0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
#19860
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59

1

0 ,7 7

2 ,8 7

15,00

2

1,87

6 ,2 0

6 3 ,1 0

40-jadvaIdagi  m a ’lumotlardan  ko‘rinib turibdiki,  ikkinchi xil tuproq 

birinch isiga  n isb a ta n   fo sfatlarga  ancha  boy.  U la rn in g   m iqdori 

ag'dariladigan  tuproq  qatlamining  1  gektarida  qancha  bo‘ladi?  Buni 

osongina  hisoblab  chiqish  mumkin.  100  g  dagi  1  mg  P20 5  1  ga 

maydonning  0—20  sm  tu p ro q   qatlamining  30  kg  miga to ‘g‘ri  keladi. 

Dem ak,  birinchi  xil  tupro qning   har  gektarida  22,1  kg  oson 

0‘zlashti­

riladigan  P20 5  bo'lsa,  ikkinchisida  56,1  kg  b o ia d i.  0 ‘simtiklar tuproq 

tarkibidagi  ham m a  o'zlashtiriladigan  fosfat  kislotasini  o ‘zlashtira 

olm aydi,  chunki,  ildiz  tizimi  tuproq  zarrachalarining  hammasini 

qamrab  ololmaydi.

M a’iumki,  I  ga  yerning  yuzasi  bir  necha  o ‘nlab  metr  kvadratni 

tashkil  qiladi.  39-jadval  m a ’lumoti  asosida  xulosa  qilish  mumkinki, 

b irin c h i  xil  t u p ro q d a   o so n   o'zlashtiriladigan  fosfatlar  qoniqarli 

m iqdorda hosil yetishtirish uchun yetarli emas.  40-jadvalda ko'rsatilgan 

reaktivlar  F.V.  Chirikov  to m o nid an   taklif qilingan  b o ‘lib,  u  karbonat 

angidridli  distirlangan  suvda  ishqoriy,  ya’ni  kalsiy  va  magniyning  bir 

va  ikki  almashingan  fosfatlari  va  qisman  bu  ikki  kationlarning  uch


almashingan  fosfat  tuzlarida  (magniy  uch  fosfat  to'laroq)  eriydi.  Bu 

eritmaga  o'tuvchi  tuzlar  o ‘simliklarga  erkin  kiradi.

Ikkinchi  reaktiv kalsiy uch  fosfatning  bir qismini,  fosforit,  appatit, 

aluminiy  fosfatlari  va  fosforli  kislotalarni  eritmaga  o'tkazadi.  Bu 

birikmalarni  ekinlar  tomonidan  yaxshi  o'zlashtiradi  deb  b o ‘lmaydi. 

Har ikkala tuproqda karbonat  angidrid  bilan  to'yintirilgan  distillangan 

tuz yordamida ajratiladigan fosfatlardan ancha ko'p boiishiga qaramay, 

olingan  natijalarni  baholashda  xushyor  bo'lish  kerak  b o ia d i.

Dala  tajribalari  bilan  taqqoslash  orqali  aniqlandiki,  0,5 

11  sirka 

kislotali  eritma  tuproqdagi  100  gr  hisobiga  5  mg  P

2( ) 5  ni  eritadi, 

demak  o'simlik  fosfor  bilan  kuchsiz  t a ’minlanadi.

Shunga  asosan  aytish  mumkinki,  birinchi  xil  tuproq  o'simliklar 

o'zlashtiriladigan  fosforlar  bilan  kam   t a ’minlangan,  shuning  uchun 

ham  fosforli o'gitlarni  ko'proq  m iqdorda solishga to'g'ri  keladi.  Ikkin- 

chi  tuproq  ham  o'rtacha  m iqdorda  o'zlashtiriladigan  fosforga  ega  va 

bu tuproq  uchun fosforli o 'g'itning o 'rtacha  m e’yorini  q o ‘llash  kifoya. 

Sirka  kislotali  eritmaga  har  100  g  tuproq  hisobiga  10  mg  P

20 5  erib 

chiqadigan  darajada b o ig a n d a  ekinlar o'zlashtiriladigan  fosfatlar bilan 

to'liq  t a ’minlanadi.  Uchinchi  g u ruh  eritmaga  0,5  n  xlorid  kislota 

bilan eritiladigan fosfatlarga kelganda  ular o'zlashtiriluvchilar jumlasiga 

kiritiladi,  bu  eritmaga  fosforit,  apatit,  aluminiy  va  ternir  fosfatlari 

hamda  fitatlari  o ‘tadi.

Uchinchi  guruh  fosfatlarni  aniqlashning  amaliy  ahamiyati  yo'q. 

Uning  natijalari  faqat  o'zlashtiriladigan  fosfatlarga  o 'tu v ch i  zaxira 

haqida  m a ’lumoga  ega  bo'lish  imkonini  beradi  xolos.  H a r  xil  uslublar 

vositasi  bilan  aniqlanadigan  tuproqdagi  harakatchan  deb  nomlangan 

P

20 5  ning  miqdori  haqida  um um iy  tushunchaga  ega  bo'lish,  tahlil 



qilinadigan  tuproqning  fosfat  potensiali  haqida  bilish  imkoniyatini 

beradi.  Bu potensial o'simliklar to m onidan  P

20 5 ni o'zlashtirishi  natija- 

sida pasayadi, va yerga dam berilganda yoki  fosforli o'g'itlar solinganda 

oshadi.

SANOATDA  ISHLAB  CHIQARILADIGAN 

FOSFORLI  0 ‘G‘ITLAR

Fosforli  o ‘g ‘itlar ishlab chiqarish  uchun xom ashyo. 

Tarkibida fosfor 

bo'lgan  ko'p  xil  minerallardan  vulqon  natijasida  chiqqan  apatit  va 

c h o 'k m a   fosforitlar  fosforli  o 'g 'itla r   ishlab  chiqarishning  xomashyosi 

hisoblanadi


Apatit-vulqon  natijasida  chiqqan,  keng  tarqalgan  mineral  bo‘lib, 

tog‘  jinslarida  dispers  holatda  bo'ladi.  Uning  konlari jud a  kam.  Eng 

yirigi  1025-yil  Kola  yarim  orolining  Xibin  degan joyida  topilgan  edi. 

Apatitlarning biroz kamroq va kam  qimmatliroq konlari  Ural,  Baykal- 

ning janubi hamda Braziliya,  Ispaniya,  Kanada, AQSH  va Shvetsiyadan 

topilgan.

Fosforitlar  qadim  geologik  davrlarda  yerda  yashab  o ‘tib  ketgan 

h ayv on larn ing   skeletlarini  mineralizatsiyasi  ham da  suvdagi  kalsiy 

yordam ida  fosfat  kislotaning  cho'kishi  tufayli  hosil  bo'lgan.

Fosforit  konlari yer sharida k o 'p  uchraydi,  lekin G'arbiy Yevropada 

ular  u n c h a   katta  bo‘lmay  ishlab  chiqarishda  qo'llash  uchun  yaroqli 

emas.  Osiyo  mamlakatlarida  Xitoydan  tashqari  boshqa  erlarda  deyarli 

ucliramaydi.  Fosforitlarning katta konlari  Shimoliy Amerika davlatlari- 

da  uchraydi.  Amerika  qit’asida  bu  jinsga  mansub  konlar  —  Florida, 

Tennesi  va  boshqa  shtatlarda  topilgan.

Afsuski,  M D H   mamlakatlarida  uchraydigan  fosforitlarda  fosfor 

kam   va  bir  yarim  oksidlarga  boy  bo'lganligi  uchun  superfosfatga 

aylantirish  mushkul.  Juda  qimm atli  fosforit  koni  1937-yil  Qoratog' 

tog‘larida  (Janubiy Qozog‘iston)  ochilgan,  u fosforli  o ‘g‘itlar solinishiga 

muhtoj bo'lgan Markaziy Osiyo Respublikalarining o'rtasida joylashgan.

Apatit  asosan kristall holida,  fosforitlar esa  ham am orf ham  kristall 

holida  uchraydi.  Amorf xillari  tez  parchalanadi,  shuning  uchun  unga 

kimyoviy  ishlov  bermasdan  ham   o ‘g ‘it  sifatida  ishlatish  mumkin.

Kelib  chiqishi  jihatidan  h a r  xil  b o ‘lishiga  qaramay  appatit  va 

fosforitlarning  kimyoviy  tuzilishida  umumiylik  bor.  Ular  ortofosfat 

kislotaning  uch  almashingan  kalsiyli  tuzlari  bo‘lib,  tarkibida  kalsiy 

ftor  va  shu  kationning  boshqa  birikmalari  hamda  boshqa  chiqindi 

m oddalar bilan birgalikda uchraydi.  Apatit  kristallari yuqori darajadagi 

barqarorligi  bilan  ajralib  turadi,  ulardan  ftorni  kimyoviy  yoki  termik 

yo‘li  bilan  ajratish  apatitning  kristall  panjarasini  parchalaydi.

Apatitning  emperik  formulasi  C a

5( P 0 4),F yoki  (Ca3( P 0 4)2)3  C aF2 

b o ‘lib,  kalsiy  ftorid  uning  xloridi,  karbonati,  gidroqsili  bilan  almashi- 

nishi m um kin.

O 'z a ro   mos  holda  ftor—apatit,  xlor—apatit,  karbonat—apatit  va 

gidroqsil  —  apatitlar  farqlanadi.

Fosfat  minerallardan  tashqari  fosforidlar  ham  uchrab,  ularning 

tarkibida  chiqindilar:  polutor  oskidlar,  qum,  tuproq  k o ‘p  b o ‘ladi. 

Xibinda  apatitnefelinli  jins  tarzida  uchraydi.  Nefelin—( K N a

)2  A120 3 

2 S i 0 2+   n S i 0

2  tarkibli  alumosilikatdir.  Fosforitlar jelvaklangan  (keng



tarqalgan)  yumaloqlangan  tosh  kabi  va  qatlamlangan,  quyib  qo ‘ygan 

massaga o'xshash xillarda uchraydi.  Qatlamlangan  eng q u w a tli fosforit 

koniga  misol  tariqasida  Qaratog

1  fosforitini  keltirish  mumkin,  uning 

qatlamini  qalinligi  7  m   gacha  yetadi.  Boshqa  ko nlarda  esa  qalinligi 

0,8  m,  eni  esa  1,5  m  gacha  bo'lishi  mumkin.

U  boshqa  fosforit  konlardan  o'zining  sifati  b o ‘yicha  ham   farq 

qiladi:  P

20 5 ning miqdori 29,6 dan 35,6% gacha va polutor oksidlarning 

miqdori  bor  yo'g'i  2—2,5%  (boshqalarda  4 — 11%)  bo'ladi.  Lekin 

Qoratog'  fosforitining  kamchiligi  ham  bor  b o i i b ,  

uning  tarkibida 

magniyning  miqdorini  ko'p  bo'lishi,  ishlov  berishni  qiyinlashtiradi. 

Hosil  bo ‘lgan  mahsulot  o ‘ta  gigroskopikligi  bilan  ajralib  turadi,  uni 

yo‘qotish  uchun  maxsus  texnologik  uslublarni  q o i l a s h   talab  etiladi.

Boshqa  k onlarda  fosforning  m iqdori  kam   b o 'l i b ,   bir  yarim 

oksidlarning  miqdori  k o 'p   bo'ladi  (41-jadval).

41-jadval

F osforit  konlaridagi  fosforning  miqdori



Konlar

M iq d o r iy   k o ' r s a t k i c h l a r   (  %  )

P A

AL20 3 

+  

Fe20 3

A ktyub insk

18  ga  yaqin

3 , 4

V y a t s k o - K a m s k o y e

2 3 - 2 7

5 - 1 0

Egorevsk

1 6 -2 5

5 - 6   va   ko'p roq

K rolevesk oye

18  ga   yaqin

3,5

S h igrovsk oye

1 6 -1 7

3 , 5

Loysimon  fosforitlar  tarkibida  fosforning  miqdori  ko ‘p  bo'ladi, 

ular jumlasiga:  Vyatsko —  Kamskoy,  Vurnarsk,  Yegorevsk,  Kijshemsk, 

Kroloveskoye  konlari  kiradi.  Qumsimonlari  (glaukonitlilardan  tashqa- 

rilarda fosforning miqdori  kam  bo'ladi),  jumlasiga Donesk,  Marshansk, 

Seshansk  konlari  kiradi.  Glaukonit  K 20 4 R 20 , - 1 0 S i0 2 n H 20   tarkibli 

alumoferrisilikat  bo'lib,  undagi  kaliy  oksidining  miqdori  8%  gacha 

borib yetadi.  Glauronit  fosforitlarida kaliy  1—4%  bo'lib,  fosfor miqdori 

bo ‘yicha  loysimon  va qum sim onlar o ‘rtasidagi  oraliq  miqdorni  tashkil 

qiladi.


Fosfatli  xomashyoda  polutor  oksidlarning  bo'lishi  maqsadga  mu- 

vofiq  emas,  chunki  ularga  qo 'sh im ch a  ishlov  berishda  qo'shim cha



miqdorda  kislota  sarflanishini  talab  qiladi  va  fosfat  kislota  tuzlarini 

retrogradatsiyasi (ulami kamroq eriydigan shaklga o'tishi) ga olib keladi.

Fosforli  o ‘g ‘itlar ishlab  chiqarish  uchun Xibinsk apatit  koni  yaxshi 

xomashyo  beradi.  Maydalangan  jinsi  suvga  solinib,  olein  kislotasi, 

kerosin  va  eruvchi  shishadan  iborat  reagent  qo'shiladi 

(1  t  jinsga  1 

kg).  Pulpa  orqali  havoni  jadal  ravishda  puflash  natijasida  apatit 

zarrachalari  ko'pikka o'xshab qalqib yuzaga  chiqadi va o'zaro yopisha- 

di,  nefelin  esa  tubda  qolib  suv  bilan  yuvilib  chiqib  ketadi.  Boyitilgan 

nefelindan  tozalangan  appatit  konsentranti  39—40%  P

20 5  ga  ega 

bo‘ladi  va  dunyoda  eriydigan  fosforli  o ‘g ‘itlar  olishda  eng 

yaxshi 

xomashyo  hisoblanadi.  Nefelin  ham  xalq xo'jaligida ishlatiladi.  Nordon 



tuproqlarda  uni  kaliyli  o'g'it  sifatida  ishlatish  muinkin.

Yer  kurrasida  topilgan  appatit  va  fosforit  konlaridagi  fosforning 

umumiy  zaxirasi  I.10g  t  ni  tashkil  qiladi,  lekin  ularning  faqat  biroz 

qismigina  sanoat ahamiyatiga ega.  Fosfat xomashyosini zamonaviy qazib 

olinishi  jadalligi  bir  yilda  28  mln.t.ni  tashkil  etadi,  u  3000  yilgacha 

yetgan  bo'lardi.  Lekin  yildan-yilga  qazib  olish jadalligi  oshib  borishi va 

undan fosforni ajratib olisli  uslublari  takomillashganligini e ’tiborga olish 

lozim.  Shu  nuqtayi  nazardan  termik  jihatdan  qayta  ishlash  istiqbolli 

hisoblanadi,  u  elementar  fosforni  ajratib  olish,  shu  asosida  esa  yuqori 

konsentrlangan  polifosfor  kislotalarni  hamda  ularning  tuzlarini  olish 

imkonini  beradi.  Hozirgi  kunda  ekstraksion  uslubdan  (apatit  yoki 

fosforitni  sulfat  kislota  yoki  uning  nitrat  kislota  bilan  aralashmasi  yoki 

fosfat  kislota yordamida  parchalash)  ko‘proq  foydalaniladi.  Ekstraksion 

uslubda  olingan  fosfat  kislotaning  kamchiligi  uning  ifloslanganligi  va 

undan  olingan  so'nggi  mahsulotlarning  chiqindi  moddalarga  boyligi 

hamda  ishlab  chiqarilgan  o 'g ’itning  konsentratsiyasini  pastligi  hisob­

lanadi.  Elementar  (qizil  fosforning  ishlab  chiqarish  istiqbollari,  unga 

mis oksidi  (P  massasiga 

1%  miqdorda) qo'shilganda, asta-sekin tuproqda 

o'simlik  tom onidan  oson  o'zlashtiriladigan  ortofosfat  (H

3P 0 4)  kislota- 

gacha  oksidlanadi.  Elementar  fosfor  tarkibida  chiqindi  mahsuloti  yo‘q 

va  tashish  uchun  eng  kam  xarajatli  (P.O..  ning  tniqdori  229%).

FOSFORLI  O'GMTLARNI  ISHLAB 

CHIQARISH  USÜLLARI

Fosforli  o ‘g ‘itlarning  hammasi  fosfat  kislotaning  kalsiyli  tuzlari 

hisoblanadi,  ular  uch  guruhga  boMinadi: 

1)  suvda  eruvchan  bir  alma- 

shingan, 

2)  yarim  eruvchan  2  almashingan  (suvda  erimaydigan,  lekin



kuchsiz kislotalarda eruvchan  o ‘sirnliklar tom onidan  o ‘zlashtiriladigan 

va  3)  uch  almashingan suvda erimaydigan  va  kuchsiz kislotalarda  k a m  

eruvchan.  Agar bu  fosfatlar,  tuproq  nordonligi t a ’siri natijasida  a n c h a  

oson  eriydigan  shaklga  o ‘tmasa,  k o ‘p  ekinlar  tom on idan   o 'z la s h -  

tirilmaydigan  shakldagi  fosfatlar  hisoblanadi.  Fosfatli  xom ashyoga 

ishlov berishdan asosiy  maqsad fosfatlarni  o'simlik tomonidan o 'z la s h -  

tiriladigan  shaklga  o ‘tkazishdan  iboratdir.

Bir  almashingan  fosfatlar

(Suvda eriydigan fosfatlar)

Superfosfat.  Tegishli  konsentratsiyadagi 

sulfat  kislota  (57 

va 

undan yuqori)  ni  maydalangan  fosfat xomashyoga ta ’sir etish  natijasida 



kalsiy  monofosfat  va  suvsiz  kalsiy  sulfat  hosil  boMadi,  vodorod  ftorid 

uchadi  va  tutiladi:

[(Ca,(PO.),)],  •  C a F ,  +   7FLSO .+  3 H , 0   =

3  C a (H

2P 0 4)2  •  H 20   + 7 C a S 0 4+2  H F 

(ka lsiy  m o n o f o s f a t )

Bir  tonna  xomashyoga  1  to n n a   kislota  sarflanadi  va  2  to n n a g a  

yaqin tayyor mahsulot olinadi.  Shu  sababli o'g'itdagi fosforning  miqdori 

xomashyodagi  miqdoriga  nisbatan  2  m arta  kam  b o ‘ladi. 

A patitli 

konsentratdan  olingan  superfosfat filtratida eruvchi  P , 0

5  ning  m iqdori 

19,5%  dan  kam  bo'lmaydi.  Q o r a to g

1  fosforitida  esa  14%  g a c h a  

o ‘zlashtiriladigan  fosfor  (P

20 5)  tutadigan  o ‘g‘it  olish  mumkin.

Oliy  navida  uning  miqdori  19,5%  bo'ladi.  Qoratog‘  fosforitiga 

ishlov  berish  natijasida  olingan  m ahsulotning  tarkibida bor y o‘g ‘i  14% 

o ‘zlashtiriladigan  P

20 5  boladi.  U ch  kalsiyli  fosfat  va  sulfat  kislota 

o ‘rtasidagi  asosiy  reaksiyadan  tashqari  boshqa  reaksiyalar  ham   boMib 

o'tadi.

Masalan,  aralashtirilishning u n ch a yetarli  bo'lmagan joylarida sulfat 



kislotaning  ortiqcha  b o ‘lib  qolishi  tufayli  uch  kalsiyli  fosfat  t o ‘liq 

parchalanib  fosfat  kislota,  kalsiy  sulfat  va  vodorod  ftoridga  aylanish 

rcaksiyasi  sodir  bo'ladi:

[Ca


3( P 0 4)2]3  ■ C aF2+ l 0 H 2SO 4  =   6 H 3P 0 4+ 1 0 C a S 0 4 + 2 H F

Bu  reaksiya tufayli  Qoratog‘  mahsulotining oliy va birinchi  navlarida 

ancha:  5%  dan  5,5%  gacha  m iqd o rd a  fosfat  kislota  b o ‘ladi.  Fosfat 

kislota  superfosfatga  no rdo n lik   va  g ig roskopiklikni  t a ’m in l a y d i  

(andozaviy  ko‘rsatkich  12—15%  dan  oshmaydi).


Superfosfatni  nordonlikdan  xoli  qilish  uchun  unga  ammiak,  ohak 

yoki  fosforit  qo'shib  neytrallanadi.  Tabiiyki,  reaksiyaga  kirishuvchi 

massaning to ‘liq aralashtirilmasligi tufayli sulfat kislota yetarli bo'lmay 

qolgan joylarida ikki almashingan  kalsiy fosfat (presipitat) hosil bo'ladi, 

u ham  o ‘simlik to m o n idan o'zlashtiriladi.  Chunki,  kuchsiz kislotalarda 

eriydi:


[ C a ,( P 0 4)2]3  •  C a F 2  + 4H2S 0 4  +  12H20 =

6 C a H P 0 4  2H 20   +  4 C a S 0 4  +  2 H F  



k alsiy  difosfat

Shunday qilib,  superfosfat tarkibiga quyidagi o'simliklar tomonidan 

o'zlashtiriladigan  birikmalar  kiradi:  kalsiy  monofosfat,  kalsiy  difosfat 

va  erkin  fosfat  kislota.  Monofosfat  va  fosfat  kislota  jami  75%  dan 

90%  gacha  P

20 5  ni  beradi.  Demak,  difosfat  25— 100%  dan  kam 

miqdordagi o'zlashtiriladigan  P

20 5 ni o'zida tutadi.  Qisman uch fosfatli 

kalsiy  parchalanmay  qoladi,  fosfat  kislotaning  biroz  qismi  esa  ternir 

va  aluminiy  bilan  birikadi  (1%  ternir oksidi  2%  P

20 5  ni  1%  aluminiy 

oksidi  esa  1%  li  P

20 5  biriktiradi).  Superfosfatdagi  erkin  fosfat  kislota 

gipsning hosil bo'lishiga  halaqit  beradi  ( C a S 0

4  2H 20 ) ,  shuning uchun 

kalsiy  sulfat  suvsiz  qoladi  yoki  faqat  bir  molekula  suv  birikadi.  U 

o 'g 'it  massasining  40%  gacha  qismini  tashkil  qiladi.

Kukunsimon  superfosfatning  rangi  to ‘q  va  (fosforitdan  olingan), 

o c h   kul  rang  (apatitdan  olingan)  bo'lib,  undan  fosfat  kislota  hidi 

anqib  turadi.

Neytral  asoslar  bilan  to'yingan  tuproqlarga  solinganda  tarkibidagi 

monofosfat  tezda  kalsiy  difosfatga  aylanadi:

C a (H 2P 0 4)2  +  C a ( H C 0 3)2  =   2 C a H P 0 4  •  2 H 20   +   2 C 0 2

Karbonatlar  ishtirokida  reaksiya  yana  davom  etadi  va  kislota 

tarkibidagi  uchta vodorod o'rnin i kalsiy egallagan fosfatlar hosil bo'ladi:

C a ( H 2P 0 4)2  +  2  C a ( H C 0 3)2  =   Ca3( P 0 4)2  ■

  2 H 20   +  4 H 20 + 4 C 0 2.

Bunday  sharoitda  tu p ro q d a   hatto  gidroksil  apatit  va  ftorappa- 

titlarning  hosil  bo'lishi  h a m   mumkin.  Neytral  tuproqlarda  super­

fosfatning  tarkibidagi  fosfat  kislotaning  ikki  va  uch  almashingan  kalsiy 

fosfatlar hosil  qilishi orqali  kimyoviy yutilishi,  tuproqqa solingan o'g'it 

tarkibidagi  fosforning  harakatchanligini  kamaytiradi.

Shu  bilan  birga  yangi  c h o'ktirilgan  uch  a lm a sh in g a n   kalsiy 

fosfatlarning  kuchsiz  kislotalarda  ancha  miqdorda  eruvchanligi  va



o 'sim lik   to m o n id a n   o ‘zlashtiruvchanligi  ortadi.  N o r d o n   p o lu to r  

oksidlarga boy tuproqlarda kam eruvchan va shuning uchun o ‘simliklar 

tom on id an  qiyin  o'zlashtiriladigan  tem ir  va  aluminiy  fosfatlari  hosil 



b o iis h i  mumkin:

C a ( H


2P 0 4)2  +2A1(0H)3  =   2A IP04+   Ca(OH)2+  4H 20

H am m a  tuproqlarda  fosfat  kislotaning  bir  qismi  anionlari  musbat 

zaryadlangan  kolloid  zarrachalari  to m o nidan  (boshqa  a n io n la rg a  

almashingan holda asosan H C 0 3~) adsorbsiyalanadi va ular o'sim liklar 

tomonidan  o'zlashtiriladigan  holatda  saqlanadi

Tuproq  mikroorganizmlari  h am   bir  qism  fosfatlarni  biriktirib  olib, 

ularni  hujayra  plazmasiga  k o ‘chiradi.

Superfosfat  fosforining  kimyoviy  bog‘lanishini  uning  tuproq  bilan 



aralashuv  yuzasini  kamaytirish  hisobiga  amalga  oshirishda  o 'g 'itn i 

donador  qilib  chiqarish  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.



Donador  superfosfat. 

Uni  ishlab  chiqarish  uchun  tayyor u n s im o n  

mahsulotni  biroz  namlash  va  aylanib  turadigan  barabanda  quritish 

kifoya.  Bunda  har  xil  kattalikdagi  granulalar  hosil  bo'ladi.  D ia m e tri 

1  m m   dan  4  m m   gacha  bo'lganlari  ishlatish  uchun  yaroqli  b o 'lad i. 

D o n adorlangan  superfosfatning  bahosi  kukunsim ondan  b a la n d   va 

donador  o'g 'itn in g   ta ’siri  kukunsim onga  qaraganda,  ayniqsa  ekish 

vaqtida  urug',  ko'chat  va  tuganakka  yaqin  solinganda  ancha  yaxshi 

samara  beradi.

Donador  superfosfatni  eng  yaxshi  xomashyodan  tayyorlanadi,  u 

kam  miqdorda  namlikka  ega  (1—4%)  va  o'zlashtiriladigan  P

2O s  ning 

miqdorini  ko'pligi  —  19,5—22,0%,  nordonligi,  namligi— 1—2,5  % 

(kukunsimonda  5—5,5%  o'rniga)  va  eng  yaxshi  fizik  xossalari  bilan 

ajralib turadi,  bu kabi xususiyatlari  o'g 'itn ing yaxshi sepiluvchanligini 

ta ’minlaydi.

D onador superfosfatni  urug',  kartoshka  tuganaklari  va  k o 'c h a tla r -  

ning  ildizi  atrofiga  solish  yaxshi  samara  beradi.  Bir  sentner  d o n a d o r  

superfosfat  3  sentner  kukunsimon  superfosfatning  o'rnini  bosadi.

K onsentrlangan  superfosfat 

(ikkilam chi  va  uchlam chi).  O d d i y  

superfosfat  tarkibida  40%  kalsiy  sulfatning  bo'lishi  uning  transportg a 

sarflashi  xarajatlarini  oshirib  yuboradi.

Gipsni  h a m m a   tuproqlar  u ch u n   ballast  (oshiqcha)  deb  tu sh in ish  

to'g'ri  emas.  G ips t a ’sirida yaxshilanadigan  sho'rxak tuproqlar,  c h i m -  

podzol  va  ayniqsa  sulfatlari  hamda  u m u m a n   oltingugurti  kam  b o 'l g a n  

hamma tuproqlar uchun,  sulfat-ionlarga ega bo'lgan o'g'itlar,  n isbatan

13  -   A g r o k i m y o

193


samarali  hisoblanadi.  Ba’zi ekinlar masalan,  ko ‘p miqdorda oltingugurt 

o 'z la sh tirad ig a n   d ukkaklilar  va  butguldoshlar  u c h u n   superfosfat 

tarkibidagi  gips  juda  foydali.  Lekin  boshqa  xil  ko‘p  tuproqlar  va 

ekinlar  uchun  gips  deyarli  foydasizdir.  Shuning  uchun  superfosfat 

ishlab  chiqarishda  hamisha  gipsdan  qutilishga  harakat  qilinadi.

Oldin  fosfat  kislota  olish  uchun  fosforitga  sulfat  (past  konsen- 

tratsiyali  bo‘lsa  ham  b o ‘ladi)  kislota  bilan  ishlov beriladi  (bu  t o ‘g‘rida 

j 

oldinroq  to'xtalib  o'tilgan  edi).  Keyin  filtrlash  vo'li  bilan  H

3P 0 4ni 

gipsdan  ajratib  olinib,  u  bilan  yuqori  foizli  fosfat  xomashyoga  ishlov 



beriladi:  shu  y o i  bilan  konsentrlangan  superfosfat,  ya’ni  xomashyoda 

mavjud  bo'lgan  bir  oz  chiqindili  kalsiy  monofosfat  olinadi:

|Ca3(P04)2] , C a F 2+ 1 4 H 3 P 0 4+ 1 0 H 20 = 1 0 C a ( H 2P 0 4)2 H20 + 2 H F

Fosfat  kislotani  bu  uslubda  olishni  ekstraksion  uslub  deyiladi. 

Hozirgi  kunda  fosfat  kislota  olishning ancha  mukammalroq  uslubi— 

past  foizli  fosforitlardan  1400— 1600°C  da  elektr  pechlar  yoki  domna 

pechlarda koks yoki  antrasit  bilan fosforni haydab chiqarib olish  uslubi 

ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda.  Ajralib chiqqan  elementar fosforni 

suv  ostida  yig'ib  olinadi,  so‘ng  havo  ishtirokida  yondiriladi  va  hosil 

bo'lgan  fosfor  besh  oksidni  suvga  biriktiriladi:

I

P

20 - + 3 H 20   ->  2H3P 0 4 



|

Olingan  fosfat  kislota  faqat  konsentrlangan  superfosfat  olish 

uchungina ishlatilib qolinmasdan,  balki  boshqa qimniatbaho o ‘g‘itlarni 

olishda  ham  ishlatiladi.

Oddiy va  konsentrlangan  superfosfatlar fosfor miqdorini  ekvivalent 

liolda  olganda  hosilga  deyarli  bir  xil  ta’sir  qiladi.  Shuning  uchun 

konsentrlangan superfosfat afzalligi uni  idishlarga solish,  tashish,  saqlash 

va  tuproqqa  solishda  nam oyon  bo'ladi.  Lokal  ravishda  (uya-uyacha) 

solib o'g'itlashda  konsentrlangan  superfosfatning donador shakldagisini 

qo'llash  lozim.  Apatitli  konsentratni sulfat va fosfat  kislotalari  aralash- 

malari  bilan  parchalanganda  t o ‘yingan  superfosfat  olinadi,  uning 

tarkibida  23,5—24,5%  o'zlashtiriladigan  P

20 .   bo'ladi.  Uni  ham 

o 'g'itning  boshqa  turlari  kabi  ishlatiladi.  Superfosfatdagi  o'zlashtiri­

ladigan  P ,0 ,  ning  miqdorini  tahlil  qilish  uchun  uning  o'ichab  olingan 

qismidan 

2  xil  erittnasi  tayyorlanadi:  suvli  va  ammoniyning  limon 

kislotali  tuzidagi:  ikkinchisi  reaktivlardan  kalsiy  difosfatini  va  qisman 

aluminiy  va  ternir  fosfatlarini  eritadi,  keyingi  tuzlar  o'zlashtiriluvchi 

fosfatlarga  noo'rin  kiritiladi.  Shuning uchun  fosfat xomashyo  tarkibida



bir yarim  oksidlar qancha  ko'p  bo'lsa,  superfosfatni  baholovchi  ushbu 

uslubning  xatosi  shuncha  katta  bo'ladi.  Ba’zi  o ‘zlashtiriluvchi  fosfat 

kislota  miqdorini aniqlash uchun  neytral  limon  kislotasining ammoniyli 

tuzidan  foydalaniladi.

Bu  uslubning  kamchiligi  eritma  faqat  difosfatnigina  emas  balki 

trifosfatlarni  ham eritadi,  aslida esa trifosfat o'zlashtiriladigan  fosfatlar 

guruhiga  kirmaydi.

Shundan  ko'rinib turibdiki,  «o'zlashtiriladigan»  fosfor tushunchasi 

shartlidir,  buni  ustiga  bug'doy  va  grechixa  yoki  kanakunjut  va  xantal 

uchun  o'zlashtirilish  darajasi  bir xil  emasdir,  chunki  keyin  nomlangan 

o'simliklar g'allasimonlarga  nisbatan  oziqlanish  uchun  qiyin  eruvchan 

tuziardan  ham  foydalanishi  mumkin.

Yarim  eriydigan  fosfatlar

(Ikki almashingan fosfatlar)

P re sip ita t.  Yuqorida  kalsiy  va  m agniyning  ikki  alm ashingan 

fosfatlaridagi  fosforning  o'simliklar  tomonidan  o'zlashtirilishi  haqida 

mulohaza  yurtilgan  edi.  Jahon  amaliyotida  ikki  almashingan  kalsiy 

fosfat  oldindan  superfosfatga  nisbatan  bir  oz  kam  b o l s a d a ,  lekin 

keng  ishlatilayotgan  o 'g 'itla rd a n   biri  hisoblanadi.  Buni  shunday 

tushuntirish  mumkinki,  superfosfatni  lokal  (uya-uyacha)  ham  asosiy 

o'g'it  sifatida  ham,  zaruriy  bo'lganda  hatto  oziqlantirish  uchun  ham 

(tuproqqa  chuqur  qilib  solish)  ishlatiladi.

Presipitat  esa  asosiy  o'g'itlar  sifatida  dalaning  yuza  qismiga  tekis 

sochish  va  kerakli chuquiiikka kultivator yordamida  kiritiladi.  O'simlik 

asosiy  o'g'itning  fosforidan  kuchli  ildiz  tizimini  hosil  qilib  olgandan 

keyingina  oziqlana  boshlaydi.  Lokal  (uya-uyacha)  solinadigan  o'g'it 

ildiz  tizimi  uncha  taraqqiv  etmagan  yosh  maysalarning  oziqlanishi 

uchun  xizmat  qiladi.

Peresipitat  ko‘p  xil  tuproqlarda  asosiy  o'g'it  sifatida  ishlatilganda 

superfosfat  kabi  samarali  bo’ladi.  N ordon  tuproqlarda  u  hosilga  t a ’siri 

jihatidan  hatto superfosfatdan  ham  yuqor samara beradi,  chunki  nordon 

tuproqlarda  superfosfat  retrogradatsiyaga  duch  keladi  va  presipitatga 

nisbatan  uning  ko'proq  miqdori  polutor  oksidlarning  fosfatlariga 

aylanadi.  Presipitat  fosfat  kislotani 

ohakli  suv  (kalsiy  gidroksidini 

suspenziyasti)  bilan  neytrallab  olinadi:

H , P 0

4  +  Ca(OH ),  -   C a H P 0 4  •  2H 20



P

2Os  ning  presipitatdagi  miqdori  dastlabki  xomashyoning  sifatiga 

bog'liq  holda  25—27  dan  30—35%  gacha  bo'ladi.  U   ammoniyning 

limón  kislotali  tuzida  eriydi  va  o'simlik  tomonidan  o'zlashtiriladi. 

U ni  superfosfatni  yerga  solish  m e ’yori  q an cha  b o 'lsa,  sh un cha 

miqdorda  solinadi. 

Presipitat  yaxshi  fizik  xossalarga  ega,  yopishib 

qolmaydi  yaxshi  sochiladi.  Tashqi  ko'rinishidan  oq  yoki  och  kulrang 

kukun.


Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling