1-amaliy mashg‘ulot. Marosim qo‘shiqlari: ijro o‘rni va badiiyati r e j a


Download 0.63 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#188626
Bog'liq
2 5395379204755819117

Berdaq nomidagi QDU o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Xo‘jaqulov Dovudning o‘zbek folklori fanidan tayyorlagan T A Q D I M O T I

11-amaliy mashg‘ulot. Marosim qo‘shiqlari: ijro o‘rni va badiiyati

R E J A:

. ..

1.Marosim va marosim folklori tushunchalari izohi.

O‘ZBEK FOLKLORI

Insonga sog’liq, to’kin-sochinlik tilash, uning hayotidagi biror muhim sanani nishonlash maqsadida o’tkaziladigan, an‘anaga aylanib qolgan harakatlar marosim deyiladi. Marosimlarning mavsumiy va oilaviy-maishiy marosim turlari mavjud. Marosim qoʻshiqlari - musiqiy folklorning asosiy va qadimiy turlaridan. Turli (mavsum, mehnat, oilaviy, diniy va boshqalar) marosimlar jarayonida ijro etiladigan qoʻshiqlar. Marosim qoʻshiqlarining matni, asosan, xalq toʻrtliklari va baytlaridan iborat boʻladi.Oilaviy-maishiy marosimlar jumlasiga to’y, (beshik) to’yi, sunnat to’yi, nikoh to’yi, kelin salom, motam marosimi, yig’i-yo’qlovlar va boshqalarda ko’zda tutilgan kishining tarbiyaviy sifatlari ulug’langan, insoniyat qadr-qimmati yuqori ko’tarilgan, insonparvarlik, yoshlarda ularga havas, hurmat uyg’otishga undalgan.

Marosim folklorining tarixiy asoslari (Sust xotin, Choy momo, Loy tutish, Shoh moylar)

  • Sust xotin — mavsumiy marosim qoʻshigʻi; folklor janri. Qurgʻoqchilik munosabati bilan yomgʻir chaqirish marosimida aytilgan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz va boshqa xalqlar oʻrtasida uchragan. "Soʻz xotin", "Sut xotin", "Suv xotin" deb ham yuritilgan. Qoʻshiq, asosan toʻrtliklardan iborat boʻlib, barmoq tizimidagi yetti hijoli vaznda yaratilgan, matnida murojaat, xitob ohanglari hukmron. "Sust xotin"da oʻzbek xalqining uzoq oʻtmishdagi megʻnat tajribalari, orzuistaklari badiiy shaklda ifodalangan. Hozir urfdan chiqib ketgan. Tili, ritmi, badiiy vositalari jihatidan xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.

O‘zbek folklorining tarixiy asoslari (Sust xotin, Choy momo, Loy tutish, Shoh moylar

  • Choymomo — oʻzbek folklorida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan mifologik obrazlardan biri. Surunkali esgan shamolni toʻxtatish uchun Choymomoga murojaat qilish bilan boglik turli xil ishonch eʼtiqodlarni oʻz ichiga olgan marosim Chimkent viloyatida yashovchi oʻzbeklar tomonidan oʻtkazib kelingan.
  • Qadimda odamlar kuchli yel, quyun yoki dovul sifatida namoyon boʻladigan hamda ekintikinlarni payhon qilib, daraxtlarning mevasini toʻkib, katta ziyon yetkazadigan shamolni yovuz kuch alomati deb bilishgan. Bevaqt esgan shamolni toʻxtatish va hosil nobudgarchiligining oldini olish maqsadida bu tabiiy hodisaga turli magik amallar bilan taʼsir kursatishga harakat kilishgan. Ana shu mifologik karashlar asosida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan Choymomo. obrazi hamda u bilan bogʻliq shamol to‘xtatish marosimi yuzaga kelgan.

O‘zbek folklorining tarixiy asoslari (Sust xotin, Choy momo, Loy tutish, Shoh moylar

  • loy tutish” – bahor faslining ilk kunlarida loyqa oʻtirib qolgan ariq-zovurlarni mahalla-qishloq ahli birgalashib, koʻpchilik boʻlib tozalashi, ariq qazish va ularni yangi mavsumga tayyorlash maqsadida oʻtkazilgan anʼanaviy hashar.
  • “shox moylar” – bobodehqonlarimizning moʻl hosil olish niyatida erta bahorda dalaga qoʻsh chiqarib, baraka urugʻi qadashi udumi

3. Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati.

  • Oʼzbek mavsumiy marosim folklori yil fasllarida oʼtkaziladigan marosimlardan iborat. Bahorgi mavsum marosimlari loy tutish, shox moylash, Navroʼz, yomgʼir chaqirish, darvishona; yozgi marosimlar choy momo; kuzgi marosimlar shamol chaqirish; qishki marosimlar gap-gashtak, yas-yusunlardan iboratdir.
  • Xulosa qilib aytganda, marosimlar xalqimizning eng qadimiy sbu bilan birga, bebaho ma'naviy mulkidir.
  • Manba: Internet materiallari

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling