1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


Download 126.53 Kb.
bet1/10
Sana19.05.2020
Hajmi126.53 Kb.
#107731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
совет даври

1 -§. TURKISTONDA ISTIQLOL UCHUNKURASLINING G'OYAVIY ASOSLARI


Turkiston jadidlarining milliy manfaat uchun kurasli g'oya va mafkurasi to'g'risida.

Milliy g'oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiym. Ular o'zaro yaxlit chirmasliib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo'lib,milliy g'oya uning o'zagi hisoblanadi. Milliy mafkuramilliy g'oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma'naviy yo'nalishlaridan tortib, to siyosiy qaraslilargacha bo'lgan barcha sohalarniqamrab oladi. Milliy mafkura milliy g'oyani oziqlantira-di va uni mustalikamlaydi. Ular xalqning kelajakda qanday qadriyatlar asosida o'z davlati va hayotini ko'rmoq-chi, buni qanday tasa vvur etadi va o'z kuraslii nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi.Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustamlakaetish mafkurasiga qaysi g'oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan, degan savolga milliy taraqqiyparvarlar harakatlari g'oyalari deb javob berish mumkin.

Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g'oya va mil-liy mafkura alohida o'rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo'lib qolmasdan, u a vvalo siyosiy hodisaham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o'z faoliyatida davlatva uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo'lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.

Jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masalaasosiy maqsad qilib qo'yilgan edi: a) xalqimizni dunyo-ning ma'rifatli millatlari darajasiga ko'tarish; b) Turkistonda milliy- demokratik davlat qurish.

Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qaraslilaridabu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketgan.Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun o'z yo'li bilano'zgalarga tobe bo'lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egallaslii kerak edi.

Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurasli olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bukurasli Jadidchilik mafkurasining asosini taslikil qiladi.

Ota yurt — Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg'usi, uning kelajagi haqida o'ylar, Vatan-ning taraqqiyot yo'llari rejasini tuzish, Sharq va G'arban'analarini birlaslitirish jadidlarni bu yo'lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy «Oyna» jur-nalida quyidagicha yozgan edi: «Qabilasining ismini vayetti otasining otini bilmayturg'onlarni «qul-marquq»derlar». Bu so'z keyinchalik maslihur yozuvchi ChingizAytmatov tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kaslifetildi.

Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g'oyaning asosiy bo'g'ini — Turkistondagi barcha mahalliyxalqlarni birlaslitirish g'oyasi qizil ip bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi:«Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlasliib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz».

Milliy taraqqiyparvarlar g'oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo'lgan. Abdurauf Fitrat 1917-yildabu haqda shunday yozgan edi: «Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir».

Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idorausuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roiUlamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bujadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomonyo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatnitubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishishuchun kurasli boshlanganligini ham anglatar edi.



Istiqlol uchun kurasli - milliy g'oya asosi

Tarixiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o'z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari va an'analariga sodiq qolishni ulug' ish deb hisoblasligan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchunxalqimizning ming-minglab sodiq o'g'lonlari o'z hayot-larini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo'lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliy-ozodlikharakati x'alqning milliy o'zligini anglasliida, o'z Vataniva millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustalikamlaslida ulkan ta'sir ko'rsatdi.

Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqichamalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqattinchlik yo'li bilan, parlament orqali erishishni mo'ljal-lagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliyxususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri keng-ligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobgaolgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishgaintilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos milliyg'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisagaaylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.

Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko'targan yangi bir balo — bolshevik balosi» (Fitrat)kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi. Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga taslilangan «Haqolinur, berilmasi» shiori butun millatning jangovarchaqirig'iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurasligan Turkiston Muxtoriyati hukumati bol-sheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimiqaror topdi.

Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balkiuning «chekka o'lkasi» hisoblangan Turkistonda hammustabid tuzum o'rnatildi. Sovet rejimi o'nlab xalqlar ustidan o'z hukmronligini zo'ravonlik yo'li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet tuzunii davrida ham o'lmadi, u yasliaslida davometdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g'oya vamilliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug'urib taslilasliga intildi. Bosqinchilar o'z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ularbunga uzoq vaqt muvaffaq bo'la olmadilar. XalqimizningmiUiy g'oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol na-moyon bo'ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davometgan bu harakat noto'g'ri talqin qilinib, unga «bosmachilik« deb tamg'a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zidkeladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratilgan edi.

Afsuski, uzoq davom etgan kuraslilardan so'ng Turkistondagi bu harakat mag'lubiyatga uchradi. Kommu-nistik mafkura milliy g'oyaga qarshi kuraslida, vaqtincha bo'lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va XorazmXalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o'tkazilayotgan milliy murosa va kelishuvchilik siyosatiham bolshevik rahbarlarning kuchli tazyiqlari natijasida o'zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O'rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya vapartiya taslikilotlari amalda mintaqaning mutloq hukmdori bo'lishga intildilar va ko'pincha bunga muvaffaq ham bo'ldilar. Mustabid sovet rejimi tomonidan 20—30-yillarda O'zbekistonda o'tkazilgan dahshatli qatag'on millat gullarini, fidoyi va vatanparvar bobolarimizni vahshiyona qirib tasliladi. Tarixan halokatga malikum bo'lgan sovet rejimi mudhish qatag'on siyosatini keyinchalik ham izchil ravishda davom ettirdi.

Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan turib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har birinson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish,o'rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix insonaql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bo'lamiz, o'tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, kuraslilari va ziddiyatlari bilanko'z o'ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o'ziga tegishli xulosachiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o'z-o'zidan ravshan.

Tarix saboqlari bugungi kunda ham bizni hushyorlik-ka undaydi. Xususan, O'zbekistonda siyosiy barqarorlikni izdan chiqarmoqchi bo'lgan kuchlar mavjudligi kishini jiddiy o'ylantirmasdan qo'ymaydi. Shuninguchun ham mustaqillik in'om etgan ne'matlarni biz avaylab asrasliimiz, o'z ozodligimizni ko'z qorachig'idek himoya qilishimiz kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimov ta'kidlaganidek, «Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy qu vvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz tariximizni tiklasliimiz, xalqimizni, millatimizni ana shutarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur».


Download 126.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling