1-2 seminar mashg„uloti. Mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1521099
  1   2   3   4
Bog'liq
1-2 seminar mashg’uloti. Mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari



1-2 seminar mashg„uloti.
Mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ — ajralmas, alohida 
zot degan ma‘no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orkali aks ettiriladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya‘ni 
yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror 
birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, 
hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, 
dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individ 
sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning 
uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. evaziga shaxs degan tushuncha hosil 
bo‗ladi. 
Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti 
bo‘lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab 
ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham 
subyekt bo‗lishliqdir. 
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri 
ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‗lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak 
mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha 
endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan g‗oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko‗ra, 
"endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va 
funksiyalarning o‗zaro bog‗liqligini aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o‗z tarkibida shaxs 
munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, 
hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo‗lgan 
"endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog‗liq bo‗lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy 
voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. 
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to‗g‗risida xilma-xil nazariyalar 
yaratilgan bo‗lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‗rganishda turlicha pozisiyada turadilar va 
muammo mohiyatini yoritishda o‗ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga 
biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish 
mumkin. 
Shaxs o‗zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo‗ladi. 
Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko‗rsatadigan ta'siri tushuniladi. 
Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o‗zaro munosabatda bo‗ladilar. Lekin 
hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina 
qolmasdan, uni o‗zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida
ehtiyojlarida namoyon bo‗ladi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‗z predmetining xususiyatiga 
binoan amalga oshiriladi. Odatda o‗zlarining kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va 
madaniy turga ajraladi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‗z predmetining xususiyatiga ko‗ra moddiy va ma'naviy 
turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e'tirof etiladi. 
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo‗ladi. Qiziqish- biron bir sohada 
to‗g‗ri mo‗ljal qiziqishlar olishga, yangi faktlar bilan tanshiishga, voqelikni ancha to‗la va 
chuqur aks zttirishga yordam beradigan motivdir. Shaxsnnng tuzilishiga, birinchi navbatda, 
uning individualligining kishi ehtirosinnng, ichki qiyofasining, qobiliyatlarining tuzilishida 
mujassamlashgan, shaxs psixologqyasini anglab etish uchun zarur, lekin etarln bo‗lmagan 
sistemali tarzda tuzilishi kiradi.
Shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi-uning individ ichkarisidagi (interindivid) kichik 
sistemali tarzda namoyon bo‗ladi. 
Shaxs tuzilishining ta‘riflaridan birini shaxsning interindivid kichik sistemasini tashkil 
etiladigan individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo‗shliqdan» qidirish kerak. 


Shaxsiy fazilatlarning namoyon bo‗lishi guruh tarzidagi o‗zaro munosabatlarning namoyon 
bo‗lishi sifatida, guruh tarzidagi namoyon bo‗lish esa shaxsning o‗zini namoyon qilishining aniq 
shakli sifatida yuzaga chiqadi. 
Intraindivid va interindivid kichik sistemalari shaxsning o‗zini namoyon qilishining barcha 
jihatlarini aks ettira olmaydi.
Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni - metaindivid (indieidning ustki 
ko‗riniish) kichik tuzilishini ham alohida ko‗rsatish imkoniyati mavjuddir. 
Ko‗rib chiqiladigan masalalar 
1-seminar 

Inson tabiati haqidagi tadqiqotlar.

Shaxsni tadqiq etish metodlari.

Shaxs nazariyalarini belgilovchi mezonlar.

G‗arb psixologiya maktabalarida shaxsni tadqiq etish g‗oyasining o‗ziga xosligi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling