1 amaliy ish kesuvchi asbobni yeyilishi yo’naltiruvchi moslama elementlari


Download 156.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2020
Hajmi156.94 Kb.
#166734
Bog'liq
1 АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ


1 AMALIY ISH 

 

Kesuvchi  asbobni    yeyilishi  yo’naltiruvchi  moslama 

elementlari 

Parma  va  o’yuvchi  asboblar  kabi  ayrim  kesuvchi  asboblarga 

yo’nalish  va  bikrlik  berish  uchun  moslamalarda  yo’naltiruvchi 

elementlar  qo’llaniladi.  Ular  yuqori  aniqlikda  tayyorlangan  va 

yeyilishiga  bardoshliligi  katta  bo’lishi  kerak  Bunday  elementlar 

vazifasini  parmalash  va  kengaytirish  moslamalari  uchun  konduktor 

vtulkalarni  bajaradi.  Vtulkalarni  konstruktsiya  va  o’lchamlari 

standartlashtirilgan. 

Vtulkalar  moslama  korpusiga  qizdirib  preslab  o’tkazish 

bo’yicha  presslangan  doimiy,  sirpantirib  o’tkazish  bo’yicha 

o’rnatilgan almashuvchan va nixoyat, tez almashunuvchan bo’ladi. 

Doimiy  konduktor  vtulkalari  mayda  seriyali    ishlab  

chiqarishda    qo’llaniladi,  chunki  ularni  ishlatilishi  koeffitsyenti 

yuqori  bo’lmaganligi  uchun  uzoq  vaqtga  yetadi  va  almashtirishga 

xojat yo’q (6.12-rasm). 

 

 



 

I-Тiр 


II-Тiр 

6.12-


rasm. 

Konduktor vtulkalari. 

 

Almashuvchan  va  tez  almashuvchan  vtulkalar  ommaviy  va 



yirikseriyali  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.  Ular  moslama  korpusiga 

presslangan  doimiy  vtulkalarga  sirpanib  o’tkazish  bo’yicha 

o’rnatiladi. 

Ommaviy 

ishlab 


chiqarishda 

vtulkalarni 

ishlatilish 

koeffitsyenti  juda  yuqori,  shuning  uchun,  ularni  tez-tez  almashtirib 

turish  talab  qilinadi.  Tez  almashuvchan  qisqichli  vtulkalardan 

teshiklarga  bir  qancha  asboblarni  almashtirib  ishlov  berishda 

foydalaniladi (6.13-rasm). 

Teshik  diametri  25mm  gacha  bo’lgan  vtulkalar  U10A  markali 

po’latdan tayyorlanadi va HRC 60-65 qattiqlikgacha toblanadi. 

Vtulkalarning taxminiy xizmat muddati 10000-15000 parmalashga yetadi 

A-ko’rinishi 

 

 



 

6.13-rasm.  Tеz almashuvchan konduktor vtulkasini 

 

Moslamaning  yordamchi  elementlariga  turli  ko’rinishdagi 



buraluvchi  qurilmalar,  turtkichlar,  ilgich  konstruktsiyalar  va 

irg’ituvchi vintlar kiradi. 

Bo’luvchi  va  buraluvchi  qurilmalar  keskichga  nisbatan 

tayyorlamaga  turli  xolatni  berish  kerak  bo’lgan  ko’p  o’rinli 

moslamalarda qo’llaniladi, bu qurlima moslamaning buraluv qismiga 

maxkamlanadigan diskdan va fiksatordan tashqil topgan. 

Turtkichi  uncha  katta  bo’lmagan  detallarni  moslamadan 

tushirishni  tezlashtirish  uchun  ishlatiladi.  Masalan:  richagli  turtkich 

(6.14a-rasm) 

А 


 

 

 



 

 



 

6.14a-rasm. Richag turtkichli moslama 

6.14b-rasm. Ocxiluvchan qopqoqli  moslama 

 

Irg’itiuvchi  qopqoq,  plita  yoki  playka  bilan  ta’minlangan 



moslamalardan  detallarni  chiqarish  uchun  ilgich  konstruktsiyasi  va 

irg’ituvchi vintlardan foydalaniladi. 

 

Moslamada, ayniqsa uning korpusi muhim o’rin to’tadi, chunki 



korpus moslamaning asosiy detali hisoblanadi, unga barcha o’rnatish, 

yo’naltirish,  shuningdek  yordamchi  elementlari  o’rantiladi. 

Tayyorlamani kesish va  qisish kuchlarinii korpus qabul qiladi. 

Moslama korpusiga quyidagi talablar qo’yiladi: 

– minimal og’irlikdagi bikrlik va mustahkamlik; 

– tayyorlamani tez o’rnatish va yechish imkoniyati; 

– qirindilarni oson tozalash va sovutish suyuqliklarini chiqishi 

uchun qulay imkoniyatini bo’lishi; 

–  moslamani dastgoxga o’lchovlarsiz oson o’rnatish va 

qotirish uchun korpusni mos bo’lishligi; 

–  texnika xavfsizligi nuqtai nazardan korpus konstruktsiyasi 

muqobil bo’lishi kerakligi. 

Moslama  korpusini  xar  xil  usullar  bilan  olish  mumkin: 

payvandlab,  quyub,  bolg’alab,  alohida  elementlarni  vintlar  bilan 

yig’ib va boshqalar. 

Moslama  bikrligiga  alohida  talablar  qo’yilganda, 



shuningdek  bir  nechta  bir  xil  korpuslarni  tayyorlashda  murakkab 

shaklli korpuslarni quyib tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Moslamani  payvandlangan  konstruktsiyadagi  korpuslari 

ko’p  ishla-  tiladi,  chunki  murakkab  shakldagi  korpuslarni  olish 

imkoniyati  bilan  birga  ularni  narxi  40%  gacha  kam  bo’ladi.  Agar 

yirik  korpuslar  to’g’risida  gap  boradigan  bo’lsa,  payvandlangan 

konstruktsiyani qulayligi keskin ortadi. 

Faqat shakli kichik korpuslarni tayyorlamalari bolg’alab, 

keyin  mexanik  ishlov  berilib  olinadi.  Alohida  elementlardan 

yig’iladigan  korpuslarni  tayyorlash  tutashuvchi  yuzalarga  mexanik 

ishlov  berish  hisobiga  ish  xajmi  bir  muncha  yuqori  bo’ladi. 

Tutashuvchi  choklar  sonini  ortishi  biln  tegishli  ravishda  korpusni 



bikrligi kamayadi. 

 

Download 156.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling