1. 18 yoshli o’smir jigar parenximasi shikastlangan. Qonda qaysi ferment faolligi ortgan bo’ladi


Download 6.8 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi6.8 Kb.
#667601
Bog'liq
25-ВМ 10 та -уз
sherov-informatika-1, Demakratik jamiyatda oqituvchilik kasbi va unga qo\'yiladigan talablar, logo, Diniy ritsarlik tashkilotlari faoiliyati haqida., 2- mavzu Bog‘langan qo’shma gap. Bog‘langan qo’shma gap qismlar-fayllar.org, 3-amaliy mashg\'ulot, 2 5382248789652280967, 2-amaliy (1), 2-mavzu (1), Kuch-transformatorlari.Transformatorlar-va-uning-qismlari-tuzilishi-haqida-asosiy-malumotlar.-1, 3-mavzu, Flash Promo promotion rules SG en 30, ELYEKTR STANSIYa VA PODSTANSIYaLARNING ELYEKTR KISMI MM, Dasturlash 2 fanidan mustaqil ish topshiriqlari

ЖИГАР БИОКИМЁСИ

1.18 yoshli o’smir jigar parenximasi shikastlangan. Qonda qaysi ferment faolligi ortgan bo’ladi:


2. Jigari kasal bemorda qonida mochevina miqdori 2mkmol/l, siydik bilan sutkasiga 13 gramm ajraladi. Jigarning qaysi funksiyasi buzilgan? Bu xolatni tekshirish uchun qaysi fermentlar o’rganiladi?


3. Chaqaloq kuchsiz va apatik. Jigar kattalashgan va biopsiyada ortiqcha glikogen aniqlandi. Qonda glukoza miqdori normadan kam. Bu holatga sabab nima?


4. Bemorda qonda gipoglikemiya aniqlangandan so’ng, adrenalin yuborildi. Sezilarli o’zgarish kuzatilmadi. Shifokor jigarda o’zgarish borligiga xulosa qildi. Jigarning qaysi funksiyasi o’zgargan?


5. 2 yoshli bolakayda jigar va taloq kattalashishi, katarakta kuzatildi. Qonda qand miqdori ortgan, lekin glukozaga tolerantlik testi normada. Bu qanday irsiy holat o’zgarishidan kelib chiqadi?


6. Bemor bolada aqliy zaiflik, jigar kattalashishi, ko’rish buzilishi kuzatilmoqda. Shifokor bunga bolada galaktoza-1-fosfaturidiltransferaza fermenti patologiyasini sabab qilmoqda. Bunda qanday jarayon kuzatiladi?


7. Ochlikda mushak oqsillari aminokislotalargacha parchalanadi. Bularning barchasi qaysi jarayon aktivlanishiga sababchi bo’ladi?


8. Azotning asosiy qismi organizmdan mochevina ko’rinishida chiqib ketadi. Qaysi ferment aktivligining pasayishi jigarda mochevina sintezining tormozlanishiga, qonda va to’qimalarda ammiak to’planishiga olib keladi?


9. Og’ir virusli gepatitni boshdan kechirgan 4 yoshli bolada qusish, aqlni yo’qotish, sudurgi kuztildi. Qonda – giperammoniemiya. Qanday biokimyoviy jarayon buzilgan?




10. Bemor qonida qoldiq azot va mochevina miqdori aniqlandi. Qoldiq azotda mochevina ulushi kamaygan. Bu qaysi azoning kasallanishidan dalolat beradi?
Download 6.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling