0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-son qarori


Download 17.43 Kb.
Sana13.09.2020
Hajmi17.43 Kb.
#129521
Bog'liq
1-maruza


1 маъруза

Reja


  1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-son qarori.

2.Sh.Mirziyoyev. “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 2017-yil 15-fevraldagi Farmoni

0‘zbekiston davlati mamlakatda insonlarning yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol ishtirok etish, oilasi, kasbi, Vatanini sevish kabi ijobiy hislatlami jo qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Shu bois ham jamiyat taraqqiyotiga tegishli bo‘lgan barcha sohalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-son qarori ana shunday ulug‘ maqsadlarga qaratilgan. Bu qaror aholining, ayniqsa, bolalar va yoshlaming intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun zarur zamonaviy, ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-ma’rifiy muassasalar yaratish maqsadida qabul qilgan. Mazkur qaroming 2-ilovasida, ya’ni, “Madaniyat va aholi dam olish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomning “Umumiy qoidalar”ida “Aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganish hamda madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan xilma-xil xizmatlar ko‘rsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy san’at bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish Markazning asosiy faoliyati hisoblanadi”1, deyilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, madaniyat va aholi dam olish markazlarining faoliyati juda keng masshtabni egallaydi. Demak, bundan shunday xulosa chiqadiki, markazlarda tashkil etiladigan tadbirlaming asosi bo‘lmish mukammal ssenariy yaratish muhum vazifadir.



Sh.Mirziyoyev. “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 2017-yil 15-fevraldagi Farmoni

Рadikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning о‘sib kelayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy-ommaviy

tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ishlami tashkil etish”3ga muhim ustivor masala sifatida qarashimiz lozimdir.

Madaniy tadbirlarni tashkil etish, uning dramatik manbasini yaratish, uning inson tarbiyasida tutgan roli masalalari juda ko‘p tadqiqotchilami o ‘ziga tortgan. Jahon hamjamiyati tajribalari va ilg‘or texnologiyalarining ham ushbu sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi katta. Jumladan, madaniy-ma’rifiy ishlar dramaturgiyasi bo‘yicha D.Genkin, A.Konovich, L.A.Chechyotin, S.K.Borisov va yana bir qator olimlarning ishlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Shuningdek, Haydar Muhammadning “Ssenariynavislik mahorati” (Т., 2009), V.Rustamovning “Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari” (Т., 2013), B.Sayfullayev va J.Mamatqosimov hammuallifligida yaratilgan “Aktyorlik mahorati’' (Т., 2012), F.Ahmedov. “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari”. Т.: “Aloqachi”. 2008.), U.Qoraboyevning “Madaniy tadbirlar”, Т., 2000) va boshqalar tomonidan yaratilgan o'quv qo‘llanma va darsliklarda ham tadbirlar dramaturgiyasi, ya’ni ssenariysini yaratish muammolari masalalariga e’tibor qaratganlar. Yoshlar tarbiyasida madaniy tadbirlaming о‘mi muhimdir. Yoshlami milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida va axloq qoidalari asosida tarbiyalash, yosh avlodda hayotga qat’iy ishonch va qarashni, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura olish qobiliyatini rivojlantirish barcha pedagoglar va madaniyma’rifiy ishlar mutassadilarining asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan ham madaniy tadbirlarni tashkil etish, uning dramaturgiyasini yaratishda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan manbalarni qo‘llay olish, unda odob, axloq, jamiyat taraqqiyoti, insonlami bilimli, ilmli qilish, ma’naviyat bilan qurollantirish, komil insonni tarbiyalashga qaratilgan vazifalar dolzarbligini yo‘qotmaydi.



Адабиётлар:

Haydar Muhammadning “Ssenariynavislik

mahorati” (Т., 2009), V.Rustamovning “Zamonaviy

bayramlar rejissurasi muammolari” (Т., 2013), B.Sayfullayev va

J.Mamatqosimov hammuallifligida yaratilgan “Aktyorlik mahorati’'

(Т., 2012), F.Ahmedov. “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari”.

Т.: “Aloqachi”. 2008.), U.Qoraboyevning “Madaniy tadbirlar”, Т.,

2000)


6 H.Muhammad. Ssenariynavislik mahorati. Т.,2007, 31b

7 V. Rustamov. Sahnaviy ifoda vositalari, Т., 2007y, 27 b.
Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling