1-§. "Qishloq hovlisi" mavzusidagi manzarani yaratish g`oyasini tug`ilishi va uning kompozitsiyasi ustida izlanishlar


Download 183.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi183.57 Kb.
#1640568


1-§. "Qishloq hovlisi" mavzusidagi manzarani yaratish g`oyasini 
tug`ilishi va uning kompozitsiyasi ustida izlanishlar. 
Tabiat go`zalliklarini sevish har bir kishiga xos xususiyat. Ayniqsa tasviriy 
san`atni rangtasvir turidagi manzara asarlarida aks etilgan tabiat ko`rinishlari 
insonda ma`naviy go`zalliklarning shakllanishida muhim rol o`ynaydi. 
Manzara janrida kompozitsiya–asarni tuzish uning qismlarini mazmunga 
javob byera oladigan qilib moslashtirish katta ahamiyatga egadir. 
Rassom uchun eng asosiy bo`lgan markaz, kompozitsiya tuguni, ikkinchi 
darajali qismlarning unga bo`ysundirishdir. Kompozitsiya ustida ishlash badiiy 
obraz yaratish yo`llari va vositalarini izlash, bu rassom g`oyasini eng yaxshi 
gavdalantirish yo`li va vositalarini izlashdir. Bu mavzuni tanlash, syujetga mos 
o`lchamli sath (tasvir ishlanadigan yuza) tanish, masshtablar va nisbatlarni moslash, 
asarga to`g`ri tus va rang byerishdir. 
O`zbek manzarachi rassomlarining ishlarida ko`proq jonajon yurtimizni 
go`zal tabiati va qishloqlari tasvirlanadi. O`zbek manzarachi rassomlari uchun 
tabiatni boricha tasvirlash, uning eng go`zal, rang–barang qismlarini aks ettirish 
xosdir. 
Insonda tabiatga muhabbat uni tushunishdan uning go`zalliklarini anglashdan, 
tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. Zyero tabiat insonda 
kuzatuvchanlik, sezgirlik kabi tuyg`ularni uyg`otadi, inson tabiatdan faqat 
zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o`rganadi. Tabiat insonda 
Vatan tuyg`usini uyg`otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko`p tuyg`ularni 
kamol toptiradi, hamda ko`p narsalarni talab qiladi. Madaniyatli, ma`naviy kamol 
topgan inson uchun o`z yurti tabiatining muhofaza qilishi hayotini va faoliyatini 
uzviy qismiga aylanishi kyerak. Bugungi kunda manzarachi rassomlar oldida turgan 
vazifalardan biri yuqoridagilarga asoslanishi lozim. Rassom rang vositasi yordamida 
ona tabiatni tasvirlash bilan birga, o`zini ezgu g`oyasini insonparvarlik g`oyalariga 
xizmat qilinishini ham ta`minlashi zarur.

Download 183.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling