1. 3-mavzu: Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. Radiatsiya va issiqlik balansi. Iqlim mintaqalari va ularning hosil bo‘lishi. Reja
Download 69.5 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Namlik koeffitsiyenti
1.3-mavzu: Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. Radiatsiya va issiqlik balansi. Iqlim mintaqalari va ularning hosil bo‘lishi. Reja: 1. Quruqlik va suv havzalarida issiqlikning taqsimlanishi 2. Issiqlikning o‘zgarishi. 3. Iqlim mintaqalari va ularning hosil bo‘lishi. Tayanch iboralar Issiqlik mintaqalari, geografik mintaqalar, namlik koeffitsiyenti, sovuq (qutbiy) mintaqalar, issiq mintaqa, mo’’tadil mintaqa, geografik zonalar, havo massalari, gidrotermik sharoit. Mavzu:ning maqsadi: Talabalarga atmosferada haroratning o`zgarishi, turroq va suvning issiqlik sig`imi, haroratning vertikal o`zgarishi, harorat amrlitudalari, iqlimning kontinentalligi haqida bilim berish. Eslab qoling!Quyoshga har holda yaqinligi natijasida Yer yuzasida quyosh issiqligining notekis taqsimlanishini va issiqlik mintaqalarini: issiq mintaqa, mo’’tadil issiq (shimoliy va janubiy) mintaqalar, mo’’tadil mintaqalar, mo’’tadil sovuq mintaqalar va sovuq mintaqalar hosil bo’lishiga olib keladi. Quruqlikda quyidagi geografik mintaqalar: ekvatorial, subekvatorial (shimoliy va janubiy), tropik, subtropik, mo’tadil mintaqalar, subarktika va subantarktika, Arktika va Antarktika mintaqalari mavjud. Namlik koeffitsiyenti (K) - bir oyda (mm) yoqqan yog’in miqdorining mumkin bo’lgan bug’lanishga nisbatidir. Normal namlikda K=100%. Muammoli vaziyat Havo harorati atmosferaning vertikal qatlamlarida turli ko`rinishda o`zgarib borishini bilasiz. Harorat amrlitudasi bu qatlamlarda qanday o`zgaradi? Yer shari iqlimini isib borishiga qanday omillar ta`sir ko`rsatmoqda? Hozirgi geografik landshaftlarning xilma-xilligi, asosan, issiqlik bilan nam miqdoriga, territoriyaning relef shakllari va litologik xususiyatlariga va kishining landshaftga tobora kuchli ta’sir etishiga bog’liqdir. O’z-o’zidan ma’lumki, landshaftlarning ana shu xilma-xilligi umuman geografik sfera hamda uning ayrim qismlari va komponentlarining taraqqiyot tarixi bilan bog’liqdir. Tuproq-grunt rejimi, geomorfologak, geokimyoviy va biotik hodisalar xarakteri, jumladan biomassa hosil bo’lishi, o’simliklarning ko’rinishi, kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishi issiqlik va namlikning qancha miqdorda bo’lishiga bog’liqdir. Muayyan zonada suv qancha kam bo’lsa, u shuncha ko’p minerallashgan bo’ladi. Ayni vaqtda landshaft sferasi ayrim uchastkalarining, jumladan yer po’sti va organizmlar taraqqiyotining o’ziga xos tarixi bu zonal qonuniyatga muhim o’zgarishlar kiritadi va zonallikning o’ziga xos mahalliy xususiyatlarini keltirib chiqaradi (masalan, Uzoq Sharqning keng bargli o’rmonlari G’arbiy Yevropaning keng bargli o’rmonlaridan juda farq qiladi), ba’zan esa azonal shakllarni vujudga keltiradi, bunday shakllar landshaftlarning hozirgi zonalligiga hech ham to’g’ri kelmaydi (masalan, Tayga zonasida Arxangelsk oblastidagi sho’r Kuloy ko’llari tuzli qatlamlarning Yer yuzasiga chiqib qolishi bilan bog’liqdir). Biroq landshaft sferasining mahalliy xususiyatlari har qancha aniq namoyon bo’lmasin, bu sferaning zonal strukturasini yashira olmaydi. Ma’lumki, Yerning sharsimonligi, aylanishi va hajmi Quyoshga har holda yaqinligi natijasida Yer yuzasida quyosh issiqligining notekis taqsimlanishini va issiqlik mintaqalarini: issiq mintaqa, mo’’tadil issiq (shimoliy va janubiy) mintaqalar, mo’’tadil mintaqalar, mo’’tadil sovuq mintaqalar va sovuq mintaqalar hosil bo’lishiga olib keladi. Issiq mintaqada termik sharoit doimiy bo’lib, organik hayot taraqqiyoti uchun juda qulaydir. Bu esa o’simliklar qoplamida o’z ifodasini topgan. Bu mintaqada sovuq bo’lmaydi. Radiatsiya balansi R yiliga 60 kkal/sm2 dan ortadi, aktiv Haroratlarning yillik miqdori 6000—8000°C ga teng. Issiqsevar o’simliklar yil bo’yi o’sa oladi. Biroq, amalda bu issiqlik mintaqasida doimiy yashil nam ekvatorial va tropik o’rmonlar bilan birgalikda savannalar va hatto cho’llar ham bor. Bu esa ikkinchi bir faktor - namning notekis taqsimlanishi oqibatidir. Masalan, Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning sharqiy sohillarida passat-mussonlar ancha miqdorda nam olib kelganligidan musson o’rmonlari o’sadi. Bu o’rmonlardan uzoqlashib, g’arbga, materik ichiga kirilgan sari ular savannalar, siyrak o’rmonlar, chala cho’llar va cho’llar bilan almashinadi. Mo’’tadil issiq (subtropik) mintaqalarda issiq mintaqadan farq qilib, Quyoshdan keladigan issiqlik miqdori bir oz kamroq, zng muhimi esa bu issiqlik miqdori mavsumlarga qarab o’zgarib turadi. Yillik radiatsiya balansi (R) 50 dan 60 kkal/sm2 gacha o’zgarib turadi. Aktiv Haroratlar yig’indisi 4000—6000°C. Eng sovuq oyning o’rtacha Haroratsi 4°C dan yuqori bo’lsa ham, sovuq urishi va hatto anchagina sovuqlar ham bo’lishi mumkin. O’0 Cimliklarda qisqa bo’lsa ham, vegetatsion tinim davri mavjuddir. Qutbdan havo oqimlari kirib kelganda o’n yil davomida bir necha martagina 10 graduslik sovuq bo’lsa ham, subtropik kengliklarda doimiy yashil o’simliklar, odatda, nobud bo’ladi. Mo’’tadil issiqlik mintaqalari yassiqlik rejimining mavsumiy ekanligi, sovuq davrning uzoqligi bilan farq qiladi, bu esa o’simliklarning mavsumiy ravishda vegetatsiya qilishiga olib keladi. Bu mintaqada mo’’tadil issiq mintaqalardagiga nisbatan issiqlikning kamroq bo’lishi (R yiliga 20—50 kkal/sm2 gacha, aktiv Haroratlar yig’indisi esa 1500—4000°C) va uning mavsumlarga qarab o’zgarib turishi natijasida o’ziga xos o’simlik tiplari vujudga kelgan. Mo’’tadil mintaqalarning termik sharoiti igna bargli va qyshda barg to’kadigan o’simliklarning o’sishiga imkon beradi. Bunday o’rmonlarning qutbiy chegarasi taxminan eng iliq oyning 10°C izotermasi hisoblanadi. Eng iliq oy Haroratsi bundan past bo’lganda daraxtlar, odatda, normal o’sa olmaydi. Shu bilan birga, mo’’tadil mintaqalarda igna bargli va barg to’kadigan o’rmonlar bilan bir qatorda dashtlar va hatto cho’llar ham uchraydi. Bu ham namning notekis taqsimlanishining oqibatidir. Termik sharoitga ko’ra, bargli daraxtlar mo’’tadil mintaqa dashtlarida va cho’llarida ham o’sa olishi mumkin. Lekin bunda harqanday daraxtlar emas, balki termik sabablarga ko’ra barg tashlaydigan daraxtlargina o’sa oladi. Radiatsiya balansi yiliga 20 kkal/sm2 dan kam bo’lgan va eng iliq oyning o’rtacha Haroratsi 10°C dan ortiq bo’lmaydigan, lekin 5°C dan pastga tushmaydigan mo’’tadil sovuq (Subarktika va Subantarktika mintaqalarida) termik sharoit faqat o’tlar hamda mox-lishaynik o’simliklari o’sishiga imkon beradi. Harorat 0° dan yuqori bo’ladigan yoz mavsumi qisqa, shuning uchun o’simliklar orasida ko’p yilliklar, ya’ni bir mavsumda emas, balki ikki-uch yoz mavsumida o’sishga moslashgan o’simliklar ko’pchilikni tashkil qiladi. Sovuq (qutbiy) mintaqalarning termik sharoiti organik hayot taraqqiyoti uchun nihoyatda noqulay, chunki eng iliq oyning o’rtacha harorati ham 5°C dan yuqori bo’lmaydi. Yerdagi hayotning eng muhim manbalaridan biri bo’lgan suv yilning ko’p vaqtida qor va muz holida bo’ladi. Shuning uchun ham bu mintaqalarda qutb sahrosi landshaftlari hukmrondir. Butun sayyoramiz miqyosida Yerda nam aylanishi uning termik mintaqalari hamda quruqlik va okeanlarning joylashishi bilan bog’liqdir. Chunki bu ikki faktor hamda Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi atmosferaning hamda dunyo okeani suvining umumiy sirkulyatsiyasini belgilab beradi, shuningdek, bir geografik kengliklardan ikkinchi geografik kengliklarga, okeanlardan quruqlikka nam va issiqlikning o’tib turishiga yordam beradi. Materiklarda atmosfera sirkulyatsiyasi ko’pincha tog’lar tufayli anchagina murakkablashgan, bu hodisa yog’in-sochin farqlarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Issiqlik bilan namlikning turlicha rejimi va nisbati geologik sharoit bilan birgalikda landshaftlarning xilma-xil bo’lishiga olib keladi. Issiq mintaqada passat-mussonlar sirkulyatsiyasi hukmrondir: konvektiv oqimlar va ular bilan bog’liq bo’lgan mo’l-ko’l yog’in-sochin termik ekvator polosasida ro’y beradi; dinamik sabablar tufayli 30° kengliklarda atmosfera bosimi yuqori bo’ladi (bu yerlarga subtropiklardan keladigan qator antitsiklonlar birgalikda yuqori bosimning doimiy mintaqasini vujudga keltiradi, bu bosim qisman ekvator tomondan keladigan antipassatlar tufayli kuchayadi). Tropiklarda juda issiq sharoitda ob-havoning antitsiklon holati yog’inning deyarli butunlay tushmasligiga sabab bo’ladi. Tropiklarda yuqori atmosfera bosimi va ekvator mintaqasida Yer yuzasi yaqinida barik depressiya bo’lishi natijasida passatlar vujudga keladi. Termik ekvatorning mavsumlardagi holatiga qarab, havo sirkulyatsiyasining butun sistemasi ba’zan shimolga, ba’zan janubga suriladi, bu esa subekvatorial va qisman tropik kengliklarda atmosferaning quyi qatlamlarida tropik va ekvatorial havolarning mavsumlariga qarab almashinib turishiga sabab bo’ladi. Sifat jihatidan bir-biridan farq qiladigan havo massalarining ana shunday almashinib turishi tufayli bu mintaqada tabiiy prosesslarning mavsumiy o’zgarishi ro’y beradi. Mo’’tadil mintaqalar uchun mo’’tadil yoki sinoptiklar terminologiyasi bilan aytganda, qutbiy havo (dengiz va quruqlik havosi) xarakterlidir. Biroq mo’’tadil mintaqalarga Arktika (Antarktika) va tropik havo massalari tez-tez kelib turadi. Yillik o’rtacha miqdorda mo’’tadil havo ko’pincha g’arbdan keladi va siklonlar sirkulyatsiyasi ro’y beradi. Siklonlar materiklarning okeanlarga yaqin g’arbiy chekkalarida ayniqsa ko’p yog’in tushishiga yordam beradi. Geografik qutblar yaqinida Yer yuzasi ustida yuqori atmosfera bosimi mavjud bo’lib, sovuq havo qutbga yaqin kengliklarga (depressiyalarga) oqib boradi, bu yerda u havo isib, odatda, yog’in bermaydi. Mo’’tadil issiq, o’tkinchi mintaqalarda yozda tropik havo bilan qishda mo’’tadil havo (dengiz va quruqlik havosi) almashinadi. Yozda yuqori bosim tufayli kam yog’in beradigan havo oqimlari yuqoridan pastga tushadi, qishda esa (materiklariing sharqiy chekkasini hisobga olmaganda) havo g’arbdan kelib, yog’in ko’p tushadi. Mo’’tadil sovuq, o’tkinchi mintaqalarda ham mo’’tadil havo bilan Arktika (Antarktika) havosi mavsumiy ravishda almashinib turadi, yozda havo oqimlari g’arbdan kelib yog’in beradi, qishda esa ob-havo antitsiklon holatida turadi. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasida va, binobarin, landshaft hosil bo’lishida qish va yoz mavsumlarida quruqlik bilan okeanlarning termik farqi oqibati bo’lgan tropikdan tashqari mussonlar muhim rol o’ynaydi. Materiklarning joylashishi va qiyofasi atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi bilan bir qatorda g’arbdan havo oqimi kamroq keladigan sharqiy sohillarda subtropik va o’rtacha kengliklarda tropikdan tashqari mussonlarning juda taraqqiy etishiga olib keladi. Bu o’lkalarning, asosan, yozda namgarchil bo’lishi aksari tropikdan tashqari mussonlar bilan bog’liqdir. Bu mussonlar ekvatorlar yaqinidagi mussonlar bilan birgalikda (ekvator yaqinidagi mussonlar termik ekvatorning mavsumga qarab siljishi oqibatida vujudga keladi va materiklarning sharqiy chekkalarida quruqlik bilan okeanning termik farqlari tufayli kuchayadi) Osiyoning sharqida va janubida, Afrikada, Avstraliyada va qisman Amerikada yog’in mavsumiy ravishda yog’adigan katta-katta o’lkalarni hosil qilgan. Dengiz oqimlari issiq mintaqada atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi, Yerning sutkalik aylanishi, quruqlikning joylashishi va qiyofasi bilan bog’liqdir. Dengiz oqimlari muayyan mintaqalarda (ayniqsa mo’’tadil mintaqalarda) havoning asosiy sirkulyatsiyasi bilan birgalikda materiklar iqlimiga katta ta’sir qiladi. Landshaft sferasida Yer yuzasiga yaqin issiqlik rejimi va asosiy havo massalarining sirkulyatsiyasi xarakteriga qarab, g’arbdan sharqqa cho’zilgan mintaqalarni ajratish mumkin. Bu mintaqalardan har biri uchun issiqlik taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan geografik protsesslar (biogeokimyoviy, geomorfologik protsesslar, bug’lanish, o’simliklar vegetatsiyasi, hayvonlar migratsiyasi protsessi va boshqalar) muayyan yo’nalishga va ritmikaga ega bo’lganligidan biz bu mintaqalarni geografik mintaqalar deb aytamiz. Biroq yog’in-sochin rejimi va issiqlik bilan namlik nisbati har bir mintaqa doirasida mavsumiy farqlarga ega. Bu esa yuqorida aytilgan geografik protsesslar intensivligining o’zgarishiga olib keladi va mintaqalar doirasida geografik zonalarni ajratishga imkon beradi. Chunonchi, issiqlik bilan namlik nisbati qulay bo’lganda (K1 60 dan ortiq, qurg’oqchilikning radiatsion indeksi 0,4 dan 1,1 gacha bo’lganda) quruqlikdagi turli mintaqalarda o’rmonlar o’sadi, bu ko’rsatkichlar nisbati boshqacha bo’lganda boshqa tipdagi o’simliklar taraqqiy etadi: kserofitlik darajasi turlicha bo’lgan butazorlar, o’tloqlar, dashtlar va boshqalar vujudga keladi. Geografik mintaqa Yer shari landshaftlarining zonal-tipologik klassifikatsiyasida landshaft sferasidan keyin eng yirik taksonomik birlik hisoblanadi. Mintaqadan keyin sektor va zona keladi. Faqat quruqlikda yaqqol ko’rinadigan geografik zonalardan farq qilib, geografik mintaqalar okeanda ham mavjuddir. Lekin suv massasi harakatchan bo’lganidan geografik mintaqalar okeanlarda u qadar yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Chunonchi, okeanshunoslar ba’zan faqat asosiy mintaqalarnigina ko’rsatib, o’tkinchi, ya’ni oraliq mintaqalarni ko’rsatishda qiynaladilar; bunda okeanlarning quruqlikka qaraganda kam o’rganilganligining ta’siri ham bor, albatta. O’z-o’zidan ma’lumki, quruqlikdagi mintaqalar bilan okeandagi mintaqalar sifat jihatidan farq qiladi. Suv muhiti sharoitida okean landshaftlari hosil bo’lishida yog’in-sochinning roli quruqlikdagiga nisbatan taqqoslab bo’lmaydigan darajada kichikdir. Okeanda har bir mintaqa doirasida geografik landshaftlar bir-biridan juda kam farq qiladi va zonalar landshaft kategoriyasi sifatida okeanda deyarli namoyon bo’lmaydi. Mintaqa doirasidagi farqlar zonal farqlarga qaraganda ko’proq sektorlar hamda rayonlar o’rtasidagi farqlardir. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling