0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
#19860
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59

H 3P 0 4 + H 4P20 7 



H 5P3O 10+ H 2O;

H 5P


3O l0 

j a


  >  3HP0_,+H20   va h.k.

Bu reaksiyalarda  kondensatsiya jarayoni sodir b o iib ,  (fosfat kislotani 

molekulalarini  suv  ajratib  chiqarish  yo'li  bilan  tig'izlashuvi),  shuning 

uchun  polifosfat  kislotalarni  kondensatsiyalangan  ham   deb  yuritiladi.



Q a to r  polifosfat  kislotalarni  H P 0 3  —  m eto fo sfat,  H 4P 20 7  — 

pirofosfat,  H 5P 3O 10  — tripolifosfat,  H 6P 40 I3—  tetropolifosfat kislo talar 

tarzida yozish m um kin.  0 ‘g‘itdagi P 20 5 ning m aksim al konsentratsiyasi 

83%  ni  tashkil  qiladi.

Polifosfat  k islo talar  tabiiy  yoki  b u til  k a u c h ik   yoki  p o ‘la td a n  

ishlangan sisternalarda (ternir yo‘l yoki avtom obillarda) tashiladi.  Sobiq 

Ittifoqda  dastlab  polifosfatlar  1964-yilda  olingan  edi.

Polifosfatlar  (um um iy  form ulasi  H n+2P n0 3n+1)  ipsim on  p o lim e r 

b o ‘lib,  tarkibida  yuzlab  P 0 4  lar  bo'ladi.  T arkibida  m inglab  sh u n d a y  

guruhga  ega  b o ‘lgan  ultra  polim erlar  ham   uchraydi.

Polifosfatlar ishlab chiqarishda dastlabki xom ashyo sifatida ekstrak- 

sion  uslubda  olingan  konsentrlangan  ortofosfat  kislota  yoki  term ik  

yo‘l  bilan  olinadigan  elem entar  fosfor  xizm at  qiladi.

G ranulalangan  am m oniy fosfatni  (15—62—0)  m arkadagi  re a k to r- 

larda bosim ostida superfosfat  kislotani  (76—77%  P20 5)  am m onizatsiya 

qilish  y o ii  bilan  olinadi.  Suyuq  massa  g ranulalanadi,  sovitiladi  va 

elanadi.

Bu  o ‘g ‘it  q attiq  holatda  ishlatiladi  yoki  tez  eruvchan  b o ‘lganligi 

sab ab li  suyuq  va  su sp en ziy alang an   o ‘g ‘itla r   tark ib ig a   k iritilis h i 

m umkin.


Polifosfatlarning tuzilmaviy xususiyatlari ularning tarkibiga m in erai 

oziq  elem entlarning  bir  nechtasini  (azot,  kalsiy,  kaliy)  va  m ik ro ele- 

m entlarni  kiritish  im konini  beradi.  Bu  narsa  bu  yo ‘nalishdagi  ta d q i- 

qotlarni davom ettirish va shu xildagi yangi xil o ‘g'itlarni olish istiqbollari 

borligini  ko ‘rsatib  beradi.  Polifosfatlar  tuzilm asidagi  m axsus  x u s u ­

siyatlari  tupro q da  fosfor  rejimini  aniqlash  va  ularni  tu proqlar  xiliga 

qarab  agrokim yoviy  nuqtayi  nazardan  sam ardorligini  belgilash  im - 

koniyatini  beradi.

M ikroelem entlarni  polifosfat  m olekulalari  tarkibiga  kiritish  irn k o - 

niyati  bo‘lganligi  sababli  bu  o 'g 'itlarn ing   q im m ati  ortadi.  T a d q iq o tlar 

shuni ko‘rsatadiki,  ammoniy tripolifosfati tarkibiga ruh m ikroelem entini 

kiritish uni  kiritm asdan  berilgan  o ‘g ‘itga  n isbatan  zig‘ir urug‘i  h o silin i 

18%  ga  oshirishini  ko'rsatadi.  Ruhni  a m m o n iy   ortofosfatga  k iritish 

urug‘  m ahsulotini  yanada  oshishiga  sabab  bo'ladi.

Kaliy  trip o lifo sfat  tarkibiga  m arg a n esn i  kiritish  bu  o ‘g ‘itn in g  

sam aradorligini  oshirdi:  uzun  tolali  zig‘irning  um um iy  hosili  (M n   siz 

o ‘g ‘it qoilagandagidan)  24%,  urug‘  bo‘yicha hosili 29%,  poya b o ‘y icha 

hosili  22%  ga  oshishiga  olib  keladi.  M arganessiz  q o ‘shim cha  h o sil 

o ‘zaro  mos  holda  14,14  va  15%  ni  tashkil  qildi.


Karbonatli  kulrang  tuproqda vegetatsion  tajribalar orqali  isbotlan- 

ganki,  m akkajo'xorining  hosili  bir  idish  hisobiga  kaliy  tripolifosfat 

q o ila g a n d a   12,2  g  ga  oshsa,  kaliy  tripolifosfat  va  ruh  q o ila n g a n d a  

17  g  gacha  k o 'p ay ar  ekan.

Polifosfatlarning  o ‘simlik  uchun  o ‘zlashtiruvchanlik  darajasi  ular- 

ning  tuproqda  gidrolizlanish  darajasiga  b o g iiq .  Bu jarayonga  harorat, 

biologik  faollik,  p H ,  tuproqning  m inerai  tarkibi  ta ’sir  qiladi.

Tuproqda  polifosfatlar,  ortofosfatlarga  nisbatan  ternir,  aluminiy, 

m arganeslar bilan  erim aydigan  birikmalar  hosil  qiladi.

Ular  kalsiy  va  m agniy  bilan  tezroq  ta ’sirlanib,  am m oniy  tutuvchi 

kompleks birikm alar hosil  qiladi  (asosan  pirofosfatlar),  ular o ‘simlikni 

a z o t  va  fo sfo r  b ila n   q a n o a tla n tir a d ig a n   m a n b a   h is o b la n a d i. 

Polifosfatlarning  tuproqdagi  harakatchanligi  ortofosfatlarga  nisbatan 

kichik,  chunki  ular  tuproq  minerallari  bilan  faolroq  ta ’sirlanadi,  lekin 

u  ko ‘p  jih atd an   fosfat  shakliga  qaraganda  tuproqning  xossalariga 

ko'proq  b o g iiq   b o ia d i.  Polifosfatlar kationitlar xossalariga  ega b o iib , 

u la r  kalsiy  va  b o sh q a   k a tio n la rn i  N H 4+  va  H +  ga  alm ashin ib 

adsorbsiyalash  qobiliyatiga  ega.

Kimyoviy jih atd an  polifosfatlar o ‘zaro  bir-birlariga juda  o'xshash, 

ularni  faqat  xrom otografiya  y o ii  bilan  ajratish  m umkin.

Tuproqda  piro  va  tripolifosfatlar ternir  ham da  alum iniy birikma- 

larini eritadi,  shu  orqali  bu kationlarning ortofosfat shaklda cho‘kishiga 

halaqit  beradi.  Pirofosfatlarning  kalsiy  va  magniy  bilan  ta ’sirlanishi 

natijasida o'sim liklar u ch un yaxshi o'zlashtiriladigan tuzlar hosil qiladi. 

Tuproqning  sterilizatsiyasi  har  xil  tuproqlarda  triam m oniy  —  pirofos- 

fatning  gidroliz  darajasini  keskin  kamaytiradi. 

Tripolifosfatlarning 

o rto -  va  pirofosfatlarga  nisbatan  tuproqda  tezroq  harakatchanligini 

isbotlovchi  kuzatuvlar  bor.

Istiqbolli  m urakkab  o ‘g ‘itlar  orasida  polifosfatni  qayd  etish  joiz, 

uning  tarkibida  15%  N  va  60%  P20 5  b o ia d i.  A m m oniy  polifos­

fatlarning  sam aradorligini  yuqori  darajadaligi  uni  0 ‘rta  Osiyoning 

karbonatli tuproqlarida,  Q ozogiston,  Kuban,  M oldovo va  Ukrainaning 

janubiy  hududlarida  q o ila s h   mumkin.

Aralash  o 'g itla r   ishlab  chiqarishda  am m oniy  polifosfatlar  o'zini 

yaxshi xomashyo o ‘g ‘it sifatida namoyon qiladi.  Ularga ammiakü selitra 

va  kaliy  xlorid  q o 'sh ib ,  uchlam chi  o ‘g‘it  tayyorlanadi,  unda  12%  H, 

24%  P20 5  va  24%  H 20   b o ia d i.

Am m oniy  polifosfatga  m ochevina  va  kaliy  xlorid  qo'shganda  bu 

m oddalarning m iqdori  20%  dan bo igan o ‘g‘it ishlab chiqarish mumkin.



Kaliy  m etafosfat. 

Qumoq  chim -p o dzo l  tuproqlarda  kartoshka  va 

qand  lavlagisi  ekiladigan  m aydonlarga  kaliy  m etafosfat  solinganda, 

ularning  hosiliga  ekvivalent  m iqdorda  o d d iy   o ‘g‘it  solingandagiga 

qaraganda ancha yaxshi  ta’sir etishi isbotlangan.  Og‘ir mexanik tarkibli 

c h im -p o d zo l  tu p ro q la rd a   karto sh k a  va  a rp a   m aydonlariga  kaliy 

m etofosfatni  sepish  va  uya-uyaga  solinganda  (azot  fonida)  hosilga 

kaliy  xloridli  superfosfat  qanday  t a ’sir  etsa ,  xuddi  shunday  t a ’sir 

ko'rsatar  ekan.

Uzun tolali zig‘ir bilan o‘tkazilgan tajriba shuni  ko'rsatadiki,  fosfor 

metofosfat  va  superfosfatdan  bir  xilda  o'zlash tiriladi,  kaliy  esa  KC1 

dan  yaxshiroq  o ‘zlashtirilishi  aniqlandi.

Kuchli  qoratuproqda  (Harkov  viloyati)  kaliy  m etofosfatning  q a n d  

lavlagisi  va  bug‘doyga  ko'rsatadigan  ijobiy  t a ’siri  nuqtayi  nazard an  

superfosfat  va  kaliy  xlorid  aralashm asining  ko'rsatadigan  ta ’siriga  ten g  

ta ’sir  ko'rsatdi.



SUYUQ   VA  SUSPENZIYALI  0 ‘G ‘ITLAR

Suyuq  kom pleks  o ‘g‘itlar  (SK O ')  ga  tarkibida  ikki  yoki  uch  xil 

birinchi  darajali  oziqa  element  (N ,  P,  K)  lar,  ikkinchi  darajali  o ziq a 

elem entlari  (C a,  Mg,  S)  va  niikroelem ent  (F e ,  M n,  B,  Cu,  M o,  C o ) 

lar  b o ig a n   eritm alar  kiradi.

T adqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  qattiq   va  suyuq  kompleks  o ‘g ‘it- 

larning o ‘sim likka ta ’siri  deyarli  bir xil  boMadi.  Polifosfat  kislotalardan 

tayyorlangan  SK O ‘  ning samaradorligi  asoslar bilan to ‘yingan karbonatli 

va  boshqa  tuproqlarda  ancha  yuqori  boMadi.

SK O ‘  ning  samaradorligi  nordon  tu p ro q la r  (qizil,  c h im -p o d zo l 

tuproqlar)  da  uya-uya  qilib  solinganda  oshadi.

SK O ‘  m inerai  o ‘g‘itlarning  eng  istiqbolli  xillaridan  hisoblanadi.

SK O ‘  ning  olinishini  prinsipial  (tam oyilli)  sxemasi  fosfat  kislotani 

am m iak  bilan  pH   6,5  gacha  neytrallash  (ekstraksion  yoki  te rm ik ) 

hisoblanadi.

Neytrallovchi  m odda  sifatida  olinish  sxemasiga  qarab  suvli  yoki 

suvsiz  am m iak  ishlatiladi.  Foydalanadigan  fosfor  shakliga  k o 'ra   ikki 

xil  SKO‘ turlari uchraydi:  ortofosfor kislotadan olinadigan va suprfosfor 

kislotadan  olinadigan  SKOMar.

SK O ‘  dagi  azotning  m iqdorini  oshirish,  unga  ammiakli  selitra, 

m ochevina  yoki  mochevinaning  am m iakli  selitra  bilan  aralashm asini 

qo ‘shish  orqali  erishiladi.

18  -   Agrokim yo

273


Ortofosfat  kislota  negizida  olingan  SK O ‘  deyarli tiniq  suyuqliklar, 

superfosfat  kislota  negizida  olingani  esa  loyqali  eritm alar hisoblanadi. 

Superfosfat  negizidagi  azotli  fosforli  SK O'  larning  konsentratsiyasi 

ortofosfat  negizida  olinadiganlardan  ancha yuqori  bo'ladi  (60-jadval).



60-jadval

O rtofosfat  k islo ta  va  superfosfat negizida  olinadigan suyuq 

o ‘g ‘itlarning tarkibidagi  N :P 20 5:K20   larning  o ‘zaro  nisbati

N :P 20 5:K20



O rtofosfat kislotasi

negizida


Superfosfat negizida

1

4 :1 :0

16 -4 -0

2 4 - 6 - 0

2

3:1:0

18-6-0

2 4 - 8 - 0

3

2:1:0

16 -8-0

2 2 - 1 1 - 0

4

1:1:0

1 3 - 1 3 - 0

1 9 - 1 9 - 0

5

1:2:0

9 - 1 8 - 0

1 5 - 3 0 - 0

6

1:3:0

8 - 2 4 - 0

1 2 - 3 6 - 0

Eslatma.  M ochevina  va  ammoniyli  selitra  eritm asidan  SK O ‘  ning 

q o ‘shimcha  kom p on enti  sifatida  foydalaniladi.

Polifosfatlar ekstraksion fosfat kislotani ammonizatsiyalash va biroz 

m iqdor superfosfat  (kaliysiz  SK O ‘  uchun  20%,  kaliyli uchun esa 30%) 

q o 'sh g a n d a   c h o 'k a d ig a n   c h iq in d ila rn i  em u lsiy alay d i,  bu  narsa 

ekstraksion  negizda  olin ad ig an   S K 0 ‘  ni  tiniqlashtiradi  (loyqasiz- 

lantiradi).



Uchlamchi  suyuq  o ‘g ‘itlar  olish. 

Uchlamchi  suyuq  o'g'itlarn i  issiq 

va  sovuq  aralashtirish  uslublarida  olinadi.

1.  Issiq  aralashtirish.  Fosfat  va  polifosfat  kislotalarni  gazsim on  va 

suyuq  am m iaklar  bilan  neytrallanadi  ham da  olingan  aralashm aga 

b o sh q a   k o m p o n e n tla r  q o 's h ila d i  va  e ritila d i.  A zotli  va  kaliyli 

kom ponentlar  sifatida  28—0—0  yoki  32—0—0  markali  m ochevinali- 

am m oniy-nitratli  e ritm a d a   va  kaliy  xlorid  ishlatiladi.

2.  Sovuq  aralashtirish  —  dastlab  tayyorlab  olingan  eritm alarni 

m exanik  aralashtirishdir.  Sovuq  aralashtirishda  am m oniy  fosfatlari  va 

qattiq diammoniyfosfat  ishlatiladi.  Azotli va kaliyli kom ponentlar xuddi 

issiq  aralashtirishdagidek  tarkibli  b oladi.



E n g   k o ‘p  ta r q a lg a n   10—3 0 —0  y o k i  11 — 3 7 —0  a m m o n iy  

polifosfatning  m ochevinali-am m oniyli-nitrat  (N   m iqdori  28,3  y o k i 

32%  bo'lgan) va kaliyli eritmalar bilan aralashm asidir.  H am m a tark ib iy  

qismlar aralashtiruvchi kameraga solinadi.  Sovutishning hojati b o im a y  

q oladi,  sh un in g  u c h u n   issiq  uslubda  ishlab  chiqarishga  n isb a ta n  

xarajatlar ikki  baravar kamayadi.  15—62—0  qattiq  am m oniy polifosfat 

h am   suyuq  o 'g 'i tl a r   ishlab  c h iq a rish d a   ish latilish i  m u m k in   U n i 

aralashtirish  ja ra y o n id a   m a’lum   pH   ch eg arasiga  olib  b o rg u n c h a  

am m onizatsiyalanadi.

H ar xil m arkali  SK O '  larga q o 'shim ch a  azot  m ochevina,  am m iak li 

selitra  yoki  h a r ikkala  kom ponentni  b ird an  solish yo‘li  bilan  k iritiladi.

M ochevina  va  am m oniy  nitratlarning  eritm alarini  qattiq  g ra n u l- 

langan m ahsulotlarni  suv bilan aralashtirib olish m umkin.  Lekin u la rn i 

bevosita  zavodlarda  olish  iqtisodiy jih a td a n   ancha  tejamli  b o ‘ladi.

Polifosfat  k islotalarni  hozirgi  k u n d a  k o ‘proq  m iqdorda  su y u q  

o ‘g‘itlar  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.  A m m oniylashgan  term ik  kislo- 

tala rn in g   0°C  dagi  eruvchanligi  a m m o n iy la sh g a n lik   d a ra ja si  va 

konsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi.  76%  P2O s li  polifosfat kislotalarning 

eritmasidagi  fosforning  deyarli  yarm i  polifosfat  shaklida  b o ‘ladi:  u la r 

oziqa  elem entlari  konsentratsiyasi  46%  d a n   oshm aydigan  d arajag a 

yetguncha eriydi. Bu eritmaning tarkibi (% hisobida)  10—34—0 (N:P20 5 =  0,30) 

bo'ladi.


Tarkibida  78  d an  80%  gacha  P2O s  b o ‘lgan  kislotalardan  fo y d a- 

lanilganda  11—37—0  tarkibli  (N :P 20 5  =   0,30)  eritm a  olinadi.

Eritm ada  polifosfatlarning  ortofosfatlargacha  gidrolizlanishi  y u z  

beradi,  uning  darajasi  harorat  past  b o ‘lganda  past,  harorat  o sh ish i 

bilan  yuqori  b o 'lad i.  Uzoq  m uddat  issiq  o b -havo da  saqlash  g id ro lizn i 

kuchaytiradi.  10—34—0  o ‘g‘itni  uzoq  vaqt  saqlash  va uning  tark ib id a 

m agniy  c h iq in d isin in g   k o'p   b o ‘lishi  n a tija sid a   m agniy  a m m o n iy  

polifosfat (N H 4)2M gP20 7 -4H20  ning kristallarini cho'kishiga olib kelishi 

m um kin,  bu  kristallar  tez  ko ‘payadi.  11—37—0  tarzida  20%  li  P20 3 

qo'shish kristallizatsiyani susaytiradi va o ‘g ‘itni saqlash m uddatini besh 

haftadan  uch  oygacha  oshiradi.  Fosfat  kislota  negizidagi  S KO'  qiyosiy 

jihatdan  oziqa  m oddalarini  um um iy  m iqdori  bo‘yicha  uncha  y u q o ri 

bo‘lmagan  (24—30%)  ko'rsatgichga  ega  b o ‘ladi,  chunki  past  h a ro ra td a  

yuqoriroq konsentratsiyadagi eritm alarda tuzlarning kristallizatsiyasi yuz 

beradi  va  ularning  cho'km asi  hosil  b o ia d i.

O datda,  9:9:9,  7:14:2,  6:18:6,  8:24:0  va  boshqa  xil  tarkibli  S K O ‘ 

lar ham   ishlab  chiqariladi.


Polifosfat  kislota  negizida  oziq  moddalarning  miqdori  40  %  boigan 

SKO'  lar ishlab chiqariladi.  Bunday SKO'  larning asosiy (negiz)  eritmasi 

10—34—0 v a l í —37—0  bo'ladi.  Bu  eritmalar uchlamchi  SKO'  lar ishlab 

chiqarish uchun ishlatiladi,  ularga  mochevina,  ammoniyli selitra va kaliy 

xlorid  qo'shiladi.  K o'rsatib  o'tilgan  eritmalarning  zichligi  1,35—1,4, 

kristallizatsiya  harorati  — 18°C  bo'ladi.  Ularni  uzoq  muddatda saqlashda 

har qanday noqulay o'zgarishlar (hatto haroratning eng keskin o'zgarishlari) 

bo'lib  o'tganda  ham   o'g'itning  o'zgarishi  yuz  bermaydi.

SKO'  tarkibida  erkin  N H ,  bo'lmaydi,  shuning  uchun  uni  dalani 

yuza  qismiga  har  qanday  tuproqqa  islilov  beradigan  moslama  yorda- 

mida:  diskali  b arona,  kultivator,  om ochlar  bilan  purkash  m umkin. 

Maxsus m ashinalar yordam ida SKO'  ni uya-uyaga,  tasmasimon tarzda 

h ar  qanday  ekinga,  ayniqsa  chopiq  olib  boriladigan  ekinga  solish 

mumkin.  SKO'  dan sug'oriladigan  maydonlarga ega bo'lgan tumanlarda 

foydalaniladi.

SKO'  lardan  foydalanish  o'g'itlarni yuklash va tushirish  ishlarining 

hammasini to'iiq  mexanizatsiyalash, tashish,  saqlash va tuproqqa solish 

jarayonlarida  isrofgarchilikning  oldini  olish  im konini  beradi.  Yana 

suyuq  kompleks  o 'g 'itla rn in g   qator  ustunliklarini  keltirish  m umkin, 

ular jumlasiga:  dalada  o'g'itlarning  taqsimlanishini  avtom atik  nazorat 

qilish  im koniyatini  beradi,  o'g'itning  yuqori  darajada  teng  taqsim - 

lanishiga,  u  esa  o'sim liklarning  bir  xil  m uddatda  pishib  yetilishiga 

bog'liq  holda  yig'im -terim dagi  isrofgarchilikning  oldini  olishga  olib 

keladi.


Shuningdek, yana bir ustunlik SKO'  larda gerbitsitlar,  insektitsidlar, 

m ikroelementlar  va  o'sishni jadallashtiruvchi  m oddalarni  ham   qo'shib 

solish  mumkinligi  ham dir.  Bundan  tashqari,  SK O '  olish  uchun  quruq 

o'g'itlarga  nisbatan  h a r  bir  tonna  o'g'it  hisobidagi  miqdorga  kamroq 

kapital  xarajat  qilinishi  isbotlangan,  bu  narsa  ishlab  chiqarishning  tex- 

nologik jarayonining  b a ’zi  bosqichlarini  qisqartirish  imkonini  yaratadi.

Suyuq o 'g'itlarning iqtisodiy samaradorligi  shubhasizdir.  SKO'  larni 

ishlab  chiqarish  sexlarini  qurilishiga  qattiq  quruq  o'g'itlarga  nisbatan 

20—30%  kam  (quritish va granulalash zarurati  y o 'q ) xarajat sarflanadi.

Hatto  bir  xil  qim m atga  ega  bo'lgan  SK O '  va  qattiq  o 'g'itlarda 

ham   SK O'  ni  qo 'llashd a  m ehnat  xarajati  3—3,3  barobar  kam  bo'ladi.

Bunda  ayniqsa  o 'g 'itla rn i  ortish-tushirish  va  tashish jarayonlarida 

katta  m iqdor  iqtisod  qilinadi.  SKO'  ni  yetkazish  va  tuproqqa  solish 

qattiq  o'g'itga  nisbatan  2,0—2,5  barobar  arzonga  tushadi.  Hisoblar 

shuni  ko'rsatadiki,  S K O '  eng  yuqori  iqtisodiy  sam araga  ega.


SK O'  ni  tuproqqa  solish  uchun  m avjud  b o ‘lgan  amm iakli  suv, 

gerbitsidli—ammiakli o ‘g‘itlarni solish m ashinalaridan ham  foydalanish 

mumkin.

Lekin  SK O'  ni  tatbiq  qilish  nihoyatda  yuqori  darajadagi  sur’atga 



ega  bo'lgan  m ashinalarni  ishlab  chiqarish  zaru ratini  taqozo  qiladi. 

Bunda  SK O'  (ayniqsa  suspenziyalanganlari)  yuqori  darajadagi  k orro - 

zion  faollikka  ega  ekanligini  e ’tiborga  olish  joiz.

Kelajakda o 'g 'itla r  ichida  SK O ',  b a’zi  tu m an iard a  esa asosiy  o 'g 'it 

shakli  bo'lib  qoladi.  S K O ‘  o'zining  agronom ik  sam aradorligi  bo'y ich a 

qattiq  o'g'itlardan  kam  emas.  U lardan  foydalanish,  ayniqsa  karbonatli 

b o ‘z  tuproqlar  va  boshqa  ishqoriy  reaksiyali  tuproq lard a  istiqbolli 

hisoblanadi.

M DH  davlatlari  orasida  SK O '  larni  q o 'lla sh   hududlari jumlasiga: 

Belorusiya,  Ukrainaning qandlavlagi ekiladigan viloyatlari,  Rossiyaning 

Markaziy,  M arkaziy-qoratuproq viloyatlari  h am d a sug'oriladigan d eh - 

qonchilik  hududlari  kiradi.

SK O'  larni  solish  m uddati,  uslubi  va  m e ’yorini  aniqlash  m uhim  

ahamiyatga ega bo'ladi.  SK O'  ning fosfori  q attiq   o 'g ‘itlarning ortofos- 

fatlariga  nisbatan  suvda  yaxshi  eriydi,  shu  sababli  yuza  oqim   bilan 

tez  yuviladi.  Shuning  uchun  SK O ‘  ni  solishda  relyefni  hisobga  olish 

lozim.

Suspenziyalangan  o ‘g ‘itlar. 

Suyuq  o 'g 'itla r  ishlab  chiqarishda  eng 

m u h im   q iy in ch ilik lard an   biri  m a h su lo tn i  q a ttiq   m o d d ala r  hosil 

bo'lishidan xolis qilish zaruratidir,  chunki suspenziyalar tarkibida suvda 

eruvchi  tuzlarning  kristallari  va  erim aydigan  yoki  yom on  eriydigan 

m oddalarning  zarrachalari  bo'ladi.

Suspenzilangan  suyuq  o 'g 'itla r  u c h u n   b u n d a y   ch iqindilarning 

bo'lishi  salbiy  aham iyatga ega  bo'lm aydi,  ch u n k i  suspenziyani  kolloid 

loy  (2%  gacha  m uallaq  zarrachali  m ahsulot  olgunga  qadar)  qo 'shib 

tayyorlanadi.

Suspenzilarning ham m a  m arkalari,  ularga  o'xshash  tiniq  suyuqlik- 

larga  nisbatan  oziq  m oddalarining  m iqdorini  yuqori  darajada  bo'lishi 

bilan  ajralib turadi h am da quruq  aralashm alar bilan qiyoslash  m um kin 

bo'ladi.  Kristallning va  qattiq  zarrachalarning  cho'kishini  oldini  olish 

ham da  SK O'  dagi  oziq  m oddalari  konsentratsiyasini  oshirish  uchun  

ularga  barqarorlovchi  m oddalar-kolloid  loylar  qo'shiladi,  ular  o 'ta  

to'yingan  eritm alarda  qattiq  fazani  c h o 'k m ag a  tushishidan  saqlaydi.

O 'g'itlarni  bazisli  (negizli)  suspenziyalashda  12—40—0  tarkibga 

ega  va  uning  asosida  har  xil  tarkibli  u ch lam ch i  SK O '  (15—15— 15,


10—30—10,  9—27— 13  va  boshqalar)  tayyorlash  mumkin.  Suspen- 

ziyaning  z ic h lig i  2 —3  hafta  saq lan g an d a  1,4—1,5  b o 'lib ,  oson 

quyuqlashadi va  qatlam lanadi,  shuning uch u n ularni bu m uddat orali- 

g'ida  tayyorlash  lozim   bo'ladi.

Suspenziyani  tashish  va  yerga  solish  uchun  maxsus  m ashinalar 

kerak.


Suspenziyalangan  12—40—0  tarkibli  o ‘g ‘itni  olish  uchun  term ik 

superfosfat kislotani  (80%  P20 5  li)  am m oniylashtiriladi va  3%  (og'irlik 

hisobida)  kolloid  loy  qo'shiladi.

Bunday  o ‘g ‘it  0  dan  27°C  gacha  haroratda  3  oygacha  saqlanadi, 

lekin— 18°C  qattiq  bo'lib  qoladi.  36  °C  da  saqlash tez  orada  o ‘g‘itning 

gidrolizlanishiga va diam m oniy fosfat  (N H 4)2H P 0 4 ning hosil boiishiga 

olib  keladi.

Qo'shiladigan loyning kamayishi kristallizatsiyani susaytiradi,  lekin 

o'g 'it  sifatini  yom onlashtiradi.

Demak,  suyuq  va  suspenziyalangan  o 'g 'itla rn i  yangi  tayyorlangan 

holda  uzoq  m uddat  saqlam asdan  qo'llash  yaxshi  samara  beradi.

10—34—0  bazali  m ochevinali-am m oniyli-nitrat  eritmasi,  quruq 

mochevina va kaliy xlor negizida tayyorlangan suspenziya quyidagi tavsifga 

ega boiadi:  tarkibi  (%  hisobida)  13—13—13,  zichligi  1,427,  pH  6,39,  loy 

ulushi  3%.  Uzoq  m uddat  o'zgaruvchan  haroratda  (0-30°C)  mahkam 

yopilgan  idishlarda  saqlaganda,  suspenziya  qatlam-qatlam  bo‘lib  qoladi, 

lekin  aralashtirganda  yana bir xil  konsistensiyaga  o ‘tadi.

M ochevina dozasini oshirish yo'li bilan 9—9—9 tarkibli  o ‘g‘it olish 

m umkin,  uning kristallizatsiya harorati—18°C bo'ladi.  Sovuq sharoitda 

aralashtirish  y o 'li  bilan  o ‘g ‘itni  1 — 15—30  tarkibda  m ochevinali- 

am m oniyli-nitratda  12—40—0  eritma  negizida  tayyorlash  im konini 

beradi.


Tarkibiga  am m o n iy  polifosfat  kiradigan  suspenziyalarga  m ikroele- 

mentlarini ham  kiritish  mumkin.  12—40—0 amm oniy polifosfat negizida 

m o c h e v in a li-a m m o n iy li-n itra t  (32—0 —0)  va  kaliy  eritm alarid an  

tayyorlangan  15— 15— 15 tarkibli suspenziya hisoblanadi, unga  mikroe- 

lem entlarni:  0,35%   B  ni  N a 2B40 7-  5H 20 ;   1,2%  Cu  ni—C u S 0 4 ■

  H 20 ; 

1,2%  Fe  n i - F e 2( S 0 4)3-  9H 20 ;   0,34%  M n  n i - M n S 0 4 H 20 ;   2,5%  Zn 

ni—Z n S 0 4  tarzlarid a  kiritish  m um kin.  13—13—13  tarkibli  loychil 

suspenziyaga  m ikroelem entlar  (marganes,  ruh,  mis,  kobalt,  m olibden 

va  b o r)n i  a lo h id a -a lo h id a   h am d a  h a m m a sin i  birgalikda  kiritish  

m um kin.  K iritilgan  m ikroelem entlarning  m iqdori  qishloq  xo'jaligi 

talablariga  m os  kelishi  lozim   ( 6 1 - jadval).



13—13— 13  suspenziyadagi  m ikroelem entlarning  miqdori

M ikroelem ent  tuzi



M ikroelem ent 

k iritish  

m e’yori  (60  kg 

P20 5  ga kg 

hisobida

T ay y o r 

m ahsulotda 

m ik ro elem en t 

k o n se n tra tsiy a si 

{% hisobida)

Suspenziya- 

ning 

barqarorligi 



(kun  hisobida)


Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling