1 – Ma’ruza Mavzu: kirish. O‘zbekiston respublikasidagi agrar siyosat. Fanning maqsadi, vazifasi va oliy ta’limdagi


Download 224.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2020
Hajmi224.04 Kb.
#167881
Bog'liq
1 - Ma’ruza


1 – Ma’ruza 

Mavzu:

 

KIRISH. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI AGRAR 

SIYOSAT. FANNING MAQSADI, VAZIFASI VA OLIY TA’LIMDAGI 

O‘RNI. QXM TASNIFI.

 

 

REJA: 

1.  Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi. 

2.  Qishloq xo‘jaligi mashinalari fanining rivojlanish tarixi 

3.  Fanning vazifasi 

 

KIRISH 

 

Agrar sektorning yuksalishi O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy 



omili  va  manbai hisoblanadi.  Qishloq  xo‘jaligining ulushi  milliy  daromadda  35% 

dan,  eksport  hajmida  60%  dan  ortiqroq.  Agrar  sohaga  mamlakat  yalpi 

mahsulotining  chorak  qismi  to‘g‘ri  keladi  va  bu  soha  bilan  ishlab  chiqarish  va 

intelektual  salohiyatning  yarmidan  ortiqrog‘i  bevosita  aloqador.  SHuning  uchun 

qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirish  hozirgi  davrning  o‘ta  muhim  vazifasidir.  Bu  esa 

ko‘p  ukladli  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  hisobga  olgan  holda  uning 

moddiy  texnika  bazasini  mustahkamlash  bilan  bog‘liq.  Qishloq  xo‘jaligida 

mashinalarni  qo‘llash  mehnat  unumdorligini  oshiradi,  barcha  ishlarni  talablarga 

qat’iy rioya qilgan holda, eng maqbul muddatlarda bajarishga imkon yaratadi. Bu 

pirovardida mehnat va harajatlar sarfini kamayishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi 

uchun mashinalar Mashinalar tizimiga asosan yaratiladi va qo‘llaniladi. Mashinalar 

tizimi  ishlab  chiqarishni  kompleks  mexanizatsiyalashning  ilmiy  va  texnik  asosi 

hisoblanadi.  

Mashinalar  tizimi  -  bu  yil  davomida  barcha  qishloq  xo‘jalik  ishlarini 

optimal  agrotexnik  muddatlarda  eng  kam  mehnat  sarf  qilib  bajaradigan  o‘zaro 

o‘zviy  bog‘langan  traktor  va  qishloq  xo‘jaligi  mashinalarining  yig‘indisidir. 

Mashinalar  tizimi,  odatda,  ma’lum  davr  uchun  ishlab  chiqiladi  va  doimiy 

takomillashtiriladi. Mamlakatimizning mustaqilligiga qadar oltita mashinalar tizimi 

qo‘llanilgan:  1955...1965  y.,  1966...1970  y.,  1971...1975  y.,  1976...1980  y., 

1981...1990  y.,  1991...2000  y.  1998  yilda  1998...2000  yillarga  mo‘ljallangan, 

so‘ngra esa 2010 yilgacha istiqbolli mashinalar tizimi ishlab chiqildi.  

Amaldagi  mashinalar  tizimi  to‘rt  qismdan  iborat:  dehqonchilik,  chorvachilik, 

melioratsiya, o‘rmon xo‘jaligi.  

Davlatimiz  olib  borayotgan  texnik  siyosatga  asosan  tuzilgan  yangi 

mashinalar tizimiga kiritilgan texnik vositalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yilgan: 

mexanizatorlar  uchun  komfort  ish  sharoitlarini  yaratish;  qishloq  xo‘jalik  ishlarini 

bajarish sifatining dastlabki talablariga maksimal mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi 

va  yoqilg‘i  iqtisodi  bilan  rioya  qilish;  texnik  vositalar  ishonchliligining  yuqori 

ko‘rsatgichlarini ta’minlash; texnik vositalarni ekologiyaga mosligi, shu jumladan 

yurish qismlarining tuproqqa minimal ta’siri.  


Mashinalarni  rusumlash  va  ularni  tasniflanishi.  Amaldagi  mashinalarni 

rusumlash ma’lum bir prinsipga asoslangan. Rusum harf va son qismlaridan iborat. 

Birinchisi – mashinani vazifasini, turini va ta’sir prinsipini, ikkinchisi - modelning 

tartibini  yoki  mehnat  unumdorligi,  qamrash  kengligi  va  boshqa  ko‘rsatgichlarini 

xarakterlaydi.  

Mashinalarni  tasniflanishi  -  bu  ularni  vazifasi,  ta’sir  harakteri,  energiya 

manbai bilan bog‘lanishi va undan foydalanishi bo‘yicha ajratilishi. 

Vazifasiga ko‘ra mashinalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tuproqqa ishlov berish; 

ekish va ko‘chat o‘tqazish; o‘g‘itlash; o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan 

himoyalash;  o‘tlar  va  silos  o‘simliklarni  yig‘ish;  donli,  donli  dukkakli,  moy 

o‘simliklarini  yig‘ish  va  yig‘ishdan  keyin  ishlov  berish;  makkajo‘xorini  donga 

yig‘ish;  ildiz-mevalilar  va  sabzavotlarni  yig‘ish;  meliorativ  mashinalar.  Har  bir 

guruh  bir  nechta  mashina  turlaridan  iborat.  Mashinalar  ta’sir  prinsipiga  asosan 

uzluksiz  va  davriy  ta’sir  qiladigan,  energiya  manbai  bilan  bog‘lanish  bo‘yicha 

tirkama,  yarimosma,  o‘zi  yurar  va  statsionarlarga,  ishchi  organini  energiyadan 

foydalanish  usuliga  qarab  passiv,  faol  (aktiv)  va  kombinatsiyalashgan  ishchi 

organli mashinalarga ajratiladi. 



Qishloq  xo‘jaligi  mashinalari  fanining  rivojlanish  tarixi.  Dehqonchilik 

qadimiy  kasb  bo‘lib,  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qurollar  kup  asrlik  rivojlanish  va 

takomillashish  tarixiga  ega.  Ammo  qishloq  xo‘jalik  mashinasi  va  qurollari 

to‘g‘risidagi fan nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi. Bu ilmiy fanning yuzaga kelishi va 

rivojlanishi  mashhur  rus  olimi  akademik  Vasiliy  Proxorovich  Goryachkin  (1868-

1935  yil)  nomi  bilan  bog‘langan.  V.P.  Goryachkinga  qadar  qishloq  xo‘jaligi 

mashinalari  to‘g‘risidagi  fan  yarim  hunarmandchilik  zavodlaridan  chiqariladigan 

mashinalarning  tuzilishi  va  konstruksiyasining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

o‘rganishdan  iborat  bo‘lgan.  Qishloq  xo‘jaligi  mashinalarini  loyihalash  ilmiy 

asossiz  «tusmol  bilan»,  intuitiv  ravishda,  namunalar  va  xatolar  usulida  olib 

borilgan,  chunki  konstruktorlar  hech  qanday  dastlabki  hisoblar  qilishni 

bilmaganlar.  

Akademik  V.P.Goryachkin  1919  yilda  chop  qilingan  «Dehqonchilik 

mexanikasi»  nomli  klassik  asarida  birinchi  bo‘lib  mexanika  qonunlarini  qishloq 

xo‘jaligi  mashinalarining  ish  jarayonlarini  taxlil  qilishda  qo‘llagan. 

V.P.Goryachkinning  bu  va  keyingi  ishlari,  u  dehqonchilik  mexanikasi  deb 

nomlagan, yangi ilmiy-amaliy texnik fanni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 

Bu  fan  qishloq  xo‘jaligi  mashinalarining  maqbul  konstruksiyalarini  yaratish  va 

optimal  ish  rejimlarini  asoslash  maqsadida  ularni  texnologik  va  ish  jarayonlarini 

tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi. 

Akademik  V.P.Goryachkinning  asarlari  hozirgacha  o‘zining  ulkan 

ahamiyatini  yo‘qotgani  yo‘q.  V.P.Goryachkinning  klassik  asarlari,  uning 

davomchilari  akademiklar  I.I.Artobolevskiy,  V.A.  Jeligovskiy,  N.D.Luchinskiy, 

I.F.Vasilenko,  P.M.Vasilenko,  A.N.Karpenko,  M.V.Sablikov,  G.E.Listopad, 

professorlar  A.N.Gudkov,  N.I.Klenin,  V.A.Sakun  va  boshqalarning  ilmiy  ishlari 

tufayli  qishloq  xo‘jalik  mashinalari  bo‘yicha  mantiqiy  fan  yuzaga  keldi.  Bu 

fanning  rivojlanishiga  O‘zbekiston  olimlari  ham  o‘z  hissalarini  qo‘shdi.  Ular 

qatoriga  akademiklar  M.V.  Sablikov,  G.M.Rudakov,  A.X.Xajiev,  A.D.Gluщenko, 



R.M.Matchanov,  professorlar  M.S.G‘aniev,  R.I.Baymetov,  A.S.Sadriddinov, 

A.A.Rizaev,  M.T.Tashboltaev,    N.X.Kulametov,  A.Tuxtaqo‘ziev,  M.Murodov, 

I.T.Ergashev  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Bir  qator  qishloq  xo‘jaligi 

mashinalari: ikki yarusli pluglar, paxta terish, chekanka qilish, g‘o‘zapoya yig‘ish 

va  ko‘sak  terish  mashinalari,  pushtaolgich,  paxta  tozalagich,  paxta  seyalkalari, 

kulьtivatorlar  va  boshqa  mashinalar  respublikamiz  olimlari  va  konstruktorlari 

tomonidan yaratilgan. 

Bakalavr  kadrlarni  tutgan  o‘rni.  Hozirgi  kunda  mashina-traktor  parklari 

yuqori  suratda  zamonaviy,  ayniqsa  xorijiy  texnikalar:  pluglar,  seyalkalar,  don 

kombaynlari, 

paxta 


terish 

mashinalari 

va 

boshqa 


texnikalar 

bilan 


qurollantirilmoqda. Bu texnikalar malakali texnik xizmatni talab qiladi. SHu nuqtai 

nazardan  agrosanoat  korxonalari  uchun  qipshloq  xo‘jaligini  mexanizatsiyalash 

yo‘nalishi  bo‘yicha  yuqori  malakali  bakalavr  kadrlarni  tayyorlashga  e’tibor 

kuchaymoqda.  Bakalavrlarni  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  jarayonlarini 

kompleks mexanizatsiyalash bo‘yicha amaliy vazifalarni echishda tutgan o‘rni o‘ta 

muhim.  


Fanning  vazifasi.  Qishloq  xo‘jaligida  muhandislik-texnik  xizmatni  va 

mashinalardan  samarali  foydalanishni  to‘g‘ri  va  maqbul  tashkil  qilish  uchun 

bakalavrlarga  qishloq  xo‘jaligi  mashinalari  konstruksiyasi  va  ish  jarayonlari 

nazariyasi bo‘yicha chuqur bilim, ishlov beriladigan materialni o‘zgarib turadigan 

xossalari va holatiga bog‘liq ravishda bu mashinalarni optimal ish tartibiga sozlash 

bo‘yicha maxorat kerak.  

SHuning uchun «Qishloq xo‘jaligi mashinalari» fanining vazifasi qishloq xo‘jaligi 

mashinalarining tuzilishi va ish jarayonlari hamda ularni nazariyasi va texnologik 

hisoblari  bo‘yicha  kerakli  ma’lumotlarni  berishdan  iborat.  Mashinalarni 

takomillashishi  tufayli  rusumlarini  tez  o‘zgarib  turishi,  ammo  ularning  ta’sir 

prinsiplari  ko‘p  yillar  davomida  jiddiy  o‘zgarishlarsiz  qolishini  hisobga  olgan 

holda  darslikda  rusumlar  bo‘yicha  mashinalarning  konstruksiyasini  tavsifi 

keltirilmagan  va,  asosan  eng  istiqbollilarining  tayanch  modellari  keltirilib,  ular 

texnologik  jarayonlari  bo‘yicha  tartibga  solingan.  Ushbu  fanni  bakalavrlar 

o‘rganishi uchun ularga agronomiya asoslari, tuproqshunoslik, chizma geometriya, 

nazariy  mexanika,  mexanizm  va  mashinalar  nazariyasi,  materiallar  qarshiligi, 

mashina detallari, metallar texnologiyasi kabi fanlardan bilim talab qilinadi. 

 

 



Nazorat savollar 

 

1.  Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi haqida tushuncha bering. 



2.  Qishloq xo‘jaligi mashinalari fanining rivojlanish tarixi haqida tushuncha 

bering. 

3.  Fanning vazifasi haqida tushuncha bering. 

 

Download 224.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling