1 – Mavzu: kirish. Аvtomobil yo`llaridagi sunʼiy inshootlar turlari. Reja

Download 326.51 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2022
Hajmi326.51 Kb.
#860136
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза
8 imloviy savodxonlikni diktant8, 6 Kichik yoshdagi o0quvchilar nutqini o0stirish yo0llari va vazifalari6, 7 lug`at ustida ishlash7, 10 nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari10, test 4-sinf, 10-мавзу, CONFERENCE-2022-13-full, Maxmudov T 1, ariza, 1, 1, 163039016810971886, 7-iyul (2), 160025-letters-template-16x9

1 – Mavzu: KIRISH. АVTOMOBIL YO`LLARIDAGI SUNʼIY INSHOOTLAR TURLARI.
REJA:
1. Аvtomobil yoʼllaridagi inshootlarning turlari.
2. Yoʼl inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan toʼgʼri foydalanishni taʼminlash.
3. Ogʼir yuklarning koʼpayishi va ularning kerakli joylarga yetkazib berish zarurligining oʼsishi.
4. Qurilish ishlari sifatining maʼlum sabablarga koʼra pasayishi va ularni taʼmirlash, ahvolini yaxshi holatda saqlash masalalarining qoniqarsiz darajada boʼlishi.
5. Koʼprik va boshka yoʼl inshootlarining xizmat qilish muddatining deyarli ikki barobar kamayib ketishi.

Tayanch so’zlar va iboralar: magistral, su`niy inshootlar, muhandislik kommunikatsiyasi, ijtimoiy infratuzilma, yo`l xo`jaligi, quvurlar, koʼprik inshootlari, koʼpriklar, yoʼloʼtkazgichlar, estakadalar, jarkoʼpriklar, tonnellar, galereyalar, balkonlar, tirgak devorlar, suv oqimini tartibga soluvchi va qirgʼoqlarni mahkamlovchi moslamalar, muzkeskichlar, harakat qismi, koʼtarib turuvchi qism, bogʼlovlar sistemasi, tayanch qismlar, koʼpriklar klassifikatsiyasi. eksluatatsion, ekologik, arxitektura va hisobiy konstruktiv talablar, rivojlanish istiqbollari.
Jahonda magistral yoʼl tarmoqlarining kengayishi, yoʼlovchilar va yuklar tashish hajmlarining ortishi hisobiga katta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirishda turli xildagi transport inshootlari, jumladan koʼpriklar alohida ahamiyatga ega.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach transport kommunikatsiyalari tizimlarida yer usti inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini sifat jihatidan takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirgi kunda respublikamiz avtomobil yoʼllarida 7000 dan ortiq koʼpriklar ekspluatatsiya qilinmoqda. Ushbu koʼpriklarning ishonchliligini oshirish va mustahkamlikka hisoblash boʼyicha bir qator vazifalar bajarilgan. Shular bilan bir qatorda bugungi kunda transport kommunikatsiya tizimlarida sunʼiy inshootlar resurslarini oshirish uchun hisoblash usullarini takomillashtirish talab etilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «… yoʼl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʼyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, …» vazifasi belgilab berilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
№PF-4947-son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida» gi va 2017 yil 14 fevraldagi №PF-4954-son «Yoʼl xoʼjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmonlarida hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda«Koʼpriklar va transport tonnellarini loyihalash, qurish texnologiyalari va uni tashkil etish» fani muayyan darajada xizmat qiladi.
Yoʼl inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan toʼgʼri foydalanishni taʼminlash masalalari bir-biri bilan uzviy bogʼliq va murakkab masaladir. Odatda, bularni toʼgʼri hal qilish bilan “Koʼpriklar va transport tonnellari” mutaxassisligi sohasidagi yuqori malakali muhandislar shugʼullanadilar.
Koʼpchilik hollarda yoʼlchi muxandislargayam oʼzlarining ish faoliyatida yoʼl inshootlarini qurishga va ularni muntazam ravishda foydalanishga yaroqli holda saqlab turishga toʼgʼri keladi. Shuning uchun yoʼlchi muhandislar ham maʼlum darajada bu sohada bilimga ega boʼlishlari kerak.
Keyingi yillarda ogʼir yuklarning koʼpayishi va ularning kerakli joylarga yetkazib berish zarurligining oʼsishi, qurilish ishlari sifatining maʼlum sabablarga koʼra pasayishi va ularni taʼmirlash, ahvolini yaxshi holatda saqlash masalalarining qoniqarsiz darajada boʼlishi koʼprik va boshka yoʼl inshootlarining xizmat qilish muddatining deyarli ikki barobar kamayib ketishiga olib kelayapti. Bu esa oʼz navbatida ularning holatini qoniqarli darajada saqlab turishga qoʼshimcha mablagʼlar sarflashni talab qiladi. Odatda, bu ishlar bilan shugʼullanish ham yoʼlchi muhandislar zimmasiga yuklangan. Respublikamizda bu inshootlarning koʼpgina qismi 50-60-yillarda qurilgan boʼlib, ularning katta qismi hozirgi zamon talablariga toʼla javob bera olmaydi, yoki keyingi paytlarda rivoj topayotgan katta yukli transportlar ogʼirligiga bardosh berib ustidan oʼtkazib turish masalasi mushkullashadi, en oʼlchovlari ham kichiklik qiladi, bular esa oʼz navbatida kerakli chora-tadbirlarni koʼrishni yoki inshoot elementlarini baquvvatlashtirishni, enlarini kengaytirishni talab qiladi.
Bu masalalarni toʼgʼri xal qilish zarurligi quyidagi ancha murakkab tashkiliy ishlarni va iqtisodiy muammolarni hal qilish zarurligini tugʼdiradi yoki inshootni kengaytirishning texnik-iqtisodiy koʼrsatmalarini ishlab chiqishni, ishlarini tashkil qilish moʼljallarining tartibi va muhlatlarini aniqlashni, tashkiliy-texnikaviy yoʼsinini, xom ashyo bazasini yaratishni va kerak boʼlganda ularni ommaviy ravishda foydalansa boʼladigan holda tayyor qilib qoʼyishni taqozo qiladi. Inshootlarni kengaytirish, elementlarini baquvvatlashtirish, eskirganlarini taʼmirlash, ishlarni iloji boʼlgunga qadar mexanizatsiyalashtirish, yangi ashyolar va yangi uslublardan unumli foydalanish, va barcha ishlarni yuqori sifatda bajarish shu ishlar jumlasidandir. Inshootlarning keyingi paytlarda paydo boʼlayotgan katta ogʼirlikdagi yuklarni koʼtarish qobiliyatini aniqlash ham yoʼlchilar vazifasiga kiritilgan. Bu narsalarni toʼgʼri hal qilish uchun, muhandislar quriladigan inshootlarning har xil turlari konstruktsiyalarini, ularni loyihalash qanday amalga oshiriladiganini, qurilish texnologiyasini va qurilgan inshootlarni toʼgʼri foydalanish yoʼllarini mukammal bilishlari zarur.

    1. Rasm. Ko`priklar: (1a – rasm) daryolarning, katta-kichik ariqlar ustidagi ko`priklar; (1б – rasm) yo`l o`tkazgich; (1в – rasm) jarko`priklar va (2г – rasm).

Koʼpriklar (rasm 2 a.), bu daryolarning, katta-kichik ariqlarning, umuman suvi bor toʼsiqlarning ustidan yoʼllarni oʼtkazish uchun quriladigan inshootdir. Ular oraliq qurilmalar va tayanchlardan tashkil topgan boʼladi. Oraliq qurilmalar tayanchlarga tayangan holda ular orasidagi boʼshliqni yopib ustidan harakatlanuvchi yuklarni oʼtkazib, ularning va oʼzining ogʼirligini tayanchga uzatadi. Tayanch esa oraliq qurilmalarni koʼtarib turadi va undan tushayotgan ogʼirlikni poydevor va zaminga beradi. Koʼrinishi, konstruktsiyasi va ularning ishlash tartibi koʼpriklarnikiga oʼxshagan koʼpriksimon inshootlar xam mavjud. Ularga yoʼl oʼtkazgichlar (rasm 2,b), jarkoʼpriklar (rasm 2,v) va estakadalar (rasm 2,g) kiradilar.
Yoʼloʼtkazgichlar yoʼllarni birining ustidan ikkinchisini va kerak deb topilsa uchinchi va hokazolarini oʼtkazish uchun quriladi.
Jarkoʼpriklar - chuqur jarliklarning ustidan yoki past joylarning ustidan yoʼllarni katta (20 m.dan va undan xam koʼp) balandlikda oʼtkazish zarurligi boʼlgan hollarda quriladi.
Estakadalar - yoʼllarni har xil inshootlarning tepasidan, botqoqliklar ustidan, tor joylardan koʼp qavatli yoʼllar oʼtkazish zarurligi boʼlgan hollarda va yoʼllarning oʼtkazgichlarga ulanadigan qismlariga quriladi.
Transport tonnellari - yer yoki suv ostidan, togʼ jinslari orasidan yoʼllarni oʼtkazish uchun quriladigan inshootlar. (rasm 3).
Bulardan tashqari togʼli hududlarda yoʼllar quriladigan joylardagi toʼsiqlarning ustidan yoʼl qatnovini toʼgʼri amalga oshirish uchun sharoitga koʼra har xil inshootlar qurilishi kerak boʼladi. Ularga yarim koʼpriklar, galereyalar, balkonlar, tirgak va qoplovchi devor va devorchalar kiradi (rasm).

Download 326.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling