1-2-dars Fan: Jismoniy tarbiya Sana: Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida xavfsizlik qoidalari. Darsning maqsadi


Download 78.9 Kb.
bet1/7
Sana13.11.2019
Hajmi78.9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

Aim.Uz


1-2-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida xavfsizlik qoidalari.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga jismoiy tarbiya darslarida xavfsozlik qoidalariga rioyaqilish, jismoniy tarbiya bilanshug`ullanishda gigiyenik qoidalarga amal qilsih haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. O`quvchilarga avvalo jismoniy tarbiya fani haqida tushuncha beriladi.Insonlar o`zlarining noto`g`ri harakatlari yoki dangasaliklari tufayli turli xil kasallik va tanalarning qiyshayishlariga sababchi bo`lib qolishadi. Aslida inson tanasining noto`g`ri rivojlanayotganligiga e`tibor bermaydi, yoki nima qilishni bilmaydi. Bolalarning sog`lom, baquvvat, chiroyli bo`lib o`sishi uchun maktablarda, turli xil o`quv maskanlariga jismoniy tarbiya darsi fan sifatida kiritilgan.

Biz bu darsni boshlashdan avval jismoniy tarbiya uchun maxsus formalarni kiyishimiz lozim. Chunki makltab formasi buning uchun hoqulayliklar tug`diradi. Maxsus sport kiyimi, oyog`imizga yengil krassovka yoki ketalar kiyishimiz lozim. Tuflilarda jismoniy darsiga chiqiqsh taqiuqlanadi. Chunki dars davomida yugurganimizda oyog`imizdagi sirpanib ketib yiqilamiz va tan jarohatlari olishimiz lozim. Dars davomida tartib-qoidalarga qat`iy rioya qilishimiz kerak:


  • Maxsusu sport kiyimi kiyish

  • Yugurish mashqlarida bir-birimizni turtmaslik, itarmaslik

  • Har doim o`qituvchining ko`rsatmalariga rioya qilish

  • Yugu`rib kelib suv ichmaslik

  • Mashqlarni qoidasiga ko`ra to`g`ri bajarish

  • Yosh xususiyatlariga mos ravishda mashqlar bajarish

Jismoniy tarbiya darsini boshlashdan avval umumrivojlantiruvchimashqlar bajarib olish shart. Chunki bu mashqlarni bajarmasdan turib darsni boshlab bo`lmaydi. Avvalo tanani qizitib olishimiz lozim

Endi esa bir qatorga saflanishni o`rgamnamiz. Qatorga saflanish uchun hamma bo`y-bo`yiga qarab bir qatorga turiladi.Bu esa uzundan qisqaga qarab amalga oshiriladi. O`quvchilarning o`z joylarini esda saqlab qolishlari va bunga har doim amal qilishlari talab qilnadi. So`ng sanoqqa sanaladi. O`quvchilar 1 dan boshlab bir-birlariga sanoqlarni aytishadi va shu aytilgan sanoq uning safdagi o`rni ekanligi tushuntiriladi.

Safda turish bir necha marta takrorlanadi. Keyin o`quvchilar bilan doira bo`ylab o`ng oyoqdan boshlab tekis, qomatni tik tutgan holda yurish mashqlari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarning har birining qomatini to`g`ri tutishlariga e`tibor qaratadi.So`ng sekin, bir tekisda 2-3 marotaba katordan chiqmasdan yugurish mashqlarini bajaradilar. Har bir o`quvchining tartib-qoidasi o`qituvchining nazoratidan qolmasligi lozim. Tog`ri bajargan o`quvchilar izohli rag`batlantirib boriladi.(2-dars ham shu tartibda olib boriladi)

III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan “Bir qatorga saflaning”, “Hamma tezda o`z joyiga” harakatli o`yinlari o`ynatiladi va safga turish mashqlari mustahkamlanadi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish va URMlarni tog`ri bajarishni mashq qilib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

3-4-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Yengil atletika

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yengil atletika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiya bilans hug`ullanishda gigiyenik qoidalarga amal qilsih haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.


II.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Yengil atletika sport turi hisoblanadi. Yugurish, balandlikka sakrash, koptok uloqtirish, uzunlikka sakrash bularning hammasi yengil atletika turiga kiradi. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng yugurish uchun qisqa startga turishni va qisqa masofaga yugurishni mashq qilamiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi . O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilar 3 qatorga yoki doira shaklida turib olishadi va URM larni bajarishadi. URMlarni bajarishda o`qituvchi tananing bosh , bo`yin qismidan boshlab tartib bilan yelka, bel, tizza , oyoq qismlari uchun mashqlar bajartiradi.

So`ng birgalikda yugurish qoidalarini tushuntirib, o`quvchilar bilan bajaradi. Yugurishda eng avvalo nafas olishni to`g`ri yo`lga qo`yish lozim, shunda yugurayotgan o`quvchi tez charchab qolmaydi. Yugurayotganda burundan nafas olib, og`iz bo`shlig`idan chiqariladi. Yugurgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga ham e`tibor beriladi va yana bir bor eslatib o`tiladi.

Dars davomida tartib-qoidalarga qat`iy rioya qilishimiz kerak:


  • Maxsusu sport kiyimi kiyish

  • Yugurish mashqlarida bir-birimizni turtmaslik, itarmaslik

  • Har doim o`qituvchining ko`rsatmalariga rioya qilish

  • Yugu`rib kelib suv ichmaslik

  • Mashqlarni qoidasiga ko`ra to`g`ri bajarish

So`ng qisqa startga turishni o`rgatamiz. Buning uchun start chizig`i o`quvchilarga tushuntiriladi va yugurish qoidalari tushuntiriladi. (4-dars ham shu tartibda olib boriladi)
III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan 30 m masofaga yugurish musobaqasi o`tkaziladi. Buning uchun start chizig`i belgilanadi va finish chizig`i belgilanadi. O`quvchilar 2 tadan bo`lib start chizig`ida, o`qituvchi esa finish chizig`ida turadi va ogohlantiruvchi signallardan so`ng yugurish kerakligi tushuntiriladi. O`quvchilar musobaqada bir-birlaridan o`zishga harakat qilishadi va yugurish texnikasini takomillashtirishadi.


V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish , URMlarni tog`ri bajarishni va startga to`g`ri turishni o`rganib kelish topshiriladi. mashq qilib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.
5-6-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Yengil atletika

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yengil atletika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.


II.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Yengil atletika sport turi hisoblanadi. Yugurish, balandlikka sakrash, koptok uloqtirish, uzunlikka sakrash bularning hammasi yengil atletika turiga kiradi. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), tennis to`pini turgan joydan va 2-3 qadam tashlab uzoqlikka uloqtirishni o`rganamiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Bu 1-1.5 daqiqa bajariladi.

So`ng o`quvchilar hushtak chalib safga turgiziladi.O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilarga komanda berish va komanda berilgandan so`ng birgalikda , baravar mashqni bajarish o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga o`nga, chapga orqaga burilish mashqlarini o`zi ko`rsatib beradi va o`quvchilar ham bir necha marta takorlashadi. Bunda buyruqni eshitishda o`quvchilarning sezgirligi oshirib boriladi.

So`ng tennis koptokchasi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Shu koptokchani turgan joydan yoki 2-3 qadam tashlab uzoqlikka otish ko`rsatib beruiladi.O`qituvchi koptok uloqtirish texnikasini bir-necha bor takrorlab ko`rsatadi. Son`g o`quvchilarga belgilar qo`yilgan maxsus maydonchada koptok uloqtiriladi. Uziqqa uloqtirgan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.

(6-dars ham shu tartibda olib boriladi. 5-dars davomida o`rganilgan konikmalar mustahkamlanadi. Faqat o`quvchilar bilan yugurishning mokisimon yugurish 3x10 texnikasi o`rgatiladi va bajartiriladi.)


III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan tennis koptogini uzoqlikka uloqtirish bo`yicha musobaqa o`tkaziladi. O`quvchilar musobaqada bir-birlaridan o`zishga harakat qilishadi va koptok uloqtirish texnikasini takomillashtiriladi.


V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish , URMlarni tog`ri bajarishni koptok uloqtirish, mokisimon yugurishni o`rganib, mustahkamlab kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

7-8-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Harakatli o`yinlar.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga harakatli o`yinlar haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga, jamoada o`zini tutishni, ahil va inoq bo`lishni o`rgatishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II. Mustahkamlash.

O`qituvchi tomonidan o`rganilgan mashqlar takrorlanadi. Komanda berish orqali o`quvchilar safga turishni, sanashni, ongga va chapga aylanishni ko`rsatib beradilar va o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi.



III.Mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Harakatli o`yinlar – bu o`quvchilarning ziyrakligini, chaqqonligini oshirib boishga harakat qiladi. Qadimdan turli xil harakatli o`yinlar meros qolgan. Bular: Oq terakmi-ko`k terak, Chillik kabi o`yinlar. Bugun biz sizlar bilan “Qizil bayroq’, “Kartoshka ekish’ harakatli o`yinining qoidalari bilan tanishamiz.

Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), safda bir tekish yurish mashqlarini bajartiramiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Bu 5 daqiqa bajariladi.

So`ng tartib-intizomga rioya qilgan holda “Qizil bayroq’, va “Kartoshka ekish” harakatli o`yinlarining qoidasi tushuntiriladi va ko`rsatib beriladi. Sinf 2 guruhga bo`linadi. “Qizil bayroq” o`yinida qizil bayroqcha 1 ta guruhning tomoniga ilinadi va uni qo`riqlash uchun bir o`quvchi qo`yib qo`yiladi. O`rtadan chiziq chiziladi va ikki komandaning maydoni ko`rsatib beriladi. Komandalardan biri shu qizil bayroqni oil ketishga harakat qilishlari lozim. Xuddi quvlashmachoq kabi ushlangan raqib guruh a`zosi o`yinni davom ettira olmaydi. Guruhlar tezda o`z maydonlariga o`tib olishlari shart. Agar bayrioqchani raqib guruh o`z maydoniga olib o`tsa g`olib sanaladi.

So`ng “Kartoshka ekish’ o`yini ham tushuntiriladi.Doira shaklida o`quvchilar saflanadilar , koptokni bir-birlariga irg`itishadi. Irgi`tayotganda kimda-kim koptokni tushurib yuborsa dora markaziga o`tiradi. Atrofdagi o`yinchilar koptokni bir-biriga uloqtirishadi va vaqti-vaqti bilan o`tirgan o`quvchilarga ham uloqtiradilar. O`tirgan o`quvchi koptokni ilib olsa yana doira chizig`iga qo`shilib oladi. O`yin shu tariqa davom etadi.

(8-dars ham shu tartibda olib boriladi. 7-dars davomida o`rganilgan konikmalar mustahkamlanadi. Faqat o`quvchilar bilan 6x30 estafetali yugurish o`tkaziladi.)

III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan tennis koptogini uzoqlikka uloqtirish bo`yicha musobaqa o`tkaziladi. O`quvchilar musobaqada bir-birlaridan o`zishga harakat qilishadi va koptok uloqtirish texnikasini takomillashtiriladi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish , URMlarni tog`ri bajarishni koptok uloqtirish, mokisimon yugurishni o`rganib, mustahkamlab kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.



9-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Harakatli o`yinlar.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga harakatli o`yinlar haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga, jamoada o`zini tutishni, ahil va inoq bo`lishni o`rgatishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II. Mustahkamlash.

O`qituvchi tomonidan o`rganilgan mashqlar takrorlanadi. Komanda berish orqali o`quvchilar safga turishni, sanashni, ongga va chapga aylanishni ko`rsatib beradilar va o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi.



III.Mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Harakatli o`yinlar – bu o`quvchilarning ziyrakligini, chaqqonligini oshirib boishga harakat qiladi. Qadimdan turli xil harakatli o`yinlar meros qolgan. Bular: Oq terakmi-ko`k terak, Chillik kabi o`yinlar. Bugun biz sizlar bilan “Qizil bayroq’, “Kartoshka ekish’ harakatli o`yinining qoidalari bilan tanishamiz.

Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz. URMlar inson salomatligida juda ham muhim vazifani bajaradi. Har kuni bajariladigan URM mashqlari inson tanasida qon aylanishini, moddalarning to`g`ri va normal holatda almashinishini ta`minlaydi. Har kuni URM mashqlarini bajargan insonlar doimo sog`lom va tetik holatda bo`lishadi.So`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), safda bir tekish yurish mashqlarini bajartiramiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Bu 5 daqiqa bajariladi.

So`ng tartib-intizomga rioya qilgan holda “Oq terakmi, ko`k’ terak “” harakatli o`yini o`tkaziladi. Bu o`yin o`qituivchi tomonidan tushuntiriladi. Sinf 2 guruhga bo`linadi va ikki tomonga turiladi. Ular orasidagi masofa 10-15 qadam bo`lishi lozim. Shundan so`ng hamma 1-guruhdagilar birgalikda “Oq terakmi, ko`k terak? Bizdan sizga kim kerak?” deb murojaat ilishadi. Qarama-qarshi tomondagilar ularga javoban birgalikda “Oq terakmi , ko`k terak? Sizdan bizga Alijon kerak” deyishadi. Shunda Aijon ismli bola yugurib chiqib raqiblari turgan joyda keladi va yugurib raqiblarining orasidan o`tishga harakat qiladi. Agar o`quvchilarning qo`llari uzilib ketsa, Alijon bu guruhdan xohlagan o`quvchini tanlab olib ketadi, agar uza olmasa o`zi shu guruhda qoladi. O`yin shu tariqa qarama-qarshi guruhlarning qaysi birida eng kam o`quvchi qolguniga qadar davom etadi. Guruhida o`quvchilar ko`paygan tomon g`olib sanaladi.
III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bir xil tezlikda 2 daqiqa davomida yurish bilan almashlab yugurish mashqlari ham o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi tomonidan yugurish vaqtida to`g`ri nafas olish o`rgatib boriladi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish , URMlarni tog`ri bajarishni koptok uloqtirish, mokisimon yugurishni o`rganib, mustahkamlab kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.



10-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Yengil atletika

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yengil atletika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.


II.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Yengil atletika sport turi hisoblanadi. Yugurish, balandlikka sakrash, koptok uloqtirish, uzunlikka sakrash bularning hammasi yengil atletika turiga kiradi. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), tennis to`pini turgan joydan va 2-3 qadam tashlab uzoqlikka uloqtirishni mustahkamlaymiz, uzunlikka sakrashni o`rganamiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Yurish va yugurish vaqtida qomatni tik saqlash kuzatib boriladi.Bu 1-1.5 daqiqa bajariladi.

So`ng o`quvchilar hushtak chalib safga turgiziladi.O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilarga komanda berish va komanda berilgandan so`ng birgalikda , baravar mashqni bajarish o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Saflaning”, “Tekislaning”, “Rostlaning” buyruqlarini berilishi va bu buyruqqa bo`ysunishlari haqida tushuncha berilb boriladi. Bunda buyruqni eshitishda o`quvchilarning sezgirligi oshirib boriladi.

So`ng tennis koptokchasi uzoqlikka uloqtirish o`quvchilarga ko`rsatiladi. Shu koptokchani turgan joydan yoki 2-3 qadam tashlab uzoqlikka otish ko`rsatib beruiladi.O`qituvchi koptok uloqtirish texnikasini bir-necha bor takrorlab ko`rsatadi. Son`g o`quvchilarga belgilar qo`yilgan maxsus maydonchada koptok uloqtiriladi. Uzoqqa uloqtirgan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.

III. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan tennis koptogini uzoqlikka uloqtirish bo`yicha musobaqa o`tkaziladi. O`quvchilar musobaqada bir-birlaridan o`zishga harakat qilishadi va koptok uloqtirish texnikasini takomillashtiriladi.


V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa qomatni tik tutish , URMlarni tog`ri bajarishni koptok uloqtirish, mokisimon yugurishni o`rganib, mustahkamlab kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

11-12-dars

Fan: Jismoniy tarbiya

Sana:

Mavzu: Yengil atletika

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yengil atletika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.

Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.


II.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Yengil atletika sport turi hisoblanadi. Yugurish, balandlikka sakrash, koptok uloqtirish, uzunlikka sakrash bularning hammasi yengil atletika turiga kiradi. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), tennis to`pini turgan joydan va 2-3 qadam tashlab uzoqlikka uloqtirishni mustahkamlaymiz, uzunlikka sakrashni o`rganamiz.

O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Yurish va yugurish vaqtida qomatni tik saqlash kuzatib boriladi.Bu 1-1.5 daqiqa bajariladi.

So`ng o`quvchilar hushtak chalib safga turgiziladi.O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilarga komanda berish va komanda berilgandan so`ng birgalikda , baravar mashqni bajarish o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Saflaning”, “Tekislaning”, “Rostlaning” buyruqlarini berilishi va bu buyruqqa bo`ysunishlari haqida tushuncha berilb boriladi. Bunda buyruqni eshitishda o`quvchilarning sezgirligi oshirib boriladi.

So`ng tennis koptokchasi uzoqlikka uloqtirish o`quvchilarga ko`rsatiladi. Shu koptokchani turgan joydan yoki 2-3 qadam tashlab uzoqlikka otish ko`rsatib beruiladi.O`qituvchi koptok uloqtirish texnikasini bir-necha bor takrorlab ko`rsatadi. Son`g o`quvchilarga belgilar qo`yilgan maxsus maydonchada koptok uloqtiriladi. Uzoqqa uloqtirgan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.

O`quvchilarga yugurish ham yengil atletika turiga kirishi va buguni darsda 3x10 mokisimon yugurish mashqini o`tishimiz kerakligi aytiladi va yugurish texnikasi o`quvchilarga ko`rsatiladi. O`quvchilar yugurishi, start chizig`iga rioya qilishlari, buyruqlarni diqqat bilan tinglashi o`qituvchi tomonidan nazorat qilinadi.

Keyingi darsda esa 100-150 metrga yurish bilan almashinib yugurish mashqi texnikasi ko`rsatiladi va o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.O`quvchilar yugurish jarayonida to`g`ri nafas olishzarurligi uqtiriladi


Download 78.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling