1. Agar elektr maydoniga dielektrik kiritilsa, shu maydonda hamda dielektrikda ko’p o’zgarishlar kuzatiladi


Download 9.21 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi9.21 Kb.
#1233406
Bog'liq
1.Agar elektr m-WPS Office


1.Agar elektr maydoniga dielektrik kiritilsa, shu maydonda hamda dielektrikda ko’p o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlar sababini tushunish uchun atom va molekulalarning tarkibida (+) zaryadlangan yadrolar va (-) zaryadlangan elektronlarborligini hisobga olish kerak. Elektronlar atom yoki molekulalar chegaralarida katta tezlik bilan harakat qilib, yadroga nisbatan o’z holatlarini o’zgartirib turadi.Molekula o’lchamlariga qaraganda katta masofalarda elektronlarning ta’sirini manfiy zaryadlarning og’irlik markazi, deb ataladi. Хuddi shunga o’xshash yadrolar zaryadlarining ta’siri musbat zaryadlar og’irlik markazi deb ataladi.Zaryadlarning og’irlik markazini jismning og’irlik markaziga o’xshab aniqlash mumkin, u vaqtda zaryadlarning massalari ularning zaryadlari bilan almashtiriladi. Demak, (+) va (-) zaryadlar og’irlik markazi radius - vektori quyidagicha aniqlanadi:Тashqi maydon yo’qligida turli ishorali zaryadlarning og’irlik markazlari xususiy elektr momentiga ega bo’lmaydi va qutbsiz molekula deyiladi.Тashqi eyayektr maydon ta’sirida qutbsiz molekulaning zaryadlari bir-biriga nisbatan siljiydi, bunda (+) zaryadlar maydon tomon, (-) zaryadlar esa maydonga qarshi siljiydi. Natijada molekula elektr momentiga ega bo’ladi. Bu moment tashqi maydon kuchlanganligiga proporsional: Тashqi elektr maydon bo’lmasa dielektriklar molekulalarning dipol momentlarihar ikkala holda ham nolga teng bo’ladi (qutbsiz va qutbli molekulalar).Тashqi maydon ta’sirida dielektrik qutblanadi. Muayyan nuqtadagi qutblanishni harakterlash uchun kichik qajm ajratish kerak. Shu hajmdanmolekulalar momentlarining yig’indisii topish kerak:)dagi R kattalik dielektrikning qutblanish deb ataladi. Mаydоnni hоsil qiluvchi zаryadlаr o’zgarmаs bo’lgаndа vаkuumdаgi mаydоn kuchlаngаnligining bir jinsli izоtrоp dielektrik muhit mаydоn kuchlаngаnligigа nisbаti bu muhitning nisbiy dielektrik singdiruvchаnligi (yoki dielektrik singdiruvchаnlik) dеb аtаlаdi. - o’lchаmsiz k
2.Lorents almashtirishlari (nisbiylikning maxsus nazariyasida) — ikki inersial sanoq sistemasiga oid koordinatalar va vaqtlarining oʻzaro bogʻlanishini ifo-dalovchi formulalar. Bu formulalarni 1904-yilda X. A. Lorents oʻzining "Yorugʻlik tezligiga qaraganda kichik tezlik bilan harakatlanuvchi sistemadagi elektromagnit hodisalar" nomli klassik asarida keltiradi. Nisbiylikning maxsus nazariyasiga asosan, har qanday ikki inersial sanoq sistemasida vaqt va fazo bir jinsli harakterga ega boʻlib, ularning ikkala sistemadagi xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, vaqt ikkala sanoq sistemada ikki xil tarzda oʻtib boradi. Ikki inersial sanoq sistemadan biri ikkinchisiga nisbatan x oʻqining musbat yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarmas v tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsin. Lorents almashtirishlaridan nisbiylik nazariyasining barcha kinemetik effektlarini keltirib chikarish mumkin. Lorents almashtirishlaridan nisbiylik nazariyasining asl mohiyati, xususan, uzunlik va vaqt oraligʻining nisbiyligi haqidagi muhim fizik xulosa kelib chiqadi. fazo-vaqt — uch oʻlchamli fazoni bir oʻlchamli vaqt bilan toʻldiruvchi fizik model. Bunday nazariy-fizik konstruksiya fazo-vaqt kontinuumi deyiladiYorugʻlik tezligi — elektromagnit (jumladan, yorugʻlik) toʻlqinlarining tarqalish tezligi; fizikaning asosiy doimiylaridan biri; har qanday fizik taʼsirlarning eng yuqori chegaraviy tarqalish tezligi; eng aniq qiymati c=299 792 458 m/s. Yorugʻlik tezligi moddiy jismlarning toʻliq energiyasini ularning massasi bilan bogʻlaydi: 
Download 9.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling