- Adabiyot mazmunining o‘ziga xosligi
- Reja:
-
- 1. Adabiyotning o`ziga xosligi.
- 2. Adabiyotda shakl va mazmun.
- 3. Badiiy asarda tipiklashtirish.
- 4. Adabiyotning estetik ahamiyati.
- Adabiyot va san`at. o`zaro aloqadorligi. musiqa, rasm, raqs, kinofilm... bilan bog`liqligi, Adabiyotning ijtimoiy funksiya (vazifasi). Hayot - adabiyotning ham mazmun, ham shakliga asos ekanligi.
- Adabiyotning spetsifikasi adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining eng muhim murakkab masalasidir. U adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiga oid turli asarlarda turlicha yoritiladi, ba`zi qirralari keng, ba`zilari esa juda tor ma`noda talqin etiladi. Ammo bu asarlarning barchasida adabiyotning spetsifikasiga doir bir masalalar doirasi tilga olinadi. Adabiyotning spetsifikasi munosabati bilan tilga olinadigan xususiyatlarning eng birinchisi–insonshunoslikdir. Har bir badiiy asarni o`qigandan keyin zehnimizda asarda tasvir etilgan kishilarning obrazlari qoladi. (Navoiyda Farhod va Shirin, Kodiriyda Kumush va Otabek). Yozuvchi har tarixiy davr va sharoitning mahsuloti bo`lgan insonni tekshiradi, uning ruhiy xolatlariga kiradi, ichki dunyosi haqida bizga aniq va ravshan tasavvur beradi. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yo`li bilan bajaradi. Badiiy adabiyotda tasvir etilgan inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega. Unda ma`lum davr va muhit kishisining eng muhim va xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan bo`ladi.
- Shu sababli obrazlilik–badiiy adabiyot asarining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Yozuvchi badiiy adabiyot asarida qonuniyatlarni badiiy tasvirlashga intilish–tipiklashtirish deb ataladi. Badiiy adabiyotning yana bir spetsifik xususiyati–unda so`zning alohida ahamiyatga egaligidir. Hayot haqidagi tasavvurlarini rassom bo`yoq va chiziqlar, kompozitor tovush va ularning uzun qisqaligi, raqqos harakatlar orqali ifodalasa, badiiy adabiyot vakili so`zga tayanadi. Shunday qilib, insonshunoslik, obrazlilik, to`qimaning muhimligi, tasvirning tipiklashganligi va so`zning alohida roli badiiy adabiyot spetsifikasining juda muhim momentlaridir.
- Adabiyot o`z vazifalari, mazmuni va shakli jihatidan spetsifik xususiyatlarga egadir. Bu spetsifik xususiyatlarning jami adabiyotning jamiyat hayotidagi alohida rolini ta`min etadi. Adabiyot spetsifikasini ana shu uch tomondan ko`zdan kechirish orqaligina badiiy so`z san`atining spetsifikasi haqida to`la tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Inson–adabiyotning tasvir predmetidir. Inson tasviri yo`q joyda badiiy adabiyot yo`q. Adabiyotning ba`zi janrlarida odam tasviri yo`qdek tuyuladi. Masalan, masal janrida haqida so`z yuritiladi. Ammo baribir bunda ham hayvonlar tasviri odam, uning fikr va xislatlari ifodasi uchun ramziy vositadir.
- Biror asar hatto tashqi jihatdan badiiy adabiyot asariga juda o`xshab ketgan va nusxasi hisoblangan holda ham, agar o`sha asarda inson va uning inson va uning kechinmalari tasviri bo`lmasa, badiiy adabiyotdan joy ololmaydi. Badiiy adabiyot insonshunoslik bo`lgani uchun undagi hayot tasviri o`quvchilar ongida, dastavval tasvir etilgan odamlar sifatida joy oladi. Navoiy ijodida o`z tasvirini topgan hayot Layli Majnun, SHekspir ijodi–Gamlet, Otello, Kodiriy ijodi–Anvar Ra`no obrazlari orqali bizning ongimizda abadiy qolgandir. Insonshunoslik sharq xalqlari adabiyotlari uchun qadim zamonlardan beri xarakterlidir. Insonshunoslik (inson hayotining hamma tomonlarini aks ettirish) adabiyotga birov tomonidan yuklangan vazifa emas, balki uning o`z tabiatidan kelib chiqqan, uzviy spetsifik xususiyatidir. Shu o`rinda adabiyotda inson kechinmalari tasviri masalasining ikki muhim jihati (momentiga)ga to`xtalamiz. Birinchi jihati. Adabiyot uchun inson kechinmalarini tasvirlash– dunyoni (insonning o`zini ham)tushunish vositasidir. Shu sababli adabiyot doimo insonning ichki dunyosini uning borliqqa munosabatida tasvirlaydi. Xatto tashqi dunyoning eng oddiy ashyolari haqida gap borganda ham adabiyotni shu ashyolarning o`zi emas, balki shu ashyolar munosabati bilan inson nimalarni o`ylagani va qanday hislarni boshdan kechirgani qiziqtiradi. Ikkinchi jihati. Shoirning hayot va olam haqidagi o`ylari, kechinmalari asosida doimo bevosita yoki bevosita ifoda etilgan orzu hayotni yana ham go`zalroq, insonni yana ham odilroq, donoroq, saxiyroq va jasurroq ko`rish orzusi va bu orzuning amalga oshuvi imkoniyati borligiga imo-ishora yotadi.
- Adabiyotda insonning ichki dunyosini tasvir etish dunyoni va insonning o`zini ham tushunishni maqsad qilib oladi: shu bilan birga, dunyoni tushunishga intilish uni yana ham go`zalroq qilish orzusi bilan sug`orilgan bo`ladi. Adabiyot–inson olam va hayot haqida «fikr aytmoqqa» ehtiyoj sezganida tug`ilgan. Inson kechinmalari tasvirining ikki muhim jihati. Inson va uning kechinmalarining tasviri adabiyotning vazifalari spetsifikasining muhim bir tomonidir. Bu spetsifikaning ikkinchi tomoni adabiyot–aqliy faoliyatning juda ham keng auditoriyaga mo`ljallangan sohasi ekanidir. Adabiy asar o`zining mazmuni va shakli jihatidan doimo million-million kishilar uchun, atayin va avvaldan ularga atalib yaratiladi. Fizik, ximik, 22biolog yoki sotsiolog ilmiy asar yaratganda yoki biror ilmiy haqiqatni kashf etganda, o`z asari va kashfiyotining hamma tomonidan o`rganilishini ko`zda tutmaydi, Adabiyot asarini yaratuvchi esa o`z asarining bunyodga kelishidan avvalroq uning hamma, shu jumladan, adabiyotga qiziquvchi fizik, ximik, biolog va sotsiolog tomonidan ham o`qilishini ko`zda tutadi, aks holda asarning muvaffaqiyatli chiqishini ta`min etaolmaydi. Mazmun va shakl jihatidan keng o`quvchilar ommasiga mo`ljallab asar yaratish adabiyotning tabiatidan kelib chiqadigan ikkinchi vazifasidir. Adabiyotning bu xususiyatini ko`rsatuvchi termin adabiyotshunoslikda xali yo`q.
- Bu adabiyotning bu xususiyatini ommaviylik deb ataymiz. Ommaviylikka intilish–adabiyotning qadimdan tan olingan va juda muhim vazifasi bo`lib, adabiyotni yaratuvchilar tomonidan stixiyali yoki ravishda mutassil bajarilib keladi. Insonshunoslik va ommaviylik–badiiy adabiyot vazifalarining muhim spetsifik xususiyatlarini tashkil etadi. Insonshunoslik va ommaviylik– adabiy asarning shakliga, uning badiiyligiga bevosita aloqador alomatlardir. Inson holatini, uning kechinmalarini tasvir etmagan asar badiiy bo`laolmaydi. Shu bilan birga, bu tasvir adabiyotning ommaviyligi xususiyatini e`tiborga olgandagina muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Adabiyot va san`at hayotning aniq va yorqin tasvirini berishni talab etadi. Adabiyotning ulkan vakillari badiiy asarning ana shu soddaligi uchun ongli ravishda kurash olib boradilar, Abdulla Kodiriy XX asr boshida Yevropada moda (urf) bo`lgan, lekin omma tushunmaydigan murakkab usulda yozishni talab qiluvchi va klassik adabiyotning ba`zi «eski priyomlar»idan foydalanishni qoralovchi tanqidchilarga javoban haqli ravishda yozgan edi : « … bu eski priyom jo`rttaga, xalqimizning saviyasini e`tiborga olib qabul qilingandir. Xalqning zavqini, ruhini nazarda tutilmasa, «so`nggi priyom» deb Yevropaning so`nggi modasini taqdim qilinsa, bundan nima ma`no chiqarib bo`lar edi… vaqtiki, biz ko`pchilik ishchi va dehqon ommasiga yozar ekanmiz, «eski priyom bilan yozadi». Badiiy adabiyot vazifalarining spetsifikasi–insonshunoslik va ommaviylik-g`oyaviy mazmunining ham spetsifik xususiyatlarini tayin etadi. Mazmunning spetsifikasi esa badiiylikning asosiy shartlaridan biri sifatida ko`rinadi. Badiiy asarning mazmuni unda ifoda etilgan g`oyalar va tasvir etilgan hayotiy material (inson, jamiyat, tabiat)dan iboratdir.
- Badiiy adabiyot mazmunining spetsifikasi–adabiyotshunoslikda kam o`rganilgan problemalardan biridir. Mazmunning salmoqdorligi. Badiiy asar mazmunining spetsifik xususiyatlaridan biri – unda inson uchun minglab kishilar uchun muhim bo`lgan g`oyalarning mavjudligidir. Buni mazmundagi salmoqdorlik deb atash mumkin. Adabiyot bunyod bo`lgandan beri yozuvchilar o`z asarlarini insoniyat uchun juda muhim bo`lgan g`oyalar bilan harakat qiladilar. Aslida yozuvchilik o`zi talantli odamda boshqalarning xayoliga kelmagan, ammo hamma uchun juda muhim bo`lgan g`oyalarning tug`ilishidan va shu g`oyalarni 23mumkin qadar ko`proq kishilar ongiga yetkazish ehtiyojini sezishdan, bu ehtiyojni talantga tinchlik bermasligidan boshlanadi. Jahon adabiyoti tarixida bitta ham ko`zga ko`ringan asar yo`qki, uning uchun mazmunining muhimligi, salmoqdorligi, xarakterli bo`lmagan, unda zamona hayotining eng muhim tomonlari, davrning eng muhim tomonlari, davrning eng muhim, ilg`or g`oyalari o`z aksini topmagan bo`lsin. Sayoz, mazmkni puch asar hech qachon o`quvchilarning ongi va qalbiga ta`sir ko`rsatmaydi, shu sababli zamonasi hamda keyingi avlodlarning ma`naviy hayotida sezilarli rol o`ynamaydi. Yozuvchi o`z zamonasidan uzoq o`tmish materialiga murojaat etganda ham o`z asarining mazmunini salmoqdor etishga, uni zamondoshlar uchun muhim bo`lgan ijtimoiy muammolar bilan bog`lashga intiladi. «O`tgan kunlar» romanini misolga olaylik. Otabek va Kumush muhabbati tarixini ham ikki og`iz so`z bilan ifodalash mumkin: ota-ona orzusi bilan uylanish an`anasi natijasida bir-biridan fojeali ravishda judo bo`lgan qiz va yigitlar sarguzashti Sharq xalqlari hayotida har kuni ming marotabadan takror bo`lib turgan hodisa edi. Bu hodisa kishilarning ongiga shunchalik o`rnashib ketgan ediki, ko`pchilik uni g`ayriinsoniy va falokatli odat ekanini sezmas edi; bu hodisa maishiy va axloqiy norma (me`yor) qatoriga kirib ketgan, millionlab kishilar ota-ona orzusi bilan oila qurib, muhabbat nima ekanini, muhabbatsiz hayot–hayot emasligini bilmay yashayvergan.
- Kumush va Otabek taqdiri orqali yozuvchi muhabbatdek oliy va go`zal hisning kishilar hayotidagi ajoyib o`rnini ko`rsatib berdi, shunday yashashga intilish tug`dirdi. Biroq Kodiriy muhabbatning kishi hayotidagi o`rnini ko`rsatish bilan cheklanmadi, balki ikki yoshning muhabbati mojarosini katta ijtimoiy g`oyani ifoda etishga, o`sha davrdagi tuzumni « tariximizning eng kir, qora kunlari » sifatida fosh etish vazifasiga bo`ysundirdi. Adabiy asarning mazmunidagi salmoqdorlik, asarning o`z zamonasi uchun muhim bo`lgan g`oyalar bilan sug`orilganligi–yozuvchining xalq hayoti bilan aloqasiga, hayotda bo`layotgan muhim hodisalarni o`z diqqat markazida tutishi va tasvirlab bera olishiga bog`liqdir. Yozuvchi o`z ijodida xalq uchun muhim bo`lgan masalalarni chetlab o`tolmaydi. Yozuvchi talantining masshtabi ya`ni ko`lami o`z zamonasi va butun insoniyat uchun muhim bo`lgan hayotiy masalalarni ehtiros va badiiy mahorat bilan o`rtaga qo`ya bilishda ko`rinadi. Mazmundorlikka, mazmunning salmoqdorligiga intilish yozuvchining ijodiy niyatidan, ya`ni asarning asosiy maqsadini tayinlashidan boshlanadi. Mazmunan salmoqdorlik adabiyotining katta va kichik asarlarida bab-baravar amalga oshiriladigan talabdir.
- Abdulla Kahhorning eng yaxshi hikoyalari–kichik hajmdagi asarda katta, salmoqdor mazmunni ifoda eta bilish namunasidir. («O`gri», «Anor»… va boshqalar). Lirik turga mansub asarlar mazmunining salmoqdorligi nimada namoyon bo`ladi? Lirik asarlarda shoir go`yo faqat o`zi haqida gapiradi. Tasvir etilayotgan ruhiy holatning konkret shaxs shaxs qalbi bilan bog`liqligi– 24lirik asarlarning umumlashtiruvchi kuchini yo`qqa chiqarmaydi? Yo`q, bunga ikki sabab bor. Birinchidan, haqqoniy tasvirlangan har qanday insoniy ruhiy holat hamma uchun umumiydir, shu sababli uning badiiy tasviri doimo bizga tushunarli, bizning o`z holatimizning tasviri sifatida qadrlidir.
- Ikkinchidan, lirik turga mansub asarlarda ko`pincha bir shaxs (lirik qahramonning) faqat o`ziga xos kechinmalarinigina emas, balki barchaga aloqador bo`lgan ijtimoiy muammolar munosabati bilan boshidan kechirganlari, shodligi, g`ururi yoki tashvishi, alamlari ifoda etiladi.
- ADABIYOTLAR:
-
-
- 1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T. «O`qituvchi» 1980 yil. 106-132
- betlar.
- 2. Adabiyot nazariyasi dasturi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
- vazirligi. T., 1999 yil.
- 3. Kollektiv «Adabiyot nazariyasi». 2-tomlik. T., Fan. 1978-1979 yil.
- 4. Kollektiv «Adabiy turlar va janrlar». 2-tom. T., Fan. 1991-1992
- yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |