0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


S H O ‘RTOBLI  VA  SHO'RTOB  TUPROQLARNI


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
#19860
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59

S H O ‘RTOBLI  VA  SHO'RTOB  TUPROQLARNI 

G1PSLASH

Sho'rtobli  tuproqlarni  kimyoviy  melioratsiyalash  maqsadida  gips 

berilishini  tuproqni  gipslash  deyiladi.  Sho ‘rtobli  tuproqlar  singdirish 

kompleksida  natriy  kationining  ko'p  bo'lishi  bilan  xarakterlanadi. 

Singdirilgan  natriyning  miqdoriga qarab  tuproqlar quyidagi  gumhlarga 

ajratiladi  (I.A.  Antipov  —  Karatayev  bo ‘yicha)  singdirilgan  natriy 

tuproq  singdirish  sig‘imini  3—5%  ni  tashkil  qilsa,  bunday  tuproqlar 

sho‘rtobsiz,  5— 10%  ni  tashkil  qilsa  -   kuchsiz  sho‘rtobli,  10—20%  ni 

tashkil  qilsa  —  s h o ‘rtobli  va 

20%  dan  yuqori  bo‘lsa  -   sho'rtoblar  deb 

aytiladi.  S h o ‘rtobli  tuproqlarning  singdirish  sig‘imining  qolgan  qismi 

kalsiy  va  magniy  kationlari  bilan  to'lgan  bo'ladi.  Ba’zi  bir  paytda 

singdirilgan  natriyning  miqdori  80%  gacha  boradi.  Bunday  paytda 

natriy  kationi  singdirish  kompleksida  birdan-bir  yutilgan  ion  bo'lib 

qoladi.  Sho'rtobli  tuproqlarda .suvda  eriydigan  tuzlar  miqdori  uncha 

ko‘p  boMmaydi  (tuproq  og‘irligining 0,25%).  Sho'rtobli  tuproqlarning 

fizik,  fizik-kimyoviy  va  biologik  xossalarining  yomonlashuvi  asosan 

singdirilgan  natriy  kationi  miqdori  bilan  bog‘liq.  Shu  sababdan  sh o 'r­

tobli  tuproqlarning unumdorligi  ham pasaygan  bo'ladi.  Tuproq  mineral 

va organik  kalloid zarrachalari  natriy bilan to'yinganda (suvda eriydigan 

tuzlar bo'lmaganda) yengil  parchalanib (nitrizatsiya) yuqori  qatlamlarga 

qarab yuviladi  va qattiq  sho‘rtob gorizont  (qatlam)  liosil  qiladi.  Agarda 

sho'rtob gorizont  7 sm  pastda joylashsa,  maydayoki  qatqaloqli  sho'rtob 

tuproq,  agarda  7— 15  sm  pastda  joylashsa,  o ‘rta  ustunchali  sho‘rtob 

tuproq,  15  sm  va undan  pastroqda joylashsa ehuqur ustunchali  sho'rtob 

deb  yuritiladi.

N am   holatda sho'rtobli  tuproq juda  bo'kadi  (shishadi),  suvni  qiyin 

o'tkazadigan  yopishqoq  massaga,  quruq  holatda  esa  zich  va  qattiq 

mexanik  ishlov  berish  m um kin  bo'lm aydigan  massaga  aylanadi. 

S h o 'r to b   g o r iz o n t   o 'sim lik   ildizini  pastga  qarab  o 'sishiga  yo'l 

qo'ymaydi.  Singdirilgan  natriy  bilan  kalsiy  bikarbonat  yoki  ko'm ir 

kislotasi o'rtasida almashinuv reaksiyasi  ketsa sho'rtobli tuproq eritmasi 

tarkibida  natriyning  bikarbonat  yoki  karbonat  tuzlari  paydo  bo'ladi.


Bu tuzlar gidrolitik ishqoriy bo‘lganligi uchun tuproq  eritmasida yuqori 

(pH  9  va  yuqori)  ishqorlik  paydo  qiladilar:

Natriy bikarbonati  karbonat  angidrid gazi chiqarib natriy karbonatga 

aylanadi:

2  N a H C 0 3 

3  C 0 2  - >   N a 2C 0 3

Hosil  b o ‘lgan  sodani  sho'rtobli  tuproqdan  suv bilan  yuvib y o ‘qotib 

bo'lmaydi,  sababi  shundaki  singdirilgan  natriy  kalsiy  bikarbonat  yoki 

ko'm ir  kislotasi  bilan  almashuv  reaksiyasiga  kirishaveradi  va  eritmada 

N a H C 0

3  yoki  N a 2C 0 3  hosil  b o ‘laveradi.  Ishqoriy  reaksiya  sharoitida 

o'simliklarda  modda  almashinuvi  buziladi,  tuproqda  kalsiy  va  mag- 

niyning  fosforli  tuzlarining  ternir,  marganes,  bor  birik m alarinin g 

eruvchanligi  va  harakatchanligi  kamayadi.  S h o ‘rtobli  tup roq lard a 

qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  hosili  kam  va  sifati  ju d a   past  b o ‘ladi. 

S ho‘rtobli  tuproqlar  0 ‘zbekistonda  ham  kichik-kichik  m aydonlarda 

uchrab  turadi.  C h o ‘1  zonasida  tuproq  singdirish  konipleksida  natriy 

singdirilgan  taqirli  tuproqlar  ham   ayrim  xossalari  bilan  sho'rtobli 

tuproqlarga  o'xshab  ketadi.  Ayniqsa  yangi  sug‘o riladigan  zonada 

sho ‘rtobli  tuproqlar  ko‘proq  uchrab  turadi.

Tuproqlarning singdirish kompleksidagi singdirilgan  natriy y o ‘qotil- 

sagina  tuproq  eritmasidan  sodani  yo ‘qotish  mumkin.  Buning  uchun 

singdirish  kompleksidan yutilgan  natriyni gipsdagi  kalsiy bilan  almash- 

tirilsa  tuproq  eritmasida  hosil  bo'lgan  natriy  sulfatni  suv  bilan  yuvib 

chiqarib  yuborsa  bo‘ladi:

(TSK)Na+ +  Ca  S 0 4  =   TC K   Ca+2  +  Na,  S 0 4 

N a 2C 0 3Nl+  +  C a S 0 4  =   C aC O ,  +  N'a2S 0 4

Eritmada  kam  miqdorda  natriy  sulfatning  hosil  boMishi  o'simlikka 

zararli  ta ’sir  ko‘rsatmaydi.  A m n io   singdirish  konipleksida  20%  dan 

ortiqroq  natriy  ioni  singdirilgan  bo'lsa,  eritmada  hosil  b o ‘layotgan 

natriy  sulfat  miqdori  katta  boMadi  va  uni  sug‘orish  jara y o n id a   yuvib 

yuborishni  rejalashtirish  kerak.

Tuproqqa  solingan  gips  uni  ishqoriy  reaksiyasini  neytrallashtiradi. 

Tuproq  singdirish kompleksidagi  natriyning o ‘rniga  kalsiyni  singdirilishi 

tuproq  kolloidlarini  koagulatsiya  qiladi. 

0 ‘simlik  qoldiqlari  chirishi 

natijasida  hosil  bo'lgan chirindi  kalsiy ishtirokida tuproq  zarrachalarini 

birlashtirib  kleylaydi,  tuproqning  fizik  xossalari,  uning  suv  o'tkazishi 

aeratsiyasi  yaxshilanadi.  Tuproqqa  ishlov  berish  yengillashadi.  Fizik 

xossalarning  yaxshilanishi  o ‘simliklar,  mikroorganizm lar  va  tuproq



h ayvonot  dunyosining  yashashiga  sharoit  yaratiladi.  D em ak,  gips 

q o ‘llash  bilan  sho'rtobli  tuproqlarda  ularning  fizik,  fizik-kimyoviy  va 

biologik xossalari yaxshilanadi,  tuproq  unumdorligi  oshadi.  Sho‘rtobli 

tuproqlarda  qishloq  xo'jalik  ekinlari  o ‘sishi  va  taraqqiy  etishi  uchun 

kerakli  sharoit  paydo  b o iad i.

T U P R O Q N I  G IP S L A S H   U C H U N   MATERIALLAR

Maydalangan  gips  gipsni  tabiiy  zaxiralarini  maydalash  yo‘li  bilan 

olinadi.  U  oq  yoki  unsimon  massa  boiib,  71—73%  C a S 0

4  saqlaydi. 

Suvda  1  litrda  1  gramm  eriydi.  Unsimon  massaning 70—80%  0,25  mm 

li  elakdan  o ‘tgan  bo‘lishi,  qolgani 

0,1  mm  li  elakdan  o‘tgan  bo‘lishi 

kerak.  Namligi 

8%  dan  oshmasligi  kerak,  aks  holda  quriganda  katta- 

katta  kesak  va  bo ‘laklar  hosil  qiladi.

Fosfogips-fosforli  o ‘g‘itlar  (superfosfat,  prisepitat,  fosfor  kislotasi) 

ishlab  chiqarishda  qoladigan  qoldiq  oq  yoki  kul  rang  unsimon  massa, 

o ‘zida  70—75%  C a S 0

4  saqlaydi.  Undan  tashqari  tarkibida  2—3% 

P , 0

5  ham   bor.  Gips  va  fosfogips  quruq  xonada  saqlanadi.



G IP S   Q O ‘LLASHNI  M E ’YORI,  MUDDATI  VA  USULI

T u p r o q q a   so linadigan  gips  miqdori  tup roqdagi  singdirilgan 

natriyning  ortiqchasini  siqib  chiqarishga  yetishi  kerak.  Gips  m e’yori 

tuproqdagi  singdirilgan  natriy  miqdoriga  qarab  quyidagi  formula bilan 

aniqlanadi:

C a S 0


4  (t/ga)  =   0,086  (Na-K  T)  Hd,

bun d a  H   —  tozalanishi  kerak  bo'lgan  qatlam  (sm);

d  —  tozalanadigan  qatlam  tuprog‘ining  hajm  og‘irligi;

N a  —  almashinadigan  natriyning umumiy  miqdori  (mg—ekv  100 g 

tu p ro q d a );

T  —  tozalanadigan  qatlam  tuprog'ining  singdirish  sig‘imi  (100  g 

tupro qd a  mg—ekv);

K  —  tuproqda  qolishi  m um kin  bo'lgan  almashinadigan  natriy 

miqdori  (T  ning  qismi);

K T  — tuproqda qolishi  m umkin  bo'lgan  natriyning  miqdori  (mg— 

ekv 

100  g  tuproqda).



G ip s la s h d a   tuproqdagi  alm ashinuvchi  natriyning  t o ‘liq  siqib 

chiqarilishi  talab  qilinmaydi.



I.N.  Antipov  —  Karatayevning  tadqiqotlariga  muvofiq  a lm a sh i- 

nuvchi natriyning tuproq singdirish kompleksida tuproqning xossalariga 



salbiy  ta ’sir  ko'rsatmaydigan  miqdori  um um iy  singdirish  sig‘im in ing  

10 %  ni  tashkil  qiladi.

Singdirilgan  natriyning  umumiy  miqdori  bilan  tuproq  xossalariga 

salbiy  t a ’sir  ko'rsatmaydigan  m iq do ri  o ‘rtasidagi  farq  kalsiy  bilan 

almashinishi  kerak  bo'lgan  m iqdorni  tashkil  qiladi. 

1  g  tuproqdagi 

almashinadigan  natriyning  o'rnini  olish  uchun:

0 ,0 8 6   ( N a - K T )  



----------------------- g r a m m   gips  kerak  boMadi.

100

1  gektar maydonning  1  sm  qalinligidagi  tuproqda oshiqcha  natriyni 



siqib  chiqarish  uchun 

(1  ga  m aydonga  tonna  hisobida):

0 ,0 8 6 ( N a -K T )   •  100.000.000, 



,  .  ,  . 

,



-------------------------------------------  yoki  (qisqartirgandan  k e y in )

100  ■


  1.000.000

0,86  ( N a —KT),  melioratsiya  qilinmaydigan  tuproq  qatlam idagi 

ortiqcha  almashinuvchi  natriyni  chiqarish  uchun  uning 

d

  ha jm iy  

massasiga solinadigan gipsning miqdori  ( 



1  ga maydonga tonna hisobida) 

0,086  ( N a —KT)  Hd  ga  teng  bo'ladi.

Masalan,  sho'rtob tuproqning  melioratsiyasi uchun gipsning  m e ’yori 



agar  melioratsiya  qilinadigan  qatlam   singdirish  sig'imi 



T =

 

20



d

  m g / 


ekv,  yutilgan  natriyning  (Na)  miqdori  4  mg/ekv,  melioratsiya  q ilin a ­

digan  qatlam  N   =   20  sm  uning  hajmiy  massasi 



d

  =   1,8  b o 'lg a n d a , 

sarhisob  qilish  natijasida  aniqlanadi:  0,086  (4-0,1  •  20)  20  •  1,8  =   6,2 

t/ga  b o ‘ladi.



i  

Agar  tuproqdagi  yutilgan  natriyning  miqdori  n o m a ’lum  b o ‘lsa, 

unda  gipsning  quyidagi  taxminiy  m e ’yori 



(1  ga  m aydonga  to n n a  

hisobida)  kashtan  va  q o ‘ng‘ir  s h o ‘rtob  tuproqlarida  1—3  t o n n a ,  o ‘rta 



va  chuqur  ustunchali  sho'rtob  tup ro qlarda  3—5  to n n a   va  qatqaloqli 

xlorid-sulfatli  sho‘rtoblarda 3—8  to n n a d a n  foydalanish  m aqsadga m u ­

vofiq  hisoblanadi.

Sug'oriladigan  maydonlarda  m e ’yorni  25—30%  ga  kamaytiriladi. 

Sho'rtob tuproqlar boshqa tuproqlar o ‘rtasida dog‘-d o g ‘  shaklini  olgan 



orolchalar tarzida uchraydi.  Agar bu  m aydonlar um um iy  m ay d o n n in g  

30%  dan  kam  miqdorni  tashkil  qilsa,  gipsni  faqat  dogMarga  solinadi 

va  agar sho'rtob  maydonlar  30%  ziyod  maydonni  egallasa  va  s h o 'rto b  

tu p ro q la r  bilan  o'ralgan  b o 'lsa ,  b u tu n   maydon  g ip sla n a d i,  lekin 

maydon  oralari  uchun  har xil  m e ’y o r  belgilanadi.



9  -   Agrokim yo

129

Gipsni  melioratsiyalovchi t a ’siri uning tuproq bilan aralashib  ketish 

darajasiga  bog'liq  b o ‘ladi.  Shuning  uchun  gipsni  shudgor  paytida 

c h u q u r   haydash  va  uning  tuproq  qatlami  bilan  yaxshi  aralashuvini 

t a ’minlashni e ’tiborga olib amalga  oshiriladi.  Mayda qatqaloqli sho‘rtob 

m aydonlarga jami  gipsni  haydagandan  keyin  va  kultivator  yordamida 

solinsa,  sho'rtob  gorizonti  7—20  sm  da  joylashgan  o ‘rta  va  chuqur 

ustunchali  sho‘rxok  m aydonlarga  gipsni  ikki  marta  —  m e ’yorni  bir 

qism ini  haydashdan  oldin,  qolgan  qismini  esa  haydagandan  so‘ng 

kultivator  yordamida  solinadi.  Haydash  jarayonida  sho'rtob  gorizont 

y u za  qismga  to m o n   q a n c h a   k o 'p   ag'darilsa,  haydalgandan  keyin 

s h u n c h a   ko‘p  miqdorda  gips  solinadi.  Chuqur  ustunchali  sho'rtob 

gorizonti 

20  sm  dan  ziyodda  joylashgan  maydonlarga  gipsni  butun 

m e ’yorini  haydashdan  oldin  solib,  so‘ng  shudgor  qilinadi. 

;

Sho'rtob  tuproqlarning  melioratsiyasi  uchun  gips  bilan  bir qatorda 



b o s h q a   uslublardan  h a m   foydalaniladi.  Ba’zi  sho 'rtob   tuproqlarda 

s h o 'rto b   gorizontning  30—45  sm  chuqurligida  gipsga  boy  qatlamlar 

ha m   uchraydi.  Bunday hollarda sho'rtob tuproqlarda shudgorni maxsus 

plug  (omoch)  lar yordam ida  c h uq u r (35—50  sm)  haydaladi  va  bunda 

gips  qatlami  ag'darilib  (to'liq  yoki  qisman),  sho'rtob  gorizont  bilan 

a ra la s h a d i.  Hosil  b o 'lg a n   N a , S 0

4  sug'orish  yo'li  bilan  c hiqanb 

yuboriladi.

C ho'lning kashtan zonasining o'rta va chuqur ustunchali sho'rxok- 

larini  melioratsiya qilish  uchun, sho'rtob gorizont osti qismida joylashgan 

kalsiy  karbonatdan  foydalanish  tavsiya  qilinadi.  Lekin  C a C 0

3  C a S 0 4 

g a   nisbatan  suvda  a n c h a   y o m o n   eriydi.  U n in g   eruvchanligi  va 

melioratsiya qiluvchi  ta ’siri tuproq eritmasi  tarkibida karbonat  angidrid 

m iqdorining  ortishi,  y a ’ni  bu  jarayonga  tuproq  mikroorganizmlarini 

faollashuvi  va  o'simlik  ildizlaridan  C 0

2  ning  ajralishi  bilan  bog'liq 

b o 'lg a n   ta ’sir  tufayli  kuchayadi.

Kalsiy  karbonat  k a rb o n a t  angidrid  t a ’sirida  e ru v c h a n   kalsiy 

bikarbonatga  aylanadi  va  kalsiy  sho'rtob  tuproqdagi  yutilgan  natriyni 



siqib  chiqaradi.  Kalsiy  karbonatning  meliorativ  ta ’sirini  kuchaytirish 

u c h u n   agrouslublar  m ajm uasidan  kompleks  foydalanish  lozim.

Bunga  tuproqqa  c h u qur  ishlov  berish  (35—40  sm  gacha  chuqur 

qilib  haydash),  tuproqda  namlik  zaxirasini  ko'paytirishga  qaratilgan 

tadbirlarni  ko'rish,  organik va  mineral o'g'itlardan  foydalanish  hamda 

y o 'n g 'ic h q a   va  boshqa  qurg'oqchilikka  chidamli  o'simliklarni  yoqib 

tuproqdagi  organik  m oddalarni  ko'paytirib  va  mikrobiologik  faollikni 

oshirish  kabilar kiradi.



Gips  sho'rxok  tuproqlarni  kimyoviy  jihatdan  melioratsiya  qilish 

uchungina  foydalanilib  qolmasdan,  balki  yutilgan  natriy  bo'lmagan 

tuproqlarda  kalsiy  va  oltingugurt  tutuvchi  o ‘g'it  sifatida  ham  foyda- 

laniladi.

Oltingugurt  —  o'simlik  uchun  eng  muhim  elem entlardan  bo'lib, 

ularning  ta ’siri  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.

Oltingugurt yetishmasa o'simlikning o'sishi va  rivojlanishi susayadi 

hamda  hosildorlik  sezilarli  darajada  kamayadi.  Oltingugurt  tuproqdan 

o 'sim lik k a   S 0 42-  anioni  tarz id a   yutiladi,  u n in g   m an b a y i  sulfat 

kislotaning  har  xil  tuzlari:  C a S 0 4,  M g S 0 4,  K

2S 0 4,  ( N H 4)2S 0 4  va 

boshqalardir.  O'simliklar oltingugurtni  havodan  barglari  orqali  S 0

2  — 

sulfit  angidrid  tarzida  ham  o'zlashtirishi  mumkin.  Yutilgan  oltingu- 



gurtning  asosiy  qismi  o'simlik  to'qim alarda  qaytariladi  va  shu  qay- 

tarilgan  shaklda har xil organik birikmalar: oqsillar,  b a ’zi vaqtda lipidiar, 

b a ’zi  vaqtda 

fermentlar,  o'sim lik  moylari  va  b oshqalar  tarkibiga 

kiradi.  Oltingugurtning ko'p qismi  o'simliklarda oqsillar tarkibiga kiradi.

Oltingugurtning asosiy qismi  o'simliklarda oqsillar tarkibiga kirgan- 

ligi  sababli,  uning  miqdori  urug'  va  barglarda  novda  ham da  ildiz- 

lardagiga  nisbatan  ko'proq  bo'ladi.  Masalan,  qand  lovlagisi  ildizida 

oltingugurtning miqdori  (quruq  moddaga  nisbatan  SO,  ni  foiz  miqdori 

hisobida) 

0,2  atrofida,  bargida  0,1  gacha,  kartoshka  tuganaklarida

0,35,  poyasida  0,55;  g 'a lla s im o n la rn in g   s o m o n id a   0,1 2,  donida

0,3—0,45;  dukkaklilar  donida  g'allasimonlardagiga  nisbatan  ancha 

ko'p,  ya’ni 

0,6—0,8  ni  tashkil  qiladi.

Oltingugurt  aminokislotalardan  metionin,  sistin  va  sisteinlarning 

tarkibiga  kiradi,  ular  oqsil  molekulasining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 

Sistinda  disulfid  -s-s,  sisteinda  esa  sulfgidril  (-sh)  bog'lanish  mavjud 

bo'ladi.  O'simliklarda  sistein  oksidlanish  natijasida  osongina  sistinga 

sistin  esa  qaytarilish  natijasida  sisteinga  aylanadi.

Disulfid va sulfgidril guruhlarining «sistin-sistein»  tizimidagi  o'zaro 

bir biriga o'tishi ularning o'simlik  hujayrasida yuz beradigan oksidlanish- 

qaytarilish  jarayonlaridagi  faol  ishtirokini  belgilaydi.  Sistein  bundan 

tashqari  glutation  tripeptidining  tarikbiga  kiradi.  Qaysikim  b a ’zi  fer- 

mentlaming faollashtiruvchi  omili  hisoblanadi.  Oltingugurt vitaminlar: 

tiamin  (B,) va biotinlarning tarkibiga kirib,  bu vitaminlar o 'z   navbatida 

o'simliklarda sodir bo'ladigan  m o d d a  almashinuv jarayonlarida  muhim 

ahamiyatga  ega  bo'ladi.



Tiam in  b a ’zi  organik  va  aminokislotalarning  dekarboksillanishini 

(katalizlovchi)  fermentlarning  tarkibiy qismi  hisoblanadi,  biotin  have- 

levouksus  kislotasini dekarboksillanishida va b a’zi  aminokislotalarning 

reaksiyalarida  faol  ishtirok  etadi.

Shuning  uchun  oltingugurt  o'simliklardagi  karbon  suv  va  azot 

almashinuvida  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.  Oltingugurt  ba ’zi  max- 

sus  organik  birikmalar:  butgullilar  (gorchisa,  raps  va  boshqalarning) 

urug'ida  uchraydigan  gorchisali  moylar;  lolagullilar  oilasiga  mansub 

o ‘simliklar  (xususan,  piyoz,  sarimsoq)  ning sarimsoq  moylari  tarkibiga 

kiradi.


Oltingugurt  eng  ko‘p  m iqdorda  dukkaklilar  va  butgullilar  vakilla- 

rida,  biroz  kam roq  m iqdorda  g ‘alia  ekinlari  hamda  kartoshkada 

uchraydi.

G 'a lla   ekinlari  hosili  1  gektarga  20  s  bo'lganda  va  kartoshka  hosili

1  gektarga  200  s  bo'lganda  oltingugurtning  tuproqdan  olinish  miqdori 

7— 15  kg  ni,  dukkakli  o'tlarda bu  miqdor 20—30 kg ni,  ildiz  mevalilarda

—  30—40  kg  va  karamda  esa  —  50—80  kg  ni  tashkil  qiladi.

Oltingugurtning  ko‘p  qismi  hosilning  tovar  mahsuloti  bo'lmagan 

qismida  bo'ladi.  Shuning  uchun  xo'jaliklarda  undan  unumli  foyda- 

lanilganda  o'simliklar  tomonidan  yutilgan  oltingugurtning  ko'p  qismi 

yana  tu proq qa  qaytariladi.

T u p ro qd a,  odatda,  yetarli  miqdorda  oltingugurt  bo'ladi.  Uning 

asosiy  qismi  (70—90%)  o'simlik  tomonidan  qiyin  o'zlashtiradigan 

organik  m o dd a  shaklida bo'ladi,  shuning  uchun  chirindining  miqdori 

qancha  k o 'p   bo'lsa,  oltingugurtning tuproqdagi  zaxirasi  shuncha  ko'p 

bo'ladi.


Tuproqning organik modda qismidagi yoki organik o'g'it tariqasidagi 

va  yer  qatlam ining  ag'dariladigan  o'simlik  qoldiqlaridagi  oltingugurt 

o'simlik  u c h u n   o'zlashtiriladigan  holatga  o'tishi  faqat  ularning  to'liq 

parchalanishi  va  minerallanishidan  so'nggina  amalga  oshadi.  Bunda 

oltingugurt  bakteriyalari  oltingugrtni  S 0

4-2  gacha  oksidlaydi  va  tup­

roqda  sulfat  kislotaning  har  xil  tuzlari  hosil  bo'ladi.

O datda,  o'simlik  tom onidan  o'zlashtiriladigan  darajadagi  oltin­

gugurtning  mineral  birikmalari tuproqda uncha ko'p bo'lmaydi.  Oltin­

gugurt  ayniqsa  sanoati  rivojlangan  b a ’zi  tumanlarda  yil  davomida 

sulfit  angidrid  ( S 0 2)  sifatida havodan  tushib tuproqda yig'iladi.  Sanoat 

k o r x o n a l a r i d a   y o q i lg 'i n i   y o q i l g a n d a   havoga  c h iq a d i g a n   S 0

namgarchxilik  bilan  tuproqqa  tushadi.  Bundan  tashqari,  oltingugurt 



go'ng  bilan  va  b a ’zi  mineral  o 'g'itlar  —  ammoniy  sulfat,  kaliy  sulfat,

kaliy rnagneziya  hamda tarkibida 400 dan  ziyodroq gipsi  bo'lgan  oddiy 

superfosfat  tarz id a   tu p ro q q a   kirib  tu ra d i.  S h u n in g   u c h u n   k o ‘p 

tuproqlarda qishloq  xo'jalik ekinlari  oltingugurtga  nisbatan  tanqislikni

sezmaydi.

O'simlikning  oltingugurtga  bo'lgan  talabi  va  tuproqqa  qo'shim cha 

ravishda  uni  kiritib  turish  talabi  oltingugurtsiz  konsentrlangan  mineral 

o'g'itlarni  ishlab  chiqarish  va utardan  foydalanish  kuchaygan  sari osha 

boradi.  Bundan  tashqari,  mineral  o ‘g‘itlardan  yanada  ko‘proq  foyda­

lanish  natijasida oltingugurtning tuproqdan  o'simlikka o'tishi  kuchaygan 

sari  bu  elementni  tuproqqa  kiritishga  oid  talab  kuchaya  boradi.

Kalsiy  va  oltingugurt  tutuvchi  o'g'it  sifatida  gips  asosan  dukkakli 

yem-xashak  ekinlari  (yo'ng'ichqa  va  beda)  ga  qoMlaniladi.

Ularga  gipsning  ijobiy ta’siri  faqat  o'simlikni  kalsiy va  oltingugurt 

bilan  yaxshi ta ’minlanishi  tufayli  sodir boMmay,  balki  o ‘g ‘it  tarkibidagi 

kalsiy  to m o n id an   yutilgan  holatdagi  kaliy ning  siqib  chiqarilishi 

natijasida  o'zlashtiriladigan  shaklga  o'tishi  orqali  namoyon  bo'ladi.



S H O ‘RTOBLI  TUPROQLARNI 

OHAKLASH

Sho'rtobli tuproqlarni  melioratsiyalashda (asosan sodali sho'rlangan 

tuproqlarda)  ohak  qo'llash  keng  q o 'lla n m a g a n ,  chunki  bu  tadbir 

tuproqlarda  sodani  hosil  qiladi:

[ T C K ] N,+  +   C a C 0 3 

[ T C K f ‘!  +   N a 2C 0 3

Bundan  tash q a ri,  tu p ro q la rn i  o h a k la s h   na tijasida  u  ishqorli 

tuproqlarga  aylanib  qolishi  ham  mumkin.

Ohak  —  kuchsiz  eruvchi  birikma  hisoblanadi.  Shuning  uch un  

tuproqlarda  meliorant  sifatida  sekin  harakatlanadi.  Shuning  uchun 

tuproqlarda  ohakli  meliorant  sifatida  oz  natriylangan  sho 'rtob  va 

ayniqsa  sho'rtoblangan  tuproqlarda  organik  o ‘g ‘itlar  bilan  qo'shib 

solinsa,  tuproqlar  eritmasida  va  havosida  C 0

2  ning  miqdori  ortib, 

C a C 0

3  ning  eruvchanlik  miqdori  tezlashadi.



Ohaklashning  yana  bir  ijobiy tomoni  Rossiyaning janubiy  tom on- 

larida  Stavropol,  Rostov  va  boshqa  m intaqalarida  tarqalgan.  Fizik 

xususiyati  yomon  qattiqlashgan  katta-katta  kesakli  sizot  suvlari  yer 

yuziga  yaqin  tuproqlarda  qo'llash  ham  yaxshi  samara  beradi.

Sho'rtoblar  bir  qator  oila  va  turlarga  ega  b o ‘lib  (32-jadval),  ularni 

melioratsiyalash  tadbirlari  quyidagilardan  iborat:



S h o ‘rto b larn in g   tasnifï

Tipi

T ip ch asi

(m intaqa

belgisi

a so sid a )

Oilasi

Turi

A v to m o r f Q o ra   tu p ro q la r

K a sh ta n

tu p ro q la r

Y arim   sa h ro

q o 'n g 'ir

tu p roq lari

K im y o v iy   tarkibi  va 

Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling