1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
Download 22.95 Kb.
|
yoshlar daftari haqida
1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi 9. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq har bir individual holatda ariza beruvchining hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi. 10. Ariza beruvchi bir martalik moddiy yordam ajratishni so‘rab mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi. 11. Mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatini o‘rganadi hamda moddiy yordam ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. 12. Mahalladagi yoshlar yetakchisining moddiy yordam ajratish haqidagi ijobiy tavsiyasi asosida Vasiylik kengashi qarori qabul qilinib, yetti ish kuni ichida tuman (shahar)lar hokimliklariga yuboriladi. Vasiylik kengashi qarori asosida tuman (shahar)lar hokimliklari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni uch ish kuni ichida Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali)ga o‘tkazadi. 13. Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini uch ish kuni ichida ariza beruvchiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beradi. Oyning oxirgi ish kunida qaydnomalar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Shuningdek, oyning 27-kuniga qadar to‘lanmagan moddiy yordamga yo‘naltirilgan mablag‘lar har oyning oxirida tegishli hisob raqamlarga qaytariladi. Qaydnomaning bir nusxasi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi. Ariza beruvchi tomonidan talab qilib olinmagan moddiy yordam mablag‘larini qonunchilikda belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisob raqamiga qaytarish choralari ko‘riladi. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi muhtoj yoshlarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlar qaydnoma nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda elektron platformadagi yoshlarning individual so‘rovnomasiga kiritilishini ta’minlaydi. Bunda Xalq bankining tegishli axborot tizimidagi ma’lumotlar bo‘yicha elektron platforma bilan o‘zaro axborot almashinuvi tizimi joriy etilgandan so‘ng elektron qaydnoma nusxasini taqdim etish hamda yoshlarning individual so‘rovnomasiga kiritish talab etilmaydi. 14. Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga asos bo‘lmaydi. 15. Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling