1. Alisher Navoiy asarlari tilida oziq-ovqat nomlari


Download 29.65 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi29.65 Kb.
#1106838
  1   2   3   4
Bog'liq
til tarixidan mustaqil ish 5.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich 309- guruh talabalari Halilova SHaxnoza , Yodgorova Gulshoda, Boboyeva Muxlisalarning O'zbek tili tarixi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Tayyorladi: Halilova SHaxnoza,Yodgorova Gulshoda, Boboyeva Muxlisa
Qabul qildi:Muhammadiyeva Dilafro’z
Toshkent. 2022 yil.
ESKI O’ZBEK TILI YOZMA MANBALARI USTIDA ISHLASH. MATNLARNI TURKUMLAR, SO’Z YASALISHI VA GAP TURLARI NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL QILISH.
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM:
1. Alisher Navoiy asarlari tilida oziq-ovqat nomlari
2.“Boburnoma” asari tilida qo’llanilgan forscha sifatlar.
3. “ Boburnomada forscha, o’zbekcha sifat darajalari.


XULOSA.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
Eski oʻzbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi oʻzbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda „chigʻatoy tili“ deb ham ataladi, ammo eski oʻzbek tilining Chigʻatoyga, moʻgʻullarga hech qanday aloqasi yoʻq, buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar. Qarluq, oʻgʻuz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar oʻrtasidagi mintaqaviy variantlashuv (oʻzgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni oʻz ichiga olgan eski oʻzbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega boʻladi. Bu xususiyat koʻplab arabcha, forscha oʻzlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qoʻllanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida eski oʻzbek tilidagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha choʻzilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng oʻqiladigan boʻlgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha soʻz va iboralarning koʻplab qoʻllanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham maʼlum darajada oʻz aksini topgan. Fargʻona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili oʻrtasida maʼlum lahjaviy farqlar sezilib turgan.
Hozirgi oʻzbek va uygʻur tillari eski oʻzbek tilining „keyingi shakli“ hisoblanadi yoxud chagʻatoyning[3] bevosita davomi, shuning uchun uni baʼzan „eski oʻzbek tili“ deb ham atashadi. Eski oʻzbek tili badiiy ekspressivligi va terminologik jihatdan boyligi bilan ajralib turadi. Sheʼr va nasr janrlariga diniy, falsafiy va didaktik, ilmiy, huquqiy, rasmiy, epistolyar adabiyot uslublari kiradi.
Eski oʻzbek tilining ilk shakllanish davrida (13—14-asrlar) bu narsa yaqqol koʻrinar edi, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketadi. Masalan, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“ va Said Ahmadning „Taashshuqnoma“ asarlarida oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari, Qutbning „Xusrav va Shirin“ asarida qipchoq lahjasi xususiyati oʻz aksini topgan boʻlsa, 16-asrga oid „Boburnoma“da qarluq, oʻgʻuz va qipchoq lahjalarining xususiyatlari aralash hodda qoʻllangan. Shu tariqa lahja xususiyatlari astasekin yoʻqola borib, 15—16-asrlarda yagona, umumiy adabiy til xususiyatlari asosiy oʻrinni egallaydi. Eski oʻzbek adabiy tili ancha keng hududga yoyilib, uning barqarorlashgan meʼyorlari asosida yozuvchi va shoirlar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha ijod qilib keldilar.
Eski oʻzbek tili Alisher Navoiy davrida, uning asarlarida oʻz rivojining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Shoir oʻzining oʻnlab nazmiy va nasriy asarlari bilan bu tilni kamolotga yetkazdi, uni davlat tili darajasiga olib chiqishga harakat qildi. U nafaqat oʻsha va keyingi davrlar oʻzbek adabiy tilining asoschisi, rivojlantiruvchisi, balki tadqiqotchisi hamdir. Navoiy oʻzining „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asarida eski oʻzbek tili (turkiy)ni fors tiliga qiyoslash asosida uning fonetik, leksik va grammatik sohalarda rivojlangan til ekanligini nazariy jihatdan asoslab, koʻrsatib beradi. Boburning nasriy asari „Boburnoma“ Navoiyning nasriy asarlaridan tilining ancha soddaligi, jonli tilga yaqinligi bilan hatto hozirgi zamon oʻquvchisiga ham tushunarlidir. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan nasriy asarlar va ayrim dostonlarda Eski oʻzbek tilining anʼanaviy meʼyorlaridan bir oz uzoqlashish, uni xalq tiliga yaqinlashtirish tamoyili kuzatiladi. Koʻplab sheʼriy asarlarda, gʻazallarda esa eski oʻzbek adabiy tili anʼanalari davom etadi.
XV asr oxiridan boshlab eski oʻzbek tilida eski uygʻur qoraxoniy adabiy anʼanalaridan uzoqlashish va zamonaviy oʻzbeklarning ajdodlari tili bilan yaqinlashish tendensiyasi kuzatildi. Bu vaqtga kelib, hozirgi oʻzbek tiliga oʻtish xususiyatlari adabiy tilning grammatik tizimida aks etdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy asarlar ham jonli tilga yaqinlashadi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir. Ayni shu davr, yaʼni 19-asr oxiri — 20-asr boshlari eski oʻzbek adabiy tilidan hozirgi oʻzbek adabiy tiliga oʻtish bosqichi hisoblanadi.

Alisher Navoiy asarlari tilida oziq-ovqat nomlari


Tilshunoslikda muayyan tilga xos so‘z yasash usullari bilan so‘z yasovchi vositalar yordamida yangi so‘zlar hosil qilish til leksikasining boyishidagi eng yetakchi yo‘llardan biri sifatida talqin qilinadi. Ichki resurslar asosida so‘z yasash, asosan, tilning o‘ziga xos so‘z yasash usullariga tayangan holda so‘z yasovchi vositalar ko‘magida amalga Navoiy asarlari tilida so‘zlar shu asosda yasalgan. Tilda affiksatsiya yo‘li bilan yangi so‘zlar hosil qilish eng faol usullardan sanaladi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, Navoiy asarlari so‘z boyligida ham tub o‘zakdan turkiy qo‘shimchalar22 orqali yasalgan taom nomlari bilan bog‘liq leksemalar talaygina. Quyida ular xususida to‘xtalib o‘tamiz: 1) -čï/-či affiksi vositasida otlardan yasalgan otlar. Bunda ushbu qo‘shimcha yordamida kasb-kor, yumush egasi ma'nosini anglatuvchi leksemalar hosil qilingan: aščï – «oshpaz» .
Har bir til so‘z yasash, uni yangi ma'nolarda qo‘llash kabi ichki imkoniyatlaridan tashqari, tashqi omillar ta'sirida, ya'ni boshqa tillardan lisoniy birliklarni qabul qilish orqali ham rivojlanib, boyib boradi. Albatta, bu jarayon muayyan til qonuniyatlari asosida amalga oshadi. Jahonda hyech bir til yo‘qki, uning lug‘at tarkibi faqat o‘z so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsin. Boshqa tillardan olingan so‘zlar yo o‘sha tilda o‘z shaklini qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlaydi yoki uning leksik tizimi, tabiati, grammatik qurilishi, so‘z yasalishi va imlo qoidalariga uyg‘unlashadi26 . O‘zbek adabiy tili lug‘at tarkibidagi leksemalar tarixiy shakllanish jihatidan faqat turkiy tillarga xos bo‘lmay, balki fors-tojik, arab, mo‘g‘ul, rus tillaridan, shuningdek, uyg‘ur tili orqali xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlar ham uchraydi. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichiga nazar solsak, mazkur so‘zlar turli davrlarda xilma-xil ijtimoiy sabablar bois o‘zlashganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, forsiy istilohlar o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan yonma-yon yashab, bir-biri bilan ijtimoiy va madaniy munosabatda bo‘lib kelganligi natijasida, arabcha leksemalar esa, asosan, kitobiy til va forsiy til, shuningdek, qisman og‘zaki nutq orqali kirib kelgan. XV asr manbasi Navoiy asarlarida ham ko‘pgina forsiy va arabcha taomga oid so‘zlarni kuzatish mumkin. Ushbu o‘zlashmalarning ma'lum qismi shoir asarlari tiliga shu darajada singib ketganki, ular turkiy qo‘shimchalar bilan birikib, yangi so‘zlar hosil qilishda faol qatnashgan va turkiy leksemalar bilan baravar darajada qo‘llanilgan. Quyida turkiy affikslar yordamida forsiy va arabcha leksemalardan yangi so‘zlar yasalgan. 1. Ismdan ot yasovchi qo‘shimchalar -lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-lük affiksi kasb-hunar, mansab, holat, munosabat, aloqadorlik semalarini ifodalovchi leksemalar hosil qilishda ham qatnashgan: a) arabcha o‘zlashmalarga qo‘shilish orqali hosil qilingan so‘zlar: halvogarlik – halvo pishirish kasbi, hunari. Mavlono Ofotiy...halvogarlikni mansub qilurlar. (ANATIL, 4 j. 144-b. “Majolisun nafois”dan). b) -čï/-či affiksi forsiy va arabcha so‘zlar bilan birgalikda kasb-kor, yumush egasi ma'nosini anglatuvchi otlarni hosil qilgan: hälväči – halvochi, qandolatchi – podsho va amirlar saroyidagi shirinpazlik mansabi. d) -sïz/siz/suz/-süz. Mazkur affiks asosan o‘zlashma otlarga qo‘shilib, o‘zakdan anglashilgan ma'noga ega emaslikni ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi: mevasiz yig‘och. Keltirilgan misollardan va manbalar leksikasini o‘rganish mobaynida shu narsa ayon bo‘ldiki, qissa tilida turkiy hamda o‘zlashma lisoniy birliklardan yangi so‘zlar hosil qilishda ot yasovchi -lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-lük ishtirok etgan. Demak, turkiy til lug‘at tarkibining boyib borish jarayonini kuzatishda, o‘zga tillarning turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili rivojida tutgan o‘rnini aniqlashda, shuningdek, ekstralingvistik omillarni to‘g‘ri belgilashda Navoiy asarlari til xususiyatlarini atroflicha tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Forsiy taom nomlarining yasalishi 1. Ismdan ot yasovchi qo‘shimchalar: a) -voy affiksi forsiy so‘zlar bilan birgalikda kasb-kor, yumush egasi ma'nosini anglatuvchi otlarni hosil qilgan: nonvoy; b) –gar forscha so‘z yasovchi qo‘shimcha arabcha o‘zlashmalarga qo‘shilishi orqali hosil qilingan so‘zlar: holvagar [a. + f. holva+gar] – holva qiluvchi, holvachi; d) –paz forscha so‘z yasovchi qo‘shimcha arabcha o‘zlashmalarga qo‘shilishi orqali hosil qilingan so‘zlar: holvapaz [a. + f. holva+paz] – holva pishiruvchi, tayyorlovchi, holvachi. 2. Ismga qo‘shilib ot yasovchi so‘zlar: a) furush forscha so‘zi arabcha o‘zlashmalarga qo‘shilishi orqali hosil qilingan so‘zlar: holvafurush [a. + f. holva+furush] – holva sotuvchi; holvachi. Ushbu forsiy birliklar kasb-hunar semalarini ifodalovchi leksemalar hosil qilishda qatnashgan. 3. Qo‘shma otlar: maviz+ob = mavizob. Bulardan tashqari pushti dunba, shirai bodom, poludai dushob kabi izofalti birikkan otlar ham uchraydi.

Boburnoma” asari tilida qo’llanilgan forscha sifatlar


Yozma manbalar tilini o‘rganish mazkur tilda aloqa qiluvchi xalqning boshqa xalqlar bilan lisoniy aloqa munosabatlarini aniqlash tilshunoslikning muhim sohalaridan biri hisoblanadi.
Leksika esa tilning boshqa sohalariga nisbatan turli ichki va tashqi ta’sirlarni tezda o‘zida ifodalaganidan xalqning madaniy, siyosiy, iqtisodiy hayotidagi o‘zgarish va o‘sishni belgilashda asos bo‘la oladi.
”Har bir adabiy tilning hozirgi holatini to‘g‘ri belgilash, uning taraqqiyot yo‘llarini aniqlashda til tarixining usullarini puxta o‘rganish, ulardagi ayrim grammatik kategoriyalarini hozirgi til elementlari bilan chog‘ishtirib tekshirish o‘zbek tilshunosligi va turkologiyasining muhim masalalaridan biridir”1
Zahiriddin Muhammad Boburning ”Boburnoma” asarini o‘qir ekanmiz uning asari tilida qo‘llanilgan bir guruh so‘zlar eski o‘zbek adabiy tili yozma manbalarida yoki ayrim turkiy tillarda uchrovchi so‘zlar ekanligini ko’ramiz. Bu guruh so‘zlarning ma’lum qismini, fe’l, ot, sifat va uning turli xil shakllari tashkil qiladi.

Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling