1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarning o’rni


Download 155.47 Kb.
bet1/3
Sana01.06.2020
Hajmi155.47 Kb.
#112748
  1   2   3
Bog'liq
Marufjon course work2


Reja :

Kirish.


1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarning o’rni.

2. Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining faoliyati tahlili.

3.Aholi bandligini ta’minlashda Bandlikka ko’maklashish jamg’armasining amaliy holati tahlili.

Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

O’zbekistonda “Islohot – islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun” tamoyili e’lon qilingan va amaliyotga joriy etilmoqda. Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasifa davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Sog‘liqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning yangi tizimini shakllantirish, nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularni reabilitatsiya qilish darajasini oshirishga, jamiyatning yetarlicha himoya qilinmagan va ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ularga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish va taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan davrda aholi salomatligi sezilarli darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi – 3,2, bolalar o‘limi – 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74 yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi. Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat muassasalari bilan birgalikda “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, O’zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa ko‘plab nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik mexanizmlari asosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular jamiyat va davlatning barqaror, izchil rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish hamda hayot sifatini yaxshilash, oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolar, jumladan, 4 imkoniyati cheklangan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashmoqda. Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, insonparvarlik tamoyillari, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib: “Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protezortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, “nogiron” tushunchasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” tushunchasidan foydalanish, nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning ta’lim olishi va ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini belgilash” choralari belgilangan. Bu tadbirlar ma’lum moddiy va moliyaviy resurslarni talab etadi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalarini mustahkamlashning zarurligi, bunda davlat resurslari va, ayniqsa, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan samarali va manzilli foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari kurs ish uchun tanlab olingan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.




1.Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni.

Hammamizga ma’lumki, davlat fuqarolar va jamiyat oldida bir qator funksiya vazifalarni amalga oshirish va ta’minlashni o’z zimmasiga oladi.Bu borada Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi va Bandlikka ko’maklashish jamg’armasining o’rni beqiyosdir. Aholi bandligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida “har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega”1ligiga alohida urg’u berilgan. Mamlakat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri, shubhasiz, aholi bandligining ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Zero, odamlarning munosib ishga ega bo‘lishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlab, aholining iste’mol quvvatini oshiradi, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yuksaltirib, ularning bunyodkorlik ishlarida ishtirokiga keng yo‘l ochadi.



Mamlakatimizda davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida aholi bandlgini ta’minlash masalasi e’tirof etiladi, mazkur masala 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ham o’z aksini topgan. “Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi asosiy yo’nalishining birinchi qismi aynan “Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish”ga qaratilgandir hamda asosiy chora-tadbirlar sifatida quyidagilar belgilangan:

  • aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

  • byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;

  • yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.2 Hozirgi kunda mazkur yo’nalishlar bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda hamda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat har bir ishchi va xizmatchini ma’lumotiga qarab, malakasiga qarab ish bilan ta’minlab berishni o’z kafolatiga olmaydi. Iqtisodiyotda va mehnat bozorida nomutanosiblik bo’lmasligi uchun va har bir shaxsni mehnat qilishga haqliligi va erkin soha shakllanishiga huquqi borligini hisobga olib O’zbekistonda maxsus moliyaviy muassasa yaratilgan.

Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armalari tashkil etiladi. Jamg'armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo'nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari Bandlikka ko’maklashish jamg'armasi maqsadli yo’nalishga ega bo'lib, davlat tasarrufi va uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi.3

“O'zbekiston Respublikasida dastlab “Bandlikni ko’maklashish davlat jamg'armasini tashkil etish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 31-dekabrda qabul qilindi4. Ushbu Qaror jamg'arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo'lib hisoblandi. Davr o'tishi bilan va bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasiga ham mos ravishda ijobiy o'zgarishlar hamda qo'shimchalar kiritilib borildi.

1998-yil 1-may kuni O'zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg'armasining mavqyeini yanada kuchaytirishga turtki bo'ldi. Chunki qonunda mehnat qilish huquqi kafolatlanishining o'ziyoq jamg'armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi5.

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish Bandlik va mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumki, davlatning alohida funksiya va vazifalarini amalga oshirish maqsadida davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etilgan bo’lib, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi ham mazkur jamg’armalardan biridir, va uning qonuniy-huquqiy asosi Byudjet Kodeksida o’z aksini topgan. Byudjet Kodeksiga binoan, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi “bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xarajatlar moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar va Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlashi”6 ko’rsatib o’tilgan.

Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga mablag’larning to’liq va o’z vaqtida ajratilishini ta’minlaydilar. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga mablag’larning to’liq tushishi ustidan qat’iy va tizimli nazorat o’rnatadilar.



O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi boshqa davlatlar tashkilotlar va fuqarolaridan tushadigan mablag’larni o’tkazish uchun xorijiy valyutada hisob raqami ochishga ruxsat etilgan. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ko’rsatib o’tilgan valyuta mablag’laridan aholini ish bilan ta’minlash bilan bog’liq maqsadlarda foydalanishi belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda bandlikka ko’maklashish bo’limlarining samarali faoliyat ko’rsatishi tadbirlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun Bandlik va mehnat munosabatlari tarkibida tashkil etilgan.

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi byudjetdan tashqari maqsadli davlat jamg’armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil etiladi va uning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadli yo’naltirilganligi saqlab qolingan holda Davlat byudjeti tarkibida jamlanadi hamda jamg’armaning mustaqil balansida aks ettiriladi.



Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlikka ko’maklashish bosh boshqarmalarining byudjetdan tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larining yetmish foizi Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlikka ko’maklashish boshqarmalari ixtiyorida qoladi, keyinchalik tumanlar va shaharlar o’rtasida taqsimlanadi, o’ttiz foizi Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tegishli hududiy Bandlikka ko’maklashish boshqarmalarining to’lov topshiriqnomalari bilan pul o’tkazish yo’li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.

Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpokiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlikka ko’maklashish boshqarmalari boshqarmalari tasarruf etadilar.7 Quyidagilar Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ishsizlarni moddiy qo’llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish;

  • mehnat bo’limlari ta’minotini moliyalashtirish;

  • tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo’li bilan ish o’rinlarini saqlab qolish va yangi ish o’rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish;

  • fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, sotsiologik kuzatuvlar o’tkazish bilan bog’liq xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash.

Ko’rsatib o’tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning joylardagi organlari:

  • ish beruvchilarning majburiy ajratmalarini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining byudjetdan tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlaydilar;

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan ishsizlik nafakalarini, ishsiz fuqarolarga moddiy yordamni va qonun hujjatlarida ko’rsatilgan boshqa to’lovlarni o’z vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va to’laydilar:

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy maqsadli foydalanadilar;

  • ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining moliyaviy ahvolini prognozlash bo’yicha aktuar hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;

  • majburiy ajratmalar miqdorlarini belgilash to’grisida takliflar tayyorlaydilar;

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining kelgusi yil uchun daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari prognozi loyihasini ishlab chiqadilar va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar;

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi byudjetining ijrosi to’g’risidagi har oylik hisobotlarni, shuningdek yiliga bir Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi daromadlari va ulardan foydalanishning ahvoli to’grisidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini tayyorlaydilar va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadilar;

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o’z vakolatlari doirasida ishlab chiqadilar;

  • joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish bilan ta’minlash hududiy dasturlarini amalga oshirishda, haq to’lanadigan jamoat ishlarini tashkil etishda qatnashadilar;

  • majburiy ajratmalar va to’lovlarning to’g’ri hisoblanishini va o’z vaktida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga to’liq to’lanishini hisobga oladilar va nazorat qiladilar;

  • ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalar va to’lovlar to’g’ri xisoblab chikilishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi bilan o’zaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish tartibini va to’lov muddatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy choralar qo’llaydilar;

  • Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining to’lov sub’ektlari va moliyalashtirish ob’ektlari bo’yicha to’liq hisob-kitobni va elektron ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlaydilar.

.

1-rasm. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining asosiy vazifalari8

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi9 qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadir. Pensiya qonunchiligiga muvofiq, pensiya – shaxslarga pensiya yoshiga yetishi , nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganligi munosabati bilan beriladigan oylik pul to’lovi bo’lib, uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq aniqlanadi. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq borishiga kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi.






Download 155.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling