1-amaliy ish


Download 0.95 Mb.
Sana19.10.2020
Hajmi0.95 Mb.
#134731
Bog'liq
1-Amaliy ish O'zb. geo


Berdoq nomidagi QMU Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 4-b geografiya ta’lim yo’nalishi talabasi Kurbanbaeva Nodiraning “O’zbekiston geografiyasi” fanidan slayd ishi

1-AMALIY ISH

MAVZU:O’zbekistonning geografik atlasi asosida agroiqlim resurslarini xo’jalik nuqtai-nazardan baholash.

O’zbekistonning dunyo yuzi siyosiy xaritasidagi o’rni, ma’muriy hududiy bo’linishini o’rganish.

Reja:

  • O’zbekiston respublikasining tuzilishi
  • O’rta Osiyo tabbiy kartalaridan O’zbekistonning iqtisodiy geografik o’rnini aniqlang va uning boshqa respublikalar bilan solishtirib qulayli va noqulay taraflarini yozing. ( T- texnalogiya asosida).
  • Yozuvsiz kartaga O’zbekistonning chetki nuqtalarini tushiring va geografik kartalar yordamida uning shimoldan- janubga , g’arbdan –sharqqa necha km ga cho’zilganligini aniqlang.
  • Territoriyada foydali qazilmalarning qanday turlari uchraydi?
  • O’zbekistonning geografik atlasi asosida agroiqlim resurslarini xo’jalik nuqtai-nazardan baholash.

O’zbekiston respublikasining tuzilishi

O’zbekiston respublikasi O’rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo’lib g’arbbiy va sharqiy tamondan Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan, shimoldan esa katta masofada Qozoqiston bilan janubiy tamondan esa Amudaryo darsosi orqalo 100km masofada Afg’oniston davlati orqali chegaralanadi. Maydoni 448,9 ming km.kv. tashkil etadi. Respublika shimoliy g’arbdan, janubiy sharqqa cho’zilgan bo’lib g’arbdan sharqqa 1425 km shmoldan janubga 930 km masofani tashkil etadi. Chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km tashkil etadi.

Respublikaning geografik jaylashgan o’rni makro, mezo va mikro jihatdan baholanganda mikrogeografik o’rni qulay deb topiladi. Sababi makro va mezogeografik o’rni mamlakatning dunyo okeaniga chiqolmasligi, xalqaro aloqalarga va jahon bozoriga tog’ridan to’g’ri qatnasholmasligi sabab noqulay deb baholanadi.


Qulay

Noqulay
  • Markazda joylashganligi

Berk havzada joylashganligi

2. Ko’prik vazifasi o’tashi

Dunyo okeaniga chiqaolmasligi

3. Buyuk ipak yo’li o’tganligi

Dengiz transportiga ega emasligi

4. Geologik tuzilishi o’ziga xosligi

Cho’l hududining ko’pligi

5. Maydoni kattaligi

Tabiiy resurslar nisbattan kamligi

6. Qishloq xo’jaligi uchun quyoshli kunlarning ko’pligi

Iqlim kontinentaligi

7. Mehnat resurslari yetarli ekanligi

Ish o’rinlarining kamligi

8. Turli relef shakllari mavjudligi

Tektonik aktiv va kuchli yer silkinishlarining mavjudligi

9. Tabiiy resurslarga boy

Ekologik jihatdan berk o’lka

O’zbekistonning O’rta Osiyo davlatlariga nisbatan joylashgan iqtisodiy geografik o’rnining qulay va noqulay tomonlari

O'zbekiston asosan Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida joylashgan . Uning maydonini tabiiy sharoiti va boyliklariga ko'ra ,shuningdek xo'jalikdagi ahamiyatiga ko'ra cho'l (tekislik) , adir (tog' oldi) , tog' va yaylov (baland tog')ga bo'lish mumkin. Ular iqlim , tuproq , o'simlik va hayvonot olami hamda foydali qazilmalar turi va ko'lami jihatdan bir-biriga o'xshamaydi . Cho'llar mintaqasida xilma-xil foydali qazilmalar topilgan . Jumladan , 50 dan ziyod neft koni , gaz , ozakerit , oltingugurt, oltin , uranning sanoatbop zaxiralari aniqlangan .

Gazning aniqlangan zaxirasi 2 trillion m/kub. dan ziyod . Zarafshon etagidagi Dengizko'l va To'ybekatonda kaliy tuzlarining yirik zaxiralari mavjud . Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Sulton Uvays tog'larida Surxandaryo vodiysida va Qizilqumda fosforit konlari bor Oltingugurt , natriyli va magniyli tuz konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir . Shag'al , qum singari binokorlik materiali cho'lda juda ko'p uchraydi .

Adirlardan oltin , neft , gaz , ko'mir singari foydali qazilmalar topilgan . Namangan , Andijon , Farg'ona , Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi neft konlari aksariyati adirlarda joylashgan .

Respublikadagi foydali qazilmalarga ta’rif

Tog'lardan ko'plab foydali qazilmalar topilgan . Ohangaron vodiysi atrofidagi tog'larda o'tga chidamli loy , toshkomir , mis rudasi , oltin konlari aniqlangan . Nurota tog'larida marmar (G'ozg'on marmari) , volfram konlari bor .

O`zbekiston hududida ko`mirning to`rtta koni (Ohangaron Sharg`un, Boysun, Kuhitang) ma`lum. Bulardan Ohangaron qo`ng`ir ko`mir koni Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryo vodiysining o`rta oqimida joylashgan bo`lib, ochiq usulda qazib olinmoqda. Bu ko`mir konining zahirasi respublikada topilganbarcha ko`mir zahirasining 96,5 foizini tashkil qiladi.

O`zbekiston hududi asl metallarga boydir. Katta zahiraga ega oltin konlari Qizilqum cho`lida ( Muruntog`, Kokpatas va boshqalar) ochilgan va qozib olinmoqda. Bulardan tashqari Nurota, Chotqol va boshqa qotor joylarda kelajakda ochiladigan konlar va ruda ko`rinishlari aniqlangan.



Nometall xom ashyolar ham O`zbekistonda ko`plab topilgan. Respublikada 30 dan ziyod grafit konlari mavjuddir. Uning katta koni Quljuqtog` tizmasidagi Toshqazganda ochilgan va qozib olinmoqda. Kondagi ma`danning zaxirasi 7 min. Tonnaga yaqin.

Obikor va bahorikor dehqonchilik, mevachilik hamda chorvachilik O’zbekistonda qishloq xo’jaligining asosiy yo’nalishlaridandir. Har bir yo’nalish o’zining rivojlanishi uchun ma’lum geoekologik muhitni talab qiladi. Joyning tabiiy omillari litalogik, geomarfalogik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, landshaftlari xalq xo’jaligining ana shu yo’nalishlarining rivojlanishi uchun geoekologik muhitini hosil qiladi. Shu boisdan O’zbekiston hududini qishloq xo’jaligi nuqtai nazardan baholaganda tabiiy sharoitning noqulayligi darajaini belgilaydigan, yer yuzidagi tog’ jinslari, relef, iqlim, suv va landshaft resurslarini uyg’unlikda tahlil qilish baholashning yetakchi uslublaridan hisoblanadi.

Geoekologik muhitning landshaft taxlili

Suv resurslaridan foydalanish

Agroiqlimiy taxlil

Relef qishloq xo’jaligi jihatdan baholanishi

Xo’jaliklar quyidagi tabiiy omillar bilan baholanadi

Agroiqlim resurslari xo’jalik nuqtai nazaridan

Iqlimning asosiy resurslaridan hisoblangan harorat va namlik qishloq xo’jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga katta ta’sir etadi. Iqlimni qishloq xo’jaligi uchun baholash harorat va namlik ko’rsatkichlari bilan bir qatorda o’simliklarning rivojlanish bosqichlari va hosil ko’rsatkichlari orasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi ko’rsatkichlarga ham asoslangan bo’lishi lozim. Ana shunday ko’rsatkichlar sifatida musbat haroratlar yoki samarali haroratlar yig’indisi, turli “gidrotermik koeffitsetlar”, “namlanish koeffitsentlari” ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkin.

O’zbekiston iqlimini baholaganda qishloq xo’jaligi uchun salbiy ta’sir qilish mumkin bo’lgan iqlim hodisalarini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda iqlimning asosiy bahosiga ma’lumki koeffitsentlar yordamida tuzatishlar kiritiladi. Hamma hududlarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va hosil berishi uning termik resurslariga bog’liq.

O’zbekistonda L.N. Babushkin vegetatsiya davridagi musbat haroratlar yig’indisining miqdoridan kelib chiqib, 5 ta termik zonani ajratgan.

Jazirama issiq harorat yig’indisi 4900 dan ortiq

Issiq harorat yig’indisi 4000 dan 4900gacha

Iliq harorat yig’indisi 2800 dan 4000 gacha

Salqin harorat yig’indisi 1000 dan 2800 gacha

Sovuq harorat yig’indisi 1000 dan kam



O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan taxlili shuni ko’rsatadiki, u issiq, quruq va sovuq zonalarda joylashgan xilma xil ekologik muhitga ega. Shu bilan birga O’zbekistonda agroiqlim resurslari faqat qishloq xo’jaligi jihatdan emas balki chorvachilik nuqtai nazaridan ham baholanadi va shu orqali tahlil qilinib rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi.

E’tiboringiz uchun tashakkur
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling