1. Agar kamayuvchini 25 ga va ayriluvchini 36 ga orttirilsa, ayirma qanday o’zgaradi?


Download 26 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi26 Kb.
#242493
Bog'liq
16.03.2020


1. Agar kamayuvchini 25 ga va ayriluvchini 36 ga orttirilsa, ayirma qanday o’zgaradi?

2. Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 876 ga teng. Kamayuvchini toping.

3. Ko’paytmaning har bir hadi 4 ga ko’paytirildi, natijada ko’paytma 4096 marta ortdi. Ko’paytmada nechta had qatnashgan?

4. Bir nechta natural sonning yig’indisi 95 ga teng. Agar shu sonlarning har biridan 2 ni ayirib, yig’indi hisoblansa, u 41 ga teng bo’ladi. Yig’indida nechta son qatnashgan?

5. Berigan beshta sonning har biriga 4 ni qo’shib, har birini 5 ga ko’paytirib chiqqach, hosil bo’lgan sonlar yig’indisi 140 ga teng bo’ldi. Berilgan sonlar yig’indisi nechaga teng?

6. Yig’indisi 32 bo’lgan ikki sonning har biridan 6 ni ayirib ko’paytirilganda 46 bo’ladi. Berilgan sonlar ko’paytmasi necha bo’ladi?

7. Ikki sonning ko’paytmasi 5,76 ga teng. Birinchi ko’paytuvchi 0,3 ga, ikkinchi ko’paytuvchi 2,4 ga bo’linsa. Ko’paytma necha bo’ladi?

8. y ; 2,4; 5; va 8 sonlarining o’rta arifmetigi 16 ga teng. y ni toping.

9. Uchta sonning o’rta geometrigi 15 ga teng bo’lib, ulardan ikkitasi 9 va 25 bo’lsa, uchinchi son necha bo’ladi?

10. Uchta sonning o’rta arifmetigi 15 ga, boshqa ikkita sonning o’rta arifmetigi esa 35 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping.

11. Uchta sonning o’rta arifmetigi 50 ga, dastlabki ikkitasiniki esa 35 ga teng. Uchinchi sonni toping.

12. 28 ta sonning o’rta arifmetigi 22.5 ga teng. Bu sonlar qatoriga yana bir son qo’shib, o’rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 23,5 ga teng bo’ladi. Qo’shilgan son nechaga teng.

13. 17 ni 9 ga bo’lgandagi 6-xonadagi raqam bilan 19 ni 6 ga bo’lgandagi 16 xonadagi raqamlarning o’rta arifmetigini toping.

14. ikkita sonning o’rta geometrigi 9 ga va boshqa ikkita musbat sonning o’rta geometrigi 243 ga teng. Shu to’rtta sonning o’rta geometrigini topning.



15. Birinchi son ikkinchi sondan 8 ta ortiq. Ularning o’rta arifmetigi 40 ga teng. shu sonlardan kattasini toping.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling