1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi


Download 295.72 Kb.
bet1/9
Sana05.12.2020
Hajmi295.72 Kb.
#159694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-sinf test-2017 tuzatilgani



I bob

1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi.

A bir tartibga B floraga C sistemaga D A va C

2. O’zb.da tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning turi qancha?

A 4500 B 3700 C 8000 D 500 000

3. Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning turi qancha?

A 4500 B 50000 C 8000 D 500 000

4. Botanika so’zi qaysi so’zdan olingan va qanday ma’noni bildiradi?

A yunoncha “botane” - o’t

B yunoncha “botane” - o’tli

C yunoncha “botane” - o’t-o’simlik, ko’kat

D yunoncha “botane” – o’saman, rivojlanaman

5. Botanika fanining asosiy bo’limlarini aniqlang.

1) o‘simliklar morfologiyasi; 2)genetika; 3)o‘simliklar anatomiyasi; 4)o’simliklar geografiyasi; 5)o‘simliklar fiziologiyasi; 6)o‘simliklar sistematikasi; 7) sitologiya; 8)o‘simliklar embriologiyasi; 9)geobotanika; 10)ekologiya; 11)paleobotanika; 12)algologiya; 13)lixenologiya; 14)briologiya.

A 1,2,3,4,5,6,7; B 1,3,4,5,6,8,9,10,11;

C 1,3,5,6,8,9,10,11,12,13,14; D 2,4,7,9,13,14

6. O’simliklarni ildiz, poya va barglarini ichki tuzilishini o’rganadigan bo’limni aniqlang.

A o‘simliklar morfologiyasi;

B o‘simliklar embriologiyasi;

C o‘simliklar anatomiyasi;

D o‘simliklar fiziologiyasi.

7. O‘simliklar morfologiyasi bo’limi nimani o’rganadi?

A o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;

B o‘simliklarning ichki tuzilishini;

C tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi;

D o‘simlik organlarining tashqi tuzilishini o‘rganadi.

8. O‘simliklardagi hayotiy jarayon(lar)ni belgilang.

A daraxt,buta,yarim buta va bir, ikki, ko’p yillik o’tlar;

B mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish,nafas olish, fotosintez;

C urug’ning unib chiqishi, mevalarning tarqalishi, xazonrezgilik;

D changlanish, urug’lanish, vegetativ ko’payish.

9. O‘simliklar embriologiyasi bo’limi nimani o’rganadi?

A o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini;

B o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni;

C ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi;

D A va C.

10. Geobotanika bo’limi nimani o’rganadi?

A tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi;

B o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini;

C nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi;

D t.j.y.

12. O’simliklarni tuproqdan mineral moddalarni qabul qilish jarayonini o’rganadigan bo’limni aniqlang.

A o‘simliklar morfologiyasi;

B o‘simliklar embriologiyasi;

C o‘simliklar anatomiyasi;

D o‘simliklar fiziologiyasi.

13. Botanika fanining asosiy bo’limlarini o’rganish sohasi bilan juftlab yozilgan javobni aniqlang.

a) o‘simliklar morfologiyasi; b) briologiya; d)o‘simliklar anatomiyasi; e) lixenologiya; f)o‘simliklar fiziologiyasi; g)o‘simliklar sistematikasi; h) algologiya; i)o‘simliklar embriologiyasi; j)geobotanika; k)ekologiya; l)paleobotanika;

1-o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni; 2-o‘simliklarning ichki tuzilishini; 3- lishayniklarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‘rganadi; 4-o‘simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi; 5- mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish jarayonlarini o‘rganadi. 6-o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini; 7-o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini; 8- yo‘sinlarni o‘rganadi; 9-o‘simliklarning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlaridagi qonuniyatlarni; 10-qazilma o‘simliklar to‘g‘risidagi fan; 11- o‘simlik organlarining tashqi tuzilishini o‘rganadi; 12-tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi; 13-suvo‘tlarni o‘rganadi; 14- ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi; 15- nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi; 16- klassifikatsiya qiladi;

A a-9,12; b-3; d-2; e-8; f-4,16; g-1,5,15; h-13; i-6,14; j-7; k-11; l-10;

B a-2; b-8; d-12; e-3; f-1,5,14; g-4,16; h-13; i-6,15; j-7; k-9,11; l-10;

C a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,15; g-4,16; h-13; i-6,14; j-7; k-9,12; l-10;

D a-11; b-8; d-2; e-3; f-1,5,14; g-4; h-13; i-6,15; j-7; k-9,12; l-10,16.

14. “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklarni belgilang.

A isiriq, chakanda, zubturum

B shuvoq, sebarga, burchoq

C xolmon, shirach, sallagul

D yong’oq, bodom, pista, safsan

15. Chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblangan o’simliklarni belgilang.

A isiriq, chakanda, zubturum

B shuvoq, sebarga, burchoq

C shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar

D yong’oq, bodom, pista, safsan

16. O’simliklarni o’rganish ishlarining boshlanishi kimning nomi bilan bog’liq?

A Arestotel B Beruniy C Teofrast D ibn Sino

17. Tabobatga bag’ishlangan asarni belgilang.

A “Kitob as-Saydana” B “Kitob ush-shifo”

C “O’simliklar anatomiyasi” D A va B javoblar

18. Qaysi asar(lar)da ko’pgina dorivor o’simliklarni tasvirlab, ularning shifobaxsh xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan.

A “Kitob as-Saydana” B “Kitob ush-shifo”

C B va D javoblar D “Kitob al-qonun fit-tibb”

19. O’zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan olimlarni belgilang.

1) S.A.Daminov; 2)Y.P.Korovin; 3)R.A.Alavi; 4)A.I.Vvedenskiy; 5)K.A.Zufarov; 6)Teofrast; 7) Q.Z.Zokirov; 8)Y.X.To’raqulov; 9)F.N.Rusanov; 10)V.V.Vohidov; 11)I.Q.Musaboyev; 12)A.M.Muzaffarov.

A 1,3,4,8,11; B 2,4,6,7,9,12;

C 1,3,5,6,8,10,11; D 2,4,7,9,12.

20. Gulli o’simliklar qanday organlardan tashkil topgan?

A poya, barg, meva, urug’, gul

B ildiz, poya, barg, gul C ildiz, meva, barg, poya

D barg, meva, urug’, gul, poya, ildiz

21. Yer yuzida gulli o’simliklarning … ta turi mavjud.

A 4500 B 500 000 C 8000 C 250 000

22. Hamma gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan xususiyatni belgilang.

A gulqo’rg’oni bo’ladi

B hayoti davomida bir necha marta gullaydi

C o’z hayoti davomida gullab meva tugadi

D ildiz, poya va bargga ega

23. Seyshel palmasiga xos bo’lgan xususiyatlar.

1)120 oy davomida pishib yetiladi 2) mevasi yong’oq 3) mevasining og’irligi 25 kg 4)Sumatra orolida uchraydi 5)Seyshel orolida uchraydi 6)tanasida 200 l gacha suv saqlaydi

A 1,2,3,4,5,6 B 3,5 C 1,2,3,5 D 1,3,5

24. Meksika kaktuslari tanasida qancha suv saqlaydi?

A 250 l B 200 ml C 300 l D 200 l

25. Ajdar daraxtiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)Afrikada o`sadi 5)6000 yil yashaydi 6)5000 yil yashaydi

A 1,5 B 2,5 C 2,6 D 3,6

26. Raffleziyaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)diametri 1 m gacha yetadi 5)ulkan gul

A 1,4,5 B 2,4,5 C 3,4,5 D 1,4

27.Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o’sadigan, barglari arang ko’rinadigan o’simliklarni belgilang.

A archa, qizilcha B saksovul, qandim

C archa, saksovul D qizilcha, saksovul va qandim

28. Qaysi o’simlikning poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladi?

A suv qaroqchisi B nilufar C suv yong’og’i

D drosera

29. Hasharotlar bilan oziqlanadigan o’simlik(lar)ni belgilang.

1) suvqalampir 2) isiriq 3) suv qaroqchisi

A 3 B 1,2 C 1,2,3 D 1,3

30. Tabiat ko’rki bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul

A 1,4,8,11 B 2,5,12,13 C 3,6,7,10,14 D 3,6,7,10,12

31. Xolmon qaysi o’simlikning ikkinchi nomi hisoblanadi?

A sallagul B chinnigul C jumagul D ko’zagul

32. Noyob mevali o’simliklarni belgilang.

1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul

A 4,8,11 B 2,5,12,13 C 3,6,7,10,14 D 1,4,8,11,12

33. Tabobatimiz gavhari hisoblangan o’simliklarni belgilang.

1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul

A 1,4,8,11 B 2,5,12,13 C 3,6,7,10,14 D 5,9,12,13

34. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi … bilan bog’liq.

A uzoq-million yillarning o’tishi

B ekologik sharoitning o’zgarishi

C ularning turining oshishi

D o’simliklarning moslashuvchanligi

35. 0‘simliklar tashqi muhit sharoitiga moslashib, asta sekin murakkablashib borib, ularda … paydo bo‘lgan.

A hayotiy shakllar B ekologik guruhlar C ikki xil organlar D t.j.y.

36. Lotincha «vegetatio» so‘zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

1)ko’kat; 2) yaratmoq; 3)o’sish; 4)o’t; 5)tuzmoq; 6)rivojlanish; 7)o’simlik.

A 2,5; B1,4,7; C 3,5; D 3,6.

37. Lotincha «generate» so‘zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

1)ko’kat; 2) yaratmoq; 3)o’sish; 4)o’t; 5)tuzmoq; 6)rivojlanish; 7)o’simlik.

A 2,5; B1,4,7; C 3,5; D 3,6.

38. 0‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda mosla shishi … deyiladi.

A hayotiy shakllar B ekologik guruhlar C ikki xil organlar D t.j.y.

39. Gulli o‘simliklar qanday hayotiy shakllariga bo‘linadi.

A daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik

B daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik

C bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik

D daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik, liana

40. Hayotiy shakl deb nimaga aytiladi?

A o’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga

B o’simliklarning mevasining tarqalishiga har xil shaklda moslanishiga

C faqat gulli o’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga

D o’simliklarning o’sish joyiga har xil shaklda moslanishiga

41. Gulli o’simliklar hayotiy shakliga ko’ra qanday bo’ladi?

1) daraxt 2)buta 3) yarim buta 4)o’tlar 5)bir yillik o’t 6)ko’p yillik o’t 7) 2 yillik o’t

A 1,2,3,4 B 1,2,3,5,6,7 C 1,2,4 D 1,4,5,6,7

42. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan daraxtga xos bo’lganini belgilang.

A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik

B bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquv vat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yil lik o‘simliklar.

C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar

D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

43. Shox-shabbasi yoyiq bo’lgan o’simliklarni belgilang.

A sada qayrag’och va majnuntol B qarag’ay va terak

C olma,o’rik,yong’oq,shaftoli D qayrag’och va terak

44. Shox-shabbasi g’uj va tik bo’lgan o’simliklarni belgilang.

A sada qayrag’och B qarag’ay va terak

C olma,o’rik,yong’oq,shaftoli D qayrag’och va terak

45. Shox-shabbasi sharsimon bo’lgan o’simliklarni belgilang.

A sadaqayrag’och va shamshod B qarag’ay va terak

C qarag’ay D qayrag’och va terak

46.Gulli o’simliklarni hayotiy shakliga ko’ra juftlang?

a) daraxt b)buta c) yarim buta d)o’tlar e)bir yillik o’t f)ko’p yillik o’t g) 2 yillik o’t

1) baobab 2)itsigak 3) zubturum 4)lavlagi 5)qulupnay 6)karam 7) kungaboqar 8)maymunjon 9)qoqio’t

A a-1; b-2;c-8; e-5,7; f-3,9; g-4,6;

B a-1; b-8;c-2; d-3,4; e-7; f-5,9; g-6;

C a-1; b-8;c-2; e-3,7; f-5,9; g-4,6;

D a-1; b-8;c-2; e-5,9; f-3,7; g-4,6

47. Archa uchun tog’ qismlariga ko’ra xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

Tog’larning o’rta qismida …(1), eng baland qismida …(2) qanday holatda bo’ladi?

A 1-0,5-1 m ko’tariladi xolos; 2-bo’ydor bo’lib o’sadi

B 1-bo’ydor bo’lib o’sadi; 2-0,5-1 m ko’tariladi xolos

C 1-bo’ydor bo’lib o’sadi; 2-shox-shabbasi keng bo’lib o’sadi

D 1-shox-shabbasi keng bo’lib o’sadi 2-bo’ydor bo’lib o’sadi

48. Tog’da o’simliklar bo’yining yuqoriga ko’tarilgan sari pasayib borish sababi nimada?

A oftob(issiqqa)ga chidamlilik B soyasevarlik

C doimiy shamol va qishning qattiq sovug’i

D atmosfera bosimining ko’tarilishi

49. Quyidagi xususiyatlar xos bo’lgan o’simlikni va uning hayotiy shaklini belgilang. Nihoyatda mayday bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib tur.

A majnuntol; daraxt B saksovul; buta

C saksovul; daraxt D shuvoq; yarim buta

51. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan butaga xos bo’lganini belgilang.

A bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. Ildizdagi qo‘shimcha kurtaklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi.

B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar

C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar

D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

52. Tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan butalarni belgilang.

A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq

B irg’ay, singirtak, qoraqat, na’matak, zirk, bodomcha

C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin

D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak,zirk, bodomcha

53. Madaniy butalarni belgilang.

A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq

B anor, limon, qoraqat, ligistrum, na’matak

C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin

D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak, zirk, bodomcha

54. Zirkning hayotiy shaklini belgilang.

A daraxt B liana C buta D ko’p yillik o’t

55. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan yarim butaga xos bo’lganini belgilang.

A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik

B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar

C poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklar

D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

56. Cho’llarda keng tarqalgan hayotiy shakli yarim buta bo’lgan yem-xashak o’simliklarini belgilang.

A izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq

B shuvoq, sebarga, burchoq

C shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar

D irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak, zirk, bodomcha

57. Shuvoqning hayotiy shaklini belgilang.

A daraxt B yarim buta C buta D ko’p yillik o’t

58. Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan ko’p yillik o’tlarga xos bo’lganini belgilang.

A poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik

B tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar

C poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar

D yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar

59. Ko'p yillik o'tlarni belgilang.

1)bug'doy 2)beda 3)ajriq 4)g'o'za 5)g'umay 6)sachratqi 7)zig'ir 8)mosh 9)pskom piyoz 10)kiyiko't 11)sallagul 12)qalampir 13)qoqio't 14)shirinmiya 15)iloq 16)lola 17) rayhon 18)yalpiz 19)qamish 20)andiz 21)shashir 22)sholi

A 2,3,5,6,8,9,10,11,13,14,15,16,17,18,19,20,21;

B 1,4,7,12,22; C 1,4,7,8,12, 17,22;

D 2,3,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19,20,21;

61. Gulsafsarning hayotiy shaklini belgilang.

A 2 yillik o't B 1yillik o't C buta D ko’p yillik o’t

62. Ikki yillik o’tlarga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.

A urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan poya va barg hosil qiladigan o’simliklar

B urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan poya va ildiz hosil qiladigan o’simliklar

C urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida gul(to’pgul) va barg hosil qiladigan o’simliklar

D urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan barg(to’pbarg) hosil qiladigan o’simliklar

63. ikki yillik o’simliklar qaysi organ(lar)ida oziq modda to’playdi?

A ildiz va barg B poya va barg C ildiz va poya

D ildiz, poya va barg

64. ikki yillik o’simliklarda ikkinchi yili qanday jarayonlar kuzatiladi?

A yer yuzida asosan poya va barg hosil qiladi

B yer yuzida asosan poya va ildiz hosil qiladi

C yer yuzida asosan barg(to’pbarg) hosil qiladi

D poya chiqaradi, gullab meva tugadi

65.Ikki yillik o’tlarda birinchi yili qanday jarayon yuz beradi?

1)urug’dan ko’karib chiqadi. 2).yer yuzida to’pbarg hosil qiladi 3)gul hosil qiladi 4)poya chiqaradi.

A.1,2 B.1,2,3,4 C.1,2,4 D.4

66. Ikki yillik o’simliklarn belgilang.

A lavlagi, sabzi,sholg’om, karam

B oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z

C sabzi, karam,lavlagi, sholg’om, piyoz

D oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z, sigirquyruq

67. Sigirquyruqning hayotiy shaklini belgilang.

A 1yillik o’t B 2yillik o’t C buta D ko’p yillik o’t

68. Zubturumning hayotiy shaklini belgilang.

A 1yillik o’t B 2yillik o’t C buta D ko’p yillik o’t

69. Ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi va meva(urug’) tugib, o’z hayotini tugallaydi.

A 1yillik o’t B 2yillik o’t C buta D yarim buta

70. Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarning juda ko‘pchiligi qaysi hayotiy shakl o‘simliklaridir.

A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta

71. Bir yillik o’simliklarni belgilang.

A lavlagi, sabzi,sholg’om, karam

B qo’ytikan, momaqaldiroq, kanakunjut, kanop, makkajo’hori

C sabzi, karam,lavlagi, sholg’om, piyoz

D oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z, sigirquyruq

72. Rayhonning hayotiy shaklini belgilang.

A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta

73.Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan bir yillik madaniy o’simliklarni aniqlang.

A.oq sho’ra,machin B.bug’doy,jag’jag’

C.mosh,no’xat,yong’oq D.arpa,rayhon

74. Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan madaniy bir yillik o’simliklarni belgilang.

A oq sho’ra,jag’-jag’,machin, qora ituzum, baliqko’z

Bg’o’za,bug’doy,arpa,zig’ir, yeryong’oq,mosh,sholi, no’xat, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon

C anor, limon, qoraqat, ligistrum, nastarin

D g’o’za,bug’doy, arpa,zig’ir, yeryong’oq,mosh,sholi, no’xat, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon, momaqaldirmoq, qo’ytikan, kanakunjut, kanop

75. Juda mayda, yer yuzasidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan 1 yillik o’t(lar)ni belgilang.

A jag’-jag’ B momaqaldirmoq, qo’ytikan C qoqio’t D boychechak

76. Bo’yi 1m ga boradigan undan ham oshadigan bir yillik o’simliklarni belgilang.

A momaqaldirmoq, qo’ytikan

B kanakunjut, zig’ir, kanop

C kanakunjut, kanop, makkajo’xori

D anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin

77. O’t o’simliklar qanday guruhlarga ajratiladi?

1) 1yillik o’t 2)ko’p yillik o’t 3)buta 4)yarim buta

5) 2yillik o’t 6)daraxt

A 1,2,5 B 1,2,4,5 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5

78. Qulupnayning hayotiy shaklini belgilang.

A 1yillik o’t B ko’p yillik o’t C buta D yarim buta

79.Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblangan yarim butalarni aniqlang?

1.beda 2.sebarga 3.saksovul 4.izen 5.shuvoq 6.yantoq 7.keyreuk

A.1,2,3,4,5,6,7 B.3,4,5,7 C.4,5,7 D.3,4,5,6,7



II BOB. HUJAYRA VA TO’QIMA
1. …- organizm (hayotning) asosi.

A organ B kimyoviy element C hujayra D atom

2. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang.

A hujayradan tuzilganligi

B hujayraning mitotic bo'linib ko'payishi

C tanasining organ, to'qima va hujayradan tuzilganligi

D harakatlanish

3. Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi?

A organ B molekula C hujayra D atom

4. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan-

A molekula B oqsil tuzilmasi C hujayra D atom

5. O'simliklarning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan ular … jihatdan farq qilsa ham, … jihatdan o'xshaydi.

A ichki; tashqi B shakl; ichki C ichki; funksiya

D kimyoviy tarkib; ichki

6. Hujayra haqidagi fan -

Asitologiya B gistologiya C biologiya D ornitologiya

7. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashganligiga qarab qaysi xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi?

1)shakli 2)ranggi 3)yirik-maydaligi 4)ichki tuzilishi 5)funksiyasi

A hammasi B 1,2,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3,5;

8. O'simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko'ra qanday bo'ladi?

A eukariot yoki prokariot B bir yoki ko'p hujayrali

C bir, ko'p hujayrali yoki kolonial

D hujayrali va hujayrasiz

9. …(1) hujayra ba'zi bir tuban o'simliklarda, …(2) hujayra esa yuksak o'simliklarda bo'ladi.

A 1-prokariot; 2-eukariot B 1-bir; 2-ko'p

C 1-bir; 2-ko'p yoki kolonial hujayralar;

D 1-organoidsiz; 2-organoidli;

10. Hujayra kim tomonidan qachon kashf etilgan?

A ingliz fizigi Robert Guk 1635-yil

B ingliz fizigi Robert Braun 1635-yil

C ingliz fizigi Robert Guk 1665-yil

D ingliz fizigi Robert Braun 1831-yil

11. Hujayra qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?

A sitoplazma va yadro

B hujayra qobig'I, sitoplazma, yadro

C hujayra ichidagi tirik qism va yadro

D hujayra qobig'I va hujayra ichidagi tirik qism

12. Hujayra tarkibidagi qaysi qismi tiniq va mustahkam bo'ladi?

A hujayra qobig’i B sitoplazma C yadro D plastida

13. Hujayra qobig’iga qaysi modda mustahkamlik berib turadi?

A fosfolipid B kleykobina C suberin D klechatka

14. Hujayra qobig’I qanday vazifa(lar)ni bajaradi?

1)hujayra ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o’rab turadi 2)tashqi ta’sirdan himoya qiladi 3)hujayraga mustahkamlik beradi 4)hujayra shaklini saqlab turadi 5)hujayrani tashqi muhit bilan bog’lab turadi

A 1,2,3,4 B 1,2,3,4,5 C 1,2,3 D 1,4,5

15. Hujayraning asosiy tarkibiy qismini belgilang.

A sitoplazma B yadro C hujayra qobig’i D plastida

16. Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)rangsiz 2)rangli 3)tiniq 4)suyuq 5)quyuq 6)shilimshiq 7)doim harakatlanib turadi 8)harakatsiz

A 1,3,4,6,7 B 1,3,4,6,8 C 1,3,5,6,7 D 2,3,4,6,8

17.Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holdagi doimo harakatlanib turadigan qismi.

A hujayra qobig`I B yadro C sitoplazma D plastida

18. Ko‘kyashil suvo‘tlar, bakteriyalarning … shakllan magan?

A hujayra qobig’i B sitoplazma C yadro D plastida

19. U hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi-

Ahujayra qobig’I B sitoplazma C yadro D plastida

20. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?

1)yashil suvo’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3)achitqi zamburug’i 4)bakteriya 5)ayrim zamburug’lar

A 1,3,5 B 2,4 C 2,4,5 D 1,4,5

21.Yadroning shakli va hajmi uning qanday xususiyatlariga bog’liq?

1)hujayraning holati 2)bajaradigan vazifasiga 3)hujayraning yirik maydaligiga 4)hujayraning yoshiga 5)yashash sharoitiga 6.to`qimaning turi

A 1,2,3 B 2,3,4 C 1,3,4,5,6 D 1,4,5

22. Hujayraning tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin turadigan organoidini belgilang.

A hujayra qobig’I B ribosoma C yadro D plastida

23. Irsiy belgilarning keyingi avlodga o’tishiga muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayraning bo’linishida muhim ahamiyatli hujayra organoidini belgilang.

A hujayra qobig’I B sitoplazma C yadro D plastida

24. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri, ular faqat o’simliklar uchun xos.

A vakuola B sentriola C ribosoma D plastida

25. Plastidalarning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi?

A 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (rangsiz), leykoplast (zarg'aldoq, qizg'ish)

B 3 xil; xloroplast (zarg'aldoq, qizg'ish), xromoplast (yashil), leykoplast (rangsiz)

C 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, qizg'ish), leykoplast (rangsiz)

D 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, yashil-ko'k), leykoplast (rangsiz)

26. Qaysi plastida(lar) o'simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi?

1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast

A 1,2,3 B 1,2 C 1 D 2

27. O'simlik mevasiga rang beruvchi plastida(lar)ni belgilang.

1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast

A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 D 2

28. Qaysi plastida(lar) tufayli o'simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi?

1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast

A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 D 2

29. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliqni belgilang.

A granula B lizosoma C vakuola D yadro

30. Yashil xlorofill pigmentga ega plastidani aniqlang.

A leykoplast B xloroplast C xromoplast D kariotin

31. Zaxira moddalar saqlaydigan plastidani belgilang.

A leykoplast B xloroplast C xromoplast D kariotin

32. Xromoplastlarda qanday rangli plastidalar uchraydi.

A qizil B yashil C sariq D A va C

33. O’simliklarda qaysi plastidada fotosintez jarayoni boradi.

A leykoplast B xloroplast C xromoplast D kariotin

35. Hujayra shirasi tarkibida …%suv va unda erigan ko'pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar bo'ladi.

A 70-95 B 75-90 C 80-90 D 85-90

36.Meva ta'mining achchiq, shirin yoki nordon bo'lishi nimaga bog'liq?

A hujayra shirasi B yadro C sitoplazma

D hujayra tarkibidagi suvning miqdoriga

37. Piyoz hujayralari qaysi jihatlari bilan boshqa o'simliklarning hujayralaridan farq qiladi?

A hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, xloroplastlarga boyligi

B hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylash-ganligi, leykoplastlarga boyligi

C hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, plastidalarining rangsizligi

D hujayralari shaklining yumaloq ekanligi, zich joylashganligi, plastidalarining rangsizligi

38. Ko'pchilik o'simliklar hujayrasining o'lchami qanday bo'ladi?

A kichkina B yirik

C eni bo'yidan bir necha marta katta

D bo'yi enidan bir necha marta katta

39. Chigit yuzasidagi tola-tuk nechta hujayradan iborat va u(lar)ning uzunligi?

A 1ta; 2-3 sm; B 1 ta; 3-4sm; C 2 ta; 3-4 sm;

D bir nechta; 3-4 sm

40. Hujayralar qaysi xususiyatiga qarab xilma-xil tuzilgan bo'ladi?

A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli

D B va C

41. Hujayralar qaysi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi?

A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli

D B va C


42. Qaysi o’simlik hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin.

1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.

A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 D 1,3,4,7

43. Bir hujayrali tuban o’simliklarni aniqlang

1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.

A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 D 1,3,4,7

44. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlikda kuzatish mumkin –

A piyoz B elodeya C pomidor D chigit tolasi

45. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparatni butunligicha mikroskop ostida ko’rish mumkin?

A suvda o’sganligi uchun

B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun

C barglari shaffof bo’lgani uchun

D suv tomchisida tabiiy sharoitdagidek tirik ko’ringani uchun

46. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi?

A suvda o’sganligi uchun

B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun

C suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun

D hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun

47. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi?

A hujayralararo modda B hujayra qobig'idagi teshik

C sitoplazma D yadro

48. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini qaysi tajriba yordamida kuzatish mumkin?

A elodeyadan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib

B piyozdan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib

C mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan xamir solib yodli suvli tushirish orqali

D ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa kesma tayyorlab uni suv tomchisi yoki glitseringa qo'yib

49. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini kuzatish tajribasida nima hujayra qobig'I vazifasini o'taydi?

A piyoz qobig'I B elodeya bargi po'sti

C mayda ko'rinmas teshikchali sellofan

D xamirning tashqi yuzasi

50. Mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib yodli suvli tushirganda xamir qanday rangga kiradi?

A sariq B ko'k C oq D qizil

51. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri …

A o'sish va bo'linish B oziqlanish

C harakatlanish D o'zgaruvchanlik

52. Hujayra qobig'I hujayraning yoshiga qarab ….

A yupqalashadi B qalinlashadi C o'zgarmaydi

D mo'rtlashadi va ko'p joyni egallaydi

53. Qari hujayralardagi sitoplazmaning vakuolga nisbati to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.

A sitoplazma vakuolga qaraganda ko'proq joyni egallaydi

B vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi

C vakuol va sitoplazma teng nisbatda butun hujayrani qoplab olgan bo'ladi

D yosh hujayralarnikidek bo'ladi

54. Qanday belgi orqali yosh va qari hujayralarni ajratish mumkin?

A hujara qobig'ining qalin yoki yupqaligiga qarab

B sitoplazma va vakuolning nisbatiga qarab

C sitoplazma va yadroning nisbatiga qarab

D Ava B


55. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlari yo'qoladi va ularning o'rnini nima egallaydi bu o'z navbatida qari hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi?

A yadro yo'qolib uning o'rnini sitoplazma egallaydi

B yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini vakuol egallaydi
C yadro yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi

D yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi

56.Qanday hujayralarda bo'linib ko'payish kuzatiladi?

A barcha hujayralarda B faqat yosh hujayralarda

C faqat hosil qiluvchi to’qima hujayralari

D barcha tirik hujayralar

57. hujayraning bo'linishida qaysi organoid katta rol o'ynaydi?

A yadro B sitoplazma C hujayra qobig'i D xromosoma

58. Hujayradagi bo'linish jarayoninining ketma-ketligini to'g'ri belgilang.

1)yadro yiriklashadi 2)yadro ikkiga ajraladi 3)bo'lingan yadro bo'laklari parda bilan qoplanadi 4)sitoplazmada to'siq paydo bo'ladi 5)ona hujayradan 2ta yosh hujayra paydo bo'ladi

A 2,3,4,1,5 B 1,2,3,4,5 C 1,2,4,3,5 D 1,2,4,5,3

59. Ona hujayradan 2 ta yangi yosh hujayralarning hosil bo'lishida plastidalarning ikki hujayraga taqsimlanish jarayonini to'g'ri belgilang.

A hosil bo'lgan hujayralarning faqat bittasida plastida bo'ladi ikkinchisida esa keyinchalik paydo bo'ladi

B plastidalar teng ikkiga ajralib yosh hujayralarga o'tadi

C xloro va xromoplastlar noteng taqsimlanib faqat leykoplastlar teng ikkiga bo'linib yosh hujayralarga o'tadi

D plastidalar bo'linish jarayonida parchalanib ketadi, bo'linish tugagach har bir yosh hujayralarda yana paydo bo'ladi

60. Ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan yosh hujayralar qaysi oziq moddaning hisobiga o'sishda davom etadi?

A o'zidagi oziq modda

B ona hujayrada zaxiralangan oziq modda

C yondosh hujayralardagi oziq modda

D hujayralararo modda hisobiga

61. Elodeya o‘simligidagi sitoplazma harakati nima ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

A yorug’lik B harorat C suv D oziq moddalar

62. To'qima tushunchasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan?

A ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1831-yil

B ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1632-yil

C ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1681-yil

D ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1682-yil

63. 0‘simliklarning bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi nima deyiladi.

A to’qima B organ C hujayra D organlar sistemasi

64. 1-elaksimon naylar va 2-lub tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?

a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima

A 1-a; 2-b; B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;

66. 1-o’tkazuvchi naylar va 2-yog’ochlik tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?

a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima

A 1-a; 2-b; B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;

67.Hosil qiluvchi to`qima yana qanday nomlanadi?

A.xlorenxima B.meristema C.kollenxima D.libriform

68. Hosil qiluvchi to`qima hujayralariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?

1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4) tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar

8) tirik hujayralar;

A.2,3,6,7 B.4,7 C.1,2,3,6,8 D.2,3,5,6,7

70. Novda va ildizlarning 1-uchki va 2-ichki qismlarida joylashgan meristemalarni aniqlang.

A 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-ildizning bo’linuvchi zonasi

B 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-kambiy

C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning bo’linuvchi zonasi; 2-kambiy.

D C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning o’suvchi zonasi; 2-floema.

71. Poya va ildizning po‘stlog‘i (floema) va yog‘ochligi (ksilema) orasida joylashgan to‘qimani aniqlang

A.periderma B.xlorofilli parenxima C.xlorenxima D.meristema

72. Poya va ildizda halqa shaklida joylashgan to’qimani belgilang

A.periderma B.kambiy C.xlorenxima D. assimilyatsion

73. Asosiy to`qima tarkibiga kiruvchi to`qimalarni aniqlang?

A.assimilyatsion B.suv to’plovchi C.jamg’aruvchi D.barchasi

74. Assimilyatsion to`qima yana qanday nomlanadi?

A.periderma B.xlorofilli parenxima C.xlorenxima

D.A va C

75.Xlorenxima qayerda joylashgan?

A.poya va ildizlarda B. ildiz, barg va novdalarda C.po`stloqda D.yashil barg va yashil novdalarda

76. Quyidagi qaysi o`simlik(lar)da suv to’plovchi parenxima hujayralar mavjud?

1.sarsazan 2.buzoqbosh 3.kaktus 4.baliqko`z

A.1,3 B.2,4 C.1,2,3,4 D.3

78. Daraxtlarning tanasi, ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‘larda yaxshi rivojlangan to’qima hujayralarini aniqlang.

A.periderma B.xlorofilli parenxima C jamg’aruvchi parenxima D suv to‘plovchi parenxima

79. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qaysi to‘qima bir necha xil bo‘ladi?

A asosiy B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik

80. Cho‘llarda o‘suvchi ayrim o‘simliklar poyasi va bargida qanday hujayralar mavjud.

A havoni jamg‘aruvchi B suv to‘plovchi parenxima C xlorofilli parenxima D.libriform

81.Epiderma uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?

1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4)tirik hujayralar; 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar yig‘indisidan iborat bo’lib, tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar.

A.2,3,6,7 B.4,7 C.1,2,3 D. 5

82. O‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradigan to’qima?

A asosiy B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik

83. … barg va yosh novdalarni qoplab turadi.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq



84. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan … qoplanadi

A maxsus yog‘simon modda bilan

B kutikula yoki mum bilan

C oqsilli qobiq bilan D klechatka bilan

85. Epiderma …. bilan almashinadi.

A ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma

B ikkilamchi qoplovchi to‘qima po’stloq

C ikkilamchi qoplovchi to‘qima po’kak

D ikkilamchi qoplovchi to‘qima klechatka

86. Qaysi qoplovchi to’qima po‘kak va boshqa hujayralardan tarkib topgan.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq

87. Qaysi o‘simliklarning poya va ildizlarida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinadi.

1)bug'doy 2)beda 3)qulupnay 4)g'o'za 5)g'umay 6)itsigak 7)zig'ir 8)mosh 9)pskom piyoz 10)maymunjon 11)sallagul 12)qalampir 13)qoqio't 14)shirinmiya 15)iloq 16)baobab 17) rayhon 18)yalpiz 19)qamish 20)andiz 21)zubturim 22)sholi

A 2,3,5,9,11,13,14,15, 17,18,19,20,21;

B 1,4,7,12,22; C 1,4,7,8,12, 17,21, 22;

D 2,3,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19,20

88. Qaysi qavat o‘lik hujayralardan iborat bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq

89. Nima uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlarni o‘tkazmaydi.

A kutikula yoki mum bilan qoplangan

B epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashingan C qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan D t.j.y.

90. Daraxt va butalarning tanasi va ildizida har yili qaysi to‘qimaning yangi qavati shakllanadi.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq

91. O’simliklarni suv bug‘lanishini kamaytiruvchi moslanishini belgilang.

A kutikula yoki mum bilan qoplanganligi

B epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinganligi

C qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilganligi D t.j.y

92. Qaysi hujayralar gaz almashinuvi va suv bug‘latishda ishtirok etadi.

A havoni jamg‘aruvchi B suv to‘plovchi parenxima C loviyasimon D.po’stloq

93. Nima sababli daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda yoriqlar paydo bo‘ladi.

A qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan

B po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi

C epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan almashinganligi

D kutikula yoki mum bilan qoplanganligi

94.Qaysi hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq

95. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan saqlashdan iborat.

A po‘kak B epiderma C periderma D po ‘stloq

96. To’qimalarni ularning vazifasi bilan juftlang.

a)hosil qiluvchi to ‘qima, b)qoplovchi to ‘qima, c)asosiy to‘qima, d)ajratuvchi to ‘qima, e)o‘tkazuvchi to ‘qima, f)mexanik to ‘qima.

1-o‘simlik tanasida moddalarning harakatlanishini ta’minlaydi; 2-o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradi; 3-o‘simlik organlariga mustahkamlik (tayanch) beradi; 4-uglevod, oqsil va boshqa moddalarni to‘playdi; 5-novda va ildizlarning bo’yiga va eniga o’sishini ta’minlaydi; 6-moddalarni ajratib chiqaradi

A a-5; b-6; c-4; d-2; e-1; f-3;

B a-5; b-2; c-4; d-6; e-1; f-3;

C a-5; b-2; c-1; d-6; e-4; f-3;

D a-4; b-5; d-6; e-3; f-1;

97. O‘simlik tanasida moddalarning harakatlanishini nimalar ta’minlaydi?

A ksilema naylari B lub va yog‘ochlik tolalari C floema naylari D A va C

98. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga nimalar orqali harakatlanadi.

A elaksimon naylar B o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar

C floema naylari D A va C

99. Yo‘ldosh hujayralar qaysi hujayralar yonida joylashgan?

A elaksimon nay B yog‘ochlik tolalari C o’tkazuvchi nay D A va C

100. Yo‘ldosh hujayralar qaysi hujayralar orasida joylashgan?

A elaksimon nay B lub tolasi C lub parenximasi D A va C

101. Qaysi hujayralari yadroga ega emas?

A elaksimon nay B lub tolasi C lub parenximasi D A va C

103. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang.

A Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.

B Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi

C Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi

D Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.

104. Kslemaning tarkibiy qismlarini aniqlang.

1-tukcha; 2-lub tolasi; 3-o’tkazuvchi nay; 4-yo’ldosh hujayra; 5-og’izcha; 6-yog’ochlik parenximasi; 7-elaksimon nay; 8-yog’ochlik tolasi; 9-loviyasimon hujayra; 10- lub parenximasi; 11-epiderma hujayralari.

A 1,5,9,11; B 2,4,7,10; C 3,6,8; D 2,3,4.

105. Epidermaning tarkibiy qismlarini aniqlang.

1-tukcha; 2-lub tolasi; 3-o’tkazuvchi nay; 4-yo’ldosh hujayra; 5-og’izcha; 6-yog’ochlik parenximasi; 7-elaksimon nay; 8-yog’ochlik tolasi; 9-loviyasimon hujayra; 10- lub parenximasi; 11-epiderma hujayralari.

A 1,5,9,11; B 2,4,7,10; C 3,6,8; D 2,3,4.

106. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang.

A Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.

B Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkazilmaydi

C Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi

D Ksilemada o’lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.

108. Kollenxima o`simlikning qaysi qismida bo`ladi?

A.yosh poya va ildizlari B.poya va novdalari C.yosh poya va barg bandlari D.po`stloq

109. Quyidagilardan mexanik to'qimaga mansublarini belgilang.

1)elaksimon naylar 2)poyaning po'stloq tolalari 3)ildizning yog'ochlik tolalari 4) poyaning yog'ochlik tolalari 5)ildizning po'slog'idagi tolalar 6)lub tolalari 7)naylar

A 2,3,4,5,6 B 2,3,4,5 C 1,6,7 D 2,3,4,5,6,7

110. Bu to'qima orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi - …

A o'tkazuvchi B mexanik C asosiy D assimilyatsion

111. Tirik va o’lik hujayralarga ega bo’lgan to’qimalarni belgilang.

A) hosil qiluvchi, asosiy, o’tkazuvchi B)mexanik,o’tkazuvchi,qoplovchi

C)qoplovchi,hosil qiluvchi,mexanik

D)assimillatsion,o’tkazuvchi,mexanik

112. O‘lik, qalin qobiqli hujayralarni aniqlang.

A lub tolalari B yog‘ochlik tolalari

C sklereid hujayralar D hammasi

113. xloroplastga ega hujayralarni aniqlang.

1-assimilatsion to‘qima hujayralari; 2-shaffof hujayralar; 3-po‘kak hujayralari; 4-yo‘ldosh hujayralar; 5-kollenxima; 6-sklereid hujayralar; 7- loviyasimon hujayra.

A 1,4,5; B 2,3,6; C 1,5,7; D 5,6.

114. To’g’ri juftlikni aniqlang. a)sklereid; b)sklerenxima; c)kollenxima.

1-tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. 2-o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi: uzun ingichka lub tolalari, yog‘ochlik tolalari va yumaloq sklereid hujayralar. 3- urug‘larning qobig‘i (yong‘oq, olcha, o‘rik) da, meva eti (nok, behi)da bo‘ladi.

A a-1;b-2;c-3. B a-2;b-3;c-1.

C a-3;b-2;c-1. D a-2;b-3;c-1.

115. Ajratuvchi to‘qima hujayralari qanday moddalarni ajratib chiqaradi. 1-suberin; 2- nektar; 3-kutikula; 4- fitonsid; 5-yog‘simon modda; 6- smola; 7-mum; 8-mineral tuzlar; 9-efir moylari; 10-kauchuk.

A 1,3,6,8; B 2,4,6,7,9. C 2,4,9,10. D1,3,5,9,10.

116. O’simlik bargi va nodasida uchrovchi to’qimalarni aniqlang.

A Epiderma to‘qimasi; B Kollenxima;

C Assimilatsion to‘qim; D Barchasi

117. O’lik hujayrali to’qimalarni aniqlang.

1-uchki hosil qiluvchi to‘qima; 2-yon hosil qiluvchi to‘qima; 3-assimilatsion to‘qima; 4-epiderma to‘qimasi; 5-po‘kak; 6-po‘stloq; 7-ksilema; 8-floema; 9-kollenxima; 10-sklerenxima; 11-sklereid.

A 1,2,3,4,8; B 5,6,7,10,11; C 1,3,4,8,9; D 9,10,11.

118. Qaysi to‘qima hujayralari poya va ildizda halqa shaklida joylashadi?

A mexanik B o’tkazuvchi C qoplovchi D meristema


III BOB. ILDIZ
1. Ildizlarning shakl o`zgarishlari nima deyiladi?

A.asosiy ildiz B.metamorfoz

C.qo`shimcha ildiz D.A va C

2. Gulli o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi nima deb ataladi?

A rizoid B ildizpoya C ildiz D shakli o'zgargan poya

3. Ildizga xos muhim xususiyatni belgilang.

A kurtak hosil qilmaydi B barg hosil qilmaydi

C gul hosil qilmaydi D tuproq ostida joylashgan bo'ladi

4.O'simliklarda ildiz qanday vazifa(lar)ni bajaradi?

1)vegetativ ko'payishda ishtirok etadi 2)suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi 3)oziq moddalar to'playdi 4) o‘simlikni tuproqqa biriktiradi

A 2,4 B 1,2,3 C 1,2,3,4 D 2,3

5. Ildizlar, odatda, … ildizlarga bo'linadi.

A popuk va o'q ildiz B asosiy va qo'shimcha

C asosin va yon D asosiy, qo'shimcha va yon

6. Murtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan qaysi ildiz hosil bo'ladi?

A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha

7. Poyadan va bargdan qaysi ildiz hosil bo'ladi?

A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha

8. Yon ildiz qaysi ildizdan hosil bo'ladi?

A asosiy B o'q C A va D D qo'shimcha

9. Begoniyaning ildiz turini aniqlang.

A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha

10. Popuk ildiz tizimi qaysi ildiz turlariga ega.

A asosiy B C va D C yon D qo'shimcha

11. O’q ildiz tizimi qaysi ildiz turlariga ega.

A asosiy B o'q C A va D D yon

12. Ildiz novdadan farq qilib, …. hosil qilmaydi.

A kurtak B barg C yillik halqa D gul

13. Asosiy ildizning shoxlanishi natijasida qaysi ildiz hosil bo'ladi?

A popuk B yon C qo'shimcha D o'q

14.Bir tup o'simlikning asosiy, yon va qo'shimcha ildizlari yig'indisi nima deb ataladi?

A ildiz tizimi B ildiz sistemasi C o’qildiz

D A va B

15. Ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq?

1)o’simlik turiga 2)tuproq unumdorligiga 3)ildizning shoxlanishiga 4)qo’shimcha ildizlarga

A 1,2,3,4 B 1,3 C 1,3,4 D 1,2



Download 295.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling