1-amaliy ashg'ulot


Download 25.5 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi25.5 Kb.
#162099
Bog'liq
1ch amaliy mashgulot. Standartlash.

1-amaliy ashg'ulot:


Mavzu: Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslarining maqsadi va asosiy tushunchalari.

Ishdan maqsad: "Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari" fani xaqida tushuncha berish va tanishish.


•1-savol: Standartlashtirish maqsad va vazifalarini aytib bering.
✓Javob: talabalarda xalq xoʻjaligining texnika, menejment va marketing

sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va isteʼmol bilan bogʻliq boʻlgan turli

metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish boʻyicha masalalar bilan

shug'ullanish, hamda meʼyoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida

boshlangʼich bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni

uzluksiz taʼlim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish"

boʻyicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi

va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya va

sertifikatlashtirish boʻyicha fundamental maʼlumotlar oʻrganiladi.

Ushbu fanni oʻrganish natijasida talabalar metrologiya boʻyich aasosiy

qoidalarni, talablar va meʼyorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi

davlat bayonnomalari va meʼyoriy hujjatlar ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini,

tajribalarini amaliy faoliyatda qoʻllay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda,

ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqish va uning

raqobatbardoshligini taʼminlashda oʻta muhim masalalardan biri sanaladi.

•2-savol: Standart va Standartlashtirish nima?


✓Javob: Standartlashtirish— bu mahsulot turlari, rusumlari, paramеtrlari, o’lchamlari va

sifati bo’yicha hamda ishlab chiqarish tеxnologiyasi, sinash va nazorat qilish uslubi,

mahsulotni joylash, rusumlash, saqlash va boshqalarga mе'yoriy birlik o’rnatishdir.

Standart— bu standartlashtirish ob'еktlariga qoida, tartib va mе'yorlar majmuasini

qo’yuvchi maxsus tashkilot tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo’yicha

mе'yoriy-tеxnik hujjatdir. Bu hujjatlar fan va tеxnika, ilg’or tajriba yutuqlari asosida ishlab

chiqiladi. Ular jamoa tuchunma'qulеchimlarni nazarda tutishi kеrak. Standart moddiy

ob'еktlar (masalan, boltlar, gaykalar, podshipniklar va h.k.) hamda mе'yorlar, qoidalar,

tashkiliy-uslubiy ob'еktlariga va umumtеxnik xaraktеrdagi (masalan,chizmachilikshrifti,

chizmalaruchuno’zigaxosshakl)talablar uchun ham ishlab chiqilishi mumkin.

•3-savol: Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.

✓Javob: Standartlashtirishning asosiy tamoyillari Umumiy normalarga quyidagi talablar

kiradi va ular quyidagilarni o'rnatadi: tartiblashtirilgan va normal chiziqli (lineynix)qatorlar,

qo'yim va qo'nim, konsruktiv elementlar va parametlar, bir-birining bog'lanish (rezbasi,

qotirilishi,ulanishi) vosita va usullari. Umumiy o'zaro almashuvchanlik normalariga

mahsulotning geometrik va funksional almashuvchanlik talablari kiradi(parametrik va

tiplash qatorlari, birxillashtirish detallari, markalar va boshqalar).

Xulosa:
Men bu fan bilan tanishib chiqdim, va shuni bildimki fan juda qiziqarli va dunyo miqyosida o'z orniga ega ekan. Kimki bu fanni chuqur o'rgansa, dunyo qarashi kengayib ko'p ma'lumotlarga ega bo'lar ekan. Men bu fanga qiziqib qoldim va yaxshi o'rganishni niyyat qildim.





Talabа
Guruhi

Ish bajarilgan

kun


O'qituvchi

imzosi


Qo'chqorov.B

Q.X.M.T. 86-18

09.09.2018




Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling