1- laboratoriya ishi (bio202a azimov Nurali) analitik tarozida tortish


Download 16 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi16 Kb.

 1- laboratoriya ishi (bio202A  Azimov Nurali)

      ANALITIK TAROZIDA TORTISH 

 

TAROZINI ISHLATISH QOIDALARI 

 

1.  Tarozini  arretirlamaguncha  uning   pallasiga  yuk  qo’yish  yoki  olish  va  qo’l 



tegizish mumkin emas. 

2.  Yuklarni pallalarga shunday qo’yish  kerakki, ularning umumiy og’irlik markazi mumkin qadar pallaning o’rtasiga to’g’ri kelsin. 

3.  Tarozi  toshlarini  qo’l  bilan emas, balki  pinset  bilan  olish  lozim;  yupqa  tarozi 

toshlari (milligrammlar) ni ularning  bukilgan yeridan pinset bilan qisib olinadi

4.  Toshlarni  tarozidan  olgandan  so’ng   ularni  qutichadagi  o’z  joylariga  qo’yish 

zarur. 


5.  Tarozi pallalari butunlay  muvozanatlashib bo’lmaguncha shayinni joyiga to’liq tushirmaslik kerak strelkanig  og’ishiga  qarab  qaysi  pallaning  yengil 

ekanligini  bilish  uchun,  shayin  bir  oz   tushiriladi;  shu  zamona  shayin 

arretirlanib, pallalarga  mayda tarozi toshlari solinadi  yoki olinadi.  (tortiladigan 

jismning  og’irligi  bilan  toshlar  og’irligi  orasidagi  farq  kichik  bo’lib  qolganda, 

shayin mayatnikka o’xshab tebrana  boshlaydi). 

6.  Tarozining  shayinini  hamma  vaqt  ohistalik  bilan  arretirlash  va tushirish kerakagar  tarozi  chayqalib  tursa,  uni  strelka  muvozanat  vaziyatdan  o’tayotgan 

paytida ehtiyotlik bilan arretirlash lozim; aks holda shayin turtki yeydi. 

7.  Agar  pallalar  mayatnikka  o’xshab  tebranib  tursa,  ularning  chetiga  qog’oz 

tegizib  tinchitish  kerak;  pallalar   tinchigandan  so’nggina shayinni butunlay tushirish mumkin. 

8.Tarozining tebranishini kuzatgan vaqtda  uning  eshigi  albatta  yopiq  bo’lishi 



kerak. 

9.  Agar shayinni joyiga tushirganda  strelkaning tebranish amplitudasi  kerakligidan ham kichik bo’lib qolsa, u  holda tarozining eshigini bir ozgina ochib, tarozining oldida  qo’limizni  salgina   silkitamiz;  bunda  havo  harakatga  kelib,  shayinga yetarli amplituda beradi, yoki  tarozi pallalaridan biriga sekingina qog’oz tegizib tebratiladi  (shkalaning  o’rta  nuqtasidan  o’ngga  va  chapga  3-4  bo’limga  siljisa, bu amplitudani yetarli deb hisoblash mumkin). 



10. Yuklarni  pallalarda,  ayniqsa  tarozi   arretirlanmagan  vaqtda,  ko’p  vaqt   qoldirib bo’lmaydi.  Narsalar  tortib   bo’lingandan  keyin  tarozini  arretirlash,  tarozi eshigini ochib, yuklarni olish va  eshigini yana yopib qo’yish kerak. 

 

 Analitik tarozi – moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; ki-myoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida og‘irligi 2 gdan 200 g gacha bo‘lgan mod-dalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining to‘liq analitik (100–500 g li, 1–5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20–50 g li, 0,2–0,25 mg aniqlikda), mikroanalitik (20–30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1–2 mg li, 0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi bo‘ladi. Ko‘pincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozi ni chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga o‘rnatiladi.
Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling