1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari


Download 88.68 Kb.
bet1/31
Sana06.06.2022
Hajmi88.68 Kb.
#737752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3
3 mavzu Psixomotorika, asab tizimi va temperament diagnostika, Mustaqil ish mavzu Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ular, iqlim ozgarishi sharoitida toglardagi togonli kollar xavfini kamajtirish ma, Яшил макон далолтнома, 10 та жўйзарга борувчилар, Kurs jumısı таза (2), Interfaol ta, кафолат хати муддат, кафолат хати банд буйича, кафолат хати, Асад, Marketing fanidan mustaqil ish mavzulari (1), 10-sinf control work 1, 2.маъруза

Aim.Uz


1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • o'quvchilarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • o'quvchilarning tasviriy malakalarini rivojlantirish;

  • o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: O'zbekiston bayrog'i.
Dars tafsilotlari:

  1. Darsga tayyorgarlik: Dars uchun yetarli miqdorda zarur ashyolar hozirlanadi. O'zbekiston bayrog'i tegishli joyga osiladi. Doskaga dars mavzusi va tegishli ma'lumotlar yozib qo'yiladi.

  2. Dars mavzusiga kirish: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash bilan bog'liq bo'lgan darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

Unda 1-sentabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni ekanligi, bu kunni 1991- yildan buyon bayram qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-javoblar orqali bilib oladilar.
O'zbekiston Respublikasi bayrog'i, uning qabul qilingan sanasi, undagi ranglarning ma'nosi o'quvchilar yodiga tushiriladi. Bunda quyidagicha savol-javob o'tkazish mumkin: 1. O'zbekiston Respublikasining qanday ramzlarini bilasiz?
-O'zbekiston Respublikasining ramzlari - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i, Davlat gerbi.
-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qachon qabul qilingan?
-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - 1991-yil 18- noyabr kuni qabul qilingan.
-Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang qanday ramziy ma'noni bildiradi?
Davlatimiz bayrog'idagi ranglar: moviy rang - tiriklik ramzi aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. U timsollar tilida yaxshilik va halollikni bildiradi, oq rang esa poklik, beg'uborlik, soflikni, yashil rang - navqironlik, umid va shodumonlik timsoli, qizil chiziqlar -hayotiy kuch va qudrat ramzi hisoblanadi.

Download 88.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling