaridan  olingan  ma'lumotlarga  k o 'ra   1  s  K 20   bo'lgan  kaliyli 

o'g'itlarni  solish  har  gektar  yerdan  q o 's h im c h a   ravishda  g 'a ll a d a n  

2—3  s,  kartoshkadan  20—33  s,  qand  lavlagidan  35—40  s,  p a x ta d a n  

1—2  s,  zig'ir  tolasidan  1—1,5  s,  yem -xashak  uchun  ekilgan  o 't la r d a n  

20—33 s, yaylov o'tlaridan 8—18 s hosil olish  mumkinligini  isbotlagan.



Sinov  savollari

1.  Turli  tu proqlardagi  yalpi  k a liy  m iq d o rin i  bilasizm i?

2.  Kaliyning  o'sim liklar  hayotidagi  a ha m ¡ya ti  q a n d a y ?

3.  Tuproqda  k a liy  qanday  shakUarda  u ch ra yd i?

4.  R espu blikam izda  kaliyli  o ‘g ‘it  m u a m m o la rin i  ha!  etishning  q a n d a y  

y o 'lla rin i  b ila siz?

5.  Kaliy  x lo rid   qan day  usullarda  o lin a d i?

6.  Tabiiy  k a liy li  tuzlar  to'g'risida  n im a la r  b ila siz?

Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling