1- topshiriq. Annotatsiya yozishda ishlatiladigan konstruksiyalarni yozing va uchta misol topib


Download 88.98 Kb.
Sana09.06.2020
Hajmi88.98 Kb.

1- topshiriq. Annotatsiya yozishda ishlatiladigan konstruksiyalarni yozing va uchta misol topib,davomini to’ldiring.

Jadval


Kitobda nima haqda so’z

boradi ?


Kitobda nima haqda so’z

boradi ?


Kimlarga mo’ljallangan i ?







  • Kitob uzoq bir qishloq hayotida qiyinchiliklarni yengib o’tgan insonlarga bag’ishlangan .




  • Muallif muammolarni….




  • Kitobdan o’rin olgan asar syujetining asosiy markazida butun dunyoni bezovta qilib turgan dard-odam savdosi, uning oilalar boshiga slogan musibatlari, ular yuragiga qoldirgan jarohatlari haqida bayon qilingan.




  • Muallifning maqsadi ( kitob, maqola ….

- Erkyul Puaro asarlari shunisi bilan ko’zga tashlanadiki, unda hikoyachi odatdagidek, kapitan Gasting emas, balki, doctor Jeyms Sheppardir.
- Ish…dan tashkil…
- kitob (maqola) ning mazmuniuni o’qigan yoshlar hayotga ochiq ko’z bilan qarashi, taqdir sinovlaridan bardosh bilan o’tib, to’g’ri yo’lni topishga turtki oladilar.
- biz ko’rib turibmiz, qancha bilagidagi kuch, katta miqtordagi moddiy boylik, hayotda egallagan mahorat Vatan uchun sarf etishimizga jazm qiladigan yoshlarimiz kundan-kunga ko’paymoqda.

- kitob turkum hukoyalar, dunyoning past- balandini anglab yetmasdan turib, yoshlarning ayanchli qismatlariga

mo’ljallangan.


- maqolalar tavsiya…..
- keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan.
- qo’llahma maktab o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilarning sinf ishi, uy ishi hamda nazorat ishlari mashqlarida foydalanish uchun qiziqtirishi mumkin .

2- topshiriq. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

061-19 guruh talabasi

Rasulova Aziza Buxorovnaning

Akademik yozuv fanidan tayyorlagan

PEFERAT.

Tekshirdi:_________ Yulanova N.D


5350600 – Kutubxona-axborot faoliyati

Reja:


1. O‘zbek olimi yaratgan fan — yangi maqomda

2. Toshkentlik olimlarning oʼrta asrlarda ilmlar rivojiga qoʼshgan hissasi

3. Buyuk ajdodlarimizning kimyo rivojiga qo'shgan hissalari
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘zbek olimi yaratgan fan — yangi maqomda

Keyingi sakkiz asr mobaynida kimyo sohasida ilmiy daraja berishga munosib topilgan o‘n to‘qqizta ixtisoslik ro‘yxatga olingan. Anorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik kimyo, neft kimyosi, o‘ta sof moddalar kimyosi shular sirasidandir. Mazkur fanlarning yaratilishi sohaning mashhur namoyandalari, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan G. Devi, J. Dalton, R. Boyl, M. V. Lomonosov, I. Berseus va boshqa zabardast olimlar nomi bilan bog‘liq.

Zikr etilgan fan sohalarining yigirmanchisi Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga olti yil to‘lgan yilda ixtiro etildi. Unga kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov hamda texnika fanlari doktori, akademik To‘xtapo‘lat Risqiyev asos solishgan edi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” deb nomlangan mazkur fan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumki, har qanday fan yoki kashfiyotning ahamiyati uning jamiyat ravnaqiga, tafakkur rivojiga qo‘shajak hissasi va nafi bilan belgilanadi, qadrlanadi. Shu ma’noda, yangi ixtisoslikamalga tatbiq etilgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘z samarasini ko‘rsata boshlagani bilan ahamiyatlidir. Yangi mutaxassislik, xususan, respublikamiz hududiga xorijiy yurtlardan kirib keluvchi turli tovar hamda mahsulotlar sifati va boshqa jihatlarini aniqlashda qo‘l keladi.

Gap shundaki, bojxona to‘lovlari tovarlarga qo‘yilgan maxsus kod raqamlari asosida amalga oshiriladi. Kodlarning to‘g‘riligini nazorat qilish orqali esa to‘lovlar haqqoniyligi va qonuniyligi ta’minlanadi. Kimyoviy tarkibi asosida tekshirish mahsulotlarga belgilanadigan bojning haqiqiy miqdorini aniqlashga yordam beradi. Zero, BMTning fanlar bo‘yicha vakili, Butunjahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver yangi mutaxassislikning birinchi muallifiga bejiz quyidagicha ta’rif bermagan edi: “...Professor Ibrohimjon Asqarov tomonidan kashf etilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” uslubi jahon kimyo fanida butunlay yangi yo‘nalish deb e’tirof etildi. Ayniqsa, bojxona sohasida, ya’ni tovar-moddiy boyliklarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazishda bu fanning ahamiyati beqiyos ekanligi diqqatga sazovordir. O‘zbek olimi, professor Ibrohimjon Asqarovni kimyo fanidagi ulkan kashfiyoti bilan qutlaymiz!”

Toshkentlik olimlarning oʼrta asrlarda ilmlar rivojiga qoʼshgan hissasi

Hozirgi kunda insoniyat tamadduni jarayonida ilm-fan taraqqiyotiga Markaziy Osiyo, xususan Oʼzbekistonda yetishib chiqqan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ibn Kasir al-Fargʼoniy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Аbu Rayhon al-Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy kabi buyuk allomalar ulkan hissa qoʼshganlari butun jahon ahli tomonidan eʼtirof etilib, ularning ilmiy merosi har tomonlama chuqur oʼrganilmoqda va undan keng koʼlamda foydalanilmoqda.

Ushbu buyuk allomalar sirasida Toshkent shahri va uning tarkibiga kiruvchi mintaqalarda tugʼilib oʼsgan va voyaga yetgan olimu fuzalolar ham oʼrta asrlarda Markaziy Osiyo hududidagi ilmiy anʼanalarini davom ettirib, ilm-fanning barcha jabhalari taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshganliklarini alohida taʼkidlash lozim.

Bu borada oʼrta asrlarda (X – XX asrlar) toshkentlik olimlar oʼz davrining ilmlari – hadis, fiqh kalom, tafsir, arab tili grammatikasi, sheʼriyat, tibb, falsafa, riyoziyot, tarix, xattotlik va boshqa sohalarda samarali faoliyat olib borganlarini qayd etish darkor.

Ilm-fanning qaysi sohasini olib koʼrmaylik, ularning har birida toshkentlik olimlarning muvaffaqiyatli faoliyat olib borganlarini guvohi boʼlamiz. Oʼrganilayotgan davr olimlari bir vaqtning oʼzida bir necha ilmlarni egallab, ularning rivojiga munosib hissa qoʼshganlar. Biz ushbu maqolada toshkentlik olimlarning barcha sohalar emas, balki baʼzilari – sheʼriyat, fiqh, tarixnavislik, tibb va xattotlikdagi faoliyatlarini ilmiy asosda yoritish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan mazkur sohalarga taalluqli qoʼlyozma asarlar asosida bayon etishni lozim topdik.

Oʼrta asrlarda mumtoz adabiyot, xususan sheʼriyatga toshkentlik olimlardan Аbu Muhammad Matroniy (X asr), Аbu Omir Ismoil ibn Аhmad ash-Shoshiy al-Omiriy (X asr), Аbd al-Karim Toshkandiy (XIX asr) bilan bir qatorda “Xolis” taxallusi bilan tanilgan va “Yusuf va Zulayxo” (qoʼlyozma №№ 9073, 8902, 9824/1, 3650/1) dostonini yozgan Shohakim Toshkandiy (XII–XIII asrlar), “Qasoid Badr” (qoʼlyozma № 151), “Devoni Badr Chochiy” (qoʼlyozma №233) va “Qasoid Badr Chochiy” (qoʼlyozma № 209/6) sheʼrlarining muallifi Badriddin Chochiy (XIV asr) hamda muammo janrida Аbdurrahmon Jomiydan keyingi oʼrinni egallagan, zamonasining ulugʼ namoyandalari tomonidan tan olingan, Аlisher Navoiy iltimosiga binoan “Sharhi muammosi Mirhusayniy” (qoʼlyozma № 1863)ni yozgan Mavlono Soniy ibn Yormuhammad ibn Pirmuhammad Toshkandiy (XVI asr) kabi shoirlar oʼzlarining yaratgan asarlari bilan sheʼriyatga munosib hissalarini qoʼshganlarini qayd etish darkor.

Fiqh ilmida yirik asarlar yaratgan va islom olamida mashhur boʼlgan toshkenlik olimlar sirasida “Kitob al-usul” muallifi (qoʼlyozma № 3287/1) Ishoq ibn Ibrohim ash-Shoshiy as-Samarqandiy (X asr) hamda “Sharh risola ash-shofeʼiyy fi al-fiqh ala mazhabihi” va “Sharh furuʼ fi mazhab ash-shofeʼiyy” asarlarini yaratgan Nizomuddin ash-Shoshiy (XIV asr)ni oʼrta asrlarda al-Mustahzariy ismi bilan tanilgan mashhur faqih Аbu Bakr Muhammad ibn Аhmad ash-Shoshiy (XII asr) bilan teng ravishda zikr etish kerak.

Bir necha ilm sohasida, alalxusus adabiyot va ilm al-jadal (dialektika)da Аbu Bakr Muhammad ibn Аli ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (X asr), uning faqih va muhaddis oʼgʼli Аbu al-Hasan Qosim ibn Imom Аbu Bakr Muhammad ibn Аli al-Qaffol ash-Shoshiy (XI asr), olim, tabib, shoir, musiqashunos va xattot Boqiy jarroh Toshkandiy (XVI asr) faoliyatlari eʼtiborga sazovordir. Ular sirasida XIV-XV asrlarda ijod etgan olim va xattot Jamshid Shoshiy (XIV asr)ning Taftazoniy qalamiga mansub “Talmix fi kashf al-asror at-tavzih” (qoʼlyozma № 5776) kitobiga yozgan hoshiyasi va Mahmud az-Zamaxshariyning “Kashshof an haqoiq at-tanzil” (qoʼlyozma № 2423) asarini 1358 yilda nasx xati bilan koʼchirgan nusxasi hamda ushbu davr namoyandalaridan yana biri, arab va fors tillarida ijod etgan olim va shoir Hamiduddin Toshkandiy (XV asr)ning arab tili grammatikasiga oid yaratgan “Hoshiyat al-hoshiyat at-talvih” (qoʼlyozma № 3040) asari ham madaniyatimiz tarixida alohida oʼrin tutadi.

Аyni paytda aksariyat toshkentlik olimlar oʼzlari uchun xorijiy boʼlgan hamda oʼsha davrning ilm tili – arab tilida asarlar yozganliklari va nafaqat mazkur tilni mukammal egallaganliklari, balki uning rivojiga katta hissa qoʼshib, arablar uchun oʼnlab asrlar mobaynida oʼquv qoʼllanma boʼlib xizmat qilayotgan darsliklar yaratgan diyorimiz allomalarining anʼanalarini davom ettirganlarini zikr etish ayni muddaodir.

Tibb ilmida ham koʼz kasalligiga oid fors tilidagi sheʼriy asar “ Zubdayi manzuma” (qoʼlyozma № 4935) muallifi Shoh Аli Kahhol (XVI asr), Mahmud ibn Chagʼminiyning “Qonuncha” asarini oʼzbek tiliga tarjima qilgan (qoʼlyozma № 11083) Shoxoʼja Hakim ibn Shofayzxoʼja – Shohiy (XIX asr), “Qonun al-mabsut” (qoʼlyozma №№ 8921, 8922) va “Favoid ul-adviyya va mavoid ul-agʼziyya” (qoʼlyozma № 11256) muallifi, mashhur tabib Bositxon ibn Zohidxon ibn Muhammad Sodiqxon Shoshiyning (XX asr) tibb sohasi rivojiga qoʼshgan munosib hissasi oʼzidan oldin oʼtgan va zamonasida faoliyat olib borgan boshqa toshkentlik olimlar – Sharofuddin Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy (XI asr), xuddi Ibn Sino Forobiyga shogird boʼlganidek, Ibn Sinoga kitob orqali shogird boʼlgan Muhammad ibn Аli al-Iloqiy (XII asr) Ubaydulloh al-Kahhol (XVI asr), Muhammad Yusuf Kahhol (XVI asr) erishgan muvaffaqiyatlariga tengdir.

Shunday tarixchi olimlar ichida toshkentlik Аbu Sulaymon Faxriddin Аli ibn Аbulfazl Dovud ibn Muhammad al-Banokatiy (XIV asr), Hofiz Koʼhakiy (XVI asr), Muhammad Solih Rahimxoʼja (XIX asr) bilan bir qatorda “Tarixi Rashidiy” asari (qoʼlyozma №№ 1430, 10191) muallifi Mirza Muhammad Haydar ibn Muhammad Husayn Koʼragon (XVI asr), XV–XIX asrlar Fargʼona, Qoʼqon tarixiga oid kitob “Аnsob as-salotin va tavorix al-havoqin” (qoʼlyozma № 9841) va avtobiografik asar “Bayon hasbi holi Mullo Mirzo Olim Mirzo” (qoʼlyozma № 1314/2) muallifi Mullo Mirzo Olim ibn Domla Mirzo Rahim Toshkandiy (XIX asr) hamda Qoʼqon xonligi tarixiga oid avtobiografik “Xulosat ul-ahvol” (qoʼlyozma № 2084) muallifi, Eshon xoʼja Qori Toshkandiy nomi bilan tanilgan Аbu Ubaydulloh Muhammad ibn Sultonxoʼja (XIX asr)ni zikr etish kerak.

Oʼrta asrlarning ikkinchi yarmida ilmiy sohalarning biri boʼlgan xattotlik Markaziy Osiyo, xususan Toshkentda juda taraqqiy etgan. Ushbu soha rivojiga hissa qoʼshgan ilm namoyandalari oʼrtasida toshkentlik xattotlar alohida oʼrin egallaganlar.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida toshkentlik qirqqa yaqin xattotlarning asarlari mavjud. Biz ulardan xattotlar sulolasining vakili, Аlisher Navoiyning “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison uttayr”, “Majolis un-nafois”, “Gʼaroyib us-sigʼar” asarlarining bir nechalab nusxalarini koʼchirgan Muhammad Yunus kotib ( XIX asr), Аmir Xisrav Dehlaviyning “Qissat chahor darvish” (qoʼlyozma № 7385/2) asarini koʼchirgan Mullo Аbd at-Tolibjon Toshkandiy (XIX asr) va tibb ilmining bilimdoni, tabiblar sulolasi vakili, mohir xattot va tobobatga oid “Qonun al-Mabsut” (qoʼlyozma № 12535/1), “Risolayi qabriyya” (qoʼlyozma № 12544/3), “Tashrih kitob tariq al-iloj dayn” (qoʼlyozma № 12535/3), “Jomiʼ al-favoid” (qoʼlyozma № 12544/1) asarlarini koʼchirgan Hamidxon ibn Zohidxon ibn Muhammad Sodiqxon ash-Shoshiy (XX asr) faoliyatlari va xattotlik sanʼati borasida yaratgan bebaho asarlarini zikr etishni joiz deb topdik.

Buyuk ajdodlarimizning kimyo rivojiga qo'shgan hissalari

V-asrning ikkinchi yarmi va oltinchi asrning boshlarida Turk hoqonligi davrida metall rudasini qazib olish va undan qurol-yarog', zeb-ziynatlar yasash yo'lga qo'yilgan. Farg'ona va So'g'dda oltin, mis, temir, simob qazib olingan.

Har hil arheologik qazilmalarning ko'rsatishicha kimyoviy jarayonlar qadimdan ma`lum bo'lib masalan: oltin, kumush, simob, ko'mir, neft', gaz qazib olingan. Qadimgi oq qog'ozlar ham Samarqand, Buhoroda ishlab chiqarilgan. Qovunni saqlash uchun, suvni yurgizish uchun qo'rg'oshin qo'llanilgan. O'rta asr boshlarida O'rta Osiyoda qishloq ho'jalik hunarmandchilik, konchilik taraqqiy etib ichki va tashqi savdo o'sa boshladi. Bu esa tibbiyot meditsina va aniq fanlarning taraqqiyotiga zamin hozirladi.

Dorivor o'simliklarni va minerallarni o'rganish dorilar tayyorlash, konlardan foydalanish va oyna yasash kabi ishlab chiqarishning boshqa sohalari mineralogiya, kimyo va meditsina fanlarining taraqqiyotini taqozo qilar edi.

O'rta Osiyoda kimyo va meditsina rivojlanishida buyuk allomalarimiz o'z hissalarini qo'shishgan. O'rta asr Sharqi jumladan, O'rta Osiyo meditsina tarihini yoritishda Ibn Sinoning tibbiy asarlari alohida o'rin tutadi. Ibn Sino O'rta asr Sharq tabiblarining eng yirik siymolaridan biridir. Abu Ali Ibn Sino Buhoroda mantiq hisob aljabr, handasa va falakiyot bilan shug'ullandi. Shu bilan birga u tabiiy fanlarni hususan tabobatni sevib o'rgandi. Ibn Sino qomusiy olim sifatida o'z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvoffaqiyatli shug'ullangan va ularga oid asarlar yaratgan. Bizgacha ulardan 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi natijaga 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga ,7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan ilmiy yozishmalarga bag'ishlangan.

Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari "Kitob al-qonun fi-t-tibb" (Tib qonunlari kitobi) hisoblanadi. Eng qizig'i shundaki allomaning "Tib qonunlari" asarida yuzdan ortiqroq kimyoviy toza moddalar, aralashmalar va kimyoviy jarayonlar (haydash, qayta kristallash, tozalash, sublimatsiyalash) haqida fikrlar berilgan.

Ibn Sino "qonun"ni beshta kitobga bo'lgan.

I kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bayon etilgan.

II kitob dorishunoslikka bag'ishlangan bo'lib, unda o'simlik ma`dan va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomini alifbo tartibida joylashtirib ta`riflanadi va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligini ko'rsatiladi.

III kitobda "juzviy" kasalliklar, ya`ni insonning tovonigacha har bir a`zosida bo'ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullari bayon etiladi.

IV kitob insonning butun gavdasida yuz berish mumkin bo'lgan kasalliklarga bag'ishlangan.

V kitobda murakkab dorilar, ya`ni tabiatda tayyor holda uchramaydigan dorilarni tayyorlash to'g'risida gap boradi.

Ibn Sino kabi o'zining butun bilimini va hayotini inson salomatligini saqlashga, tabiat qonunlarini ochishga adolat va haqiqat uchun kurashga bag'ishlagan buyuk olimlarning asarlari ko'p asrlardan beri butun insoniyat uchun bitmas-tuganmas bilim manbai vazifasini o'tab kelishi bilan birga, hozir ham uning madaniy taraqqiyotiga, hususan inson salomatligini saqlash ishiga hizmat qilmoqda. Mana shuning uchun oradan ming yil o'tgan bo'lishiga qaramasdan buyuk vatandoshimiz Ibn Sinoning nomi barcha halqlar tilida katta ehtirom bilan zikr etilmoqda va asarlari qaytadan nashr etilmoqda.

Ibn Sino o'z asarlarida suvga katta etibor etgan uning hosil qiluvchi, erituvchi, birlashtiruvchi va parchaluvchi ekanligiga etibor berdirgan. Yer ostidan chiqqan mineralli suvlarning shifobaxshligi erigan har xil metallardan ekanligini, ayniqsa oltin va kumush tuzlarining borligi bunday xususiyatni ko'rsatashini aytgan edi. O'ziga xos distillangan suvni olishni taklif etgan. Yani qaynayotgan qozon ustida paxta qavati ushlab turiladi va vaqt – vaqtida toza idishga siqib turilar ekan. Metallardan o'sha davrdagi alximiklarga o'xshab birinchi o'ringa simobni qo'ugan ekan.Ibn-Sino ham o'sha davr olimlariga o'xshab hamma minerallarni rahbari qilib oltin degan. Ayrim og'ir metal tuzlarini tashqarida qo'llash uchun taklif etgan. Ibn-Sino maydalangan shiha,surma tuzlarini, temir, qo'rg'oshin va mis kuporosini ko'z kasallini davolashda va boshqa kasalliklarda taklif etgan.Uning fikricha metallar bir-biriga o'tmas ekan, bunda qotishmalar paydo bo'ladi degan. Simob bilan boshqa elemenlar amalgamalanishini aytib o'tgan.

O'rta Osyoda birinchi bo'lib, dorishunoslik ilmi "Saydana" haqida Abu Rayhon Muhammad Ibn Ahmad Beruniy o'zining "kitob as-saydanafi-t-tibb" nomli asarini yozdi. Muallifning aytishicha, bu ilm al-Beruniynig davrida tabobatning eng yuqori qismi hisoblanib hamma tabiiy fanlar unga hizmat qilgan.

Beruniyning muhim asarlaridan biri "Minerologiya" ya`ni "kitob al-jamoshirfi ma`rifat al-jovahir"("qimmatbaho toshlarni bilib olish bo'yicha ma`lumotlar to'plash")dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq Yevropada minerologiya sohasida eng yahshi asar hisoblangan. Uning ohirgi asari "dorivor o'simliklar haqida kitob"ning qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida topilgan. Bu asarda Sharqda, jumladan, Turkistonda o'sadigan dorivor o'simliklarning tavsiyalari berilgan.

U alkimyoda qo'llanilgan g'ayri ilmiy va asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlar va ba`zi minerallarning "mo'`jizakor hususiyatlarini" inkor etdi va bu holni "hodisalarnig haqiqiy sabablarini bilmovchilar uchun bir vajdir" deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yo'li bilan oltin va kumush tayyorlashni fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan hulosaga keladi.

Tabiiy fanlarning tarixida Beruniynig abadiy qoladigan hizmati shundaki, u o'zinig ilmiy ishlarida o'zi ishlab chiqargan metodiga, tajriba va tuzatishlariga tayanadi. Kuzatish va tajriba metodini u misli ko'rilmagan darajada yuqori ko'taradi. Bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi yutug'idir.

Meditsina sohasida Sharqda yozilgan ko'p asarlar orasida dorishunoslikka oid boblari bo'lgan va ahamiyatli hisoblaydiganlaridan biri Abu Bakr Ar-Roziyning "Tib ilmining barcha sohasini o'z ichiga qamrab oluvchi kitobi" va qisqa vaqt ichida davolashdir. Birinchi ikkita kitob Ibn Sinonig "Tib Qonunlari" maydonga kelguncha meditsina fanidan asosiy qo'llanma bo'lib kelgan.

4. Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, zikr etilgan maʼlumotlarga asoslangan holda olimlar oʼrta asrlarda ilm-fan, meditsina va boshqa sohalarning barcha jabhalarida insoniyat tamadduni rivojiga munosib hissa qoʼshganlari va baʼzilarida esa, alalxusus barcha sohadada ulkan zafarlar quchganlarini faxr bilan taʼkidlash kerak. Bu esa ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʼshgan buyuk allomalar asarlari qoldirga buyuk ishlari saqlanib qolishida ham yuksak ahamiyatga molik ilmiy muvaffaqiyatdir.

1- mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.

Аннотация

Пособие составлено в соответствии с требованиями Типовой программы по русскому языку для всех направлений бакалавриата и включает 10 лексико-грамматических тем.

Цель данного пособия – помочь студентам практически овладеть русским языком: уметь правильно выражать свои мысли в различных сферах коммуникации и пользоваться учебной, научно-технической литературой по специальности. В основу системы работы в пособии положен последовательно реализуемый коммуникативно-деятельностный принцип, который способствует более целенаправленному, комплексному расположению учебного материала. Использование в процессе обучения инновационных технологий, ИКТ и интерактивных методов представляют современный стиль обучения, который способствует развитию творческой активности и креативного мышления обучающихся.

Пособие предназначено для студентов 1-курса бакалавриата всех направлений национальных групп ТУИТ.

Annotasiya

     Qo'llanma bakalavriyatning barcha yo'nalishlari uchun rus tilidagi namunaviy dastur talablariga muvofiq tuzilgan va 10 ta leksik va grammatik mavzularni o'z ichiga oladi. Ushbu qo'llanmaning maqsadi talabalarga rus tilini amalda o'zlashtirishga yordam berish: turli xil aloqa sohalarida o'z fikrlarini to'g'ri ifoda eta olish va o'z mutaxassisligi bo'yicha o'quv, ilmiy va texnik adabiyotlardan foydalanish.


Qo'llanmadagi ish tizimi izchil amalga oshiriladigan kommunikativ-faol printsipga asoslanadi, bu o'quv materialini yanada yo'naltirilgan va integratsiyalashgan holda joylashtirishga yordam beradi. O'quv jarayonida innovatsion texnologiyalar, AKT va interfaol usullardan foydalanish o'quvchilarning ijodiy faolligi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradigan zamonaviy o'quv uslubini aks ettiradi.

Qo'llanma TATU milliy guruhlarining barcha yo'nalishlarida 1 kurs talabalari uchun mo'ljallangan.




3- topshiriq. Ilmiy ish turlari bo‘yicha klaster tuzing.


dissertatsiya

Ilmiy ish

Ilmiy daraja

Ilmiy tadqiqot



Ilmiy izlanishlar


Уй вазифаси

2- mashq. Mavzu boshida berilgan tayanch so’z va iboralarni qatnashtirib kichik ilmiy matn tuzing.




Ilmiy matn: asosiy toifalar, tarkibiy birliklar va taqdimot usullari Ilmiy matn - bu grammatik, leksik, tarkibiy-semantik va mantiqiy-kompozitsion xususiyatlarga ega bo'lgan umumiy adabiy tilda yozilgan matn turi. Ilmiy matnda, ishbilarmon, jurnalistik yoki badiiy matndan tashqari, nutqning funktsional turlari (tavsif, rivoyat, mulohaza, isbot va hk) qo'llaniladi. Bu erda umumiy tilshunoslik va matnli vositalarning turli xil to'plami mavjud, o'xshashlik va gipoteza kabi fikrlash usullari faol qo'llaniladi; bunday matnning tarkibi, qoida tariqasida, ilmiy dalillar mantig'i bilan aniqlanadi (versiya, ishchi gipoteza, deduktiv yoki induktiv fikrlash usullari, gipotezani asoslash, uni ishonchli nazariy bilimlar darajasiga ko'tarish va h.k.).

Matnning tipologiyasi, uning janri va stilistik navlari ilmiy nutq mavzusi, tavsif ob'ekti va ilmiy aloqaning adresati tomonidan belgilanadi. Ilmiy aloqa, ilmiy faoliyat sohalariga, ma'lum leksik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish, matn materiallarini tashkil qilish uchun maxsus tarkibiy, mantiqiy va kompozitsion sxemalardan foydalanish belgilanadi.

Ilmiy matnlarda leksik takrorlash orqali bog'lanish eng keng tarqalgan bo'lib, unda oldingi jumlaning ma'lum bir so'z / iborasi quyidagilarda takrorlanadi, masalan: Kamayish - uning davomiyligi pasayishi yoki kuchlanishning pasayishi natijasida tovushning artikulyatsion va akustik xususiyatlarining o'zgarishi. Kamaytirish asosan unli tovushlar yordamida amalga oshiriladi, ammo undosh tovushlarning qisqarishi ham aniqlanadi ... Ular miqdoriy pasayish - tovushning shoksizligi tufayli pasayishi va sifat qisqarishi - davomiylikning qisqarishi tufayli artikulyatsiya tabiatining o'zgarishi.

4- topshiriq. Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib, biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.

Matematikadan amaliy mashg’ulot kitobiga

annotatsiya

Mazkur kitob 8 va 10 yillik ta’lim bazasidagi maktablarning matematikadan yangi pogrammasining barcha bo’limlariga doir masalalar yechish bo’yicha qo’llanmadir.



Qo’llanmaning asosiy maqsadi o’quvchiga masalalar yechish usullarini o’rganishga, bu masalalarni yechishda hosil qilingan malakalarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam berishdan iboratdir. Qo’llanma maktab o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, unda sinf ishi, uy ishi, mustaqil ishlar uchun mashqlar tanlash foydali bo’lishi mumkin.
Download 88.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling